Mikrobiologiya va immunologiya


-mavzu. TUYALAR VA ODAMLAR O'LAT KASALLIGI QO'ZG'ATUVCHISI



Download 13,45 Mb.
bet239/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

6-mavzu. TUYALAR VA ODAMLAR O'LAT KASALLIGI QO'ZG'ATUVCHISI

Qo'zg'atuvchisi-Uersinia pestis. Og'ir intoksikatsiya limfa tizimining shikastlanishi, septisemiyaga moyilligi bilan xarakterianadigan o'tkir infeksion kasallikni chaqiradi.


O'lat - tabiiy-o'choqli kasallik bo'lib, qo'zg'atuvchisi 300 dan ortiq tur kemiruvchilar orasida sirkulyatsiyasi tufayli tabiiy sharoitlarda saqlanadi. Sog'lom hayvonlarni o'tkir qo'zg'atuvchilar, birinchi navbatda burgalar zararlaydilar. Qishloq xo'jalik hayvonlaridan tuyalar o'latga nihoyatda moyil. Ular kemiruvchilar o'latining intensiv epizootiyasi davrlarida zararlanib, odamlarni zararlovchi havfli manba hisoblanadi.
O'lat qo'zg'atuvchisi 1884 yilda Gonkongda o'lat epidemiyasi vaqtida S.Kitazato va A.Iersenlar tomonidan ochilgan va sof kul'turasi ajratilgan. Iersenning sharafiga qo'zg'atuvchi avlodiga "iersiniya" deb nom berilgan.
Biokimyoviy xususiyati. O'lat qo'zg'atuvchisi glyukoza, arabinoza, alvulyoza, mal'toza va mannitni gazsiz parchalaydi. Odatda laktoza va saxarozani parchalamaydi, sutni ivitmaydi, gemolitik faolligi doimiy emas. Vodorod sulfid hosil qillshi, mumkin, indol hosil qilmaydi. Mochevinani parchalamaydi, metilen ko'kini rangsizlantirmaydi.
Biokimyoviy ko'rsatkichlari bo'yicha o'lat qo'zg'atuvchisining barcha shtammlari ikkita ekologo-geografik shakllarga bo'linadi - Glitserinni bijg'itadigan va bijg'itmaydigan hollarda Evroosiyo hududlaridan ("kontinental" shtammlar), bijg'itmaydiganlari tropik mamlakatlarda ("okeanli" shtammlar) ajratiladi.
Chidamliligi. O'lat qo'zg'atuvchisining fizikaviy va kimyoviy omillar ta'siriga chidamliligi past.organizmdan tashqarida tez o'ladi. Past haroratlarga chidamliligi yaxshi, 0°C da 6 oy davomida o'lmaydi. Kiyimda 5-6 oy, steril tuproqda va sutda - 90 kun, don va jasadlarda - 50, suvda - 30, bubonlar yiringida - 20-30, balg'amda-10, meva-sabzavotlarda - 6-11, nonda - 4 sutka saqlanadi. O'lat bakteriyalarining bir vaqtda to'rtta antibiotiklarga chidamli shtammlari aniqlangan.
O'lat qo'zg'atuvchisi qurish va yuqori haroratga juda sezuvchan. qaynatganda 1 daqiqada, 60°C gacha 5-10, 5% li lizol eritmasi 2-10 daqiqadan keyin o'ldiradi.
Patogenligi. O'lat qo'zg'atuvchisini turli shtammlarining virulentligi bir xil emas. Bu hayvon va odamlardan ajratilgan shtammlarga ham bog'iq.
Qo'zg'atuvchi kemiruvchilarning 160 dan ortiq turlaridan ajratilgan. Bu mikrob tuyalar, eshaklar, mushuklar shog'ollar, tulkilar, sassiqqo'zanlar uchun patogenli, ular tabiiy sharoitlarda zararlanishi va kasallanishi mumkin. Maymun va odamlar moyil. Tajribalarda oq sichqonlar, kalamush, dengiz cho'chqalari, quyonlar, sug'urlar, qumsichqonlar (yumronqoziqning bir turi), ondatralar, Suv kalamushlari va boshqalarni zararlash mumkin. Dengiz cho'chqalari va oq- sichqonlar o'latga nihoyatda sezuvchanligi yuqori bo'lgani uchun, biosinov qo'yishda ulardan foydalaniladi. O'lat qo'zg'atuvchisi zaharli moddalar: endo- va ekzotoksinlar ishlab chiqaradi; ekzotoksin tarkibida patogenlik fermentlari fibrinolizin va gialuronidaza aniqlangan.
Patogenezi. Ektoparazitlar chaqishi natijasida mikroblar limfa yo'llari bilan yaqindagi regionar limfa tugunlarga kiradi, u yerda rivojlanib, ko'payadi va gemorragik periadenit (bubon) hosil qiladi. Mikrob va ularning toksinlari zararlangan limfa tugunlardan qonga o'tib, septisemiya paydo bo'lib hayvon o'ladi. Ba'zan kasallik yengil kechganda zararlangan limfa tugunlar yiringlaydi va yoriladi.
Mikroblar nafas yo'llari orqali kirganda o'pkaning yuqori bo'laklarida birlamchi o'choqlar paydo bo'ladi, ular birlashib giperemiya va gepatizasiya o'choqlari bilan o'pkaning keng zararlanishini hosil qiladi.
Odam organizmiga qo'zg'atuvchi shikastlangan teri (ba'zan shilimshiq pardalar) orqali zararli material bilan ishlanganda, kemiruvchilarning terisini shilib olganda kiradi. O'pka shaklida o'lat bakteriyalari havo-tomchi yo'l bilan yo'talganda va gaplashganda balg'am bilan o'tadi.
Antigen tuzilishi. Qo'zg'atuvchining 10 ga yaqin antigenlari ajratilgan. Ular qobiqii (kapsulali) termolabil oqsil va O-antigen-somatik termostabil polisaxaridlar nihoyatda muhimlari hisoblanadi. Ikkala antigen ham immunogenli. Virulentli shtamm bakteriyalarining antigen tizimi virulentlik asosi hisoblanadi.
V-antigen - hujayra devori oqsili W-antigen - lipoproteid, o'sish jarayonida muhitga ajraladi. Mikrobni aniqlash uchun qo'llanadigan maxsus o'lat bakteriofagi mavjud.
Immunitet. Sog'aygandan keyin mustahkam va davomli immunitet paydo bo'ladi. Qadimda o'lat kuzatilgan har xil mamlakat xalqlari buni bilib, kasallanib sog'aygan odamlarga kasallarga qarashni va jasadni ko'mishni topshirishgan. Immunitet ko'proq limfoid tizimi hujayralarining fagositar faolligi bilan ifodalaladi. Immunitetning paydo bo'lishida o'latga qarshi kimyoviy vaksinalarni tayyorlashda asos bo'lgan - protektiv antigen muhim rol o'ynaydi.
Diagnoz. O'lat - yuqori kontagiozli infeksiya bo'lgani uchun tekshirishlar maxsus laboratoriyalarda o'latga qarshi kiyimlarda, qoidalarga qat'iy rioya qilgan holda olib boriladi. Kasallikning klinik shakli va qo'zg'atuvchining joylashishiga qarab tekshirish uchun - bubon shaklida, uning ichidagi moddasi, teri shaklida ajralayotgan yaralar, ichak shaklida -tezagi, o'pka shaklida - halqumdan shilimshiq va balg'am, septisemiya shaklida qon, patologoanatomik material (organlar, qon, limfa tugunlar, o'pka), kemiruvchilarning jasadi, burgalar, suv, oziq moddalar, havo va boshqalar olinadi. Quyidagi tekshirishlar o'tkaziladi:
Mikroskopiya - surtmalar Nikiforov aralashmasida fiksatsiyalanadi, Gram va Leffler bo'yicha metilen ko'ki bilan bo'yalib, mikroskopda ko'riladi.
Tekshirilayotgan material oziqa muhitga ekiladi: sof kul'tura ajratiladi va identifikatsiyalanadi. Birga uchraydigan mikrofloraga qarshi 100 ml go'sht peptonli agarga 1 ml 2,5% natriy sulfitning suvdagi eritmasi va gensian binafshaning to'yingan spirtli eritmasini 1:100 nisbatda distillangan suvda suyultirilganida 1 ml qo'shiladi. O'lat fagini zararsizlantirish uchun ekishdan oldin kul'turaga 0,1 ml fagga qarshi zardob qo'shiladi.
Bioiogik sinov - dengiz cho'chqalarida ajratilgan sof kul'tura bilan qo'yiladi, shuningdek kul'tura ajratish qiyin bo'lgan material ham ishlatiladi. Bu holda tekshirilayotgan material quyuq suspenziya ko'rinishida dengiz cho'chqasi qornining juni olingan qismiga surtiladi. O'lat bakteriyalari bo'lsa hayvonlar 5-7 kunlari o'ladi. Diagnozni tezlatish uchun zararlangan dengiz cho'chqalarni 2-3 kuni o'ldirib, ularning organlaridan o'lat qo'zg'atuvchisining kul'turasi ajratiladi.
O'lat bakteriyalari morfologik, kul'tural, fermentativ xususiyatlarini aniqlash, fagotiplash natijalariga asoslanib, identifikatsiyalanadi. Ajratilgan kul'tura psevdotuberkulyoz qo'zg'atuvchisidan farqlanadi.
O'latning diagnostikasida biosinov hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Kemiruvchiiarning chirigan jasadini tekshirish uchun termopresipitatsiya reaksiyasi qo'llanadi.
O'latni tezkor aniqlash muhimligini e'tiborga olgan holda bu kasallikni laboratoriya diagnostikasining tezkor usullari ishlab chiqilgan.
Biopreparatlar. Odamlar o'latini profilaktikasi uchun tirik va inaktivlangan vaksinalar taklif etilgan. Original EV shtammdan tayyorlangan tirik vaksina nihoyatda keng qo'llaniladi. Shu vaksina bilan -tuyalarni ham emlash mumkin. O'lat qo'zg'atuvchisi streptomitsin va tetrasiklinga sezuvchan, shu tufayli bu antibiotiklar bilan o'latning bubon va o'pka shaklini samarali davolaydilar.



Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish