olib qoladi («quruq» vabo cholera sicca). Klinik belgilarning ogir
otishi va yuqori harorat bilan tariflanadigan vabo tifoidi ham kuzatiladi.
Bunda kasallikning 13-haftasida aksariyat bemorlar nobud boladi.
Vaboning bu shakli ichakdagi shartli-patogen mikroblarning zaharli
mahsulotlari qonga sorilishidan kelib chiqadi.
Immuniteti. Odam vaboga birmuncha moyildir. Bu kasallik bilan
hamma ham kasallanavermaydi. Vabo bilan yengil-yelpi ogruvchilar
ham kop uchraydi. Bu epidemiologik jihatdan katta ahamiyatga ega.
Vabo bilan kasallanib olgan organizmda antimikrob va antitoksik
barqaror immunitet yuzaga keladi; bu agglutinin, vibriolizin,
antitoksin va boshqa antitelolarning hosil bolishi bilan tavsiflanadi.
Profilaktikasi. Bemorni vaqtida aniqlash, ajratib qoyish va
kasalxonalarga tezda joylash, dezinfeksiya ishlarini olib borish lozim.
Suv havzalarini, oziq-ovqat mahsulotlarini, chetdan infeksiya kirishini
nazorat qilib turish muhim ahamiyatga egadir.
Maxsus profilaktikasi. Olik vabo vaksinasi (xolerogen-anatoksin
va Oantigeni bilan birgalikda) qollaniladi.
Davosi. Tetratsiklin qatoriga tegishli antibiotiklar, shuningdek,
kop miqdorda suyuqlik va eritrotsitlar (kaliy va natriy tuzlarini)
saqlovchi preparatlar beriladi.
1.Vabo vibrionining biovarlarini bilasizmi?
2. Vabo vibrionining morfologik va kultural, fermentativ xossasi qanday?
3. Vabo vibrionining infeksiya manbai, tarqalish yoli qanday?
4. Vabo kasalligining oldini olish chora-tadbirlari qanday?
MIKROBIOLOGIK TEKSHIRISH
TEKSHIRISH MATERIALI
1. Najas.
2. Qusuq moddasi.
3. Murdalardan material.
4. Albatta, suv havzalaridan suv, oziq-ovqat mahsulotlari, tashqi
muhitdagi buyumlardan yuvindi olinadi.
?
Nazorat uchun savollar
224
Asosiy tekshirish usullari
1. Mikroskopik.
2. Bakteriologik.
3. Serologik.
Tekshirish materialini toplash
Najas. 1. Metall yoki yogoch qoshiqcha yordamida 1020 ml
olib, steril idishga solinadi, qopqogi mahkam yopilib,
pergament qogozga oraladi.
2. Kateterning bir uchi ichakka kiritiladi, ikkinchi uchi
steril bankaga solinadi. Qorin boshligi birozgina
bosilganda, suyuq najas idishga tushadi.
3. Yogonligi 23 mm, uzunligi 4550 sm alumin sim
ikkiga buklanadi, izotonik eritmada namlanib, togri
ichakka kiritib olinadi. Bunda qovuzloqni qaynatib
zararsizlantiriladi.
Qusuq moddasi: 1015 g steril metall qoshiqcha yordamida
olinib, ogzi keng idishga solinadi.
Murdadan material ichakning yuqori, orta va pastki qism-
laridan bolakcha olinadi. Ichak ichidagi mahsulot steril idishga
solinadi.
Aholining kopchilik qismida bakteriya tashuvchilikka aniqlaganda,
45 nafar tekshirilayotganlardan olingan materiallarni bitta kolbadagi
1 % li peptonli muhitga ekish mumkin. Agar natija musbat bolsa,
undan yana olib alohida-alohida ekish mumkin. Olingan tekshirish
materiallari metall byukslarga solinib, yollanma xati bilan jonatiladi.
Yollanma xatida bemorning familiyasi, ismi, olingan material,
taxminiy tashxisi, qayerda olinganligi, kim olganligi yoritilishi lozim.
Tekshirish materiali olinadigan idishda dezinfeksiyalovchi moddalar
bolmasligi lozim, chunki vibrionlar dezinfeksiyalovchi moddalarga
juda sezgir.
Tekshirish malum bosqichlarda olib boriladi. Bosqichlar orasi-
dagi davr ancha qisqa bolishi lozim. Suyuq oziqa muhitidan 68 soat-
dan song, zich oziqa muhitidan 1218 soatdan song material
olib ekiladi.
Tekshirishning birinchi bosqichi. Tekshirish materialining 0,51 ml.ni
50100 ml 1 % li peptonli suvga ekiladi. Ishqoriy agarga ular bak-
teriologik qovuzloq yordamida ekiladi. Agar vabo vibrionining osishiga
vabo fagi tosqinlik qilishi mumkin degan shubhaga kelinsa, u antifag
qoshilgan zardobli muhitga ekiladi, termostatda 37°C da qoldiriladi.
225
Parallel holda tekshirish materialidan surtma preparatlar tayyor-
lanadi, Nikiforov eritmasida 1520 daqiqaga fiksatsiya qilinadi, karbol
fuksini va Gram usulida boyalib organiladi. Agar vabo vibrioniga xos
bakteriyalar korinsa, materialdan yoki osilgan tomchi preparatlar
tayyorlanib, vibrionlar harakatchanligi organiladi.
Tekshirishning ikkinchi bosqichi. 68 soatdan song 1 % li peptonli
suv termostatdan olib kozdan kechiriladi. Oziqa muhit yuzasida hosil
bolgan pardadan olinib, surtma preparat tayyorlanadi va u fiksatsiya
qilinadi. Karbol fuksin Gram usulida boyalib mikroskop ostida
organiladi. Mikroskop ostida vabo vibrioniga xos bakteriyalar korinsa,
qaytadan 1 % li peptonli suvga ekiladi va O zardobi bilan agglutinatsiya
reaksiyasi qoyiladi. Buning uchun yogsizlantirilgan buyum oynachasi
ustiga 100 marta suyultirilgan O zardobi, yoniga 1 tomchi fiziologik
eritma tomiziladi. Ikkala tomchi ustiga 1 % li peptonli suvdagi pardadan
olib solinadi va yaxshilab aralashtiriladi. Agar tomchida agglutinatsiya
sodir bolsa, peptonli suvdan olib ishqoriy agarga ekiladi va termostatda
37°C da qoldiriladi.
Tekshirishning uchinchi bosqichi. 1214 soatdan song ekilgan
oziqa muhiti kozdan kechiriladi. Shubhali koloniya organiladi. 1:100
nisbatda suyultirilgan O zardobi bilan agglutinatsiya reaksiyasi qoyiladi.
Agar agglutinatsiya bergan bolsa, Ogava va Inaba turidagi zardoblar
bilan (1:50 suyultirilgan) agglutinatsiya reaksiyasi qoyiladi. Reaksiya
musbat bolsa, taxminiy tashxis qoyiladi. Agglutinatsiya bergan
koloniyadan olib, sof kulturani ajratib olish uchun uch xil uglevod
saqlovchi muhitga ekiladi, termostatda 37°C da qoldiriladi.
Tekshirishning tortinchi bosqichi. 1214 soatdan song ekilgan
muhit termostatdan olib kozdan kechiriladi. Qiyshiq agarning qiyshiq
qismi rangi ozgarmasdan, tik qismi rangi ozgargan bolsa, tekshirish
ishlari davom ettiriladi.
Kulturalarni farqlash
1. Harakatchanligini ezilgan va osilgan tomchi preparati yordamida
organiladi.
2. Kultural xossasi organiladi (oziqa muhitdagi).
3. Agglutinatsiya reaksiyasi yordamida antigenlik xossasi organiladi.
(O zardobi va Ogava hamda Inaba turidagi zardoblar bilan).
4. Saxarolitik xossasini organish uchun Giss qatoriga ekiladi.
5. Proteolitik xossasini organish uchun jelatinga ekiladi.
6. Gemolitik xossasini organish uchun 1 ml shorvaga 1 ml 1 % li
qoy eritrotsiti qoshiladi (nazorat) va 24 soatli osgan 1 ml
226
kulturaga 1 ml 1 % li qoy eritrotsiti qoshiladi. Ikkala probirkani
2 soat davomida 37°C termostatda qoldiriladi. Vaqt otgach, sovuqqa
olinadi. Natija 16 soatdan song oqiladi.
Ureaza faolligi organiladi. Buning uchun material mochevinali
muhitga ekiladi.
Diastatik xossasi organiladi. Buning uchun kraxmal saqlovchi
Koda muhitiga ekiladi. Indikator sifatida Lyugol eritmasi olinadi.
Oksidaza sinamasi qoyiladi. 18 soatli agardagi kulturaga 1 tomchi
1 % li paraaminodimetilanilinning suvli eritmasi tomiziladi va unga
1 % li α-naftol spirtli eritma qoshiladi. 23 daqiqadan song kultura
kok rangga boyalsa, reaksiya musbatligidan dalolat beradi.
Fagga sezuvchanligini aniqlash. Sof kultura ishqoriy agarga ekiladi
va Mukerdji IV bakteriofagi, C va Eltor bakteriofagi tomiziladi.
Polimiksinga sezuvchanligini aniqlash. Eritilgan va 45°C gacha
sovitilgan agarga polimiksin (50 tasir birligini 1 ml muhitga)
qoshiladi, songra Petri kosachalariga qoyiladi. Agar qotgandan song
sof kulturadan olib bakteriologik qovuzloqda ekiladi. Termostatda 37°C
haroratda 810 soatga qoldiriladi.
Tekshirishning beshinchi bosqichi. Natija oqiladi. Vabo vibrioni
Giss qatorini kislotagacha parchalaydi, arabinozani parchalamaydi.
Proteolitik xossasiga kora jelatinani voronkasimon holda suyultiradi.
Gemolitik xossasi 16 soatdan keyin organiladi. V. eltor eritrotsitlarni
gemolizlaydi, nazorat probirkasida eritrotsitlar osilmasi ozgarmaydi.
V. cholerae eritrotsitlarni gemolizlamaydi. Ureaza fermentini ajratadi,
shu sababli muhit sariq rangdan qizil rangga kiradi.
Diastatik xossasiga kora muhit ustiga Lyugol eritmasi tomiziladi.
Vabo vibrioni kraxmalni parchalashi sababli Lyugol eritmasi tomizil-
ganda muhitning rangi ozgarmaydi.
Oksidaza sinamasida koloniyaning rangi kok rangga kiradi. Fagga
sezuvchanligini aniqlashda S. Mukerdji IV fagi tasirida V. cholerae
lizisga uchraydi, V. eltor uchramaydi. Eltor fagi tasirida esa V. cholerae
lizisga uchramaydi, V. eltor lizisga uchraydi.
Polimiksin muhitda natija 810 soatdan keyin oqiladi. V. cholerae
bu muhitda osmaydi. V.eltor osadi. Shunday ozgarishlar bolsa,
vabo qozgatuvchisi bor, deb javob beriladi.
Tezlashtirilgan usul
Immobilizatsiya reaksiyasi. Yogsizlantirilgan buyum oynachasi
ustiga 2 tomchi najas yoki peptonli suv yuzasidan olib tomiziladi.
1-tomchiga 1 tomchi O zardobi (1:100), 2-tomchiga fiziologik eritma
tomiziladi. Har bir tomchi piðetka yoki qovuzloq yordamida aralash-
227
tiriladi, yopqich oynacha yopiladi va mikroskop ostida tekshiriladi.
Reaksiya musbat bolsa, birinchi tomchida vibrionlarning harakatlanishi
toxtaydi, ikkinchi tomchida esa vibrionlarning harakatlanayotganini
korish mumkin.
Tezlashtirilgan Yermoleva usuli
1 % li peptonli suv solingan 3 ta probirka olinadi. Birinchisiga
mikrob kulturasi solinadi, ikkinchisiga tekshirish materiali va O zardobi,
uchinchi probirkaga tekshirish materiali va kraxmal solinadi. Barcha
probirkalarni termostatda 37°C haroratda 34 soat qoldiriladi. Vaqt
otgach ular olib qaraladi. Birinchi probirkada havorang parda hosil
boladi. Undan surtma preparat tayyorlab, boyab organiladi. Ikkinchi
probirkada O zardobi tarkibidagi antitelolar tasirida antigenlar
chokmaga tushadi. Uchinchi probirkaga Lyugol eritmasi tomiziladi.
Kraxmalning vabo vibrioni parchalaganligini korishimiz mumkin.
1. Tekshirishga qanday materiallar olinadi?
2. V.cholerae va V.eltor qanday xossalariga kora farqlanadi?
3. Kasallikka tashxis qoyishda qanday tezlashtirilgan usullar qollaniladi?
Oziqa muhitlari
1 % li peptonli suv. 1 litr distillangan suvga 10 g pepton, 5 g
NaCl, 0,1 g kaliy nitrati va natriy karbonati qoshib qaynatiladi, pH
9,0 ga teng bolguncha togrilanadi. Hosil bolgan muhitni probirka
va kolbaga solib, avtoklavda 120°C haroratda 20 daqiqa davomida
sterilizatsiya qilinadi.
Ishqoriy agar. 1 litr GPA ga 30 ml 10 % natriy karbonati solinib,
45 daqiqa qaynatiladi. pH 8,09,0 gacha togrilanadi. Muhitni probirka
va idishlarga solib, avtoklavda 120°C haroratda 20 daqiqa sterilizatsiya
qilinadi.
26-bob
. TOUN (OLAT) QOZGATUVCHISI
Toun bakteriyasini 1894-yilda Iyersen Gonkongda aniqlagan va
bakteriyalarning bu avlodi uning nomi bilan ataladi. D. K. Zabolotniy,
N. K. Klodnitskiy, I. A. Lebedinskiy, N. F. Gamaleya va hind olimlari
toun qozgatuvchisini atroflicha organdilar va bu kasallikni davolashda
streptomitsinni qollashni tavsiya etdilar.
?
Nazorat uchun savollar
228
Yersiniae avlodiga uch turdagi bakteriyalar kiradi:
1. Yersiniae pestistoun qozgatuvchisi.
2. Yersiniae pseudotuberculosispsevdotuberkulyoz qozgatuvchisi.
3. Yersiniae enterocoliticaichak infeksiyalarini keltirib chiqaradi.
Bu avlodga kiruvchi barcha qozgatuvchilar Grammanfiy tayoq-
chalar bolib, kopincha tuxumsimon shaklda, 0,40,7x12 mkm
kattalikda va spora hosil qilmaydi. Psevdotuberkulyoz va enterokolitik
iyerseniylari harakatchandir. Ularning barchasi oziqa muhitiga
talabchan emas, fermentativ jihatdan faol bolib, qator uglevodlarni
kislotagacha parchalaydi.
Morfologiyasi. Ovalsimon tayoqchalar. 0,30,6x12 mkm
kattalikda bolib, polimorfdir. Zich oziqa muhitidan tayyorlangan
surtma preparatda ular uzunchoq, iðsimon shakllarda korinadi. Spora
hosil qilmaydi, harakatsiz, xivchinlari yoq, nozik kapsula hosil qiladi.
Grammanfiy bolib boyaladi. Sitoplazmasi bir xilda joylashmaganligi
sababli, tayoqchaning ikki cheti toq boyaladi. Metilen koki bilan
boyalganda, bunday biðolyarlik (bir qutblilik) yaxshi korinadi.
Kultural xossasi. Toun qozgatuvchisi fakultativ anaerob. Oziqa
muhitlarga talabchan emas. 2830°C da pH 7,07,2 da 1214 soatdan
song osadi. Uning osishini tezlashtirish uchun muhitga ayrim
bakteriyalarning ekstraktlari, sarsin, gemolizlangan qon, natriy sulfati
va boshqalar qoshiladi. Toun qozgatuvchisining elektiv muhiti
bolib, kazeinli muhit va ivigan qon gidrolizati hisoblanadi. Zich oziqa
muhitida 1824 soatdan keyin chetlari tekis, mayin koloniya hosil
qiladi, 48 soatdan keyin koloniyalarning cheti toqilgan romolchaga
oxshab qoladi. Suyuq oziqa muhitida chokma korinishidagi zanjircha
holida osadi. Probirka tubida qavatli chokma va parda yuzasida esa
osilib turadigan iðchalar«stalaktik osishlar»ni korish mumkin. R
shaklda osgan kulturalari virulent hisoblanadi, lekin turli xil omillar
tasirida ular S avirulent shaklga aylanadi.
Fermentativ xossasi. Saxarolitik xossasi kuchli namoyon boladi. Ular
saxaroza, maltoza, arabinoza, glukozani (doimo emas) va mannitni
kislotagacha parchalaydi. Toun bakteriyasining ikki varianti tafovut
etiladi glitserinni parchalovchilar va parchalamaydiganlar. Proteolitik
xossasi kam namoyon boladi: ular jelatinni suyultirmaydi, sutni
ivitmaydi, vodorod sulfidini hosil qiladi. Toun bakteriyasi fibrinolizin,
gemolizin, gialuronidaza, koagulaza fermentlarini ishlab chiqaradi.
Toksigenligi. Toun qozgatuvchisi oqsil tabiatli, bir-biriga bogliq
ekzo- va endotoksinlarni ajratadi. U ikki xil fraksiyadan iborat (A va B).
Ular aminokislotalarning tarkibiga va antigenlik xossasiga kora farqlanadi.
Odam uchun u juda patogendir. Toun toksinini «sichqon zahari» deb
ham ataladi, chunki sichqonlar uning tasiriga juda sezgir.
229
Antigenligi. Toun qozgatuvchisining antigenlik xossasi juda
murakkab. Ular ottizga yaqin antigenlarni saqlaydi (F, V, W va b.).
F fraksiyasi kapsula bilan boglangan va asosiy komponent hisoblanadi.
V va W komponentlari hujayrani fagotsitozdan saqlaydi. Toun
qozgatuvchisi psevdotuberkulyoz, esherixiya, shigella va odam
eritrotsitlari bilan umumiy bolgan O antigenini saqlaydi.
Chidamliligi. 100°C tasirida shu zahoti 80°C da 5 daqiqadan
song oladi. Past haroratga chidamli, 0°C da 6 oygacha, muzlatilgan
murdada bir yilgacha va undan ham kop saqlanadi. Tik quyosh nurlari
tasirida 23 soatdan song oladi. Quritishga ular juda sezgir. Oziq-
ovqat mahsulotlarida 26 oygacha, burgalarda bir yilgacha, kanalarda
1,5 yilgacha saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi moddalar tasirida 510
daqiqadan song oladi, sulema va karbol kislotasiga juda sezgir.
Patogenligi. Infeksiya manbai bolib, asosan, kemiruvchilar:
yumronqoziq, qora va kulrang kalamushlar, sichqonlar, shuningdek,
tuyalar, tulkilar hisoblanadi. Laboratoriya hayvonlaridan sichqonlar,
kalamushlar, dengiz chochqachalari va boshqalar ularga sezgirdir.
Infeksiya manbai. Kasal hayvonlar, asosan, kemiruvchilar
infeksiya manbai hisoblanadi. Odamlar ortasida epidemiya kelib
chiqishida kemiruvchilardagi epizootik hollar sababchi boladi.
Tarqalish yoli va tashuvchisi
1. Transmissiv yol orqali tashuvchisi burgalar hisoblanadi
(kemiruvchilar → burga → odam).
2. Havo-tomchi yoli (opka touni odamdan odamga yuqadi).
3. Alimentar yol orqali kasal hayvon goshtini yaxshi
pishirmasdan istemol qilganda (kam hollarda).
Patogenezi va kasallik shakllari
Kirish darvozasi bolib teri va burun, ogiz shilliq pardalari
hisoblanadi. Kirish darvozasiga qarab toun kasalligining bir necha
shakli tafovut etiladi: 1) bubon, 2) opka, 3) septik, 4) teri, 5) ichak
shakllari. Qozgatuvchi tushgan yerda quyidagi ketma-ketlikda:
dog→papula → vezikula → pustula → karbunkul → yara hosil boladi.
Bemor sogayganda esa yara ornida chandiq qoladi. Kasallikning bu
shakli juda kam uchraydi. Asosan, ular teri-bubonli toun shaklida otadi.
Bubon shaklida infeksiya kirish joylarida izlar bolmaydi, chunki
qozgatuvchi limfa tomirlar orqali uning tarmoqlariga tarqaladi. Bu
joylarda otkir yalliglanish jarayoni rivojlanib, birlamchi bubon hosil
boladi. Limfa tarmoqlari ozaro qoshilib ketadi. Lekin bubonlar
ustidagi teri ozgarmaydi. Mikrofaglar mikroblarni orab olsa-da,
230
fagotsitoz tugallanmaydi. Chunki mikrob toksini tasirida fagotsitlar
oladi. Keyinchalik kapillarlar nekrozga uchrab, mikroblar esa qonga
otadi va bu birlamchi bakteriyemiya deyiladi. Ichki azolarda
infeksiyaning koplab ochoqlari yuzaga chiqadi. Keyinchalik gema-
togen yol bilan ikkilamchi bubonlar hosil boladi. Kasallik otkir
rivojlanganda bakteriyemiya ikkilamchi ochoqlar (jigar, taloq va b.)
hisobiga jadallashadi va septitsemiya shakliga aylanadi.
Kasallikning teri shaklida qozgatuvchi tushgan joyda ogriqli papula
hosil boladi va u keyinchalik qozgatuvchi saqlaydigan qonli-seroz
suyuqlik pustulaga aylanadi. Agar kasallik davolanmasa, karbonkulalar
olchami 13 sm va undan ham katta nekrozli yaraga aylanadi. Toun
yarasi kam sonli bolib, chandiq hosil qiladi va sekin bitadi.
Kasallikning bubonli shakli yuqori harorat, organizmning ogir
intoksikatsiyasi, kopincha bakteriyemiyaning rivojlanishi va jarayon-
ning yuksalishi bilan tavsiflanadi. Yashirin davri 23 kun, bazan
45 kun davom etadi. Kasallikni oziga xos belgilaridan biri zarar-
langan joyda qattiq ogriq paydo boladi. Bubonlar tez rivojlanadi va
tovuq tuxumi, olma va undan kattaroq hajmda boladi. Boyin, quloq
atrofi, jag osti, kokrak osti, yelka, qoltiq osti, qov va qov orti
bubonlari hosil boladi. Boyin va qoltiq osti bubonlari eng xavfli
hisoblanadi, chunki ular ikkilamchi opka asoratlariga olib keladi.
Kasallik birdaniga, bexosdan, qaltirashlarsiz, darmon qurimasdan,
tana haroratining 3839°C gacha, hatto 40°C va undan ham yuqoriga
kotarilishi bilan boshlanadi. Ertalab harorat biroz tushadi, kechqurun
esa kotariladi. Yuz terisi qizaradi, kozlar yaltiraydi, nafas olish
tezlashadi, nafas qisadi, bosh ogriydi, harakat koordinatsiyasi
buziladi, nutq ozgaradi. Bazi bemorlarda alahsirash (gallutsina-
tsiya), eyforiya kuzatiladi. Kasallik ogir kechganda ikkilamchi opka
touni, sepsis, meningit kabi 46 kun ichida bemor nobud boladi.
Birlamchi opka shaklining yashirin davri 23 kun. Qaltirash,
haroratning 3940°C bolishi, yotal, qonli suyuqlik ajralishi bilan
tavsiflanadi. Bemorlar alahsiraydi, tajovuzkor bolib qoladi va qo-
chishga harakat qiladi. 23 kun ichida yurak faoliyatining susayishi va
nafas olish markazi falajidan bemor nobud boladi.
Septik shaklining yashirin davri bir necha soat davom etadi. Bemor-
ning birdaniga kuchli qaltirashi, bosh ogrigi va umumiy holatining
tezda yomonlashuvi bilan kasallik boshlanadi. Yurak-qon tomir
yetishmovchiligi rivojlanib boradi. Nafas olishi toxtab qolishi ham
mumkin. Yara bubonlar kozga korinmagan holda rivojlanib boradi.
Ayrim bemorlarning olimi kasallik boshlanishidan bir necha soat
otgach sodir boladi. Oz vaqtida davolanmasa, kasallik 100 % olim
bilan tugaydi.
231
Ichak shakli ham yuqori harorat bilan juda ogir kechadi.
Oshqozon, ichakda ogriqlar bolib, bemor qon bilan qayt qiladi.
Najas qonli, suyuq bolib, unda qozgatuvchilar boladi. Kasallik
12 kun davom etib, 100 % olim bilan tugaydi.
Immuniteti. Kasallikdan song barqaror va uzoq vaqtga choziluv-
chi immunitet yuzaga keladi. Ogrib otganlarning qonida toun
mikrobiga qarshi antitelolar paydo boladi.
Profilaktikasi. Bemorlarni vaqtida aniqlash, tashxis qoyish, ajratib
qoyish va kasalxonaga yotqizish, karantin tashkil qilish, kontaktda
bolganlarni kuzatish, uyma-uy yurib bemorlarni, harorati bor
odamlarni sorab chiqish, infeksiya ochogida dezinfeksiya ishlarini
olib borishdir. Tibbiyot xodimlariga streptomitsin va tounga qarshi
vaksina yuboriladi. Davlat chegarasi chetdan infeksiya kirishidan himoya
qilinadi.
Maxsus profilaktikasi. EVtirik vaksinasi qollanilmoqda. Bu vaksina
5 yil davomida qozgatuvchi oziqa muhitiga ketma-ket ekish orqali
ajratib olinadi. Immunitet 1 yilgacha davom etadi.
Davosi. Streptomitsin, tetratsiklin, maxsus fag va tounga qarshi
immunoglobulin beriladi.
1. Toun qaysi guruh infeksiyasiga kiradi?
2. Toun qozgatuvchisining morfologik, kultural va fermentativ xossasi
qanday?
3. Infeksiya manbaini bilasizmi?
4. Toun qaysi yol orqali tarqaladi?
5. Toun qanday shakllarda otadi?
6. Kasallikning oldini olish choralarini bayon eting.
MIKROBIOLOGIK TEKSHIRISH
TEKSHIRISH MATERIALI
1. Teri shaklidayaradan ajratma, karbunkuldan punktat.
2. Bubon shaklidabubondan punktat.
3. Opka shaklidabalgam.
4. Ichak shaklidanajas.
5. Barcha shaklidaqon.
6. Murdalardanqon, suyak komigi, azolardan bolakchalar.
7. Burgalarning ichak ajratmasi.
8. Olgan kalamush, sichqon va boshqa kemiruvchilar.
?
Nazorat uchun savollar
232
Tekshirish materiallarini toplash
Bubondan punktat olish uchun jarohatlangan joy va uning
atrofidagi teri spirt bilan artiladi. Igna yaraning chetidan sekinlik bilan
kiritilib, ortasidan material olinadi.
Ogzi keng steril bankaga balgam yigiladi. Najas ham shunday
olinadi. Qon 35 ml steril shprisda olinib, shu zahoti bemor oldida
shorvaga va Petri kosachasidagi agarga ekiladi.
Burganing ichagi ichidagi mahsuloti lupa yordamida organiladi.
Kemiruvchilar kasallangandan song ularni yorib, ichki azolaridan
surtma preparat tayyorlanadi va oziqa muhitlariga ekiladi.
Asosiy tekshirish usuli
1. Mikroskopik.
2. Bakteriologik.
3. Biologik.
4. Lyuminessent-serologik usul.
Tekshirishning birinchi kuni. Tekshirish materiallaridan surtma
preparat tayyorlanadi. Xona haroratida quritiladi. Nikiforov aralash-
masida 1520 daqiqa fiksatsiya qilinadi. Gram va metilen koki
Do'stlaringiz bilan baham: |