kasalliklarda tez-tez ozgarib turadi. Qator fagotsitoz korsatkichlarni
aniqlash yordamida kasallikning kechishi, bemorning holati,
tuzalayotgan yoki tuzalmayotganligi, olib borilayotgan davolash
choralarining natijalari va boshqalarni aniqlash mumkin.
Fagotsitozlarning funksional holatini baholash uchun kop hollarda
yutish faolligi ikki test asosida aniqlanadi:
1) fagotsitoz korsatkichi fagotsit hujayrasining foizi (100 ta
kuzatilayotgan, mikroblarni yutgan leykotsitlar miqdori);
2) fagotsit soni mikroblarni yutgan bitta leykotsit yoki boshqa
fagotsitlarning ortacha miqdori.
Fagotsitlarning bakteriotsid imkoniyati lizosomalar soni, hujayra-
dagi fermentlar faolligi va boshqa usullar yordamida aniqlanadi.
Fagotsitozning faolligi qon zardobida antitelolar opsoninlar
mavjudligiga bogliq. Bu antitelolar fagotsitozni tezlashtiradi, hujayra
yuzasini fagotsit tomonidan yutilishiga tayyorlaydi.
116
Fagotsitozning faolligi organizmning u yoki bu qozgatuvchiga
berilmaslik darajasi bilan aniqlanadi. Ayrim kasalliklarda fagotsitoz asosiy
himoya omili, boshqa kasalliklarda esa yordamchi bolib hisoblanadi.
Lekin barcha hollarda hujayraning fagotsitoz xossasi yoqligi kasallikning
kechishi va oqibatini keskin yomonlashtiradi.
Hujayraning reaktivligi
Infeksion jarayonning rivojlanishi va immunitetning shakllanishi
hujayra qozgatuvchining birlamchi sezuvchanligiga bogliq. Òugma
turi bir turdagi hayvon hujayrasining boshqa patogen mikroorga-
nizmlarga sezuvchanligi yoqolishidir. Bu hodisaning mexanizmi toliq
organilmagan. Malumki, hujayra reaktivligi turli xil omillar tasiriga
(fizikaviy, kimyoviy, biologik) va yoshga qarab ozgaradi.
Nospetsifik himoyaning gumoral omillari
Fagotsitlardan tashqari, qonda eruvchi nospetsifik moddalar ham
mavjud, ular mikroorganizmlarga oldiruvchi tasir korsatadi. Ularga
komplement properdin, B-lizinlar, X-lizinlar, eritrin leykinlar, pla-
kinlar, lizotsim va boshqalar kiradi.
Komplement (lotin. complemantum qoshimcha) mikroor-
ganizmlar va boshqa begona hujayralarni eritish xossasiga ega bolgan
murakkab oqsil fraksiyali sistemadir. Masalan, eritrotsitlar. Komple-
mentlarning bir qancha komponentlari tafovut etiladi. C
1
, C
2
, C
3
va
boshqalar. Komplementlar 55°C haroratda 30 daqiqa davomida
parchalanadi. Uning bunday xossasi termolabillik deyiladi. Shuningdek,
u chayqatganda, ultrabinafsha nurlar va boshqalar tasirida parcha-
lanadi. Komplementlar qon zardobidan tashqari, organizmdagi turli
xil suyuqliklarda va yalliglanish suyuqligida ham aniqlangan, lekin
orqa miya suyuqligida va kozning oldingi kamerasida uchramaydi.
Properdin (lotin. properdi tayyorlash) magniy ioni ishtirokida
komplementni faollashtiruvchi normal qon zardobi komponentlari
guruhidir. U fermentlarga oxshash va organizmni infeksiyaga
chidamliligida katta rol oynaydi. Qon zardobida properdin miqdorining
kamayishi immunitet jarayoni faol emasligidan dalolat beradi.
B-lizinlar odam qon zardobidagi termostabil (harorat tasiriga
chidamli) modda bolib, mikroblarga, asosan, Grammusbat bakte-
riyalarga antagonistik (oldiruvchi) tasir korsatadi. 63°C va UBN (ultra-
binafsha nurlar) tasirida parchalanadi.
X-lizin harorati kotarilgan bemorlarning qonidan ajratib
olingan termostabil modda. Komplement ishtirokisiz bakteriyalarni,
117
asosan, Grammanfiy bakteriyalarni lizislash xossasiga ega. 70100°C
harorat tasiriga chidamli.
Eritrin hayvon eritrotsitlaridan ajratib olingan, bogma qozga-
tuvchisi va boshqa mikroorganizmlarga bakteriostatik tasir korsatadi.
Leykinlar leykotsitlardan ajratib olingan bakteriotsid modda.
Issiqqa chidamli. 7580°Ñ harorat tasirida parchalanadi. Qonda juda
oz miqdorda uchraydi.
Plakinlar leykinlarga oxshash modda, trombotsitlardan ajratib
olinadi.
Lizotsim ferment, mikrob hujayrasi qobigini parchalaydi. U koz
yoshida, solak, qon suyuqligida uchraydi. Koz konyunktivi (koz jildi),
ogiz, burun shilliq pardalarida lizotsim modda bolganligi sababli ulardagi
jarohatlar malum darajada tez tuzaladi. Shuningdek, siydik, prostata
suyuqligi, turli xil toqimalarning suyuqliklari ham bakteriotsid xossaga
ega. Yuqorida aytib otilgan komponentlar himoya omillarining barchasi
emas. Ular orasida asosiysi antitelo immunoglobulin hisoblanadi.
Antigenlar
Antigenlar genetik jihatdan organizm uchun begona modda
(oqsillar, nukleoproteidlar), polisaxaridlar va boshqalar, antigen
tasirida hosil boladi. Ular organizmga kirganda maxsus immunologik
reaksiya bilan javob qaytaradi. Shunday reaksiyalardan biri antitelo
hosil bolishidir. Antigenlar ikki asosiy xossaga ega:
1) immunogenlik, yani antitelo va immunologik limfotsitlarni hosil
qilish xossasi;
2) maxsus antitelo va immunologik limfotsitlar bilan ozaro tasirotga
otish xossasi.
Bu immunologik reaksiyalar tasirida (neytralizatsiya, lizis va b.)
namoyon boladi. Bu ikki xossaga ega bolgan antigenlar tola qimmatli
antigenlar deyiladi. Ularga begona oqsillar, zardoblar, hujayra elementlari,
toksinlar, bakteriyalar, viruslar va boshqalar kiradi.
Immunologik reaksiyalar antitelo hosil qilmaydigan moddalarga
boy bolmagan antigenlar deyiladi, ular organizmdagi tayyor antite-
lolar bilan ozaro reaksiyaga kirishadi, ular gaptenlar deb ham ataladi.
Gaptenlar yirik molekular oqsil, polisaxaridlar bilan tola qimmatli
antigenlarga aylanadi.
Begonalik, yirik molekularlik, kolloidlik parchalanish xossalaridir. Òurli
xil moddalarning antigenlik xususiyatini aniqlovchi shartlardan biridir. Bu
begona moddalar organizmning ichki muhitiga tushganda va immunologik
sistema hujayralari bilan uchrashganda antigenlik xossasi namoyon boladi.
Antigenlar spetsifik xossaga ega, yani ular faqat oziga mos
antitelolar bilan ozaro reaksiyaga kirishadi. Buning asosida organizm-
118
ning ichki muhiti doimiyligini saqlovchi mexanizm yotadi. Bu
doimiylikni immunologik sistema taminlab turadi. Immunologik sistema
ichki muhitiga kirgan begona moddalar mikroorganizmlar, ularning
zaharlaridan oziga mosini tanlab oladi va ularni yoqotadi. Insonning
immunologik sistemasi doimo immunologik nazoratda turadi. U begona
moddalarni barcha hujayralar ichida bitta geni ozgacha bolsa ham
juda yaxshi ajrata oladi.
Antigenlar bir-biridan moddalar tuzilishidagi munosabatiga qarab
farqlanadi bu spetsifiklikdir. Bu antigen determinanti bolib hisob-
lanadi, yani antigenning kichik molekula qismini antitelo bilan birikishidir.
Bunday qismlarning soni turli antigenlarda turlichadir va antitelo
molekulasini korsatadi. Antigenlar tasirida hosil bolgan antitelolar
bilan ozaro reaksyaga kirishish xossasi amaliyotda keng qollaniladi:
1) kasalliklarga tashxis qoyishda (bemor qon zardoblaridagi
spetsifik antitelo yoki spetsifik qozgatuvchini aniqlashda);
2) yuqumli kasalliklarning oldini olishda va davolashda (immuno-
terapiya yordamida qator kasallik qozgatuvchilari yoki ularning
zaharlarini neytralizatsiya qilish, organizmda mikrob yoki toksinga
berilmaslik xossasini hosil qilish) qollaniladi.
Immunologik sistema «mos» va «begona» antigenlarni aniq farqlay
oladi, asosan, u begona antigenni sezadi. Lekin xususiy antigenlarga
nisbatan (lutoantigen) organizmning sezuvchanligi ortadi va bu
antigenlarga nisbatan antitelo (autoantitelo) hosil boladi. Hayot
davomida immun sistema bilan kontaktda bolmagan hujayralar,
moddalar (koz gavhari, spermatozoidlar, qalqonsimon bez va b.)
autoantigen bolib qoladi. Ular immun sistema bilan jarohat olgan
hollarda qonga sorilganda aloqada boladilar.
Autoantitelo hosil bolishi natijasida autoimmun kasalliklar kelib
chiqishi mumkin:
1) autoantitelo oziga mos azo hujayrasiga togridan togri
sitotoksik tasir korsatadi (masalan, Xasimoto buqogi qalqonsimon
bezning shikastlanishi);
2) autoantigen autoantitelo kompleksining bevosita tasiri
jarohatlangan azoda yigiladi va jarohatlaydi (masalan, qizil ter sili
sistemasi, revmatoid artrit).
Mikroorganizmlarning antigenlari. Mikrob hujayrasi ozida kop
miqdorda antigen saqlaydi, ular hujayrada turlicha joylashadi va
infeksion jarayon yuzaga kelishida katta ahamiyatga ega. Òurli
mikroorganizm guruhida antigenlar turli xil tarkibda uchraydi. Ichak
tayoqchasida O-, K-, H-antigenlari yaxshi organilgan.
O-antigen mikrob hujayrasining hujayra devorida boglangan. U
«somatik» antigen deb ham ataladi, chunki bu antigen tanadagi
119
(some) hujayrada saqlanadi. O-antigen Grammanfiy bakteriyalarda
murakkab liðopolisaxaridprotein kompleksi (endotoksin)dan iborat.
U termostabil bolib, spirt va formalin tasirida parchalanmaydi. Asosiy
yadro (soche) va yonidagi polisaxarid zanjiridan tuzilgan. O-anti-
genlarning spetsifikligi bu zanjirning tuzilishi va tarkibiga bogliq.
K-antigenlar (kapsula) mikrob hujayrasining hujayra devori va
kapsulasiga bogliq, shuningdek, ular yuzaki qobiq antigen deb ham
ataladi. K- antigeni O-antigeniga nisbatan yuza joylashgan. Ular kislotali
polisaxaridlar hisoblanadi. K-antigenning bir qancha turlari mavjud:
A, B, L va hokazo. Bu antigenlar bir-biridan haroratga chidamliligiga
kora farqlanadi. A-antigeni ancha chidamli, L-antigeni chidamsizroq.
Yuzaki K-antigenga Vi antigeni kiradi, bu antigen ichterlama va ayrim
boshqa ichak bakteriyalarida uchraydi. U 60°C harorat tasirida par-
chalanadi. Vi antigeni mikroorganizmning virulentligiga bogliq.
H-antigenlar (xivchinli) bakteriya xivchinida joylashgan. Ular
ozida flagellin oqsilini saqlaydi. Qizdirilganda parchalanadi. Formalin
bilan zararsizlantirilganda, oz xossasini saqlab qoladi.
Himoyalovchi antigen (protektiv) (lotin. protekti himoya,
himoyaga oluvchi) qozgatuvchilar tasirida odam organizmida hosil
boladi. Kuydirgi, toun, brutselloz qozgatuvchilari himoya qiluvchi
antigenni hosil qilish xossasiga ega. Uni jarohatlagan toqimalar
suyuqligida aniqlash mumkin.
Infeksion kasalliklarda laboratoriya diagnostika usullaridan biri
patologik materialda antigenlarni aniqlash hisoblanadi. Antigenlarni
aniqlash uchun turli xil immunologik reaksiyalar qollaniladi.
Mikroorganizmlar rivojlanishida, osishida va bolinib kopayishida
ularning antigenlari ozgarishi mumkin. Ayrim yuzaki joylashgan antigen
komponentlari esa yoqoladi. Bu holat dissotsiatsiya deb nomlanadi. Masa-
lan, S koloniyalarining R koloniyalarga dissotsiatsiyasi misol bola oladi.
1. Immunitet nima?
2. Immunitetning qanday turlarini bilasiz?
3. Nospetsifik himoya omillari nima?
4. Fagotsitoz nima?
5. Fagotsitozning qanday bosqichlarini bilasiz?
6. Òugallangan va tugallanmagan fagotsitoz deganda nimani tushu-
nasiz?
7. Nospetsifik himoya gumoral omillari nima?
8. Antigenlar nima?
9. Antigenlarning asosiy xossalari qanday?
10. Mikrob hujayrasining qanday antigenlarini bilasiz
?
?
Nazorat uchun savollar
120
Antitelo
Antitelo antigenlar tasirida hosil boladigan immunoglobulin
modda, qonning spetsifik oqsilidir.
Odam qon zardobida ikki xil oqsil mavjud: albuminlar va
globulinlar. Antitelolar, asosan, antigenlar tasirida ozgargan globu-
linlar bilan boglanadi va ular immunoglobulin deyiladi (Iq).
Globulinlar bir xil emas. Ular elektr toki otkazilganda gelda harakat-
lanish tezligiga kora, uch fraksiyaga bolinadi:
α
,
β
,
γ
. Antitelolar
globulinga taalluqli. Globulinning bu fraksiyasi elektr maydonida eng
katta tezlikda harakatlanish kuchiga ega.
Immunoglobulinlar molekular massasi, ultrasentrifugalangandagi
chokish tezligi va boshqa xossalariga kora farqlanadi. Bu xossalari
boyicha besh sinfga bolinadi: LqG, LqM, LqA, LqE, LqD. Ularning
barchasi infeksion kasalliklarga qarshi hosil boladigan immunitetda
katta rol oynaydi.
G immunoglobulini (LqG) barcha odam immunoglobulinining
75 % ni tashkil etadi. Ular immunitet hosil bolishida faol ishtirok
etadi. Immunoglobulinlar orasida yolgiz u homila orqali otib,
homilada passiv immunitet hosil qiladi. Molekular massasi va
ultrasentrifugalangandagi chokish tezligi katta emas.
M immunoglobulini (LqM) homila organizmi zararlanganda yoki
immunizatsiya qilinganda, birinchi bolib hosil boladi. Bu sinfga odamning
hayoti davomida, klinik belgilari namoyon bolmaydigan infeksiya yoki
kop marotaba infeksiya yuqqanda hosil bolgan normal antitelolar kiradi.
Molekular massasi va ultrasentrifugalangandagi chokish tezligi yuqori.
A immunoglobulini (LqA) shilliq sekretlari (moloziva solak va
b.)ga kirish xossasiga ega. Ular mikroorganizmlarni nafas, meda-
ichak shilliq qavatlariga kirishidan himoya qilish vazifasini bajaradi.
Molekular massasi va ultrasentrifugalangandagi chokish tezligi LqG
ga yaqin.
E immunoglobulini (LqE) allergik reaksiyalarga javobgar
hisoblanadi. Mahalliy immunitet hosil bolishida katta ahamiyatga ega.
D immunoglobulini (LqD) qon zardobida oz miqdorda aniq-
langan. Òoliq organilmagan.
Immunoglobulinning tuzilishi. Immunoglobulin sinfi azolarining
barchasi bir xilda tuzilgan. LqG molekulasi soddaroq bolib, ikki juft
poliðeptid zanjiridan tuzilgan. Har bir jufti molekular massasiga kora,
farqlanuvchi ogir va yengil zanjirlardan iborat. Har qaysi zanjir anti-
genlar tasirida hosil boladigan ozgarishlar va genetik jihatdan
aniqlangan doimiy qismdan iborat. Antiteloning bunday spetsifik qismlari
faol markaz deb ataladi. Ular antitelolarni hosil qilgan antigenlar bilan
121
ozaro reaksiyaga kirishadi. Antitelo molekulasidagi faol markazlar miqdori
valentlikni korsatadi antitelo boglanishi mumkin bolgan antigen
molekula soni LqG va LqA ikki valentli, LqM besh valentlidir.
Immunogenez antitelo hosil bolishi antigenlarning dozasi,
qisqaligi va yuborish usuliga bogliq. Antigenlarga nisbatan birlamchi
immun javobning ikki bosqichi farq qiladi: induktiv antigen organizmga
tushganidan to antitelo hujayralari hosil bolgunicha bolgan davrni
(20 soatgacha) va produktiv antigen yuborilgandan keyingi kunning
oxiri va qon zardobida antitelo hosil bolishi davrini oz ichiga oladi.
Antitelo miqdori sekin-asta ortib boradi (4 kun), 710-kunlari
maksimal darajaga yetadi va birinchi oyning oxiriga borib kamayadi.
Ikkilamchi immun javob antigen qayta yuborilganda hosil boladi.
Bunda induktiv bosqich qisqa antitelo tez va shiddat bilan ishlab
chiqariladi.
1. Antitelo nima?
2. Siz immunoglobulinlarning qanday sinflarini bilasiz?
Immun javobning hujayraviy mexanizmi
Organizmning limfa hujayralari faqat mikroorganizmlardagina
emas, balki barcha genetik jihatdan begona hujayralarda immunitet
hosil bolishida asosiy funksiyani bajaradi. Masalan, toqima kochirib
otkazilganda, limfa hujayralari ozinikini begonadan farqlash va bego-
nani yoqotish xossasiga ega.
Barcha hujayralar immunologik sistemasining boshlanishi qon
yuradigan tanaga oid hujayralar hisoblanadi. Keyinchalik ikki turdagi
limfotsitlar hosil boladi: Ò- va B- (timustobi va bursatobi). Bu
hujayralar nomlanishi ularning kelib chiqishiga bogliq. Ò- hujayralar
timusda (qalqonsimon yoki ayrisimon bezda) va periferik limfa
toqimalarida timusni ajratadigan moddalar tasirida hosil boladi.
B-limfotsitlarning nomlanishi (bursatobe) «bursa» sumka sozi-
dan olingan. Fabritsius qush sumkasida va odam B- limfotsitida hosil
boladigan hujayralar bir-biriga oxshash. Lekin odamda Fabritsius
sumkasiga oxshash azo aniqlanmagan.
B-limfotsitlar bir necha bosqichlardan otib, plazma hujayralarini
hosil qiladigan limfotsitlarga aylanadi. Plazma hujayralari antitelolarni
hosil qiladi va shu antitelo yuzasida uchta immunoglobulinlar sinfi
joylashadi: LqG, LqM, LqA.
Maxsus antitelo mahsulotining immunologik javobi quyidagicha
boladi: begona antigen organizmga kirganda, birinchi bolib makrofaglar
?
Nazorat uchun savollar
122
tomonidan fagotsitozga uchraydi. Makrofaglar oz yuzasida antigen-
larni qayta ishlab va jamgarib, u haqda Ò-hujayralarga malumot beradi.
Ular yetila boshlaydi, bolinib kopayadi va B-limfotsitlar antitelo
mahsulotlariga kiruvchi gumoral omillarni ajratadi. Oxirgilari ham plazma
hujayrasida yetiladi va rivojlanadi, mos antitelolarni sintezlaydi.
Makrofaglar, Ò- va B-limfotsitlarning birlashgan kuchlari orga-
nizmning immunologik funksiyasini bajaradi begona genetik mod-
dalardan, shu qatori yuqumli kasallik qozgatuvchilaridan himoya
qiladi. Antitelo yordamida himoya shunday bajariladi: antigenga
sintezlangan immunoglobulinlar antigenlar bilan birikadi, ularni
parchalashga va turli xil tabiiy mexanizmlar: fagotsitlar, komplement
va boshqalar yordamida zararsizlantirishga sezuvchan qilib qoyadi.
1. Immunologik javobda makrofaglarning roli qanday?
2. Immunologik javobda Ò-limfotsitlarning roli qanday?
3. Immunologik javobda B-limfotsitlarning roli qanday?
Antigen va antitelolarning tasir etishi
Antigen va antilelolarning tasir etish mexanizmi turli xil
izohlarga ega. Erlix ularni kuchli kislota va kuchli ishqorlar birikishi
natijasida yangi modda tuz hosil bolish reaksiyasiga oxshatgan.
Borde antigen va antitelolar boyoq hamda filtr qogoz yoki yod
va kraxmalga oxshash oz-ozini ozaro adsorbsiyalaydi, deb hisoblaydi.
Lekin bu nazariyani maxsus immunologik reaksiyalar asosida tushuntira
olmaydi.
Antigen va antiteloning birikish mexanizmini Marrek (panjara
nazariyasi) va Polinglar (ferma nazariyasi) giðotezalarida toliqroq
tushuntirib beradilar. Marrek antigen va antitelo birikishini panjaraga
oxshatadi, antigen antitelo bilan almashib konglomerat (aralash-
quralash) panjarani hosil qiladi. Poling giðotezasiga kora, antitelolar
ikki valentlikka ega (ikki spetsifik determinant), antigen esa polivalent
bolib, bir qancha valentlikka ega. Antigen va antitelo birikkanda «ferma»
qurilishini eslatuvchi aglomeratni hosil qiladi.
Antigen va antitelo optimal nisbatda qurollanmagan, koz bilan
korib boladigan mustahkam kompleksni hosil qiladi. Antigen kop
bolsa, har qaysi antiteloning faol markazi antigen molekulasi bilan
toladi, boshqa antigenlar molekulasi bilan birikishi uchun antitelo
yetishmaydi va amalda, qurollanmagan koz bilan korib bolmaydigan
kompleksni hosil qiladi. Antitelo kop bolganda panjara hosil qilish
?
Nazorat uchun savollar
123
uchun antigen yetishmaydi, antitelo determinantlari va namoyon
boladigan reaksiya ham bolmaydi.
