5. Murdalardan material.
6. Tashqi muhitdagi buyumlardan yuvinadi.
Tekshirish materialini toplash
Najas boshqa ichak infeksiyalardagi kabi olinadi. Qusuq moddasi
ham toksikoinfeksiyada olinganidek olinadi.
214
Siydikning orta miqdori steril kateterda steril idishga olinadi.
Yaradan ajratma, quloqdan yiring, halqum ajratmasi steril paxtali
tampon yordamida olinadi.
Murdalardan material steril asboblarda steril idishlarga olinadi.
Tashqi buyumlardan yuvindi steril paxta tampon yordamida olinib,
probirkadagi fiziologik eritmaga solinadi
Asosiy tekshirish usullari
1. Mikrobiologik.
2. Serologik.
Tekshirishning birinchi kuni. Tekshirish materiallari Endo va
Ploskiryov muhitlariga ekiladi, termostatda 37°C haroratda 24 soat
qoldiriladi.
Tekshirishning ikkinchi kuni. Ekilgan muhitlar kozdan kechiriladi.
Gujgon osgan yoki alohida koloniyadan Rassel yoki Olkeniskiy
muhitlarning kondensatsion suyuqligi (Shukevich usuli) ekiladi.
Termostatda 37°C haroratda 24 soat qoldiriladi.
Tekshirishning uchinchi kuni. Muhitlar tekshiriladi. Rassel yoki
Olkeniskiy muhitlarining yuzasida koloniyalar yoyilib osgan bolsa,
ular glukozani gazgacha parchalab, laktozani parchalamasa, surtma
preparati tayyorlanadi, Gram usulida boyalib mikroskop ostida
tekshiriladi. Agar Grammanfiy mayda tayoqchasimon bakteriyalar
korinsa, tekshirish ishlari davom ettiriladi.
Suyuq kulturani organish uchun mannitga, GPSHga ekiladi
(vodorod sulfit va indol hosil qilishini aniqlash uchun qopqogiga
indikator shimdirilgtan filtr qogoz ornatiladi). Yarimsuyuq agarga,
jelatinaga, fenilalaninli aminokislotali muhitga ekiladi.
Tekshirishning tortinchi kuni. Natija oqiladi. Proteylarning
kopgina shtammlari mannitni parchalamaydi, indol va vodorod sulfit
hosil qiladi, yarimsuyuq agarda yoyilib osadi, harakatchan, jelatinani
suyultiradi va fenilalanindezaminaza fermentini hosil qiladi, yani
fenilalanin aminokislotali muhit rangini ozgartiradi. Shunday ozga-
rishlar bolsa. Proteus avlodi bor, deb javob beriladi.
Kasallikka toliq tashxis qoyish uchun buyum oynachasi ustida
Proteus bakteriyalarini saqlovchi agglutinatsiyalovchi zardoblar bilan
agglutinatsiya reaksiyasi qoyiladi. Avval polivalent O zardoblari bilan
shunday reaksiya qoyiladi. Reaksiya musbat bolsa polivalent zardob
tarkibiga kiruvchi O turdagi zardoblar bilan agglutinatsiya reaksiyasi
qoyiladi. O guruhi aniqlangandan song H zardobi bilan reaksiya
qoyiladi va serovari aniqlanadi.
215
1. Proteylar qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?
2. Proteylar keltirib chiqaradigan kasalliklarning oldini olish uchun
qanday ishlar olib boriladi?
23-bob.
ENTEROKOLIT IYERSINIALAR
Yersinialar enterobakteriya avlodiga mansub. Ularga bir qancha
turlar kiradi:
1. Yersinia pestis toun (olat) qozgatuvchisi.
2. Yersinia pseudotuberculosis psevdotuberkulyoz qozga-
tuvchisi.
3. Yersinia enterocolitica ichak infeksiyalarini keltirib chiqaradi
va boshqalar. Yersenia enterocolitica tabiatda keng tarqalgan. Ular
kemiruvchilar organizmida va uy hayvonlarida kop uchraydi.
Morfologiyasi. Mayda, uchlari yumaloq, Grammanfiy tayoq-
chasimon bakteriyalardir. 0,81,2x0,30,7 mkm kattalikda, eski
kulturalarda uzun tayoqchasimon yoki iðsimon bolishi mumkin.
Harakatchan. Spora hosil qilmaydi.
Kultural xossasi. Fakultativ anaerob. Oddiy oziqa muhitlarida
2228°C da yaxshi osadi.
GPAda mayda, yaltiroq, rangsiz, (2225°C) termostatda saqlash
vaqti uzaytirilsa kattalashadigan koloniya hosil qilib osadi. 37°C
haroratli termostatda koloniyalar xiraroq, markazi bortib chiqqan,
chetlari gadir-budur boladi.
Fermentativ xossasi. Glukozani kislotacha parchalaydi, saxarozani
parchalamaydi. Vodorod sulfit hosil qilmaydi, ayrim hollarda indol
hosil qiladi.
Toksigenligi. Endotoksin ajratadi. Ayrim shtammlari ekzotoksin
ham ajratadi.
Antigenligi. Yersinia enterocolitica O, K va Hantigenlarini saqlaydi.
Oantigeni yog, uglevod tabiatli. Odamda kasallik keltirib chiqa-
ruvchilari 0
9
, 0
3
, 0
5
serovarlarga tegishli.
Chidamliligi. Yuqori harorat tasiriga chidamsiz. 100°C harorat
tasirida shu zahoti, 6080°C da 1520 daqiqadan song nobud
boladi. Past haroratda (1520°C) uzoq vaqt saqlanadi. 414°C da
saqlanibgina qolmasdan, bolinib kopayadi. Tik quyosh nurlari tasirida
30 daqiqada, tarqoq nurlar tasirida 68 soatdan song nobud boladi.
Quritishga chidamsiz. Oziq-ovqatlarda uzoq vaqt saqlanadi, hatto
ularda bolinib kopayadi.
?
Nazorat uchun savollar
216
Dezinfeksiyalovchi moddalar (sulema, xloramin, fenol) iyersi-
nialarini bir necha daqiqadan song oldiradi.
Patogenligi. Yersenia enterocoliticaga laboratoriya hayvonlari
sezuvchan emas. Tabiiy sharoitda ular kemiruvchilar, chochqa, itlarni
olimga olib keluvchi ogir kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Infeksiya manbai. Kopgina hollarda kasal hayvonlar, kam hollarda
bemor odam infeksiya manbai bolib hisoblanadi.
Tarqalish yoli. Oziq-ovqatlar orqali tarqaladi.
Patogenezi. Iyersinialar ogiz shilliq qavati orqali tanaga kirib,
oshqozon-ichak sistemasiga otadi va u yerda bolinib kopayadi. Ayrim
hollarda ular ichak epiteliy hujayrasiga otadi va uning ichida bolinib
kopayadi. Endotoksin va zaharli moddalari otkir gastroenterokolitni
keltirib chiqaradi. Qozgatuvchi qonga otib, bakteriyemiya va tarqoq
jarayonni keltirib chiqaradi. Bunda jigar, taloq va boshqa azolar ham
jarohatlanadi.
Profilaktikasi. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashda
sanitariya nazoratini kuchaytirish. Sanitariya-gigiyena va shaxsiy gigiyena
qoidalariga rioya qilish lozim. Maxsus profilaktikasi yoq.
Davosi. Kasallik belgilariga kora, tegishlicha davolanadi, anti-
biotiklar beriladi.
MIKROBIOLOGIK TEKSHIRISH
TEKSHIRISH MATERIALI
1. Najas.
2. Qusuq moddasi va oshqozon yuvindisi.
3. Qon.
4. Siydik.
5. Burun va halqumdan shilliq, yara ajratmasi.
6. Murdalardan material.
Tekshirish materialini toplash
Najas.
Barcha ichak infeksiyasidagidek olinadi.
Qusuq moddasi
Toksikoinfeksiyadagi kabi olinadi.
oshqozon yuvindisi.
Qon.
Tif va paratiflarnikiga oxshash olinadi.
Siydik.
Boshqa infeksiyadagi kabi olinadi.
Burun-halqumdan
Klebsiyella va protey kasalliklarida
surtma.
olinganidek olinadi.
Murdalardan material.
Boshqa infeksiyalardagidek olinadi.
217
Asosiy tekshirish usuli
Mikrobiologik.
Tekshirishning birinchi kuni. Barcha tekshirish materiallari Endo,
EMC va boyituvchi muhitga ekiladi. 2028°C haroratda 24 soat qoldiriladi.
Tekshirishning ikkinchi kuni. Endo va EMC muhitida osgan kultura
kozdan kechiriladi. Mayda, yumaloq, yaltiroq koloniyalar tanlanadi.
Rassel yoki Olkenitskiy muhitiga olib ekiladi. Kosachalarni yana
2028°C haroratda qoldiriladi. Agarda Endo va EMCda koloniyalar
osmagan bolsa, boyituvchi muhitlardan olib qaytadan ekiladi.
Tekshirishning uchinchi kuni. Qaytadan kosachalar kozdan
kechiriladi. Yirikroq (0,10,2 ml), chetlari tekis, yumaloq, yaltiroq
pushti rang beruvchi koloniyalar tanlanadi. Ulardan olib Rassel va
Olkenitskiy muhitiga ekiladi.
Ekilgan Rassel va Olkenitskiy muhitlari kozdan kechiriladi, surtma
preparat tayyorlanadi va Gram usulida boyaladi. Mayda (kam hollarda
polimorf) Grammanfiy tayoqchasimon bakteriyalar korinsa, tekshirish
ishlari davom ettiriladi. Laktozani parchalamasa, glukoza va moche-
vinani parchalasa, vodorod sulfit hosil qilmagan bolsa, hara-
katchanligini organish uchun yarimsuyuq agarga ekiladi (1820°C
va 37°C). Saxarolitik xossasini organish uchun Giss qatoriga ekiladi.
Proteolitik xossasini organish uchun jelatina va sitratli muhitlarga
ekiladi.
Tekshirishning tortinchi kuni. Natija oqiladi. Glukoza, mannit,
saxarozani parchalasa, laktoza va ramnozani parchalamasa, vodorod
sulfit hosil qilmasa, 22°C da qoldirilgan muhitda harakatchan bolib,
37°C li muhitda harakatsiz bolsa, Yersinia enterocolitica aniqlandi,
deb javob beriladi.
1. Yersinia enterocoliticaning alohida belgilari qanday?
2. Yersinia enterocolitica qanday yollar bilan tarqaladi?
3. Kasalliklarning oldini olish uchun qanday profilaktik ishlar olib
boriladi?
24-bob.
KOK-YASHIL YIRING TAYOQCHASI
Kok-yashil yiring tayoqchasi Pseudomonas aeruqinosa
Pseudomonadoceae oilasiga, Pseudomonas avlodiga kiradi. Bu mikro-
organizmlar shartli patogen mikroorganizmlardir. Ular tashqi muhitda
keng tarqalgan, doimo odam va hayvon organizmida hayot kechiradi.
?
Nazorat uchun savollar
218
Morfologiyasi. Mayda, Grammanfiy, 1,53,0x0,50,8 mkm
kattalikdagi tayoqchasimon bakteriyalardir. Harakatchan, xivchinlari bir
uchida (lofotrix) joylashgan. Spora hosil qilmaydi. Ayrim hollarda kapsulaga
oxshash shilliq hosil qiladi.
Kultural xossasi. Qatiy aerob. Oddiy oziqa muhitlarida yaxshi osadi.
Ortacha osish harorati 37°C. GPAda 25 mm kattalikdagi, yumaloq
yarimtiniq, kokimtir-kulrang yaltiroq koloniyalar, GPSHda esa bir tekis
loyqalanish va parda hosil qilib osadi. Eng xarakterli belgilari shuki, bu
mikrob pigment hosil qiladi va xushboy hid chiqaradi. Kok yashil yiring
tayoqchasi suvda eriydigan kok-yashil piotsianin pigmentini hosil qiladi,
oziqa muhiti sekin-asta yashil yoki kok tusga kiradi. U kopgina bakteriyalarga
antagonistik tasir korsatadi, lekin zaharli bolganligi uchun davolash
maqsadida qollab bolmaydi. Kok-yashil yiring tayoqchalarining
kulturalaridan jasmin, karamel yoki iroqi sovun hidi keladi.
Fermentativ xossasi. Faqat glukozani fermentlaydi. Proteolitik xossasi
kuchli: jelatinani suyultiradi, sutni, zardobni ivitadi. Sitaxromli oksidaza
reaksiyasi musbat boladi.
Toksigenligi. Gemolitik va sitotoksik tasir korsatuvchi toksin va
leykotsitlarni lizisga uchratuvchi leykotsidin toksinini ajratadi.
Antigenligi. P. aeruqinosa O va H antigenini saqlaydi. O zardobi
yordamida agglutinatsiya reaksiyasini qoyib, u qaysi O guruhiga tegishli
ekanligini aniqlanadi.
Chidamliligi. 60°C harorat tasirida 15 daqiqadan song nobud
boladi. Ultrabinafsha nurlariga chidamli. 2 % li fenol eritmasi kok-
yashil yiring tayoqchasini tez oldiradi. Kuygan tana qismlaridagi
qotirlarda, xonadagi changda ikki haftagacha saqlanadi. Kopgina
antibiotiklarga chidamli.
Patogenligi. Quyonlar, oq sichqonlar va dengiz chochqachalari
kok-yashil tayoqchalariga sezgirdir.
Infeksiya manbai. Bemor odam va bakteriya tashuvchilar infeksiya
manbai bolib hisoblanadi.
Tarqalish yoli. Bilvosita kontakt, havo changi yoli orqali tarqaladi.
Ular tabiatda tuproq, gong, iflos suv, odam najasi, hayvonlar tezagida
keng tarqalgan bolib, chirish jarayonida qatnashadi.
Patogenezi. Infeksiyaning kirish darvozasiga bogliq holda kok-
yashil yiring tayoqchalari yiringli yalliglanish jarayonlarini keltirib
chiqaradi. Organizmning infeksiyalarga chidamliligi kamayganda kok-
yashil yiring tayoqchasi jarohatlar, qovuq, buyrak jomi, orta quloq,
gaymor boshligining yiringli yalliglanishi, sepsis va boshqa kasal-
liklarga sabab boladi.
Immuniteti. Kuchsiz immunitet yuzaga keladi.
Profilaktikasi. Sanitariya-gigiyena va shaxsiy gigiyena qoidalariga
rioya qilish lozim.
219
Davosi. Antibiotiklar (karbenitsillin, polimiksin, gentamitsin va
b.), P.aeruqinos bilan emlangan donor qoni plazmasini qoyish va
bakteriofagning (piofag) qollanilishi yaxshi natija beradi.
MIKROBIOLOGIK TEKSHIRISH
TEKSHIRISH MATERIALI
1. Burun, halqumdan shilliq, jarohat ajratmasi.
2. Qon.
3. Siydik.
4. Murdalardan material.
5. Qol va buyumlardan yuvindi.
Tekshirish materialini toplash
Burun, halqumdan surtma protey va klebsiyelladagi kabi olinadi.
Qon.
Salmonella infeksiyasida olinganidek olinadi.
Siydik.
Kateterda bankaga olinadi.
Murdadan
Steril asboblar yordamida steril idishga
material.
olinadi.
Qol va buyumlardan yuvindi steril paxta tampon yordamida olinadi.
Asosiy tekshirish usuli
Mikrobiologik.
Tekshirishning birinchi kuni. Tekshirish materiallari GPA, GPSH,
shakarli shorvaga ekiladi. Termostatda 37°C haroratda 24 soat qoldiriladi.
Tekshirishning ikkinchi kuni. Ekilgan muhitlar tekshiriladi. Kok-
yashil rangli, jasmin hidi keladigan koloniyalar tanlab olinadi va taxminiy
diagnoz qoyiladi. Shubhali koloniyalar probirkadagi laktozali qiyshiq
agarga ekiladi, ustiga vazelin moyi qoyiladi. Agar kosachalarda osish
bolmasa, ozgarish bolgan probirkadagi kulturadan olib qaytadan ekiladi.
Tekshirishning uchinchi kuni. Laktozani parchalamagan probirkalar
tanlab olinadi. Surtma preparat tayyorlab, Gram usulida boyab
mikroskop ostida tekshiriladi. Grammanfiy P.aeruqinosaga xos
bakteriyalar korinsa, sitoxromoksidaza sinamasi qoyiladi. Sinama musbat
bolishi kerak. Shunday ozgarishlar kuzatilsa, toliq tashxis qoyiladi.
1. Kok-yashil yiring tayoqchasining alohida belgilari qanday?
2. Kok-yashil yiring tayoqchlari qayerda uchraydi?
3. Kasallikning oldini olish uchun qanday ishlar olib borilishi lozim?
?
Nazorat uchun savollar
220
Ota xavfli infeksiyalarni qozgatuvchilar
Ota xavfli infeksiyalarga vabo, zoonoz infeksiyalardan toun (olat),
tulyaremiya, brutselloz va kuydirgi (sibir yarasi) kiradi. Ota xavfli
infeksiya ochoqlarida ishlaydigan tibbiyot xodimlari Sogliqni saqlash
vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qoidalar bilan yaxshi tanishgan
bolishlari lozim. Tekshirishlar maxsus laboratoriyalarda olib boriladi.
Tibbiyot xodimlari infeksiya ochoqlari va laboratoriyalarda maxsus
kiyimlarda ishlashlari lozim. Maxsus kiyim quyidagilardan iborat:
kombinezon, xalat, rezina etik, kozoynak, rezina qolqop, dezinfek-
siyalovchi moddalarga namlangan sochiq, romol, paxta dokali niqob
(u burun, ogiz, iyakni yopishi lozim).
Bu maxsus kiyim bosqichma-bosqich kiyiladi va yechiladi. Barcha
yechilgan kiyimlar 5 % li lizol eritmasida, kozoynak 70° li etil spirtida
zararsizlantiriladi, song avtoklavda sterilizatsiya qilinadi.
Tekshirish materiali olinadigan idishlarning butun ekanligi
tekshiriladi, qogoz yopishtirilib, bemor haqidagi barcha malumotlar
(familiyasi, ismi, tugilgan yili, tekshirish materiali olingan vaqti va
hamshira imzosi) yozib qoyilishi kerak. Tekshirish materiali solin-
gandan song idishning qopqogi yopiladi. Sham (parafin) quyiladi.
Surtma tayyorlanadigan buyum oynachaga oldindan yozib
qoyiladi. Tekshirish materiali solingan idish dezinfeksiyalovchi
moddaga (5 % li lizol eritmasi yoki karbol kislotasi) namlangan
sochiqqa oraladi. Tekshirish materiali ekilgan probirka va Petri
kosachalari metall byukslarga solinib, ustiga «ehtiyotlang», deb yozib
qoyiladi. Tekshirish materiali maxsus transportda laboratoriyaga
yetkaziladi.
25-bob.
VABO QOZGATUVCHISI
Vibrio cholerae turi Vibrionaceae oilasiga, Vibrio avlodiga kiradi.
Vabo qozgatuvchisining ikkita biovari mavjud. Vibrio cholerae
biovarini R. Kox (1883) va Vibrio eltor biovarini F. Gotshlixt (1906)
aniqlagan. Uzoq vaqt davomida Eltor biovarini vabo qozgatuvchisi,
deb hisoblamaganlar. 1962-yilda JSST qaroriga kora, u vabo
vibrionining biovari, deb hisoblandi.
Keyingi yillarda suvda va tashqi muhitda vaboning NAG vibrioni
ham aniqlangan, lekin u toliq nomlanmagan. NAG biovarining otkir
ichak kasalliklarini keltirib chiqarishi aniqlandi. Morfologik, kultural va
fermentativ xossasiga kora, vabo vibrionlari bir-biridan farqlanmaydi.
Ular umumiy H antigeniga ega. O antigeni ularda turlichadir. O
antigeniga kora, NAG vibrionining 60 ta O guruhi bor.
221
Morfologiyasi. Vabo vibrioni katta bolmagan (13x0,20,4
mkm), biroz bukilgan, vergul shakliga oxshash, juda polimorf
tayoqchadir. Suniy oziqa muhitlarida, ayniqsa, eski kulturalarda
sharsimon, donga oxshash, iðsimon, spiralsimon shaklda korinadi.
Vabo vibrioni juda harakatchan. Xivchini monotrix joylashgan va u
bakteriya tanasiga qaraganda uzun. Spora va kapsula hosil qilmaydi. Gram-
manfiy bolib boyaladi. Boyalgan preparatlarda baliq todasiga oxshab
korinadi. Elektron mikroskop ostida qaralganda, hujayra devori va
sitoplazmatik membrana orasida vakuolalar joylashganligi korinadi.
Bu vakuolalarda ekzotoksin sintezlanadi.
Kultural xossasi. Vabo vibrioni fakultativ anaerob. Oziqa muhitiga
talabchan emas. Keskin ishqoriy reaksiyali muhitlarda ham osa oladi.
3739°C haroratda va pH 89 da yaxshi osadi. Elektiv muhiti 1 % li
peptonli suv hisoblanadi. Bu muhitda 56 soatdan song ular nozik
havorangli parda hosil qilib osadi. TBRS zich muhitida 1214 soatdan
song (tiosulfat nitrat saxarozali ot suyuqligi qoshilgan muhit) sariq
rangli koloniya hosil qilib osadi. Muhit havorang berib turadi. Vabo
vibrioni S shakldan R shaklga aylanishi mumkin va bu jarayon antigenlik
jarayonining ozgarishi bilan sodir boladi.
Fermentativ xossasi. Vabo vibrioni biokimyoviy jihatdan faol.
Saxarolitik xossasiga kora, glukoza, saxaroza, mannit, mannozani
kislotagacha parchalaydi, arabinozani parchalamaydi. Bu kasallik
diagnostikasida katta ahamiyatga ega. Proteolitik xossasiga kora, jelatinani
voronkasimon holda suyultiradi, triðtofanni indolgacha parchalaydi,
oksidaza fermentini ajratadi. Nitratni nitritga qaytaradi. Sutni ivitadi.
Vodorod sulfiti hosil qilmaydi. Diagnostik xossasiga kora, kraxmalni
parchalaydi va bu diagnostikada ahamiyatga ega. Vabo vibrioni
fibrinolizin, plazmakoagulaza, gialuronidaza, letsitinaza, kollagenaza
va boshqa patogen fermentlarni ajratadi.
Toksigenligi. Vabo vibrioni uch turdagi toksinlarni ajratadi. Tok-
sinning I turi endotoksin, mikrob hujayrasi parchalanganda hosil
boladi. Yog, uglevod, oqsil tabiatli, yuqori haroratga chidamli. Bu
toksin antibakterial immunitet hosil bolishida ishtirok etadi. Toksinning
II turi ekzotoksin (xolerogen) bolib, termolabil, enterotoksik tasir
korsatadi va vabo patogenezida katta rol oynaydi (ingichka ichak
sekretor hujayralari faolligini oshiradi, bu esa organizmning
suvsizlanishiga olib keladi). Toksinning III turi termostabil bolib,
natriyning ichak epiteliysi orqali otishini tezlatadi.
Antigenligi. Vabo vibrioni yuqori haroratga chidamli somatik O
antigenini va yuqori haroratga chidamsiz Hantigenini saqlaydi. H
antigeni barcha Vibro avlodi uchun umumiy hisoblanadi, spetsifik
emas. Oantigeni esa turga xos bolib, 54 guruhga bolinadi. Vibrio
cholerae va Vibrio eltor O
1
guruhga tegishlidir. O
1
guruh 3 ta
222
komponentdan iborat A, B, C. Ular birlashganda 3 ta serovar
yuzaga keladi. ABserovar Ogava, AC serovar Inaba, ABC serovari
Gikokshimalardir.
Chidamliligi. 60°C harorat tasirida 5 daqiqa qaynatilganda shu
zahoti nobud boladi. Past haroratga chidamli. Muzda bir necha
oygacha, dengiz va ariq suvlarida bir necha hafta, pashsha ichagida
45 kungacha saqlanadi. Quritish va quyosh nuriga vabo vibrioni juda
sezgir. Dezinfeksiyalovchi moddalar tasirida tez nobud boladi. Vabo
vibrioni kislotalarga (xlorid kislota va boshq.) juda sezgir. El-Tor biovari
esa ancha chidamli.
Patogenligi. Tabiiy sharoitda hayvonlar vabo bilan kasallanmaydi.
Laboratoriya hayvonlaridan quyon, dengiz chochqachalari sezgirdir.
Ularning qorin boshligiga vabo vibrioni yuborilganda toksikoz yuzaga
kelib, ularning olimiga sabab boladi.
Infeksiya manbai. Tarqalish yoli. Infeksiya manbai bolib bemor
odam va soglom bakteriya tashuvchilar hisoblanadi. El-Tor vibrioni
keltirib chiqargan vaboda tashuvchilik uzoq davom etadi. Qozgatuvchi
oziq-ovqat (sabzavot va mevalar), asosan, suv orqali, maishiy kontakt
yoli orqali yuqadi.
Vabo qadimdan malum bolgan infeksiya hisoblanib, malum
davrlarda epidemiyalar vujudga keltirib, millionlab odamlarni yostigini
quritgan.
Patogenezi. Kirish darvozasi bolib ogiz shilliq qavati hisoblanadi.
Oshqozonga tushgan vabo vibrioni kislotali sharoit tasirida qisman
nobud boladi, kislotali sharoitni kechib otganlari ichakka tushadi,
u yerda ishqoriy sharoit va oqsillar (asosan, pepton) kop bolganligi
sababli ular bolinib kopayadi, endotoksin ishlab chiqaradi va shu
sababli organizmda anatomik va funksional ozgarishlar roy beradi,
yani suv-tuz almashinuvi buziladi, termoregulatsiya izdan chiqadi,
ingichka ichak zararlanib epiteliysi kochib tushadi. Yurak-qon tomiri
sistemasining faoliyati keskin buziladi va boshqa holatlar kuzatiladi.
Kasallik tez-tez va mol ich ketishi bilan boshlanadi. Ich tez orada
suvday suyuladi va unda ichak epiteliysining parchalari korinadi. Shu
tariqa bemorning axlati iðir-iðir bolib qoladi. Songra ich ketishiga qusish
ham qoshiladi. Natijada bemor organizmi suvsizlanadi, terining elastikligi
yoqolib, burishib qoladi, qon aylanishi qiyinlashadi va badan kokaradi.
Bunday holat vabo algidi deyiladi. Kasallikning shu ogir davrida
bemorning harorati normadan ham pasayib 35°C gacha tushadi, talvasa
tutadi. Bemorning siydigi kelmay qolishi (anuriya) mumkin. Vabodan
koplab kishilar halok boladi.
Vabodan olgan bemorlarning jasadi yorib qaralganda, ingichka
ichak shilliq pardasining yalliglanishi, qið-qizarib bortganligi va kop
joylari zararlanganligi aniqlanadi. Ichak suyuqligida, bazan ot
223
pufagining suyuqligida ham juda kop vabo vibrionlari topiladi. Bemor
tuzalib ketgan taqdirda, odatda, birinchi haftada, vabo vibrionidan
xalos boladi. Vabo kasalligida surunkali bakteriya tashuvchilik bir-
muncha kam uchraydi.
Vaboning yuqorida tasvir etilgan tiðik shaklidan tashqari, yashindek
tez otadigan shakli ham malum. Vaboning bu shakli bilan ogrigan
bemor, hatto ichi ketmasdan turib, kasallikning dastlabki soatlaridayoq
Do'stlaringiz bilan baham: |