donor hujayradan retsiðiyent hujayraga otadi.
Donor bakteriya F + (erkak), retsiðiyent F (ayol) deb belgi-
lanadi. F + va F hujayralar bir-biriga yaqinlashadi, ular orasida
sitoplazmatik koprikcha hosil boladi. Koprikning hosil bolishi F omil
(ingl. fertility serpushtlik) yordamida nazorat qilinadi. Bu omil
jinsiy tukchalar (sexpili) hosil bolishiga javob beruvchi genlarni
saqlaydi. Donor vazifasini faqat F omilini saqlovchi hujayralargina
bajarishi mumkin. Retsiðiyent hujayralar bunday omildan mahrum.
Hujayralar chatishganda F omil donor hujayradan retsiðiyentga otadi.
Retsiðiyent F omilni qabul qilgach, ozi donor (F+) bolib keladi.
90
Konyugatsiya jarayonini mexanik usulda qaynatish yordamida
uzish mumkin. Bunday hollarda retsiðiyent ozidagi DNK malumot-
larni toliq ololmaydi. Genetik malumotlarning konyugatsiya usulida
uzatilishi enterobakteriyalarda yaxshi organilgan. Konyugatsiya jarayoni
boshqa rekombinatsiya turlari singari bir turdagi bakteriyalar ora-
sidagina emas, balki turli xil bakteriyalar orasida ham borishi mumkin.
Bunday hollarga rekombinatsiya turlari orasidagi rekombinatsiya
deyiladi.
Plazmidalar
Plazmidalar bu bakteriya hujayrasining uncha katta bolmagan
xromosomadan tashqaridagi DNK molekulasi. Ular sitoplazmada
joylashgan va doira tuzilishiga ega. Plazmidalar bir qancha genlar
saqlaydi, ular DNK hujayrasida uchraydigan genlarga qaramasdan
mustaqil ravishda uchraydi.
Plazmidalarning asosiy belgilaridan biri mustaqil ravishda genlarning
yangilanishiga xizmat qilishidir. Ular bir hujayradan boshqa hujayraga
otishi va tashqi muhitdan ozlariga yangi genlarni qabul qilishi
mumkin.
Profaglar lizogen hujayralarda nasldan naslga uzatiladi va qator
ozgarishlarni keltirib chiqaradi, masalan, toksin hosil qilish xos-
sasi.
F omil alohida joylashgan va konyugatsiya jarayonida ishtirok
etadi.
R omil hujayraga dorivor mahsulotlarga chidamlilikni oshirishni
uzatadi (R omilni birinchi bolib ichak tayoqchasida, song
shigellalarda ajratib olingan). Òekshirishlar shuni korsatadiki, R
omillar hujayradan ajralib chiqishi mumkin, bu plazmidalarga xosdir.
R omil turigina turlar orasidagi va plazmidalarga xosdir. R omil
turigina turlar orasidagi va hatto avlodlar orasida transmissiv xossaga
ega, bu atiðik shtammlarga tashxis qoyishda qiyinchiliklar tugdirishi
mumkin.
Bakteriotsinogen omillar (col omil), birinchi bolib ichak
tayoqchasida (E.coli) aniqlandi, shuning uchun u kolotsin deb
nomlandi. Keyinchalik boshqa bakteriyalarda vabo vibrioni
vibriotsinlar, stafilokokklarda stafilotsinlar va boshqalarda aniqlandi.
Col omil bu plazmidaning kichik alohidaligidir. U oqsil mod-
dalar sintezini buzadi. Qondosh yoki shu turdagi bakteriyalar olimiga
sabab boladi. Bakteriotsinlar oziga mos hujayra yuzasiga yopishadi va
metabolizmni buzadi, bu hujayrani nobud qiladi.
91
Ozgaruvchanlikning amaliyotdagi ahamiyati
Paster suniy ravishda qutirish, kuydirgi qozgatuvchilarida qay-
tarib bolmaydigan ozgarishlarning oldini oladigan va bu kasalliklardan
himoya qiladigan vaksinalar yaratdi. Keyinchalik mikroorganizmlarning
genetikasi va ozgaruvchanlikni organish natijasida, vaksina tayyorlash
uchun qollaniladigan kop miqdorda bakteriya va virus shtammlari
olish imkoni yaratildi.
Mikroorganizmlar genetikasini organish natijalari, yuqori orga-
nizmlarning irsiyatini aniqlashda muvaffaqiyatli qollaniladi.
Genetikaning yangi bolimi gen injenerligi katta ilmiy va amaliy
ahamiyatga ega. Gen injenerligi usuli genlarning tuzilishini ozgartirish
va bakteriya xromosomasiga muhim hamda kerakli moddalar sinteziga
javobgar boshqa organizmlar genini kiritishga imkon yaratadi. Hozirgi
vaqtda bu usulda insulin, interferon va boshqa tibbiy preparatlar
olinmoqda. Mutagen omillar va seleksiyani qollashda mutant pro-
dutsent 1001000 marta faol antibiotikdan olinmoqda.
1. Irsiyat nima?
2. Gen regulatorlarining roli qanday?
3. Dissotsiatsiya nima va siz qanday dissotsiatsiya shaklini bilasiz?
4. Modifikatsion ozgaruvchanlik nima, ularni qanday xossalari
mavjud?
5. Mutatsion ozgaruvchanlik nima va ular qanday shakllarda namoyon
boladi?
6. Plazmidalar nima?
7. Ozgaruvchanlikning tibbiyot amaliyotida ahamiyati.
10-bob.
INFEKSIYA HAQIDA TALIMOT
Infeksiya yoki infeksion jarayon (lotin. infectjo yuqtiraman,
ifloslantiraman) kasallik tugdiruvchi mikroorganizmlarning kirishi
va bolinib kopayishidan hosil boladigan hamda rivojlanadigan belgilar
yigindisidir.
Infeksiyaning namoyon bolishi turlicha, bu mikroorganizmlar
xossasiga, mikroorganizmlar holatiga va orab turgan sharoitiga bogliq.
Infeksion jarayonning oxiri, yani namoyon boladigan darajasi infek-
sion kasallik hisoblanadi.
?
Nazorat uchun savollar
92
Infeksion kasalliklar avvaldan malum. Juda qadim otmishdan bu
kasalliklarning kelib chiqish sabablari togrisida toliq tasavvurga ega
bolishmagan va buni Olloh tomonidan berilgan jazo, deb hisoblashgan.
Lekin Giðpokrat, XVI asrda D. Frakastoro va boshqalar yuqumli kasal-
liklar bemordan sog odamga otadigan maxluqqa bogliqdir, deydilar.
XIX asr ortalarida L. Paster, R. Kox, I.I. Mechnikov, D.I. Iva-
novskiy va boshqa olimlar infeksion kasallikning qozgatuvchisi bolib,
mikroorganizmlar hisoblanishini isbotlab berishdi. Odamning har
qanday infeksion kasalligiga muayyan turdagi mikroorganizmlar sabab
bolishi haqidagi masala uzil-kesil hal etildi.
Infeksion kasalliklar quyidagi xossalari bilan tavsiflanadi:
1. Infeksion kasalliklar mikroorganizmlar tasirida yuzaga keladi.
2. Bemordan sog odamga yuqadi.
3. Aholi orasida keng tarqalib sporadik, epidemiya, endemiya va
pandemiyalarni keltirib chiqaradi.
4. Infeksion kasalliklar malum davrlarda, yashirin (inkubatsion),
darak beruvchi simptomlar (prodromal), kasallikning asosiy klinik
belgilari namoyon boladigan davri.
5. Kasallikdan song immunitet yuzaga keladi (butun umrga
mustahkam, kuchsiz).
Kasallik keltirib chiqaruvchi patogen mikroorganizmlar quyidagi
xossalari bilan tavsiflanadi:
1. Patogenlik xossasi.
2. Virulentlik xossasi.
3. Spetsifiklik xossasi.
4. Òoksigenlik xossalari.
Patogen mikroorganizmlar tarifi
Mikroorganizmlarning makroorganizmlarda patologik jarayonni,
yani kasallikni keltirib chiqarish xususiyatiga patogenlik deyiladi (lotin.
pathos uqubat, genos tugilish). Bu xususiyati bolgan mikro-
organizmlarni patogen mikroorganizmlar deyiladi. Patogenlik bu genga
shartlab qoyilgan tur xususiyatdir.
Kopgina patogen mikroorganizmlar spetsifiklik xossasiga ega, yani
shu turdagi mikroorganizmlar oziga xos kasalliklarni keltirib chiqa-
radi, masalan, vaboni vabo vibrioni, sozakni gonokokk va b.
Bir turga kiruvchi u yoki bu shtammlar turli xil patologik tasir
etishi mumkin. Patogenlik tasirining olchov birligi virulentlik deyiladi.
Virulentlik mikroorganizmlarning barcha xossalari ozgarishi
mumkin. Bu ozgarishlar fenotiðik xarakterga ega bolib, hujayra
93
genining buzilishi natijasi hisoblanadi, bunda ular nasldan naslga otadi.
Virulentlikning susayishini yuzaga keltiruvchi fenotiðik ozgarishlar,
mikroorganizmlar noqulay sharoitga tushganida, masalan, ularga turli
xil fizikaviy va kimyoviy omillar tasir etganda hosil boladi. Bu ozga-
rishlar mikroorganizmlar qulay sharoitga tushganda qayta tiklanadi,
virulentlik yana ortadi. Virulentlikning barqaror pasayishi uzoq vaqt
turli xil moddalar tasir etganda yuzaga kelishi mumkin. Kalmet va
Geren sil bakteriyalaridan tirik vaksina BSJni oldi. Olimlar 13 yil kulturani
buqa ot suyuqligi qoshilgan oziqa muhitga ekdilar. Bunda safroga yuqori
chidamli avirulent bakteriya hujayrasi seleksiyada (tanlash) katta orin
egalladi. Boshlangich kulturalarda ular miqdori kop emas (ularning
populatsiyadagi xossalari korinmadi). Mikroorganizmlarga sezgir
hayvonlarda passajlash orqali virulentlikni oshirish mumkin boldi. Bunda
seleksiyada virulentlikning asosiy populatsiyasi alohida orin tutadi.
Mikroorganizmlarning virulentligi ularning adgeziyaga (yopishish),
kolonizatsiya (kopayish), invaziya (toqimalarga mikroorganizm kirishi)
va fagotsitozni toxtatish qobiliyatiga bogliq.
Adgeziya mikroorganizm hujayrasini oziga sezgir malum
xojayin organizmiga shimilish xususiyati.
Kolonizatsiya hujayra devoriga mikroblar yopishishi (masalan,
vabo vibroni enterotsidlarda bolinib kopayishi) yoki yopishgan
mikroblar hujayra ichiga kirishi (masalan, dizenteriya qozgatuvchilari
yogon ichakning toqimasida bolinib kopayishi) mumkin.
Invaziyalik biriktiruvchi va boshqa toqimalar otkazuvchan-
ligi buzilishi (oshirilishi) mikrob fermentlarining xususiyatiga bogliq.
Bunday fermentlarga:
a) gialuronidaza (tarqalish omili) biriktiruvchi toqimaning
gialuron kislotasini parchalaydi va shuningdek, mikroblarning
toqimaga kirishiga imkoniyat yaratib beradi;
b) neyraminidaza turli xil toqimalar tarkibiga kiruvchi glikopro-
teidlar, glikotsidlar, polisaxaridlardan neyramin kislotasini ajratib oladi.
Fagotsitozni toxtatish bu funksiyani bakteriyaning kapsulasi
bajaradi. Òurli xil mikroorganizmlar kapsulasi tarkibiga kiruvchi
moddalar har xil bolib, ularning funksiyalari ham turlicha, quyidagi
qozgatuvchisining kapsulasidagi poliðeptid uni fagotsitlar ushlab
olishidan saqlaydi. Kok yiring tayoqcha polisaxaridlari bakteriyani
ushlab oladi va hujayra ichida hazmni kechiktiradi.
Yuqorida aytib otilgan omillardan tashqari, mikroblar ayrim
fermentlar fagotsitozidan himoyalanadi. Masalan, stafilokokk koagulaza
plazmaning ivishiga yordam beradi, bu mikrob hujayrasi atrofida himoya
94
«gilof»ni hosil qiladi, fibrinolizin fibrinni eritadi, shu bilan mikroblar
tarqalishiga imkon yaratadi.
Mikroblarning toksinlarni sintezlash xossasi virulentlikda muhim
ahamiyatga ega. Mikroorganizmlar hosil qiladigan zaharli moddalar
ikki guruhga bolinadi ekzotoksinlar va endotoksinlar (8-jadval).
8-jadval
Endo- va ekzotoksinlarning xossalari
r
a
l
n
i
s
k
o
t
o
z
k
E
r
a
l
n
i
s
k
o
t
o
d
n
E
il
t
a
i
b
a
t
li
s
q
O
i
s
k
e
l
p
m
o
k
n
i
e
t
o
r
p
d
i
r
a
x
a
s
il
o
p
o
ð
i
L
a
g
ti
h
u
m
i
q
h
s
a
t
n
a
d
a
r
y
a
j
u
H
a
n
i
g
n
o
s
o
i
d
a
n
a
l
a
y
i
z
u
ff
i
d
q
il
g
o
b
n
a
li
b
i
s
a
n
a
t
a
r
y
a
j
u
h
b
o
r
k
i
M
il
r
a
h
a
z
il
h
c
u
K
il
r
a
h
a
z
m
a
K
b
a
l
n
a
t
a
g
a
m
i
q
o
t
a
v
o
z
A
i
d
a
t
a
s
r
o
k
r
i
s
a
t
i
n
it
a
l
o
h
a
y
i
s
t
a
k
i
s
k
o
t
n
i
y
i
m
u
m
U
i
d
a
r
a
q
i
h
c
b
i
r
it
l
e
k
li
b
a
l
o
m
r
e
T
li
b
a
t
s
o
m
r
e
T
a
g
n
i
s
k
o
t
a
n
a
a
d
i
r
i
s
a
t
n
il
a
m
r
o
F
i
d
a
n
a
l
y
a
n
a
m
s
i
q
a
d
i
r
i
s
a
t
n
il
a
m
r
o
F
i
d
a
n
a
l
z
i
s
r
a
r
a
z
r
a
l
a
y
i
r
e
t
k
a
b
t
a
b
s
u
m
m
a
r
G
i
d
a
r
a
q
i
h
c
b
a
l
h
s
i
b
a
l
h
s
i
r
a
l
a
y
i
r
e
t
k
a
b
y
if
n
a
m
m
a
r
G
i
d
a
r
a
q
i
h
c
Ekzotoksinlar tashqi muhitga yengil diffuziyalanadigan mikro-
organizmlar metabolizmining mahsuloti hisoblanadi. Ular oqsil
tabiatli bolib, bu ularni tashqi muhitga chidamli qiladi, lekin botulizm
neyrotoksin, stafilokokk va vabo enterotoksinlari bundan xoli, ular
qaynatilganda tez parchalanadi.
Ekzotoksin hosil qiladigan mikroorganizmlar kirgan yerda joyla-
shadi (kirish darvozasida) va ular hosil qilgan toksinlar makroorga-
nizmlarda aylanib yuradi, masalan, qoqshol, bogma va b.
Ekzotoksinlar juda zaharliligi va spetsifikligi organotropligi
bilan xarakterlanadi. Òoksinning har bir turi malum bir toqimani
shikastlaydi. Masalan, qoqshol ekzotoksini nerv sistemasiga zarar
yetkazadi, natijada bemorning muskullari tortishadi (spazm), bogma
ekzotoksin yurak-qon tomir sistemasiga, buyrakusti bezlariga zarar
yetkazadi va h.k.
Biologik faolligiga kora, toksinlar bir xil emas: ularning ayrimlari
kasallik belgilarini toliq keltirib chiqaradi, masalan, qoqshol,
bogma, botulizm toksinlari. Qolganlari infeksion jarayonning kelib
chiqishida qisman ishtirok etadi, masalan, stafilokokk, ichak tayoq-
chasi va boshqalarning gemolitik toksini.
95
Ekzotoksinlar tashqi muhitga singib ketadi. Ularni olish uchun
mikroblar suyuq oziqa muhitlarida 37°C da 512 kun undiriladi.
Bunday shorvada yetarli miqdorda ekzotoksin toplanadi. Shunday
shorva filtrlansa, olingan suyuqlikda toksin boladi. Hozirgi vaqtda
qator ekzotoksinlar sof holda ajratib olingan va toliq organilgan.
Òozalangan toksinlar yuqori toksigenlik xossasiga ega.
Òoksinlarning faol markaziga kimyoviy va fizikaviy omillar tasir
ettirilib, toksinning zaharli tasirini bartaraf qilish mumkin. Ekzotok-
sinlarni 0,4 % formalin tasirida, 3940°C da 34 hafta saqlaganimizda,
ular zaharli xossasini yoqotadi, lekin antigenlik xossasini saqlab
qoladi. Bunday preparatlar vaksinaga oxshab tayyorlanadi va anatok-
sinlar deb ataladi.
Endotoksinlar liðopolisaxaridprotein kompleksidan iborat,
mikroorganizm hujayrasiga mustahkam boglangan. Ular spetsifik emas.
Organizmga kiritilganda bosh ogrigi, darmonsizlik, halloslash va
shu kabi umumiy zaharlanish belgilarini yuzaga chiqaradi.
Endotoksinlarning mikrob hujayrasi bilan bogliqligi uni harorat
va tashqi muhit omillarga chidamli qiladi. Endotoksin olish uchun mikrob
hujayrasini parchalash lozim. Òoksin tasirini ularga sezgir hayvonlarda
aniqlanadi. Masalan, bogma toksinini dengiz chochqachasida,
botulizm toksinini oq sichqonlarda va boshqalarda organiladi.
Virulentlik va mikrob toksinlarining kuchini ifodalovchi malum
birlik bor: DLM, DCJ, D50, DLM (Dosis letalis mimuima). Mikrob
yoki toksinning eng kam dozasi laboratoriya hayvonlarining kop
qismini olimiga sabab boladi. DCL (Dosis certe letalis) laboratoriya
hayvonlarini 100 % olimga olib keluvchi mikroblar yoki toksinlar
dozasidir. DL50 (Dosis letalis) laboratoriya hayvonlarining 50 % ini
olimga olib keluvchi mikrob yoki toksin dozasidir.
Virulentlik va toksin kuchining miqdori mikrob turi shtammiga,
toksin turiga, shuningdek, yuborish usuliga bogliq. Òoksin kuchini
aniqlash uchun tekshirish materialidan qator suyultirish darajalarini
tayyorlab olinadi, har bir suyultirish darajasidan shu toksinga sezgir
bolgan qator hayvonlarga yuboriladi.
Infeksion jarayonning paydo bolishida
mikroorganizmning ahamiyati
Infeksion jarayonning yuzaga chiqishi malum darajada makroor-
ganizmlar reaktivligiga, kasallik tugdiruvchi mikroblar va zahar-
larning organizmga tushishiga bogliq. Bunga quyidagi omillar katta
ahamiyatga ega.
96
Odamning yoshi. Yoshning ahamiyati organizm fiziologik
xususiyati, jumladan, moddalar almashinuvi tabiati bilan belgilanadi.
Malumki, 6 oylikkacha bolgan bolalarda qizamiq, skarlatina
(qizilcha), bogma juda kamdan kam kuzatiladi, lekin shu kasalliklar
1 yoshdan 8 yoshgacha bolgan bolalarda koproq uchraydi. Katta
yoshdagi kishilar zotiljamni ogir otkazadi. Bundan tashqari, shunday
infeksion agentlar mavjudki, ular turli yoshdagi organizmlarni bir
xilda jarohatlaydi, masalan, griðp.
Nerv sistemasining holati. Nerv sistemasining ruhiy siqilishi
infeksion kasalliklarning kelib chiqishiga va ogir otishiga sabab boladi,
chunki bunda mikroorganizm himoya mexanizmining faolligi pasayadi.
Endokrin sistemasining holati. Endokrinologiya kasalliklari bilan
kasallangan organizmda (diabet, qalqonsimon bez funksiyasining
buzilishi va h.k.) kopincha yiringli yalliglanish jarayonlari yuzaga
keladi, bunga organizmning himoya kuchi kamayishi sabab boladi.
Ovqatlanish. Och qolish yoki uzoq vaqt toyib ovqat yemaslik
kopgina infeksion kasalliklarni keltirib chiqaradi. Sil, vabo, dizenteriya
va boshqa infeksiyalar toyib ovqat yemaslik, och qolish natijasida
kelib chiqadi. Ovqatda oqsil miqdorining yetishmasligi oqsil almashinish
jarayoni buzilishiga olib keladi va natijada och qolish yuzaga keladi. Bu
esa immunoglobulin sintezini, fagotsitoz faolligi pasayishini keltirib
chiqaradi. Hujayralar fagotsitoz faolligining susayishi A vitamin yetish-
masligi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Bu teri va shilliq qavatlarda
yalliglanish yuzaga kelishiga sababchi boladi. B va C vitamini yetish-
masligi organizmni sil, bogma, stafilokokk, streptokokk va boshqa
kasalliklarga moyil qiladi.
Normal mikroflora organizmning himoya funksiyasida katta
ahamiyatga ega. Masalan, ichak tayoqchasi yogon ichakda doimo
yashaydi, u qorin tifi va boshqa ichak patogen mikroorganizmlariga
oldiruvchan tasir korsatadi.
Òashqi muhit omillarining infeksion jarayon
kelib chiqishi va rivojlanishiga tasiri
Organizm sovqotishi uning kopgina patogen va shartli patogen
mikroorganizmlarga nisbatan chidamliligini susaytiradi. Masalan, sovuq
havo va namlikning birgalikdagi tasiri nafas yoli shilliq qavatining
chidamliligini susaytiradi, bu esa kasallikni keltirib chiqaradi.
Ortiqcha issiqlash uzoq vaqt va kuchli quyosh nuri tasiri, ionlovchi
radiatsiyaning yuqori, kasb zararliklari (issiq sexlardagi yuqori haroratdan
nurlanish, kimyoviy moddalardan zaharlanish, kislorod yetishmasligi,
97
jismoniy va aqliy toliqish va b.) infeksion kasalliklar kelib chiqishiga
sabab boladi. Shu bilan birga, yomon sanitariya-gigiyenik sharoit,
tiqilinch yashash, sanitariyaga xilof sharoit, madaniy saviyaning pastligi
qozgatuvchini doimo aylanib yurishiga qulay muhit tugdiradi, bunday
vaziyatda osongina yangi kasalliklar kelib chiqadi.
Shunday qilib, mikroorganizmlar virulentligi makroorganizm
holati va tashqi muhit omillarining munosabati infeksion jarayon
kelib chiqishi hamda kechish xarakterini aniqlaydi.
Infeksiyaning tarqalish mexanizmi
Infeksiya qozgatuvchilarini tarqatuvchi manba odam yoki hayvon
hisoblanadi. Kasal odam yoki hayvon infeksiya tarqalishida asosiy rolni
oynaydi, bemor chiqindilari (najas, siydik, balgam va h.k.)da mikrob-
lar juda kop boladi. Òuzalayotgan davrdagi bemor (rekonvalessent),
soglom bakteriya tashuvchilar ham infeksiya manbai hisoblanadi.
Infeksiya manbaining xarakteriga kora, barcha infeksion kasal-
liklar ikki guruhga bolinadi: infeksiya manbai odam hisoblansa
antroponoz infeksiya, infeksiya manbai hayvon hisoblansa, zoonoz
infeksiya deyiladi.
Infeksiyaning tarqalish mexanizmi turlichadir. Har bir turdagi
mikroorganizm uchun bemor organizmi (yoki bakteriya tashuvchi
organizmi)da malum joyda joylashishi aniqlangan. Odamdan infeksiya
otish yollari juda xilma-xil bolishi mumkin.
1. Alimentar yol orqali qozgatuvchilar ichak ajratmasi bilan
tashqi muhitga tushadi va oziq-ovqatlar mana shunday qozgatuvchilar
bilan ifloslanadi, bu oziq-ovqatlarni odam istemol qilishi natijasida
kasallik yuqadi. Masalan, ich terlama, dizenteriya va h.k.
2. Havo orqali, yani havo-tomchi yoli orqali bemor orga-
nizmida qozgatuvchi nafas yolida joylashadi va u aksirganda, yotal-
ganda va gaplashganda tashqi muhitga chiqaradi. Masalan, bogma,
kokyotal, griðp va boshqalar. Bundan tashqari, havo changi orqali
ham yuqadi, yani chang bilan havoga kotarilishi, hayvon juni qayta
ishlanayotgan vaqtlarda havoga otadi. Masalan, sil, kuydirgi,
tulyaremiya va h.k.
3. Suv orqali organizmdan ajralgan najas, siydik tarkibidagi
qozgatuvchilar suvga tushadi. Masalan, vabo, dizenteriya, ich terlama.
4. Kontakt yol orqali yani togridan togri bemor bilan
aloqaga otganda, masalan, zaxm, sozak, OITS va boshqalar. Bundan
tashqari, bemorning tevarak-atrofidagi narsalar (mebel, idish-tovoq,
kiyim-kechak, oyinchoq va h.k.) orqali yuqadi. Masalan, gepatit,
bogma, griðp.
98
5. Òransmissiv yol bilan qon soruvchi hasharotlar orqali (bit,
Do'stlaringiz bilan baham: |