Bayon qilingan nazariyaga kora, antigen va antitelolarning
spetsifik reaksiyalari bugunda antigen va antitelolarning faol markaz
determinant guruhi ozaro tasir etuvchi sifatida tanildi, chunki
antitelolar antigenlar tasirida hosil boladi, ularning tuzilishi anti-
gen determinant guruhiga mosdir. Antigen determinant guruhi va
antitelo faol markaz bolagi qarama-qarshi elektr zaryadiga ega va
ular birikib kompleks hosil qiladi. Bu kompleksning mustahkamligi
ularga tasir etuvchi muhit va komponentlar nisbatiga bogliq.
Immunitet haqida nazariya immunologiya keyingi on yillarda
katta yutuqlarga erishdi. Kopgina yuqumli kasalliklarning oldini olish,
infeksion va qator boshqa (autoimmun, immunotanqislik) kasalliklarni
davolash, rezus toqnashuv vaziyatlarda homila olimi oldini olish,
toqima va azolarni kochirib otkazish, diagnostika maqsadida im-
munitet reaksiyalarini qollash usullari ishlab chiqildi va takomillash-
tirildi.
Immunitet reaksiyalari
Bir tirik organizm va laboratoriya sharoitida hosil qilinishi mumkin
bolgan, antigen va antitelolar yoki antigen va sensibilizatsiyalangan
limfotsitlar orasida boradigan reaksiyadir. Yuqumli kasalliklarga tashxis
qoyish amaliyotida immunitet reaksiyalari XIX asrning oxiri va XX
asrning boshlarida qollanila boshlandi. Yuqori sezuvchanlik (juda katta
suyultirish darajasida ham antigenlarni ushlab olish) va ota spetsifik
(tuzilishiga kora yaqin antigenlarni farqlash imkoniga ega)ligi sababli,
ular tibbiyot va biologiyada amaliy va nazariy savollarning yechimida
oz kolamini topdi. Bu reaksiyadan immunologlar, mikrobiologlar,
infeksionistlar, bioximiklar, genetiklar, molekular biologlar va turli
soha shifokorlari foydalanadilar.
Antigen va antitelo orasidagi reaksiya serologik (lotin. serum zardor)
yoki gumoral reaksiya (humor suyuqlik) deyiladi, chunki ularda
ishtirok etadigan antitelo (immunoglobulin) qon zardobida uchraydi.
Sensibilizatsiyalangan limfotsitlar bilan antigenlar orasidagi
reaksiya hujayraviy reaksiya deyiladi.
1. Antitelolar qanday hosil boladi?
2. Antitelolar hosil boladigan qanday nazariyalarni bilasiz?
3. Antigen va antiteloning ozaro tasir mexanizmi qanday?
?
Nazorat uchun savollar
124
Serologik reaksiyalar
Serologik reaksiya antigen va antitelo orasidagi ozaro tasir
reaksiyasi bolib, ikki bosqichda otadi: 1-bosqich spetsifik antigen va
unga mos antitelolar kompleksining hosil bolishi. Bu bosqichda kozga
korinarli ozgarishlar sodir bolmaydi, lekin hosil bolgan kompleks
muhitdagi nospetsifik omillarga (elektrolitlar, komplement, fagotsit)
sezgir bolib qoladi. 2-bosqich nospetsifik bosqich. Bu bosqichda
antigen va antitelolarning spetsifik kompleksi muhitdagi nospetsifik
omillar bilan ozaro tasirotga otadi, natijada reaksiya sodir boladi.
Ularning ozaro tasirini oddiy koz bilan ham (yopishish, erish va
b.) korish mumkin. Ayrim hollarda kozga korinadigan ozgarishlar
sodir bolmaydi.
Serologik reaksiyalardagi bosqichlarning korinish xususiyati an-
tigen va muhit sharoitining tuzilishiga bogliq, uning antitelo bilan
ozaro tasiri yuzaga keladi. Agglutinatsiya, pretsiðitatsiya, immun
lizisi, komplement boglanish reaksiyasi va boshqa reaksiyalar mavjud
Do'stlaringiz bilan baham: |