kimyoviy usullar «Diaferm3» dializ fermentlar yordamida parcha-
lash, oqsillarning turli fraksiyalarini choktirish yoli bilan tozalanadi.
Natijada, tozalangan, antitelolar konsentratsiyasi yuqori bolgan
(1 ml.da 500010000 AB) zardoblar solinadi. Bunday zardoblarning
yorliqlariga tegishli belgilar «diaferm», «dializlangan» sozlari yozib
qoyiladi.
Zardoblarga ham vaksinalar singari yorliq yopishtiriladi va unda
zardobning tayyorlangan vaqti, 1 ml.dagi antitoksik birliklar miqdori,
qollash muddati korsatiladi. Ularni ham qorongi va salqin joyda
saqlash kerak boladi.
Ular tiniq bolishi, biroz yaltirab turishi, chayqatganda yirik
ipir-ipir bolmasligi lozim. Zardoblar bilan davolash kasallik jarayonini
tez toxtata olishiga asoslangan. Zardobdagi antitoksin toksinni
neytrallaydi (zararsizlantiradi), shundan song bemorning ahvoli ancha
yaxshilanadi. Kasallik boshlangach, zardob qancha ertaroq yuborilsa,
davolash natijasi shuncha muvaffaqiyatli boladi. Odatda, zardob
mushak orasiga, ayrim hollarda, masalan, qoqsholda zardobni venaga
yoki beldan umurtqa kanaliga (intralumbal) yuborish mumkin.
Organizmga kasallik yuqqanda, uni mikroblar va zaharlardan
himoya qilish uchun tez yordam berish kerak bolganda zardobni
profilaktik maqsadda ham yuborish mumkin. Bunda yuborilgan zardob
darhol passiv immunitetni vujudga keltiradi, chunki organizmga
tayyor antitelolar kiritiladi. Passiv immunitet 23 hafta davom etadi.
147
Qoqshol (stolbnyak)ning oldini olish uchun zardob bilan majburiy
tartibda jarohatlangan va jarohatlanmagan kishilar ham emlanadi,
buni har bir tibbiyot xodimi yaxshi bilishi lozim. Hozirgi vaqtda ular
orniga gammaglobulinlar qollanilmoqda. Gammaglobulinlar
zardobdagi oqsillarning fraksiyalaridan biri bolib, bu fraksiyada
antitelolar konsentratsiyasi yuqori boladi. Immunoglobulinlar
qizamiq, gepatit, poliomiyelit, kokyotal, qizilcha va boshqa
kasalliklarning oldini olishda qollaniladi.
Zardob preparatlarini oz vaqtida va togri yuborilishi kopgina
yuqumli kasalliklarning oldini oladi. Zardoblardan kasalliklarga tashxis
qoyishda ham keng foydalaniladi, yani immunologik reaksiyalarni
qoyishda qollaniladi. Buning uchun agglutinatsiyalovchi, pretsipita-
tsiyalantiruvchi, gemolizlantiruvchi va lizislantiruvchi zardoblardan
foydalaniladi. Bu zardoblar agglutinatsiya, pretsipitatsiya gemoliz yoki
lizis reaksiyalarini qoyishda ishlatiladi. Zardoblarni diagnostikada
qollanilishi serodiagnostika deyiladi.
1. Vaksinalarning qanday turlarini bilasiz?
2. Passiv immunitet qanday preparatlar yordamida hosil qilinadi?
3. Autovaksina nima?
4. Seroterapiya, seroprofilaktika va serodiagnostika deganda nimani
tushunasiz?
12-bob.
ALLERGIYA
Allergiya (lotin. allos begona, erqon tasir etish) bu orga-
nizmning turli xil begona moddalarga (antigenlarga) nisbatan yuksak
sezuvchanligi.
Yuksak sezuvchanlik holatini yuzaga keltiruvchi moddalarga
allergenlar deyiladi. Allergen bolib mikroorganizmlar (bakteriyalar,
viruvslar, zamburuglar), mikrob hujayrasi ishlab chiqaradigan
moddalar, hayvonga mansub bolgan oqsillar (tuxum, sut va b.),
osimlik tabiatli oqsillar (qoziqorin, yer tuti va b.), davolovchi
getereologik zardoblar va boshqalar hisoblanadi. Bu moddalarning
barchasi tola qimmatli antigen hisoblanadi. Bundan tashqari, gaptenlar
ham allergiyani keltirib chiqaradi. Ular organizmdagi oqsillar bilan
birikish natijasida allergik moddalarni hosil qiladi. Bundan tashqari,
allergiyani allergenlar (boyoqlar, laklar, sovun va b.), maishiy aller-
genlar (chang, mushuk va it, hayvon junlari, yostiq parlari va b.),
?
Nazorat uchun savollar
148
osimlik allergenlari (osimliklar gullayotgandagi changlar), dorivor
moddalar (antibiotiklar, aspirin va b.) ham keltirib chiqarishi mumkin.
Allergiya organizmning turli xil agentlarga oziga xos giper-
sezuvchanligidir. Ularning asosida antigen va antitelolarning reaksiyasi
yotadi. Organimzga birinchi safar kirgan allergenlarning biri antiteloni
hosil qilsa, ikkinchisi Ò-limfotsitlarni sensibilizatsiyalaydi. U yoki bu
holda ham ozgarishlarni hosil qilgan allergenlar bilan qayta uchrashish
organizmning yuqori sezuvchanligini orttiradi. Bu allergen bilan qayta
kurashish namoyon bolishi mumkin. U allergenga va organizmning
immunologik tuzilish xarakteriga bogliq.
Barcha allergik reaksiyalar ikki guruhga: tez yuzaga chiqadigan va
asta-sekin yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalarga bolinadi. Òez yuzaga
chiqadigan allergik reaksiyalarga: anafilaksiya, ArtyusSaxarov
fenomeni, zardob kasalligi, atopiya (bronxial astma, pollinoz, krapiv-
nitsa (eshak yemi) va b.) kiradi. Asta-sekin yuzaga chiqadigan allergik
reaksiyalarga infeksion allergiya, kontakt dermatit, dorivor allergiya
kiradi.
Òez yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalar
Anafilaksiya (lotin. ana qarshi, phylaxis himoya) bu begona
antigenlarni qayta yuborilgandan keyin shok yoki unga yaqin holatni
tez namoyon qiladigan yuksak sezuvchanlik.
Anafilaksiyani yuzaga keltiruvchi moddalarni anafilaktogenlar
deyiladi. Ularga begona oqsillar, bakteriya toksinlari, mikrob hujay-
rasining polisaxaridlari, turli xil dorivor moddalar, yani tola qimmatli
antigenlar va gaptenlar kiradi.
Anafilaksiya mexanizmi. Anafilaktogen (masalan, ot zardobi
dengiz chochqachasiga yuborilganda) birinchi safar yuborilganda
oziga xos sensibilizatsiyani yuzaga keltiradi. Antitelolar (IoE) hosil
boladi, ular 1012 kundan keyin maksimal titrda toplanadi. Bu
antitelolar qonda aylanib yurib qisman hujayra tanasiga singadi.
Begona oqsilning sensibilizatsiyani yuzaga keltiruvchi birinchi
dozasini sensibilizatsiyalovchi doza deyiladi. Bu uncha katta bolmagan
dozadir (dengiz chochqachasi uchun ot zardobidan 0,010,001 ml).
Sensibilizatsiya antigenni parenteral (oshqozon-ichak yoli) yubo-
rilganda yuzaga keladi. Lekin u antigen ichak yoki opka shilliq qavati
orqali otayotganda ham yuzaga kelishi mumkin. Yuzaga kelgan allergik
holat uzoq vaqt bir necha oy va hatto yillab saqlanishi mumkin.
Ana shu anafilaktogenni qayta yuborilganda tez yuzaga chiqadigan
allergik reaksiya turi anafilaktik shokni yuzaga keltiradi, uning tasirida
hayvon nobud boladi. Anafilaktik shokning kelib chiqish shartlari
quyidagilardan iborat:
149
1. Qayta yuboriladigan doza sensibilizatsiyalovchi dozadan 10100
marta ortiq bolishi lozim.
2. Bu doza togridan togri qonga yuborilishi lozim.
Anafilaksiya patogenezida organizmga begona oqsil yoki boshqa
anafilaktogen kirganda, unga javoban hosil bolgan antitelo asosiy
rolni oynaydi. Bu antitelolar qisman hujayra nishon deb nomlangan
hujayralarda adsorbsiyalanadi. Allergenning hal qiluvchi dozasini qayta
yuborilganda, u shu hujayra yuzasidagi antitelolar bilan reaksiyaga
kirishadi, hujayra membranasining yaxlitligi buziladi. Bu hujayradan
koplab gistamin moddasining ajralishiga va anafilaktik shokni yuzaga
kelishiga olib keladi. Qonda aylanib yurgan antitelo va antigenlarning
boglanishi pretsiðitatlarning hosil bolishiga sabab boladi, shu-
ningdek, mediatorlar faolligini yuzaga keltiradi.
Sensibilizatsiyalangan hayvon zardobini shu turga oid soglom
hayvonga yuborilsa, 12 kun otgandan keyin (bu vaqt yuborilgan
antiteloni ishonch hujayrasiga fiksatsiyalanishi uchun kerak) u
ham sensibilizatsiyalanadi. Anafilaktogenning hal qiluvchi dozasi
hayvonlarda shokni yuzaga keltiradi. Bu passiv anafilaksiya deyiladi.
Anafilaktik shokning klinik belgisi turli xil hayvonlarda turlicha
kechadi. Dengiz chochqachalarida anafilaktogenning ikkinchi dozasini
vena ichiga yuborilganda reaksiya darhol yuzaga chiqadi, hayvon betoqat
bolib, oyogi bilan burnini qashlaydi, aksiradi, hansirash, song
titroq yuzaga keladi, ixtiyorsiz siydik va najasi ajraladi va hayvon nobud
boladi. Ular yorib korilganda bronxlar spazmi (qisilishi), opkalar
shishgani, ovqat hazm qilish azolarida qizarish va qon quyilishi
kuzatiladi. Itlarda anafilaktik shok tomirlarning qisilishi va jigarda qonning
turib qolishi bilan kuzatiladi.
Quyonlar anafilaksiyasida ular nafas olishning toxtashi va qon
bosimining tushib ketishidan nobud boladilar. Bu holat kichik qon
aylanish doirasi arteriyasining spazmi natijasida yuzaga keladi.
Odamda anafilaktik shok zardobli preparatlarni yuborish qoidalarini
buzilishi yoki penitsillin va boshqa dori moddalari yuborish natijasida
yuzaga keladi. Reaksiya koz mushaklarining spazmasi, yurak-tomir
sistemasining buzilishi bilan namoyon boladi. Òana harorati 12°C ga
pasayadi, hansirash kuzatiladi, tomir urishi tezlashadi, arterial bosim
pasayadi, qaltirash, bogimlarda ogriq va boshqa belgilar yuzaga
keladi. Ayrim hollarda anafilaktik shok olim bilan tugaydi.
Anafilaktik shokning oldini olish uchun desensibilizatsiyani, yani
yuqori sezuvchanlikni yoqotish kerak. Shu maqsadda barcha ana-
filaktogen moddalarni yuborishdan avval, shokni yuzaga keltirmay-
digan va yuborilgan anafilaktogen antiteloni boglab oladigan dozasi
yuboriladi. Masalan, odamga kerak bolgan begona ot zardobidan
150
(bogma, qoqsholga qarshi) avval 0,51,0 ml, 2 soatdan keyin
qolgan dozani yuboriladi. Bu zardobni Bezredko usulida yuborish
deyiladi. Zardobli preparatlar hamma vaqt bolib-bolib yuboriladi.
Avval yuboriladigan preparatga odamning sezuvchanligi aniqlanadi.
Shu maqsadda birlikning ichki tomoniga yuborilishi kerak bolgan,
1 : 100 suyultirilgan zardobdan teri ichiga 0,1 ml yuboriladi. Agar
reaksiya manfiy (biroz qizarish va 1 sm.dan kamroq kenglikda shishish)
bolsa, 2030 daqiqadan song 0,10,5 ml suyultirilmagan zardob-
dan teri ichiga yuboriladi. 3060 daqiqadan song reaksiya manfiy
bolsa, qolgan doza ham yuboriladi.
Zardob kasalligi odamga begona zardob (masalan, ot zardobini)
yuborilganida yuzaga keladi. U preparat yuborilgan zahoti yuzaga kelib
va anafilaktik shok turiga kora ogir otishi mumkin. Organizmga zardob
yuborilganda shu zardobga nisbatan antitelo hosil boladi, shu zardobni
qaytadan yuborilganda zardob kasalligi yuzaga keladi. Lekin zardob
kasalligi zardobni birinchi marotaba kop miqdorda yuborilgan hollarda
ham yuzaga kelishi mumkin. Bunday hollarda u zardob yuborilganidan
812 kundan song namoyon boladi, chunki bu davr mobaynida
organizmda zardobga nisbatan antitelo sintezlanadi. Òoshma toshadi
(eshak yemi), badan qichishadi, bogimlarda ogriq paydo boladi,
limfa tugunlari kattalashadi, haroratning kotarilishi kuzatiladi, asta-
sekin bu belgilar yoqoladi.
Immunoglobulinlar qollanilishi zardob kasalligining oldini oladi.
Atopik reaksiyalar (atopiya) (lotin. atopos ajablanarlik,
galati) allergenlar sezuvchanlik yuqori bolgan odamlarda orga-
nizmga allergenlar kirganda ularga nisbatan javobning hosil bolishidir.
Yuqori sezuvchanlikka moyillik nasldan naslga otadi.
Bu reaksiyaning mexanizmi organizmning shu allergen bilan
birinchi uchrashuvida hosil bolgani kabi, allergen va antitelo orasidagi
tasirdek boradi. Bunda anafilaksiyadagidek gistamin va unga oxshash
moddalar ajraladi, ular silliq mushaklarni qisqartiradi, tomirlarning
otkazuvchanligini oshiradi va boshqalar.
Azo va toqima hujayralariga antitelolar yopishishiga qarab, turli
xil holatlar yuzaga keladi: nafas yolini shikastlanishi allergik tumov
va bronxial astma, koz shilliq qavatining shikastlanishini konyun-
ktiva, terini shikastlanishi eshak yemi (krapivnitsa) toshishi va bosh-
qalar. Bundan tashqari, atopiya organizm ayrim moddalarni oziq-
ovqatlar, dorivor va osimlik moddalarini kotara olmasligi natijasida
ham yuzaga keladi. Atopiyaning anafilaksiyadan farqi shundaki, u
desensibilizatsiyaga berilmaydi va faqat odamlarda kuzatiladi.
Bronxial astma. Kasallik bogilish xuruji va ogir spazmatik yotal
bilan otadi. U bronx mushaklarini qisqarishi va bronx shilliq qavatining
151
shishishi natijasida kelib chiqadi. Asosan, astmani kelib chiqishiga,
turli xil allergenlar chang, osimliklar, hayvon juni, dori moddalari
va boshqalar sabab boladi.
Pollinoz (pichan isitmasi ñåííàÿ ëèõîðàäêà). Odatda, bahor
va yoz oylarida, osimliklarning gullash davrida kuzatiladi. Osimlik
changi yoki zamburug sporalari shilliq qavatlarga kirishi natijasida
konyunktivit, tumov, bosh ogrigi, ayrim hollarda nafas siqishi kuzati-
ladi. Kasallikning rivojlanishi organizmning oldingi sensibilizatsiyasiga
bogliq. Qonda antitelo bilan osimlik changlarini aniqlash mumkin.
Krapivnitsa (eshak yemi) toshmalar «obi non» singari yirik qizarish
va qichishish bilan namoyon boladi. Oziq-ovqatlar (yer tuti, qozi-
qorin, tuxum va b.) yoki kimyoviy moddalar, masalan, fenolftalein
bilan ishlaganda kuzatiladi.
Asta-sekin yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalar
Asta-sekin yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalar allergiyaning
bir korinishi bolib, organizmning sensibilizatsiyasi, Ò-limfatsitlar-
ning (sensibilizatsiyalangan Ò-limfatsitlar) faolligi va toplanishiga
bogliq. Òez yuzaga chiqadigan allergiyaning asta-sekin chiqadigan
allergiyadan farqi quyidagilardan iborat: birinchidan, qonda aylanib
yurgan antitelolar bilan boglanmagan va sensibilizatsiyalangan hayvon
zardobini boshqa hayvonga asta-sekin yuzaga chiqadigan allergiyani
asta-sekin uzatilishi sodir bolmaydi. Ikkinchidan, u tez yuzaga
chiqmasdan, allergen bilan kontaktda bolishi natijasida 2428 soatdan
keyin yuzaga chiqadi.
Asta-sekin yuzaga chiqadigan allergik reaksiyaning mexanizmi.
Allergenning Ò-limfatsit bilan (shu allergenga mos retseptorning
bolishi) uchrashuvi Ò-hujayraning faolligini oshiradi va uni
kopayishiga olib keladi. Natijada organizmda shu allergenga sensibili-
zatsiyalangan Ò-limfatsitlar toplanadi. Shu allergen bilan qayta
uchrashganda Ò-limfatsitlar yana faollashadi va antigenni olib yuruvchi
nishon hujayralarni parchalash jarayoniga makrofaglarni jalb qiladi.
Bunda Ò-limfatsitlar nobud boladi. Atrofdagi hujayralarga zaharli
moddalar ajraladi. Allergiyaning klinik belgilari namoyon boladi.
Infeksion allergiya bu mikroorganizmlarga yoki ular ishlab
chiqaradigan mahsulotlarga organizmning yuksak sezuvchanlik holati.
Kopgina yuqumli kasalliklarda yuzaga keladi va ularning patogenezida
katta rol oynaydi va bemor sogaygandan keyin ham ancha vaqtgacha
saqlanadi. Infeksion allergiya, brutselloz, zaxm va boshqa kasalliklarda
kuzatiladi.
152
Infeksion allergiyada reaksiyaning spetsifikligi kopincha yuqumli
kasalliklar diagnostikasida (sil, brutselloz, tulyaremiya va b.)
qollaniladi. Òeri ichiga yoki teri ustiga oz miqdorda allergen, filtrat
yoki lizat kultura, qizdirish yoki kimyoviy moddalar tasirida oldiril-
gan bakteriya ilinmasi yuboriladi.
Organizm yuqori sezuvchanligida allergen yuborilgan yerda reaksiya
sodir boladi: qizarish, shishish, ogriq. Ayrim hollarda umumiy reaksiya
ham sodir bolishi mumkin: darmonsizlik, kamquvvatlik, umumiy
jarayonni zorayishi (masalan, silda tuberkulin yuborilganda)
kuzatiladi.
Kontakt dermatit teri allergik kasalligi. U turli xil kimyoviy
moddalar bilan uzoq vaqt davomida ishlash natijasida sodir boladi.
Bunda sovun, yelim, boyoqlar, rezina, dorilar, kosmetika va boshqa
oddiy zararsiz moddalar allergen bolib hisoblanadi. Ular gaptenlar
bolib hisoblanadi, lekin ular organizmdagi oqsillar bilan birikib
antigen (allergen) bolib qoladilar. Kasallikning kechishi turlichadir,
teri qizarishidan boshlab nekrozgacha kuzatiladi. Kontakt dermatitga
ekzema (ekzematoz dermatit) kiradi.
Ayrim odamlarda turli xil oziq-ovqat mahsulotlari (tuxum,
suzma, yer tuti va b.)ga, dorilar (asetilsalitsil kislotasi, amidopirin
va b.)ga allergiya kuzatiladi. Ular gaptenlar bolib, bu moddalar
organizmdagi oqsillar bilan birikib antigen bolib qoladi va allergiyani
yuzaga keltiradi.
Faqat allergen bilan qayta toqnash kelishning oldini olish bilan
kopgina allergik reaksiyalarni bartarf etish mumkin. Lekin yuqori
sezuvchanlik holatini yuzaga keltiruvchi antigenni aniqlash murakkab
kechadi. Buning uchun tavsiya etilgan allergen bilan teri ichi sinamasi
qoyiladi.
Keyingi yillarda kopgina infeksion (infeksion allergiyani yuzaga
keltiruvchi turli xil mikroorganizmlardan), noinfeksion (turli xil
changlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kimyoviy moddalar va b.)
allergenlar kuzatilmoqda. Shuni esda tutish kerakki, organizmga aller-
genni oz miqdorini yuborilganida ham qoshimcha allergizatsiyani
chaqiradi. Shuning uchun songgi vaqtda laboratoriyada allergik usul
keng qollanilmoqda.
1. Allergik reaksiyalarning qanday turlarini bilasiz?
2. Anafilaksiya qachon yuzaga keladi va namoyon boladi?
3. Organizmga zardobli preparatlarni yuborganda anafilaksiya yuzaga
chiqmasligi uchun qanday ishlarni olib borish lozim?
?
Nazorat uchun savollar
153
II qism.
XUSUSIY MIKROBIOLOGIYA
PATOGEN KOKKLAR
Kokklar bu mikroorganizmlarning keng guruhi bolib, ularga
patogen, shartli patogen va patogen bolmagan turlari kiradi. Bu
bolimda patogen va shartli patogen kokklar korib otiladi.
Berg tasnifiga kora, patogen kokklar uch oilaga kiritiladi:
1. Micrococcaceae Staphylococcus
(stafilokokklar) avlodi.
2. Streptococcaceae Streptococcus
avlodi (streptokokklar va pnevmokokklar).
3. Neisseriaceae Neisseria
avlodi (meningokokklar va gonokokklar).
Patogen kokklar yiringli jarayonlarni keltirib chiqaradi, shu
xossasiga kora, ular bir-birlariga oxshaydi, shuning uchun ularni yiring
chaqiruvchi kokklar deb ataladi. Kokklarda organotroplik darajasi bir
xil bolmay, bu pnevmokokk, meningokokk va gonokokklarda koproq
namoyon boladi. Barcha patogen kokklar harakatsiz bolib, spora
hosil qilmaydi, pnevmokokk kapsula hosil qiladi.
Boyalishiga kora ular Grammusbat (stafilokokk, streptokokk)
va Grammanfiy (meningokokk, gonokokk) boladi. Yiring chaqiruvchi
kokklar bir-biridan oziqa muhitlarga talabchanligiga va biokimyoviy
faolligiga kora farqlanadi. Stafilokokk esa oziq muhitga talabchan emas,
biokimyoviy xossasiga kora faoldir.
13-bob.
STAFILOKOKKLAR
Stafilokokklarni birinchi bolib, 1880-yilda L. Paster aniqlagan.
A. Ogston (1882) va F. Rozenbax (1884) ularni chuqur organishgan.
Morfologiyasi. Stafilokokklar (yunon. staphyle uzum shingili)
sharsimon, diametri 0,51,5 mkm, surtmada uzum shingiliga oxshab
joylashadi. Lekin yiringda alohida yoki juft-juft bolib joylashadi. Ular
harakatsiz, spora hosil qilmaydi, maxsus usullarda undirilganda,
mikrokapsula hosil qiladi, Grammusbat.
Kultural xossasi. Stafilokokklar fakultativ anaerob, lekin kislo-
rodli sharoitda yaxshiroq osadi. Oddiy oziqa muhitida yaxshi osadi va
bolinib kopayadi, qonli muhitda ham yaxshi osadi, optimal harorati
37°C, pHi 7,27,4.
154
Tuxum sarigi qoshilgan tuzli agar va tuzli-sutli agar elektiv
muhit bolib hisoblanadi. GPA da stafilokokklar 24 mm kenglikda
chetlari tekis, bortib chiqqan, yumaloq, xira, yaltiroq koloniya hosil
qilib osadi. Ular ostirilganda oq, sariq, tillarang pigment hosil qiladi.
Ayniqsa, sutli muhitda, uy haroratida va yoruglik tarqoq yerda
yaxshiroq pigment hosil qiladi. Stafilokokkning pigmenti suvda
erimaydi, aseton, efirda, spirt va boshqalarda yaxshi eriydi. Qonli
muhitda koloniya atrofida gemoliz zonasini hosil qiladi. Suyuq muhitda
bir xilda loyqalanib va probirka tubida chokma hosil qilib osadi.
Fermentativ xossasi. Stafilokokklar saxarolitik va proteolitik
fermentlar ishlab chiqaradi. Saxarolitik fermentlar laktoza, glukoza,
saxaroza, maltoza, glitserin va boshqalarni kislotagacha parchalaydi.
Stafilokokkning proteolitik xossasi kazeinni eritish xossasida,
jelatinani sekinlik bilan suyultirishda va boshqa oqsillarni parchalanishida
namoyon boladi. Stafilokokklar quyidagi patogen fermentlar ishlab
chiqaradi:
1)koagulaza (qon plazmasini ivitadi);
2)gialuronidaza (tarqalish faktori);
3)letsitinaza (hujayra qobigidagi litsitinni eritadi);
4) DNK aza (DNKni depolimerizatsiyalaydi);
5)fosfataza va boshq.
Plazmakoagulaza fermentini aniqlash tillarang, stafilokokkni
boshqa turdagi stafilokokklardan farqlashda qollaniladi. Kopgina
stafilokokklar penitsillinni parchalaydi.
Toksin hosil qilish. Stafilokokklar ekzotoksin ishlab chiqaradi,
ularda tort xil gemolizin kiradi. Shulardan α toksini koproq ahamiyatga
ega. U quyidagi xususiyatlarga ega: gemolitik eritrotsitlarni gemolizga
uchratadi, dermonekroz teri ichiga yuborilganda, nekrozni keltirib
chiqaradi, letal hayvon venasiga yuborilganda uning olimiga sabab
boladi.
Stafilokokklar gemolizindan tashqari, leykotsitlarni parchalaydigan
leykotsidin toksinini ham ishlab chiqaradi. Bazi shtammlarni ente-
rotoksin hosil qiladi, u ovqatdan zaharlanishni yuzaga keltiradi.
Antigenlik xossasi. Stafilokokklar ozida polisaxarid va oqsil tabiatli
antigen saqlaydi. Tillarang stafilokokkning 40 taga yaqin fagovarlari
bolib, infeksiya manbai va tarqalish yolini aniqlashda katta aha-
miyatga ega.
Tasnifi. Odam organizmidan ajratib olingan stafilokokklarning uch
turi aniqlangan. S. aureus, S. epidermidis, S. saprophyticus (20-jadval).
155
20-jadval
Odam organizmidan ajratib olingan stafilokokk
turlarining farqlanishi
k
k
o
k
o
li
f
a
t
S
i
r
a
l
r
u
t
i
r
a
l
a
s
s
o
X
+
+
+
+
+
+
+
+
I z o h : «+» chidamliligi, ferment ishlab chiqarishi; «» ferment
ishlab chiqarmasligi, chidamsizligi.
Tashqi muhit omillariga chidamliligi. Stafilokokklar ancha
Do'stlaringiz bilan baham: |