Biosinov. Listeriozga oq sichqonlar (18 gr), dengiz chuchqalari va kabutarlar moyil Ularni terisi ostiga ajratilgan kultura yoki organlar to'qimasidan tayyorlangan (laboratoriyaga keltirilgan patologik materialdan) suspenziya bilan zararlantiriladi. Lekin dengiz chuchqalarini zararlash uchun kon'yunktival namuna qo'yiladi: ko'z kon'yunktivasiga ikki tomchi sinalayotgan kultura tomdiriladi, keyin paxta tamponlari bilan ko'z qovoqlari yengilgina uqalanadi. Listeriyalarning virulentli shtammlari 2-4 kun yiringli keratokon'yunktivit paydo qiladi. Teri ostiga zararlanganda to'qima organlar suspenziyasi 0,3 - 0,5 m dozada yuboriladi. Albatta bosh miya suspenziyasini ishlatish kerak. Ijobiy biosinovda hayvonlar 2 - 6 sutkadan keyin o'ladi. Biosinov samarali o'tishi uchun oq sichqonlarni zararlashdan 2 - 3 soat oldin qorin bo'shlig'iga 5 mg dozada kortizon yuboriladi. Yorib ko'rganda jigar, taloq, buyraklarda juda ko'p nekroz o'choqlari topiladi. Zararlangan hayvonlarni kuzatish muddati - 8 sutka (agar avvalroq o'lmasa).
O'lgan hayvonlarning parenximatoz organlari bakteriologik tekshiriladi. Ajratilgan sof kultura farqlanadi. Kulturani farqlash uchun shuningdek serologik usul qo'llaniladi - maxsus listeriozga qarshi zardob bilan 1:50 nisbat suyultirib predmet oynachasida agglyutinasiya reaksiyasi qo'yiladi. Serotipi tipospesifik zardoblar bilan farqlanadi. Qo'zg'atuvchining turi kultura yoki patologik materiallardan tayyorlangan, maxsus fluoressensiyalovchi zardoblar bilan ishlov berilgan surtmalarda farqlanadi.
Serologik tekshirish. AR, KBR, presipitasiya, bilvosita gemagglyutinasiya reaksiyalari qo'llanadi.
Natija ijobiy hisoblanadi:
Patologik materialdan katalaza hosil qiluvchi maltoza, ramnoza, salisinlarni gazsiz kislota hosil qilib parchalaydigan grammusbat. polimorf, harakatchan tayyoqchalar ajratilsa; dengiz cho'chqasi va quyonda kon'yunktiva va teri orasiga yuborganda ijobiy natija bersa; listerioz zardoblari bilan AR ijobiy bo'lsa; laboratoriya hayvonlari uchun patogen bo'lsa va lyuminissent mikroskopiyada ijobiy natija bersa.
Biopreparatlar. 1974 yilda qishloq xo'jalik hayvonlarining listerioziga qarshi, AUF shtammidan tayyorlangan quruq vaksina taklifetilib qo'liashga ruxsat etilgan. AUF vaksina birinchi serotip listeriyalaming attenuirlangan shtammini liofillab quritilgan kulturasidir. Vaksinaning sterilligi, zararsizligi va immunogenligi quyonlarda nazorat qilinadi.
Listeriozning diagnostik agglyutinasiyalovchi zardoblari.
Fluoressensiyalovchi listerioz zardoblari.
Listeriyalarning ikkita serotipidan tayyorlangan vaksinalar.
AR uchun ikkita listerioz anligeni; ikkita seroguruhdan tayyorlangan. Listeriyalar suspenziyasi 1.5 soat suv hammomida qaynatib inaktivlangan.
KBR uchun listerioz antigenlari.
Liofillangan listerioz bakteriofaglarining diagnostik to'plami, ikkita -L2A va L4A monofaglardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |