Mikrobiologiya va immunologiya



Download 13,45 Mb.
bet249/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Kul'tural xususiyatlari. Nekrobakterioz bakteriyasi - qat'iy anaerob. Uni o'stirishda Kit-Tarossi muhiti, Marten bul'oni, jigarli agar, yarim suyuq agar, miyali muhitlar ishlatiladi. Kitt-Tarossi muhitiga 10-20% yangi buqa zardobi va 0,2-0,5% glyukoza qo'shganda mikrob yanada intensiv o'sadi va gaz hosil qilish kuchayadi. Harorat optimumi 36-38cC, muhit pH 7,4-7,6.
Kitt-Tarossi muhitida 24-48 soatdan keyin loyqalanish paydo bo'lib, jigar bo'lakchalarida ipir-ipir cho'kma hosil bo'ladi; gaz hosil qilish kuchsiz, lekin ba'zi shtammlarida yaxshi namoyon bo'ladi. 5-8 sutkadan keyin muhit tiniqlasha boshlaydi va ushoqsimon cho'kmaga tushadi, qoqib ko'rganimizda cho'kma tarqalib, bir xil loyqalanadi. Zardobli tik agarga ekkanda 4-5 kundan keyin yasmiqsimon, maydadonador, radial o'simtali koloniyalar hosil qiladi (Rasm 14).
Glyukozali-qonli agar yuzida 4-10 mm simob ustunli vakuum sharoitida, 2-3 chi sutkalarda mayda yumaloq yoki shudringsimon paydo bo'lib, 4-5 chi kunlari o'lchamlari kattalashadi. Koloniyalar ba'zan kuchsiz yashil gemoliz xududi biian o'raladi. Koloniyalarning usti silliq, xira.
Kul'turani aerob sharoitda saqlaganda koloniyalar o'sishda davom etadi, lekin tiniqligini yo'qotadi, kengish bo'lib qoladi.
Mikrob miyali muhitda yaxshi o'sadi. Unga 0,05% temir sulfat (sernokislaya jeleza) qo'shilganda vodorod sulfid hosil bo'lishi hisobiga qorayadi.
Biokimyoviy xususiyatlari. Nekrobakterioz qo'zg'atuvchisi arabinoza, glyukoza, galaktoza, levulyoza, maltoza, saxaroza, salisinni bijg'itadi, gliserin, dulsit, mannit va inulinni hamma vaqt ham bijg'itmaydi.
Laktozani kuchsiz bijg'itadi. Jelatina va ivigan zardobni suyultirmaydi, tuxum oqsilini hazm qilolmaydi (yoqtirmaydi) sutni kuchsiz va hamma vaqt ham peptonlashtirmaydi, indol va vodorod sulfid hosil qiladi. Ammiak hosil qilmaydi. Nitratlarni nitritlargacha qaytarmaydi.
Chidamliligi. Nekrobakterioz qo'zg'atuvchisi - nisbatan chidamsiz mikrob, lekin tashqi muhitning har xil obe'ktlarida uzoq vaqt saqlanishi mumkin. Najaslarda hayotchanligi-50 sutkagacha, siydikda-15 sutkagacha, o't bilaln qoplangan tuproqdda-10 sutkagacha, yozda tuproqda-15 sutka, qishda-60 sutkagacha, quvur suvi va distillangan suvda-15 sutkagacha, sutda-35 sutkagacha, fiziologik eritmada-45 sutkagacha saqlanadi. To'g'ri tushgan quyosh nurlari ta'sirida 12 soatdan keyin o'ladi. Havoda quritilgan kul'turalar 72 soatdan keyin o'ladi. liofil quritilgan va anaerob sharoitlarda ushlanganlarida 15 oygacha saqlanadi, muzlatilgan holatda bakteriyal kul'turalari 30-40 kun yashaydi. Bakteriyalar 65°C gacha qizdirilganda 15 daqiqada, 70 C- 10 daqiqadan keyin o'ladi, qaynatganda shu onda o'ladi.
Nekrobakterioz qo'zg'atuvchisi dezinfeksiyalovchi vositalarga sezuvchan: 5% li o'yuvchi natriy yoki kaliy uni 10 daqiqadan keyin; 2,5% kreolin-20 daqiqa, 5% li lizol-9 daqiqa, 2,5% li formaldegid-13 daqiqa, kaliy permanganat 1:1000-10 daqiqadan keyin o'ldiradi.
Bakteriya antibiotiklarning tetrasiklin qatoriga juda sezuvchan. penisillin, streptomisinlarga sezuvchanligi past, miserin va kolimisinlarga chidamli.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish