va laktozani parchalamasa, oksidaza sinamasi musbat bolsa, tekshirish
materialida meningokokk qozgatuvchi bor, deb xulosa qilinadi.
Patogen bolmagan neysserlar 37°C haroratda termostatda qoldi-
rilgan zardobli va zardobsiz agarda osadi, 22°C haroratda zardobli
agarda ham osadi, Giss qatoridagi uglevodlarni parchalashi va
parchalamasligi mumkin, oksidaza sinamasi manfiy boladi.
Meningokokk guruhini aniqlash. Sof kultura ajratib olingandan
song, serologik usulda meningokokkning guruhi aniqlanadi. Buning
uchun agglutinatsiyalovchi va pretsiðitatsiyalovchi zardoblardan
foydalaniladi. Yogsizlantirilgan buyum oynachasi ustiga A, B, C va
boshqa agglutinatsiya zardob va nazorat sifatida bir tomchi fiziologik
eritma tomiziladi. Har bir tomchi ustiga sof kulturadan solib chiqiladi.
Tomchilarning biri agglutinatsiya bersa, u sof kulturaning guruhini
korsatadi.
Serologik guruhini aniqlash uchun gele pretsiðitatsiya reaksiyasini
qoyish mumkin. Hozirgi vaqtda diagnostika maqsadida A, C va boshqa
seroguruhlar uchun eritrotsitar diagnostikumi yordamida bevosita
gemagglutinatsiya reaksiyasi qoyiladi.
179
1. Meningokokk infeksiyalarida qanday tekshirish materiallari
olinadi?
2. Tekshirish materiallari laboratoriyaga qanday jonatiladi va nima
sababdan shunday qilinadi?
3. Meningokokklarni boshqa neysserlardan qanday farqlab olinadi?
4. Meningokokkning seroguruhlarini aniqlash uchun qanday reaksiya
qollaniladi?
Oziqa muhitlari
Linkomitsinli muhit. 80 ml eritilgan va 50°C gacha sovitilgan
2 % li agarga 20 ml ot yoki buqa zardobi, 0,50,7 ml linkomitsin
eritmasi (1 ml muhitga 0,001 mg linkomitsin eritmasi) qoshiladi.
Muhit yaxshilab aralashtiriladi va Petri kosachalariga quyiladi.
17-bob.
GONOKOKKLAR
Neisseria gonorrhoeae Neisseriaceae oilasiga, Neisseria avlodiga
kiradi. Gonokokklarni olim Neysser 1879-yili aniqlagan va ularning
barcha oilasi uning nomi bilan yuritiladi.
Morfologiyasi. Gonokokk kop xossalari bilan meningokokklarga
oxshaydi. Gonokokklar loviyasimon, botiq tomoni bilan bir-biriga
qaragan diðlokokklar (kofe doniga oxshash) 1,21,3x0,70,8 mkm
kattalikda. Ular polimorf bolib yirik, mayda va L-shaklli bakte-
riyalari ham uchraydi. Gonokokklar harakatsiz, spora hosil qilmaydi.
Patologik materialda (yiring) kapsulaga xos moddasi aniqlangan.
Grammanfiy boyaladi. Dori va boshqa moddalar tasirida Gram-
musbat boyala oladi. Patologik materialda leykotsitlar ichida yoki
alohida joylashadi.
Kultural xossasi. Gonokokklaraerobdir. Oziqa muhitiga talabchan.
Qon, zardob qoshilgan oziqa muhitida 37°C haroratda va pH 7,27,4
muhitida yaxshi osadi. Muhit yangi tayyorlangan va nam bolishi kerak.
Zardobli agarda gonokokklar mayda 12 mm, tiniq, yaltiroq, chetlari
tekis, shudring tomchisiga oxshash koloniya hosil qilib osadi. Qonli
muhitda gemoliz zonasini hosil qilmaydi. Zardobli shorvada biroz
loyqalanadi va parda hosil qilib osadi, parda keyinchalik probirka
tubiga chokib qoladi.
?
Nazorat uchun savollar
180
Fermentativ xossasi. Gonokokklarning saxarolitik xossasi kam
namoyon boladi, ular faqat glukozani kislotagacha parchalaydi.
Proteolitik xossasiga ega emas.
Toksigenligi. Gonokokkning hujayra devorida liðopolisaxaridli
toksik substansiya mavjud (kam organilgan).
Antigenligi. Gonokokklarning antigenlik tuzilishi doimiy emas va
turli omillar tasirida ozgarib turadi.
Tashqi muhit omillariga chidamliligi. Gonokokklar juda chidamsiz
mikroblar. Organizmdan tashqarida quritilganda, bir necha soatda nobud
boladi, lekin qalin yiring qatlamida va har xil buyumlarda (hol
koylak, lozim, choyshab, sochiq, gubka va b.) 24 soat va undan
ortiq saqlana oladi. Gonokokk haroratning ozgarishiga sezgir bolib,
issiq va sovuq haroratga chidamsiz. 5660°C ularga oldiruvchan tasir
korsatadi, 4041°C da yashashi sekinlashadi. Past harorat va qurish
tez oldiruvchi tasir korsatadi. Dezinfeksiyalovchi eritmalar 1 %
li fenol, 1:1000 nisbatdagi sulema eritmasi gonokokklarni bir necha
daqiqada oldiradi. Gonokokklar kumush tuzlarining eritmalariga juda
sezgirdir. Masalan, 1:1000 nisbatdagi kumush nitrat eritmasi uni
5 daqiqada oldiradi, amaliyotda shunday foydalaniladi. Ultrabinafsha
nurlari tasirida bir necha daqiqadan song nobud boladi.
Patogenligi. Hayvonlar gonokokka sezgir emas. Lekin oq sichqon-
larning qorin boshligiga gonokokk toksini yuborilganda, ular toksin
tasirida nobud boladi.
Infeksiya manbai. Gonoreya (sozak) bilan kasallangan bemor
infeksiya manbai hisoblanadi.
Tarqalish yoli. Asosan, jinsiy aloqa orqali tarqaladi. Kam hollarda
bilvosita kontakt yoli orqali tarqaladi. Soglom odam kasal bilan
jinsiy aloqada bolganda, unga bevosita yaqinlashish natijasida sozak
yuqadi, lekin u jinsiy yoldan boshqa yol bilan ham yuqishi mumkin.
Masalan, bazan bolalar (kopincha qizlar) kasal onasi, enagasi bilan
bir orinda yotganda, umumiy kiyim-kechak, choyshab, sochiq,
vanna, togora, gubka va shu kabilardan foydalanganda, ularga sozak
yuqishi mumkin.
Patogenezi. Gonokokkning tabiiy xojayini bolib, kasal odam
hisoblanadi.Gonokokklar organizmga shilliq pardalar orqali tushadi.
Gonokokklar uretra shilliq qavati (ayollarda uretra va bachadon boyni)
orqali kiradi. Gonokokklarning patogenlik omili ulardagi pili (tukcha)
larning borligi bilan tavfsiflanadi, chunki pililar silindrik epiteliy
mikrotukchalari bilan birikib, gonokokklarning epiteliy hujayrasi ichiga
kirishga yordam beradi va ular bu yerda bolinib kopayadi. Gonokokklar
kopincha siydik-tanosil yollari shilliq pardasining yalliglanishiga sabab
boladi. Sozakning yashirin davri 35 kun. Sozak otkir va surunkali
181
shakllarda otadi. Otkir sozak erkaklar va xotin-qizlarda, kopincha siydik
chiqarish kanali (uretra) shilliq pardasining yiringli yalliglanishi (uretrit)
bilan boshlanadi. Songra gonokokk shilliq parda yuzasidan boshqa siydik-
tanosil azolariga moyak va uning ortigiga, bachadon boyni, naylari
va shu kabilarga otib, ularni yalliglantira oladi. Sozakda uretra va
bachadondan yiring ajraladi, siydik chiqarishda ogriq yuzaga keladi.
Gonokokk limfogen va gematogen yol bilan organizmda tarqal-
ganda boshqa azolarni ham yalliglantira oladi. Sozak artritlari,
endokarditlari va hatto sepsisi paydo bolishi mumkin. Bemor davolan-
masa yoki notogri davolansa, kasallik surunkali shaklga otadi va
uning tashxisini qoyish hamda davolash yanada qiyinlashadi.
Gonokokk koz konyunktivasining yiringli yalliglanishi bleno-
reyaga ham sabab bola oladi. Bu kasallik onaning infeksiyali tuguruq
yollaridan chaqaloq otayotganda kopincha paydo boladi.
Immuniteti. Kasallikdan song organizmda immunitet hosil
bolmaydi.
Profilaktikasi. Maxsus profilaktikasi yoq. Blenoreyaning oldini
olish maqsadida chaqaloq tugilganda ikkala koz konyunktivasiga
12 % li kumush nitrat (30 % albutsid) eritmasi 12 tomchidan
tomiziladi. Umumiy profilaktikasida sanitariya maorifi ishlarini olib
borish, shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, begonalar
bilan jinsiy aloqaga otmaslik, gigiyenik madaniyat darajasini oshira
borish muhim orin egallaydi.
Davosi. Sozakni davolash uchun sulfanilamid preparatlar,
penitsillin, streptomitsin ishlatiladi. Bu preparatlardan togri foydala-
nilsa, ular bemorlarni tez va ishonchli davolaydi, aks holda gonokokk-
larning dorilarga chidamliligi oshib, sozakning sulfanilamid pre-
paratlar va penitsillinga chidamli shakllari vujudga keladi.
Surunkali sozakni davolashda eng samarali preparat gonokokk
vaksinasi hisoblanadi. U oldirilgan gonokokklarning fiziologik erit-
madagi suspenziyasidan iborat. Vaksina shifokor korsatmasi bilan
teri ostiga yuboriladi.
1. Gonokokklarning morfologiyasini tasvirlab bering.
2. Gonokokklarning kultural va fermentativ xossalari qanday?
3. Gonokokklarning chidamliligini bilasizmi?
4. Gonokokklar qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi va ular qanday
yuqadi?
5. Gonokokk infeksiyalari kelib chiqmasligi uchun qanday chora va
tadbirlar otkazilishi lozim?
?
Nazorat uchun savollar
182
MIKROBIOLOGIK TASHXIS
TEKSHIRISH MATERIALI
1. Erkaklarning uretra shilliq qavati ajratmasi.
2. Ayollarning uretra shilliq qavati va bachadon boyni ajrat-
masi.
3. Kozning yiringli ajratmasi.
4. Qon.
Tekshirish materialini yigish
Ayollar va erkaklarning uretra shilligidan ajratma paxtali tam-
pon, qovuzloq yoki qoshiqcha yordamida olinadi. Kozdan yiringli
ajratma olish uchun steril tampon fiziologik eritmada namlab olinadi
va yiringdan sinama olinadi. Qon bilak venasidan 56 ml olinadi.
E s l a t m a : Bakteriologik va bakterioskopik tekshirish
uchun tekshirish materiali:
1) antibiotik bilan davolanishdan avval olinishi kerak;
2) davolanish tugagach, 10 kun otgandan keyin olinishi kerak;
3) siydik ajratgandan song 2 soat otgach, olinishi kerak;
4) purkagich bilan purkalgandan song 2 soat otgach, olinishi
kerak.
Asosiy tekshirish usullari
1. Mikroskopik (otkir shakllarida).
2. Mikrobiologik.
3. Serologik.
Tekshirishning birinchi kuni. Otkir shakli. Uretra shilliq qavatidan
olingan material ikkita yogsizlantirilgan buyum oynachasining
yarmigacha surtib preparat tayyorlanadi, quritiladi, fiksatsiya qilinadi
va metilen koki yoki eozin bilan boyaladi. Bu boyoqlar bilan kasal-
likka taxminiy tashxis qoyish maqsadida boyaladi. Ikkinchi preparatni
toliq tashxis qoyish uchun Gram usulida boyaladi. Buning uchun
fiksatsiya qilingan preparat ustiga filtr qogozi qoyilib, 1 % li kristall
binafshaning suvdagi eritmasi bilan 1 daqiqa davomida boyaladi. Vaqt
otgach qogoz olib tashlanadi, suv bilan yuviladi va Lyugol eritmasi
bilan preparat qorayguncha ushlanadi, songra yana suv bilan yuviladi
va spirtda oqish kulrang bolguncha ushlanadi. Undan song qogoz
yana suv bilan yuviladi va 1 % li neytral qizil eritmasi bilan 3 daqiqa
boyalib, suv bilan yuviladi, quritiladi va mikroskopda tekshiriladi.
Natija musbat bolsa, hujayra elementlari, yadro binafsha rangda,
183
leykotsitlar ichida yoki ulardan tashqarida toplangan gonokokklar
toq sariq rangda korinadi.
Surunkali shakli. Agarda gonokokklarni aniqlashning iloji
bolmaganda, kopincha surunkali shakllarda, tekshirish materiali
assitsiz muhitda ekiladi. Ekilgan muhit 37°C li eksikatorga 10 % li
karbonat kislotali sharoitda qoldiriladi.
Tekshirishning ikkinchi kuni. Ekilgan muhit tekshiriladi. Shubhali
koloniyalarni belgilab organiladi. Undan surtma preparat tayyorlanadi
va Gram usulida boyab, mikroskopda tekshiriladi. Agar Grammanfiy
diðlokokklar korinsa, tekshirish ishlari davom ettiriladi. Sof kulturani
ajratib olish uchun shubhali koloniyaning yarmidan olib, zardobli
qiyshiq agarga ekiladi. Oksidaza sinamasi otkaziladi, yani shubhali
koloniyaning ustiga dimetilparafenilendiamin eritmasi tomiziladi.
Koloniyaning rangi toq jigarrangdan qora ranggacha ozgarishi mumkin.
Qiyshiq agarni termostatga 37°C li haroratda 24 soatga qoldiriladi.
Tekshirishning uchinchi kuni. Ekilgan muhit tekshiriladi. Sof kulturani
aniqlash uchun surtma preparat tayyorlab, Gram usulida boyaladi va
mikroskopda tekshiriladi. Agar gonokokklar korinsa bu sof kulturaligidan
dalolat beradi. Saxarolitik xossasini organish uchun 30 % li zardob
qoshilgan Giss muhitlariga (laktoza, saxaroza, glukoza, mannit va
maltoza) ekiladi. Termostatda 37°C haroratda 24 soat qoldiriladi.
Tekshirishning tortinchi kuni. Ekilgan muhit tekshiriladi. Agar
osish roy bermagan bolsa, yana termostatda 12 kunga qoldiriladi.
Agar osish bolsa, natija oqiladi (22-jadval).
22-jadval
Gonokokklarning boshqa neysseriylardan farqi
I z o h : «» parchalamaydi; «+» parchalaydi.
Serologik usul
Kasallikning uchinchi haftasida otkaziladi. Kasallikning surunkali
shakli va unga shubha qilingan hollarda bemorning qon zardobi bilan
komplement boglanish reaksiyasi qoyiladi. Antigen sifatida olik
gonokokk kulturasidan foydalaniladi.
i
r
a
l
r
u
t
b
o
r
k
i
M
T
S
E
T
a
z
o
t
k
a
L
a
z
o
k
u
l
G
ti
n
n
a
M
a
z
o
tl
a
M
a
d
A
P
G
i
h
s
i
s
o
r
a
l
k
k
o
k
o
n
o
G
+
i
d
y
a
m
s
O
r
a
l
k
k
o
k
o
g
n
i
n
e
M
+
+
i
d
y
a
m
s
O
r
a
l
k
k
o
k
l
a
r
a
t
a
K
i
d
a
s
O
184
1. Gonokokk infeksiyalarida tekshirish materiali sifatida nima olinadi?
2. Tekshirish materiallari qachon olinishi lozim?
3. Otkir va surunkali shakllaridan asosiy tekshirish usullari qaysi?
4. Gonokokklarni qaysi mikroorganizmlarda farqlash lozim?
Oziqa muhitlari
Tuxum sarigidagi muhit. Quyon goshtidan tayyorlangan 100 ml.li
GPA ga 15 ml yangi tuxumning sarigi, 6 ml fenol qizil indikatori,
1 ml distillangan steril suvda eritilgan 1,5 ml shakar qoshib
kosachalarga quyiladi.
Assit agar. Quyon goshtidan tayyorlangan shorva filtrlanib, unga
2 % agar, 1 % pepton va 0,5 % natriy xlor qoshiladi. Muhit qayna-
guncha qizdiriladi, filtrlanadi, idishlarga solib, avtoklavda 115°C haro-
ratda 15 daqiqa sterillanadi.
Ichak bakteriyalari oilasi
Ichak guruhi bakteriyalariga Enteroobactericeae oilasiga
morfologik, kultural, tinktorial xossalari bir-biriga oxshash mikro-
organizmlar kiradi. Ular odam va hayvon ichagida hayot kechiradi,
lekin tashqi muhitda ham aniqlanadi. Chunki ular najas bilan tashqi
muhitga chiqariladi.
Hozirgi vaqtda ichak bakteriyalari oilasiga 12 avlod mikroorga-
nizmlar kiritiladi. Masalan, Esherixiy, Salmonella, Shigella, Proteus,
Klebsiyella, Iyersiniya va boshqalar. Bular avlodlar va yana turlarga,
biologik va serologik variantlarga bolinadi.
Bu avlodlarning boshlangichi bolib, ichak tayoqchasi hisoblanadi.
Evolutsion ozgarishi natijasida ichak tayoqchasi parazitik hayot
kechirishga moslashdi va patogen turga aylandi. Hozirgi vaqtda u kopgina
ichak kasalliklarini kelib chiqishiga sabab bolmoqda. Ichak bakteriya-
larining patogen turlari bolib qorin tifi, A va B paratif toksikoin-
feksiya, dizenteriya va boshqa turlar hisoblanadi.
Barcha ichak bakteriyalari tayoqchasimon, uchlari yumaloq,
surtma preparatda tartibsiz joylashadi, Grammanfiy boyaladi, fakul-
tativ anaerob, oddiy oziqa muhitida yaxshi rivojlanadi. Ular bir-
biridan fermentativ, antigenlik xossasiga kora farqlanadi. Saprofitlarda
fermentativ faollik ancha kuchli namoyon boladi.
?
Nazorat uchun savollar
185
18-bob.
ESHERIXIYLAR
Bu avlodga faqat bitta ichak tayoqchasi E coli kiradi, lekin
kopgina variantlarni oz ichiga oladi. Ular biologik, fermentativ,
antigenlik xossasiga kora, bir-biridan farqlanadi.
Ichak tayoqchasini 1888-yili Esherix najasdan ajratib olgan va
mikrob uning nomi bilan atalgan. Ichak tayoqchasining tabiiy yashash
joyi hayvon va odam ichagi bolib hisoblanadi va ular ichakning
normal mikroflorasiga kiradi. U hayot faoliyati davomida fermentlar
ishlab chiqaradi, ovqat hazm qilishda ishtirok etadi, B guruh vitamin-
larini sintezlaydi va boshqa patogen mikroblarga antagonistik tasir
korsatadi (masalan, dizenteriya, qorin tifi, toksikoinfeksiya, qozga-
tuvchilarga). Agar yogon ichakda ichak tayoqchasi bolmasa, disbak-
terioz kasalligi kelib chiqadi. Bunda ichakdagi normal mikroflora tarkibi
buziladi, proteylar, zamburuglar, kokk floralari kopayib ketadi.
Organizmning qarshilik korsatish kuchi susaygan hollarda
Esherixiylar boshqa azolarga tushib, ogir patologik jarayonlarni keltirib
chiqaradi. Shuning uchun ichak tayoqchasi shartli patogen mikroor-
ganizm, deb ataladi. Ichak tayoqchasi najas bilan tashqi muhitga tushadi.
Tuproq, suv, oziq-ovqatlar va obyektlarda ichak tayoqchasining aniqla-
nishi ularni najas bilan ifloslanganligidan dalolat beradi. Ichak tayoq-
chasining borligini (koli-titr, koli-indeks) aniqlash obyektlarining
sanitar holati kortsatkichi sifatida qollaniladi.
Morfologiyasi. E. coli mayda 0,53,0 x 0,50,8 mkm kattalikdagi
tayoqchasimon mikroblardir. Grammanfiy, harakatchan, xivchinlari
peretrix joylashgan. Kopgina shtammlari kapsula hosil qiladi, spora hosil
qilmaydi. Ayrim ichak tayoqchasining variantlari harakatsiz boladi.
Kultural xossasi. Ichak tayoqchasi fakultativ anaerob bolib,
oddiy oziqa muhitlarida, 37°C haroratda va pH 7,27,8 muhitida
yaxshi osadi. Odam va hayvon organizmidan ajratib olingan ichak
tayoqchasining shtammlari 4345°C da yaxshi osadi. Ichak tayoqcha-
sining tashqi muhit obyektlarida aniqlanishi sanitariya sharoiti yomon-
ligidan dalolat beradi. GPAda xira, biroz bortib chiqqan, chetlari
tekis, nam koloniya hosil qilib osadi. GPSHda bir tekis loyqalanish
hosil qilib osadi. Differensial-diagnostik Endo muhitida yaltiroq metall,
malina rangli koloniya hosil qilib osadi.
Fermentativ xossasi. Fermentativ xossasiga kora, faol hisoblanadi.
Laktoza, saxaroza, glukoza, mannit, maltozani kislota va gazgacha
parchalaydi. Proteolitik xossasiga kora, indol hosil qiladi. Jelatinani
suyultirmaydi. Alohida biovarlari laktoza va saxarozani parchalamaydi.
Toksigenligi. Ichak tayoqchasi liðopolisaxarid tabiatli endotoksin
hosil qiladi.
186
Antigenlik tuzilmasi. Esherixiylar antigenlik tuzilmasiga qarab
farqlanadi. Esherixiylarda uch turdagi antigen tafovut etiladi: somatik
Oantigeni, yuzaki Kantigeni (kapsula), xivchinli Hantigeni.
Somatik termostabil Oantigeni liðopolisaxaridprotein kompleksni
(yog, oqsil, uglevod tabiatli) oz ichiga oladi va u bakteriyaning
hujayra devorida joylashgan. Oantigeniga kora mikrobning 170 turi
tafovut etiladi. K antigeni O antigeniga nisbatan yuzada joylashgan.
Esherixiylarning K antigeni turlicha: A, B, L va M antigenlari.
A va M antigenlari termostabil, yani yuqori haroratga chidamli, B va
L antigeni esa chidamsiz. K antigenining 100 ta guruhi tafovut
etiladi. Kantigen agglutinatsiya reaksiyasini qoyishga tosqilik qiladi:
shuning uchun 100°C qizdirilib, ulardan O antigeni ajratib olinadi.
H antigeni faqat mikroblarning harakatchan turlaridagina uchraydi.
Uning 50 dan ortiq turlari aniqlangan. H antigeni boyicha ajratib
olingan kulturani serovariantlari aniqlanadi. Ichak tayoqchasining bu
xossasi agglutinatsiya reaksiyasi yordamida aniqlaniladi. Fegovarlari
esa bakteriofaglar yordamida sezuvchanligi aniqlanib organiladi.
Chidamliligi. Ichak tayoqchasi tashqi muhitga ancha chidamli. 55°C
harorat tasirida 1 soatdan song, 60°C issiqlik tasirida esa 15 daqiqadan
song nobud boladi. Tuproqda, suvda 23 oygacha saqlanadi, sutda esa
faqat saqlanib qolmasdan, hatto bolinib kopayadi. Dezinfeksiyalovchi
moddalar (3 % li xloramin, 1:1000 sulema eritmasi) tasirida 2030 da-
qiqadan song nobud boladi. Brilliant yashiliga (zelyonkaga) juda sezgir.
Patogenligi. Esherixiylarning alohida seroguruhlari hayvonlarda
oshqozon-ichak kasalliklarini keltirib chiqaradi. Laboratoriya hayvon-
laridan dengiz chochqachalari ichak tayoqchasiga sezgir. Laboratoriya
hayvonlarining zararlangan azolariga qarab esherixiylar ularda turli
xil patologik jarayonlarini keltirib chiqaradi. Masalan, mikroblar teriga
yuborilganda yalliglanish va abssess, qorin boshligi va venaga yubo-
rilganda sepsis, peritonit kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Infeksiya manbai. Kasal odam infekiya manbai hisoblanadi. Ichak
tayoqchasi organizmga tashqi muhitdan tushadi. Organizmdagi mavjud
ichak tayoqchasi boshqa azolarga ham otib, kasallik keltirib chiqarishi
mumkin.
Tarqalish yoli. Maishiy, oilaviy yol orqali iflos qol, idish-
tovoq, oyinchoq, oziq-ovqat va mexanik yol pashsha, suvaraklar
orqali tarqaladi.
Patogenezi. Esherixiylar keltirib chiqaradigan kasalliklarga esherixioz
kasalliklar deyiladi. Ichak tayoqchasi ogiz orqali organizmga tushsa, u
albatta, bolalar va kattalarda ichak kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Ayrim O guruhidagi ichak tayoqchalari ham organizmda kasalliklar
keltirib chiqaradi va ular enteropatogen ichak tayoqchalari deyiladi (EPKP).
Enteropatogen ichak tayoqchasining bir necha guruhlari tafovut etiladi:
187
1. I guruh bolalarda kolienterit kasalligini keltirib chiqara-
digan turlari (0111, 026, 055, 086 va b.).
2. II guruh ichburugga xos kasalliklarni keltirib chiqara-
diganlari (025, 0124, 0143, 0144 va boshqa seroguruhlari).
3. III guruh vaboga oxshash kasalliklarni keltirib chiqara-
diganlari (01, 05, 06, 078 va boshqa seroguruhlari).
Ichak tayoqchasi oziq-ovqatlarga tushib, ularda bolinib kopayishi
ham mumkin. Bunday ifloslangan oziq-ovqt istemol qilingandan song
ular ovqatdan zaharlanish kasalliklarini keltirib chiqaradi. Ichak tayoq-
chasi boshqa azolarga otganda xoletsistit, sistit, sepsis va boshqa
kasalliklarni keltirib chiqaradi. Kolienterit nihoyatda yuqumli bolib,
bolalar muassasalarida epidemik tus olishi mumkin.
Profilaktikasi. Shaxsiy gigiyena qoidalarga rioya qilish. Maxsus
profilaktikasi yoq
Davosi. Antibiotiklar bilan davolanadi. Hozirgi vaqtda davolash
maqsadida koliðrotey fagi qollanilmoqda va yaxshi natijalar bermoqda.
1. Ichak bakteriyalari oilasining asosiy belgilari qanday?
2. Esherixiylarning antigenlik tuzilishi qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |