Mog’or mikozlari qo’zg’atuvchilari – Aspergillus, penicillium, Mucor va h.k. lar avlodlariga mansub zamburug’lar kiradi.
Aspergillez – uy va yovvoyi hayvonlarning yuqumsiz kasalligi, ba’zan y.sh.h., m.sh.h., ot, cho’chqa, arilar ham kasallanadi. Nafas olish organlari, asosan o’pkaning granulematoz zararlanishi bilan xarakterlanadi.
Patmaterial. Yangi o’lgan mayda hayvonlarning jasadi, tugunlar, zararlangan organlar, tuxum. Chapeka, Saburo, qonli, miya va makkajo’hori agari, GPA lardan foydalaniladi.
25-37oC da 3-5 chi sutkada zich oziq muhitlarda aspergilla kaloniyalari o’sadi.A.fumigatus Chapeka muhitida tekis yoki kengish koloniya hosil qiladi. Rivojlangan miseliysi avval oq, keyinchalik yashil rangda kigizsimon shakl beradi. Yetilgan kulturalar spora hosil qilish bosqichida qora rangda bo’ladi.
Mukormikoz qo’zg’atuvchilari – mukor avlodiga mansub, ko’proq M.M. racemosus uchraydi. Mukormikoz limfa bezlari, o’pka, boshqa organ va to’qimalarda granulematoz jarayonlarining rivojlanishi bilan xarakterlanadigan surunkali kasallik.
Patmaterial. Yiring, nekrozga uchragan to’qima, ekssudat, granulematozli to’qima.
Mikroskopiya. Surtmada bo’g’inlarga bo’linmagan miseliy, sporalar ko’rinadi.
Chapeka muhitida (Petri kosachasida) 25-30 oC da o’stiriladi. Uchinchi sutkada zamburug’ kulturalari kigiz tutami shaklida kulrang-oq koloniyalar hosil qiladi. Keyiniroq qo’ng’ir ranggacha o’zgaradi.
Kandidamikoz qo’zg’atuvchisi – Candida albicans. Kandida avlodiga mansub achitqisimon zamburug’. U fakultativ parazit bo’lib hayvonlarning shilimshiq qavatlarida doimiy yashab, kandidamikoz (molochnisa) kasalligini qo’zg’aydi. Hazm trakti shilimshiq qavati, har xil organ va to’qimalarni zararlashi bilan xarakterlanadi. Asosan parrandalar zararlanadi. Kamroq buzoq, qo’zi va h.k. yosh mollar kasallanadi.
Patmaterial. Og’iz, qizilo’ngach, zob, qatlamlardan qirindi olinadi.
Mikroskopiya. Bo’yalgan (Gram, Sil- Nilsen), bo’yalmagan preparatlar ko’riladi. Bo’yalmagan surtmada ko’pgina oval achitqisimon hujayralar ko’rinadi.
Saburo agari, suslo-agar, glyukozali GPA larda o’sadi. Ekmalar 25-30 oC da o’stiriladi. Brinchi koloniyalar 2-3 chi kuni o’sadi. Suyuq muhitlarda C.albicans halqa va cho’kma hosil qiladi. Kulturaning patogenligi quyon, dengiz cho’chqasi, oq sichqonlarda biosinov qo’yib aniqlanadi. Kultura suspenziyasi tomirga yuboriladi. Musbat natijada barcha ichki organlarida zamburug’ rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |