2
lozim. Zich oziqa muhitida nozik, mayda,
rangsiz, bortib chiqqan S shaklida, yaltiroq koloniya hosil qilib
osadi. Turli xil omillar tasirida R shakliga otishi mumkin. Antibiotik
tasirida L shakliga otadi. Suyuq oziqa muhitida bir tekis loyqalanish
hosil qiladi. Brucellalar tovuq embrionidagi sariqlik qopchasida yaxshi
osadi. Brutsellalar vodorod sulfiti, fuksin va tionin muhitlarida osishiga
kora farqlanadi.
Fermentativ xossasi. Brutsellalar Driboza. Dgalaktoza, alanin,
asparaginlarni parchalaydi. Ayrim shtammlari aminokislotalarni
amiakkacha gidrolizlaydi. Brutsellalar gialuronidaza, katalaza,
peroksidaza, liðaza, fosfataza fermentlarini hosil qiladi.
Toksigenligi. Brutsellalarning patogenlik tasiri endotoksiniga qarab
aniqlanadi. Bundan tashqari, ular allergik xossaga ham ega.
Antigenligi. Brutsellalar ikki xil somatik A va M antigenini saqlaydi.
Bu antigenlar bakteriyalar turiga xosdir, ular mikrob hujayrasining
tarkibiga kiradi va turli xil nisbatda boladi. Br. melitensisda M antigeni,
Br.abortus bovis va Br.suisda A antigeni ustun turadi. Bundan tashqari,
ularda Vi antigeni ham aniqlangan.
Chidamliligi. 100°C harorat tasirida shu zahoti, 8085°C da
5 daqiqadan song, 60°C tasirida 30 daqiqadan song oladi. Past
haroratga chidamli. Tik quyosh nuri mikroblarga halokatli tasir korsa-
tadi. Nam sharoitda 34 oygacha, sut mahsulotlarida 4045 kun-
gacha, muzlagan goshtda 5 oygacha, tuproq va suvda 35 oygacha
saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi moddalarga (xlorli ohak, lizol, kreozin,
karbol kislotasi, formalin, sulema) juda sezgir.
Patogenligi. Brutselloz bilan asosan qishloq xojalik hayvonlari
mayda va yirik shoxli hayvonlar, chochqa, kiyik va boshqa hayvonlar
kasallanadi. Har bir tur mikrob oziga xos kasallik keltirib chiqaradi.
242
Lekin brutsellalar bir turdagi hayvondan ikkinchi turdagi hayvonga
yuqishi mumkin. Masalan, Br.abortus bovis mayda shoxli hayvonlarni
ham zararlashi mumkin.
Kasallikning asosiy belgilari shuki, hayvonlarning urgochilarida
bola tashlash, erkagida orxitni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari,
ularda bogimlar shikastlanadi, ozib ketadi, juni tokiladi va boshqa
belgilar yuzaga keladi. Brutselloz yopiq shaklda ham otishi mumkin,
bu esa infeksiyaning tarqalib ketishiga sabab boladi.
Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar va dengiz chochqa-
chalari ularga sezuvchan. Ular zararlangandan song bola tashlash,
ozish, junlarining tokilishi kuzatiladi. Sichqonlarda septitsemiya yuzaga
kelishi mumkin.
Infeksiya manbai. Odam uchun infeksiya manbai bolib yirik va
mayda shoxli hayvonlar hisoblanadi. Odam brutselloz tarqalishida
epidemiologik ahamiyatga ega emas.
Tarqalish yoli. Maishiy kontakt, alimentar, havo-tomchi yoli
orqali tarqaladi. Kontakt yoli orqali, yani hayvonlarni boqqanda,
goshtini bolganda yuqishi mumkin. Havo changi orqali ham, yani
hayvonlar junini qayta ishlaganda yuqadi. Brutsellalar bilan ifloslangan
oziq-ovqatlarni, sut va sut mahsulotlarini istemol qilish natijasida
alimentar yol orqali yuqadi.
Patogenezi. Organizmga kirish darvozasi bolib ogiz va burun shilliq
qavati va jarohatlangan teri hisoblanadi. Organizmga tushgan brutsellalar
limfa yoli orqali limfa tuguniga tushadi, bolinib kopayadi. Limfa yolidan
qonga soriladi. Qon bilan butun organizmga tarqaladi, suyak komigida,
jigarda, taloqda joylashadi. Tayanch-harakat azolarida, periferik nerv
va jinsiy azolar tizimida yalliglanish jarayoni rivojlanadi. Mustahkam
ornashgan antigenlar atrofida granulemalar hosil qiladi. Brutsella qonga
otib qaytalash (retsediv)ni yuzaga keltiradi.
Yashirin davri 13 hafta davom etadi. Birlamchi latent, otkir
septik, septik-metastaz, birlamchi, surunkali, ikkilamchi surunkali,
ikkilamchi latent, brutsellozdan keyingi asoratlar farq qilinadi.
Brutsellozda koproq qov (70 %), qoltiq osti (63 %) va jag osti
(29 %) limfa bezlari zararlanadi. Osteoxondritlar, miozitlar, artritlar
va osteoartritlar rivojlanadi. Markaziy nerv tizimi meningit, ensefalit,
miyelit, ensefalomeningit korinishida zararlanadi.
Kasallikning surunkali shakli remissiya (tinch davri), retsediv
davri va kuchayish davrlari bilan almashinib turadi. Qayta takrorlanish
davrida yangi metastazlar yuzaga keladi yoki eski manbalar kopayadi.
Brutsellozdan sogayish bir necha oydan 33,5 yilgacha. Sogayish
klinik, bakteriologik, anatomik davrlarga bolinadi. Reinfeksiya
212 yildan song yuzaga kelishi mumkin.
Immuniteti. Kasallikdan song hujayraviy agglutinin va komplement
boglovchi antitelolar hosil boladi.
243
Profilaktikasi. Qishloq xojaligida hayvonlarni nazorat qilish. Sut
va gosht kombinatlarini nazorat qilib turishdan iborat.
Maxsus profilaktikasi. Brutsella abortusning 19BA shtammini
saqlovchi tirik vaksina bir marta teri ustiga yuboriladi. Revaksinatsiya
812 oydan song olib boriladi.
Davosi. Levomitsitin, eritrin antibiotiklari bilan davolanadi.
Brutselloz immunoglobulini beriladi.
1. Brutsellozning qanday turlarini bilasiz?
2. Brutsellalar qanday muhitlarda rivojlanadi?
3. Brutsellozning patogenligi nimaga bogliq?
MIKROBIOLOGIK TEKSHIRISH
TEKSHIRISH MATERIALI
1. Qon.
2. Orqa miya suyuqligi.
3. Suyak komigi.
4. Siydik.
5. Kokrak suti.
6. Murdadan material.
Tekshirish materialini toplash
Qon bilak venasidan 510 ml hajmda steril sharoitda olinadi.
Gemokultura usulida tekshiriladi.
Qon barmoqdan 12 ml hajmda olinadi.
Siydik steril kateter yordamida steril idishga olinadi.
Kokrak suti steril idishga yigiladi.
Orqa miya suyuqligi steril igna yordamida steril idishga olinadi.
Suyak komigi steril shpris yordamida steril idishga toplanadi.
Asosiy tekshirish usullari
1. Serologik.
2. Allergik.
3. Biologik.
4. Bakteriologik.
Bakteriologik usul. Kasallikning birinchi kunlarida tana harorati
kotarilgan davrda bemor bilak venasidan 1015 ml hajmda qon olinadi.
Qon bemorni antibiotik bilan davolashdan oldin olinadi. Qon (100200
ml hajmli idishga) 3050 ml qiyshiq agar va 2530 ml shorva
?
Nazorat uchun savollar
244
qoshilgan muhitga 5 ml.dan solib chiqiladi. Birinchi flakondagi muhitni
karbonat angidridi kop bolgan sharoitda qoldiriladi, ikkinchisi esa
termostatda 37°C haroratda qoldiriladi. 4 kundan song olib tekshiriladi.
Agar koloniyalar osmagan bolsa, yana qoldiriladi. Agar muhit istida
mayda, rangsiz, bortib chiqqan koloniyalar hosil bolsa, stereoskopik
mikroskopda yoki oddiy mikroskopning kichik obyektivida organiladi.
Agar bir oy ichida koloniyalar aniqlanmasa, zich oziqa muhitiga ekilib
nazorat qilinadi. Osgan kulturani farqlash uchun surtma preparat
tayyorlanadi, boyaladi va mikroskop ostida tekshiriladi. Song buyim
oynachasi ustida maxsus zardob yordamida agglutinatsiya reaksiyasi
qoyiladi. Qaytalagan va surunkali shakldagi bemorlarning suyak komi-
gidan va limfa tugunidan punktat olinadi va zich oziqa muhitiga ekiladi.
Shubhali koloniya hosil bolsa, surtma preparat tayyorlab, aggluti-
natsiya reaksiyasi qoyib organiladi.
Serologik usul. Rayt reaksiyasi. Bemorning barmogidan 12 ml
qon olinib, zardobi ajratiladi va kengaytirilgan hajmiy agglutinatsiya
reaksiyasi qoyiladi. Bemor qon zardobi 1:25 dan 1:1600 gacha
suyultiriladi, antigen sifatida brutsella olik kulturasi diagnostikumi olinadi
va barcha probirkalarga 2 tomchidan solib chiqiladi. Termostatda 37°C
haroratda 18124 soat qoldiriladi. Diagnostik titri 1:100, 1:200 hisob-
lanadi. 1:400 reaksiya musbat bolsa, ota musbat, deb javob beriladi.
Taxminiy agglutinatsiya reaksiyasi (Xedelson reaksiyasi, 29-jadval).
Har birining kattaligi 4x4 sm keladigan 6 ta tortburchakka bolingan,
tozalangan, yogsizlantirilgan oynacha olinadi. Chap tarafdan birinchi
tortburchakdan boshlab, raqamlar qoyib chiqiladi va mikropiðetkada
tekshirilayotgan zardobdan 0,08; 0,04; 0,02; 0,01 ml nazorat zardo-
biga («NZ») 0,02 ml.dan solinadi. «NZ» dan tashqari, barcha tortbur-
chaklarga 0,03 ml diagnostikumdan solinadi, nazorat diagnostikum
«ND» tortburchagiga ham undan 0,03 ml solinadi. «NZ» va «ND»
tortburchaklariga 0,03 ml fiziologik eritma solinadi. Tomchilarni kichik
dozadan boshlab, shisha tayoqcha yoki uchi kavsharlangan piðetka
bilan aralashtiriladi.
29-jadval
Xedelson reaksiyasi
t
n
e
y
i
d
e
r
g
n
I
a
b
i
rj
a
T
t
a
r
o
z
a
N
1
2
3
4
»
Z
N
«
»
D
N
«
b
o
d
r
a
Z
8
0
,
0
4
0
,
0
2
0
,
0
1
0
,
0
2
0
,
0
n
e
g
it
n
A
3
0
,
0
3
0
,
0
0
,
0
3
0
,
0
3
0
,
0
a
m
ti
r
e
k
i
g
o
l
o
i
z
i
F
3
0
,
0
3
0
,
0
245
Oynachani spirt alangasida biroz isitiladi. Agar antigen va antitelo
bir-biriga mos bolsa, birinchi daqiqadayoq donador havorangli chokma
hosil boladi. Uzogi bilan 8 daqiqagacha kuzatish mumkin. Sezgir
reaksiyalardan yana biri bevosita gemagglutinatsiya reaksiyasi hisoblanadi.
Diagnostikum sifatida brutselloz eritrotsitlar diagnostikumidan foyda-
laniladi.
Allergik usul (Byurne sinamasi). Bilakning ichki tomoniga, teri
ichiga 0,1 ml brutsellin (13 haftalik brutsella kulturasining bulyondagi
filtrati) yuboriladi. 2448 soatdan song natija oqiladi. Agar 4x6 sm
kenglikda qizarish va shish hosil bolsa, reaksiya musbat deyiladi.
Biologik usul. Sinamani oq sichqonlar yoki dengiz chochqa-
chalarida otkaziladi. Tekshirish materiali chov qismining teri ostiga
yuboriladi. Bu usul infeksion jarayonning limfa tugunida qanday
kechishini toliq organish uchun xizmat qilishi mumkin. Hayvonlar
kasallanib nobud bolgandan song ularni yorib, oziqa muhitlarga
ekib organiladi.
1. Bemordan tekshirishga qanday material olinadi?
2. Tekshirish qanday usullarda olib boriladi?
3. Serologik usulda qanday reaksiyalar qoyiladi, tushuntirib bering.
4. Biologik sinama qanday hayvonlarda olib boriladi va qanday otkaziladi?
30-bob.
KUYDIRGI (SIBIR YARASI) QOZGATUVCHISI
Kuydirgi odam va hayvonlarda uchraydigan otkir infeksion kasallik
bolib, ogir intoksikatsiya, teri qoplamlari va limfa apparatining
ishdan chiqishi bilan kechadi. Kuydirgi qozgatuvchisi Bacillus
anthracis Bacillacae oilasiga, Bacillus avlodiga kiradi. U qadimgi
kasallik bolib, unga «authrax» komir nomi Giðpokrat tomonidan
berilgan. Hozirgi nomini esa 1788-yili rus shifokori S. Andreyevskiy
taklif etgan. U oziga kuydirgi qozgatuvchisini yuqtirib, kasallik
qozgatuvchisini hayvondan odamga yuqishini isbotlagan. 1849-yili
Pallendor qozgatuvchining barcha xossalarini, 1878-yili R. Kox sof
kulturasini ajratib, uni hayvonlarga yuqtirgan va spora hosil bolishini
kuzatgan. L. Paster 1881-yili kuydirgiga qarshi vaksinani ishlab chiqdi.
Morfologiyasi. Qozgatuvchi yirik tayoqchasimon bakteriyalar
bolib, 6x8x11,5 mkm kattalikda, chetlari chort kesilgan. Gram-
musbat boyaladi. Surtma preparatda juft-juft yoki qisqa zanjirsimon
?
Nazorat uchun savollar
246
bolib joylashadi. Oziqa muhitida osgan mikrob kulturasidan surtma
preparat tayyorlab korilganda, ular uzun zanjirsimon bolib joylashadi.
Harakatsiz, bir nechta batsillalarga yoki zanjirga umumiy bolgan
kapsula hosil qiladi. Spora hosil qiladi, ovalsimon shaklda bolib,
markaziy joylashadi. Spora kislorodli sharoitda 3040°C da yaxshi hosil
boladi. 43°C dan yuqori va 15°C dan past haroratda spora hosil bolishi
toxtaydi. Spora hosil bolganda, hujayra devori parchalanib ketadi va
spora alohida holda tashqi muhitga tushadi.
Kultural xossasi. Kuydirgi qozgatuvchisi fakultativ anaerob,
oziqa muhitiga talabchan emas, 3538°C haroratda pH 7,27,6 da
yaxshi osadi. GPAda yirik, chetlari notekis R shaklidagi koloniya
hosil qilib osadi. Koloniya chetlaridagi iðchalar koloniyaga sher boshini
eslatuvchi shakl berib turadi. R shaklidagi koloniyalar virulent
hisoblanadi. Eski kulturalarda esa S shaklli koloniyalar hosil boladi
va ular virulentli hisoblanadi.
Gosht-peptonli shorvada (GPSH) probirka tubida paxtaga
oxshash chokma hosil qiladi. Muhit tiniq qoladi.
Fermentativ xossasi. Kuydirgi batsillasi fermentativ xossasiga
kora, faol. Saxarolitik xossasiga kora, glukoza, laktoza, maltoza,
levuleza va boshqa uglevodlarni kislotagacha parchalaydi.
Proteolitik xossasiga kora, jelatinni tonkarilgan archasimon holda
suyultiradi, sutni ivitadi va peptonlaydi. Vodorod sulfiti va ammiak
hosil qiladi, nitratni nitritga tiklaydi, kraxmalni gidrolizlaydi. Eri-
trotsitlarni gemolizga uchratmaydi. Kuydirgi bakteriofagi tasirida lizisga
uchraydi. Kuydirgi batsillasi diastaza, peroksidaza, liðaza ferment-
larini ajratadi.
Toksigenligi. B antharcis oqsil tabiatli ekzotoksin ishlab chiqaradi:
1) olimga olib keluvchi yoki olim omilini saqlaydi;
2) shish chiqaradigan yoki edematoz;
3) protektiv yoki himoya omiliga ega bolib, yuqoridagi ikki
omil tasir qilmaydi. Bu toksinlarni sichqon toksinlari deyiladi. Chunki
sichqonlar bu toksinga juda sezgir.
Antigenligi. Kuydirgi batsillasi ikkita antigen:
1) yuqori haroratga chidamli somatik antigenga ega. Bu antigenga
qarshi antitelo hosil bolmaydi. Uzoq vaqt murdalarda va kulturalarda
saqlanadi;
2) kapsula antigeni zararli emas.
Chidamliligi. Kuydirgi qozgatuvchisi vegetativ shaklida kam
chidamli. 100°C harorat tasirida shu zahoti, 5560°C tasirida
3040 daqiqadan song oladi. Kuydirgi qozgatuvchisining kapsulasi
tashqi muhitga chidamli. Hayvon murdalari kuzatilganda, bakteriyalar
chirigan bolishiga qaramasdan, bosh kapsulani aniqlash mumkin.
247
Kuydirgi batsillalarining sporalari chidamli: qaynatganda 1520 daqiqa-
dan song, 120°C haroratli avtoklavda 20 daqiqadan song oladi. Quruq
holda 30 yilgacha, tuproqda 10 yilgacha saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi
moddalar tasirida 23 kundan song oladi.
Patogenezi. Kuydirgi qozgatuvchisiga sigirlar, ot, qoy, kiyik,
chochqalar sezuvchan bolib, ular somon tarkibidagi sporalarni
istemol qilish natijasida kasallanadi. Laboratoriya hayvonlaridan
quyonlar, oq sichqonlar, dengiz chochqachalari sezuvchan. Ular
zararlangandan keyin 24 kun otgach oladi.
Infeksiya manbai. Kasal hayvon infeksiya manbai bolib
hisoblanadi.
Tarqalish yoli: 1) maishiy kontakt; 2) alimentar oziq-ovqatlar
orqali; 3) havo changi yoli orqali; 4) transmissiv yol orqali tarqaladi.
Havo changi yoli orqali, asosan, lattafurushlar kasallanganliklari
uchun uni Fransiyada «Lattafurush kasali», «Jun qirquvchilar kasali»,
deb ham atashadi.
Transmissiv tarqalish yolida kasallik chivin, kuydirgi pashshasi
chaqqanda ham yuqadi. Maishiy kontakt yolida hayvonlarni soyganda
yuqadi. Alimentar yoli kuydirgi batsillasi bilan ifloslangan oziq-
ovqatlarni istemol qilish natijasida yuqadi.
Kirish darvozasi bolib, jarohatlangan teri, ogiz, burun, koz shilliq
qavatlari hisoblanadi. Qozgatuvchi tushgan joyda karbunkul hosil bolib,
teri va teri osti kletchatkasida gemorragik ochoq, shishlar va toqimalar
distruksiyasi paydo boladi. Shuningdek, organizmda bakteremiya rivojlanadi.
Kasallik teri, opka, ichak shakllarida uchraydi. Kasallikni teri
shaklida qozgatuvchi kirgan yerda qizarish paydo bolib, songra u
papulaga aylanadi. Papula sekin-asta qizil, jigarrangli vezikulaga aylanadi.
Uning tarkibida gemorrargik suyuqlik boladi. U qurigandan song
qora chandiq qoladi.
Kuydirgining opka shaklida zotiljam, opka shishining klinik
belgilari yuzaga keladi va bemor oladi. Kasallikni ichak shaklida yuqorida
aytib otilgan uning teri shaklidagi belgilari ichak shilliq pardalarida
yuzaga keladi. Kopincha olim bilan tugaydi.
Immuniteti. Kasallikdan song mustahkam immunitet hosil boladi.
Ammo 13 yildan 820 yil oraligida kasallik qayta yuqishi mumkin.
Profilaktikasi. Profilaktika ishlari veterinar xizmati bilan birga
olib boriladi. Kasal hayvonlarni ajratib qoyish, dezinfeksiya ishlarini
amalga oshirish, aholi orasida sanitariya maorifi ishlarini olib borish
muhim ahamiyatga ega.
Maxsus profilaktikasi. Hozirgi vaqtda STI vaksinasi qollanilmoqda.
Qishloq xojaligi xodimlari ortasida vaksinatsiya ishlari olib boriladi.
Kasal hayvonlar bilan ishlagan va ular bilan aloqada bolgan odamlarga
kuydirgiga qarshi immunoglobulin va antibiotiklar beriladi.
248
Davosi. Levomitsetin, tetratsiklin, eritromitsin, streptomitsin
va boshqa antibiotiklar ishlatiladi.
MIKROBIOLOGIK TEKSHIRISH
TEKSHIRISH MATERIALI
Kuydirgi qozgatuvchisi bilan ishlash jiddiy
tartib asosida olib boriladi
1. Teridagi vezikula, karbunkul, yaradan ajratma.
2. Opka shaklidabalgam.
3. Ichak shaklidanajas.
4. Septik shaklidaqon.
5. Askoli pretsepitatsiya reaksiyasini qoyish uchun tuproq, hay-
von juni olinadi.
Tekshirish materiallarini yigish
Vezikula, karbunkuldan material olish uchun yara atrofi spirtga
namlangan paxta yoki doka yordamida artiladi va tekshirish materiallarini
steril shpris yoki tampon yordamida olinadi. Laboratoriyaga jonatish
uchun tekshirish materiallari Paster piðetkasida olinadi va uchi alangada
kavsharlanadi. Agar piðetka bolmasa, yara ichiga steril ið tushiriladi.
Ip yaradagi yiringni shimgandan song uni probirkaga solib jonatiladi.
Balgam va najas ogzi keng idishga solinadi. Qon bilak venasidan
35 ml hajmda steril shpris yordamida olinadi va Xottinger shorvasining
50 ml.ga solinadi. Bundan tashqari, qondan 23 ta yupqa surtma
preparati ham tayyorlanadi.
Asosiy tekshirish usullari
1. Mikroskopik.
2. Bakteriologik.
3. Biologik.
4. Allergik.
5. Askoli pretsiðitatsiya reaksiyasi.
Tekshirishning birinchi kuni. Mikroskopik usul. Tekshirish mate-
riallaridan surtma preparat tayyorlanadi. Nikiforov eritmasida u 20 daqiqa
fiksatsiya qilinadi. Gram usulida boyalib, mikroskop ostida tekshiriladi.
Kapsulani aniqlash uchun u Gins usulida boyaladi. Mikroskop ostida
kuydirgi qozgatuvchisi yirik tayoqchasimon, alohida, juft-juft yoki
qisqa zanjirsimon joylashgan umumiy kapsulaga ega. Bakteriyalar
Grammusbat boyalgan bolib korinsa, taxminiy tashxis qoyiladi.
Bakteriologik usul. Tekshirish materiali GPA va GPSH ga ekiladi.
Termostatda 3637°C haroratda 24 soat qoldiriladi.
249
Biologik usul. Tekshirish materiali fiziologik eritmada yaxshilab
aralashtiriladi. Quyonlarga, sichqonlarga 0,10,2 ml.dan yelka teri
ostiga, dengiz chochqachalariga 0,20,5 ml.dan yuqori sohasining
teri ostiga yuboriladi. Sichqonlar kuydirgidan 12 kundan song,
quyon va dengiz chochqachalari 24 kundan song oladi.
Tezlashtirilgan biologik usul. 23 ta oq sichqonlarning qorin
boshligiga tekshirish materiali yuboriladi. Bir necha soatdan song
qorin boshligidagi materiallardan surtma preparat tayyorlanadi va
boyalib mikroskop ostida tekshiriladi. Agar kapsulaga oralgan
batsillalar korinsa, tegishli javob beriladi.
Tekshirishning ikkinchi kuni. Ekilgan muhitlar termostatdan olib
kozdan kechiriladi. Zich oziqa muhitidan osgan kulturalar
mikroskop ostida organiladi. Kuydirgiga xos koloniyalar aniqlansa,
sof kulturani ajratib olish uchun koloniyaning yarmi olinib, qiyshiq
agarga ekiladi. Termostatda 37°C haroratda 24 soat qoldiriladi.
Gosht-peptonli shorvada koloniyalar paxtaga oxshash chokma
hosil qiladi. Muhit tiniq qoladi. Antraksidlardan kuydirgini farqlash
uchun shorvadan osilgan tomchi preparat tayyorlab organiladi.
Kuydirgi qozgatuvchisi harakatsizdir.
«Marvarid shodasi» testi (tezlashtirilgan tekshirish usuli). Buning
uchun Xottinger muhitiga 30 % li inaktivatsiyalangan ot zardobi va
0,5 tasir birligiga ega bolgan 1 ml penitsillin qoshiladi. Tayyorlangan
muhitni 23 ml.dan probirkalarga solinadi. Har bir probirkaga 2 tom-
chidan tekshirilayotgan mikrob kulturasidan tomizib chiqiladi.
Probirkalarni termostatda 37°C haroratda 3 soatga qoldiriladi. Vaqt
otgach termostatdan olib tekshiriladi. Har bir probirkadan 23 ta
surtma tayyorlanadi va qurutiladi. Karnua (6 qism etil spirti +3 qism
xloroform +1 qism sirka kislotasi) suyuqligida fiksatsiya qilinadi.
Fiksatsiya suyuqlik buglanib ketguncha ushlanadi. Surtma preparatni
metilen koki boyogida boyaladi va mikroskop ostida tekshiriladi.
Mikroskop ostida kuydirgi batsillalari marvarid shodasini
eslatuvchi zanjirsimon joylashgan, yumaloq bolib korinadi. Chunki
batsillalar penitsillin tasirida zanjirsimon shaklga aylanadi. Zararlangan
hayvonlar tekshiriladi. Olgan hayvonlar yorib organiladi. Azolardan
surtma tayyorlab boyab organiladi. Ichki azolaridan olib oziqa
muhitlarga ekib organiladi.
Tekshirishning uchinchi kuni. Ekilgan muhitlar tekshiriladi. Qiyshiq
agardan olib surtma preparat tayyorlanadi va boyab mikroskop ostida
organiladi. Saxarolitik xossasini organish uchun Giss qatoriga ekiladi.
Proteolitik xossasini organish uchun lakmusli sutga, jelatinaga, qonli
agarga ekiladi va kuydirgi bakteriofagiga sezuvchanligi organiladi. Barcha
muhitlar termostatda 37°C haroratda 24 soat qoldiriladi.
250
Tekshirishning tortinchi kuni. Natija oqiladi. Kuydirgi batsillasi Giss
qatoridagi muhitlarni kislotagacha parchalaydi. Jelatinani tonkarilgan
archasimon qilib suyultiradi. 45-kunda sutni ivitadi va qizil rangga
ozgartiradi. Qonli agarda eritrotsitlarni gemolizga uchratmaydi. Kuydirgi
Do'stlaringiz bilan baham: |