Mikrobiologiya va immunologiya


Makroagglyutinasiya reaksiyasi



Download 13,45 Mb.
bet232/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Makroagglyutinasiya reaksiyasi – AR – tomchili usulda predmet oynachasida qo’yiladi. 0,04 ml har bir suyultirilgan zardob yoki zardobning o’zidan + bir tomchi antigen shisha tayoqcha bilan yoki chayqatib aralashtiriladi. Reaksiya 10 minut davomida hisobga olinadi. Agglyutinasiya 4, 3, 2 plyusga baholansa musbat, bir plyusga – manfiy hisoblanadi.
Biopreparatlar. Qishloq xo‘jaligi hayvonlarining leptospiroz kasalligini maxsus oldini olish va davolash birinchi marta S.Ya.Lyuboshenko (1941) tomonidan ishlab chiqilgan va veterinariya amaliyotida tatbiq etilgan. Aktiv immunlash uchun qishloq xo‘jalik va ovlanadigan hayvonlar leptospiroziga qarshi polivalentli fenol vaksina va deponirlangan polivalent VGNKI vaksinasining ikki xil varianti qo‘llaniladi. Birinchi variantida leptospiralarning pomona, tarassovi, ikterogemorragiya va kanikola guruhlari bor. U bilan it va cho‘chqalar emlanadi. Ikkinchi variantida pomona, tarassovi, grippotifoza va gebdo madisning 4 ta asosiy serovarlari bor. U bilan yirik va mayda shohli mollar emlanadi. Immunitet 14-20 kundan keyin paydo bo‘lib, yosh hayvonlarda 6 oy, katta yoshdagilarda 1 yilgacha saqlanadi.
Nazorat savollari:
1. Leptospirozga tekshirish uchun patmaterial olish va laboratoriyaga yuborish qoidasi.
2. Leptospiroz qo’zg’atuvchisining morfologik, tinktorial kultural xususiyatlari.
3. Leptospirozni serologik tekshirish usullari.
4. Serologik tekshirishlar uchun ishlatiladigan antigenni ayting.

2. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI.

1-Mavzu. IMMUNOFLUORESSENSIYA REAKSIYASI
(Fluoressensiyalanadigan antitelolar usuli).
Fluoressensiyalanadigan antitelolar usuli asosida lyuminissensiya hodisasi yotadi. Uning mohiyati shundan iborat-ki, ba'zi narsalarning atomlari turli xil energiyani (yorug'Iik, elektr va boshqa) yutib, qo'zg'algan holatga o'tadi, keyin avvalgi holatiga qaytib, yutgan energiyani yorug' nurlanish ko'rinishida ajratadi. Lyuminissensiya fluoressensiya yoki fosforessensiya ko'rinishida kuzatiladi. Fluoressensiya - qo'zg'atuvchi yorug'llik nuri ta'siri vaqtida paydo bo'lib, u tugashi bilan to'xtaydigan nurlanish.
Fosforessensiya - uzoq vaqt, hatto qo'zg'alish jarayoni tugaganda ham davom etadigan nurlanish.
Tirik organizm moddalarining ko'pchiligi o'z fluoressensiyasiga ega (u birlamchi yoki autofluoressensiya deb ataladi), lekin ularning intensivligi past. Birlamchi intensiv fluoressensiya xususiyatiga ega va fluoressensiyalanmaydigan moddalarga fluoressensiyalanish xususiyatini berish uchun ishlatiladigan narsalar fluoroxromlar (fluoressensiyalovchi bo'yoqlar) deb ataladi. Bunday fluoressensiya ikkilamchi fluoressensiya deyiladi. Fluoroxromlar lyuminissent mikroskopiyada kuchsiz birlamchi fluoressensiyaga ega biologik ob'yektlarga ishlov berish uchun juda keng qo'llaniladi. Fluoressensiya yorug'ligi to'lqin uzunligi, qo'zg'atuvchi yorug'liginikiga nisbatan katta bo'ladi. Agar qo'zg'atuvchi yorug'lik ko'k bo'lsa, unda fluoressensiyalovchi yorug'lik -yashil bo'ladi.
Fluoressensiyani qo'zg'atish uchun lyuminissent mikroskopida yaqin ultrabinafsha yoki spektrning ko'k-binafsha qismi ishlatiladi.Bu maqsadda maxsus mikroskoplar ishlatiladi. Hozirgi vaqtda laboratoryalarda ML-1, ML-2, ML-3 va "Lyumam" seriyali lyuminissent mikroskoplari ishlatiladi (rasm 1). Lyuminissent mikroskop xonaning qorong'u qismida, qimirlamaydigan mustahkam stolga o'rnatiladi. Xona ventelyasiyasi yaxshi bo'lishi kerak. Tok kuchi ish vaqtida 4 - 5 A bo'lsa lampa 5-10 daqiqadan keyin to'liq yorug'lik kuchiga ega bo'ladi. Lyuministent mikroskopiyada yuqori sifatli fluoressensiyalanmaydigan immersiya yog'idan foydalaniladi.
Virusofogiya amaliyotida lyuminissentli mikroskopiya ikki asosiy usulda ishlatiladi: fluoroxromlash va fluoressensiyalanadigan antitelolar usuli. Fluoroxromlash - bu preparatda yorug'likning kuchi va kontrastligini orttirish maqsadida uni fluoroxrom bilan ishlov berish. Hozirgi vaqtda maxsus fluoroxromlar to'plami ishlab chiqarilgan. Ularning akridin va tiozil guruhlari keng qo'llaniladi. Fluoroxromlarning ko'pincha juda kam miqdordagi suvdagi eritmasi ( 1:1000 dan 1:1000 000) ishlatiladi.








Fluoroxromlash uchun preparatlarni ikki usulda tayyorlash mumkin:

  1. yangi tamg'ali surtmaga (organ, shilimshiq qavat qirindilaridan tayyorlangan) yoki zararlangan hujayra suspenziyasiga 1 - 2 tomchi akridin oranjeviyning ishchi eritmasi (1:10 000) tomdirib, yopqich oyna bilan yopiladi. Preparat tayyorlangandan keyin 10-20 daqiqa davomida lyuminissent mikroskopda ko'riladi.

  2. patologik materialdan olingan tamg'ali surtmalar yoki zararlangan hujayra kulturalari (yopqich oynachada), 15 - 30 daqiqa davomida 96° li eti spirtida fiksasiyalanadi, Xenks eritmasida yuviladi, preparatga 1 - 2 tomchi akridin eritmasi (1:10 000) tomdirib, 10 - 12 daqiqa dan keyin yopqich oyna bilan yopib tekshiriladi.

Natijada hujayra yadrosidagi DNK yashil nurlanish beradi, sitopfazmadagi RNK esa qizil yoki oranjeviy rangda nurlanadi. Masalan,
Adenovirus saqlovchi preparatda uning DNKsi yadroda har xil o'lchamli donachalar ko'rinishida yashil rangda nurlanadi. RNK saqlovchi gripp virusidan tayyorlangan preparatda esa, virusli material hujayra sitoplazmasida qizil donachalar ko'rinishida bo'ladi.
DNK yoki RNKning kelib chiqishini farqlash uchun (hujayranikimi yoki virus) preparatlarni RNK - aza yoki DNK - azaning 0,5% li eritmasi bilan 5 - 10 daqiqa ishlov beriladi yoki ultrabinafsha nurlari bilan nurlanadi. Natijada hujayra DNK va RNKlari nurlanishi darhol yo'qoladi, viruslarniki esa yana 20 - 30 daqiqa davom etadi.
Oddiy fluoroxromlash usuli murakkab emas, lekin ko'pchilik hollarda kasallik qo'zg'atuvchilarini to'liq farqlashga imkon bermaydi.
Fluoressensiyalanadigan antitelolar usuli (FAU), yoki immunofluoressensiya reaksiyasi (IFR). Ushbu usulning prinsipi shundan iborat-ki, fluoroxrom bilan biriktirilgan antitelolar gomologik antigen bilan maxsus bog'lanish qobiliyatini saqlab qaladi. Hosil bo'lgan antigen + antitelo kompleksi lyuminissent mikroskopda fluoroxrom hisobiga o'ziga xos xarakterli nurlanish beradi. Demak, IFR yordamida serologik reaksiyaning birinchi fazasini kuzatish imkoni paydo bo'ladi; ushbu usulning maxsusligi bilan birga sezuvchanligi yuqoridir.
Antitelolar geteroantitelolardan tozalangan, faolligi yuqori virusga qarshi giperimmun zardoblardan olinadi. Zardoblarning gomogen fraksiyalarini ajratib, undagi antitelolar fluoroxrom bilan ishlov beriladi. Fluoroxrom sifatida FITS - fluoressein izotiosionat (yashil nurlamsh) va RSX - rodamin sulfoxlorid (qizil nurlanish)lar ishlatiladi. Fluoroxrom bilan belgilangan antitelolar kon 'yugat deb ataladi.
Kon'yugatlarni -20 C yoki yanada pastroq haroratlarda germetik yopiq idishlarda saqlash taklif etilgan. Kon'yugatni 1:10 000 tiomersal bilan konservasiya qilib ham 4°C da saqlash mumkin. Fluoressensiyalanadigan zardoblar va ularning globulinli fraksiyalari liofillangan holatda uzoq vaqt faolligini saqlaydi. Kon'yugatning har bir seriyasini ishlatishdan avval tajribada uning ishchi eritmasi tekshiriladi. Buning uchun preparatlar har xil suyultirishdagi kon'yugat bilan bo'yaladi (albatta preparat yorlig'ida ko'rsatilganidan 1 - 2 marta yuqori va past suyultirishda), intensiv nurlanish beradigan eng yuqori suyultirish tanlab olinadi va ikki hissa ko'paytiriladi.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish