8-mavzu. TULYAREMIYA KASALLIGINING LABORATORIYA
DIAGNOSTIKASI.
Tulyaremiya qo'zg'atuvchisi - Francisella tularemis. Mak-Koye va Chepinlar (1912) tomonidan Tulyare tumanida (Kaliforniya) ochilgan. Frensis (1921) to'liq o'rganib, ifodalagan va uning sharafiga qo'zg'atuvchi avlodiga nomi berilgan. Qo'zg'atuvchi Brusellaceae oilasi, Francisella avlodiga mansub. Francisella tularemis hayvonlar va odamlarda o'tkir infeksion kasallik chaqiradi. Tulyaremiya septik kechadi, limfa tugunlarining zararlanishi (shish, tvorogsimon o'zgarish), isitma bilan xarakterlanadi.
Patologik material. Laboratoriyaga kasal hayvonlardan kattalashgan (yumshoq) limfa tugunlardan punktat tashlangan homila (yoki homilaning organlari), siydigi, tezagi yo'llanadi; o'lgan hayvonlarning - jigari, buyragi, talog'i, yirik hayvonlardan shishgan limfa tugunlar kemiruvchi va boshqa mayda hayvonlarning jasadlari yo'llanadi. Tekshirilayotgan material kuchli zararlangandagina tamg'ali preparatlarda tulyaremiya qo'zg'atuvchisini topish mumkinligini e'tiborga olish lozim.
Mikroskopiya. Francisella tularemis kulturadan tayyorlangan surtmalarda mayda, kokklarga o'xshaydigan bakteriya, organlardan tayyorlangan preparatlarda ingichka tayoqcha shaklida ko'rinadi. O'lchami 0,3 mkm. Spora hosil qilmaydi. harakatsiz. Makroorganizmda nozik kapsula hosil qiladi. Grammanfiy. Romanovskiy-Gimza usulida pushti-havo rang, ko'pincha bipolyar bo'yaladi.
Bakteriologiya. Francisella tularemis aerob. O'sish harorati 370C , pH 6.7-7,4. Qon qo'shilgan oziq muhitda 1-2 sutkadan keyin havo rangga moyil oq rangli mayda, yumaloq, bo'rtiq,chetlari tekis, silliq, yaltiroq koloniyalar paydo bo'ladi. Suyuq oziq muhitlarda yomon o'sadi. Qo'zg'atuvchini o'stirishda koloniyalar uchunVi- va O- antigeni bor, virulentli hamda immunogen silliq S -shakl xos ekanligini e'tiborga olish kerak. Francisella tularensisning R-shaklida faqat O- antigen bo'lib, virulentli emas. Serologik diagnostikada bakteriya hujayrasining brusellalar bilan umumiy bo'lgan antigenlari hisobga olinadi. Francisella tularemisni o'stirish uchun maxsus oziq muhitlar qo'llanadi: Mak-Koy muhiti, Frensis shokoladli agari, Yemelyanovning qonli muhiti vah.k.
Mak-Koy muhiti: 60 qism tuxuxum sarig'iga 40 qism steril fiziologik eritma(pH 7,0-7,2) qo'shiladi. Quyulishi uchun muhit 80°Cda 1 soat qizdiriladi. Muhitga tamg'a usulida ekiladi: organ bo'lakchasi olovga tutib olinadi, steril qaychi bilan kesilgan tomoni muhit yuziga yengilgiha bosib olinadi. 18-24 soatdan keyin o'sish kuzatiladi, va 2-3 sutkadan keyin maksimal o'sadi. Material kam ekilganda 3-6 sutkalarda siyrak joylashgan koloniyalarni ko'rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |