Mikrobiologiya va immunologiya


-Mavzu. BAKTERIOFAGLAR (BAKTERIYALARNING VIRUSLARI)



Download 13,45 Mb.
bet236/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

3-Mavzu. BAKTERIOFAGLAR (BAKTERIYALARNING VIRUSLARI).
Bakterofaglar ("Bakteriya" so'zi va grekchadan phagos yeb yubormoq) bakteriya ichiga maxsus kiruvchi, ularda bakteriya hujayrasi o'lgunicha (lizis) parazitlik qiluvchi viruslardir. Birinchi bor 1989 yiida mikrobiologiya asoschilaridan biri bo'lgan N.F.Gamaleya kuydirgi kasalligi bakteriyalarining o'z-o'zidan lizisga uchrashini kuzatgan. 1915 yilda ingliz bakteriologi F.Tuort stafilokokk filtratrlari shu bakteriyalarning yangi kulturasini eritish qobiliyatini ifodalab bergan. Ammo, faqat fransuz olimi F.D.Erel (1917) gina dizenteriya bo'lganlarning najasidan filtrlanuvchi erituvchi agentni ajratib, bu holatni to'g'ri baholadi. Erituvchi agentni (najas filtrati) dizenteriya bakteriyasining bulonli kulturasiga qo'shganda loyqa muhit to'liq tiniqlashgan.
F.D.Erel u kashf etgan erituvchi agent bu bakteriya virusi deb xulosa qildi va uni "bakteriofag" - bakteriyalarni yeb yuboruvchi deb atadi.
Bakteriofaglar juda keng tarqalgan: ular ko'pgina bakteriyalarda. shuningdek boshqa mikroorganizmlar, masalan zamburug'lar, aktinomisetlarda topilgan. Shuning uchun ularni keng ma'noda oddiygina faglar deb yuritishdi. Faglar ajratgan mikroblar nomi bilan ataladi: kolifag, stafilofag, aktinofag, mikrofag va h.k.
Demak, bakteriofaglar o'lchamlari juda kichik (10-350 nm), maxsus antigenlik xususiyatiga ega qat'iy obligat parazitizm bilan ifodalanadi. Bakteriofaglarning parazitizmi faqat yosh fag uchun gomologik bakteriya kulturasida namoyon bo'ladi. Bakteriofaglarni tarkibida tirik mikroblar bo'lgan har xil materiallar (turib qolgan suv, jarohat sekretlari, hayvon va odamlar najasi tuproq) dan ajratish mumkin.
Fagni ajratish uchun tekshirilayotgan material bakteriyalar filtridan o'tkaziladi. Filtrat kolbadagi GPBga solinadi va unga ma'lum tur bakteriya ekiladi. 37°C haroratda 16-18 soat termostatda qo'yiladi, keyin kulturani qayta filtrlab, fagga tekshiriladi. Buning uchun 10ml GPBga 0,05ml quyuq bakteriya suspenziyasi ekiladi, tekshirilayotgan filtratdan 0,1ml qo'shib termostatga qo'yiladi. Har ikki soatda kulturaning o'sish darajasi (muhitning loyqalanishiga qarab), nazorat (filtrat qo'shilmagan kultura) GPBga taqqoslab tekshiriladi. O'sishning birinchi soatida tajribadagi nazoratdagi probirkalarda kultura o'sadi, keyinchalik esa o'sayotgan kulturada rivojlanayotgan fag yosh kulturani lizisga uchratadi va filtrat qo'shilgan probirkalarda bulon tiniqlasha borib, loyqa yo'qoladi. Nazoratli probirkalarda kulturaning o'sishi hisobiga loyqalanish kuchayadi.
Fagni zich oziqa muhitlarda ham aniqlash mumkin. Probirkada qiyalatilgan GPAga mikrob kulturasini muhitning yuzasiga bir tekis tarqatib ekiladi; quritiladi va 1-2 tomchi yuqoridan shunday tomdiriladiki, tomchi pastga ekma ustidan oqishi kerak. Kultura termostatga 18-20 soatga qo'yiladi. Fag ekilgan kulturaga gomologik bo'lsa, oqayotgan tomchi izidan bakteriya o'smaydi, yo'lakga paydo bo'lib, atrofida bakteriyalar o'sgan bo'ladi.
Faglarning maxsusligini hisobga olgan holda, ulardan diagnostik maqsadda, tekshirilayotgan materialdan ajratilgan bakteriya kulturalarini qiyoslashda foydalaniladi. Fagning faolligini aniqlash uchun zarurat bo'lganda maxsus usullar qo'llaniladi.
Ko'pchilik bakteriofaglarning hujayrada reproduksiyasi uni lizisga uchratadi.
Bakteriofaglarning amaliyotda qo'llanilishi faglarning aniq bakteriya turlariga (shtamm) maxsus moslashganligi va bakteriya hujayrasining zararlanishi (lizisga uchrashi) bilan namoyon bo'lishiga asoslangan. Bunda ma'lum (diagnostik) fag yordamida bakteriyalarni aniqlash va qiyoslash mumkin.
Bundan tashqari biologik sanoatida davolovchi profilaktik bakteriofaglar ishlab chiqarilmoqda.
Faglar yordamida bakteriyalarni qiyoslash. Faglar bakteriyalarni turini (kuydirgi kasalligi, listerioz qo'zg'atuvchisi) yoki ma'lum bakteriya shtammining fagovarini aniqlash uchun qo'llaniladi.
Diagnostik bakteriofag yordamida noma'lum bakteriya kulturasini qiyoslash uchun odatda zich oziqa muhit qo'llaniladi. Masalan, tekshirilayotgan 18 soatli listeriya kulturasi glyukozali GPBga ekiladi, 37°C da 4 soat o'stiriladi. Muhit yengil loyqalanadi, keyin 0,1 ml olib, Petri kosachadagi quritilgan 2% GPAga ekiladi. 1-1,5 soat 37°C da o'stirgandan keyin qopqoqni kamgina ochib bir tarafiga bir tomchi 2A listerioz bakteriofagi ikkinchi tomoniga 4A fagi tomdiriladi. Ekmalar 22-25°C da 16-24 soat o'stiriladi. Natijani hisobga olish: agar listerioz kulturasi bo'lsa hech bo'lmasa bitta fag tomchisi o'rnida tiniq lizis xududi ko'rinadi.
Fagovarni aniqlash uchun kultura fag tiplari to'plami bilan tekshiriladi. Bu to'plam berilgan bakteriya turning barcha fagovariantlarini o'z ichiga oladi. Bunda berilgan shtamm qaysi fagga sezuvchan ekanligi aniqlanadi va uning marked sifatida xizmat qiladi.
Mikroblarni atrof muhit obe'ktlarida qiyoslash va infeksion kasalliklarni diagnostikasi uchun fag titrini ortishi usuli qo'llanadi. Bu esa qo'zg'atuvchini to'g'ridan-to'g'ri tekshirilayotgan materialda begona mikroflora bo'lsa ham topishga, aniqlashga imkon beradi. Buning uchun tekshirilayotgan materialga (konservantsiz) 10 karra ko'p hajmda GPB (pH 6,8-7,0) qo'yiladi, shisha marjonlar bilan 5 daqiqa shuttelapparatda aralashtiriladi va ikkita probirkaga 9ml dan qo'yiladi. Birinchi probirkaga 1 ml 1:100 dagi aniq titrli indikator fagi, ikkinchisiga-1 ml bulon (erkin fagni borligini nazorati uchun), uchunchi probirkaga (fag titrini nazorati)-9ml steril GPB va 1ml fag qo'shiladi. Probirkalar 37°C da termostatga 4-5 soat qo'yiladi. Materialda gomologik fagning mikroorganizmlari bo'lsa fag titri ortadi. Keyin har bir probirkadagi aralashma 58°Cda bulon bilan 100, 1000 va 10000 marta suyultiriladi, 30 daqiqa suv hammomida qizdiriladi va indicatorli kulturaning agarli qatlamlari usulida tekshiriladi. Natija 4-5 soatdan keyin fag koloniyalari (dog'lar) bo'yicha hisobga olinadi.
Tajribadagi probirkada fag titri nazoratdagiga nisbatan 5 marta ortsa natija musbat hisoblanadi.
Ushbu uslubni suv, tuproq, sut va boshqa materiallarni tekshirishda qo'llash tavsiya etiladi.



Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish