Mikrobiologiya va immunologiya


-Mavzu. ANAEROB MIKROBLARNI O'STIRISH UCHUN QO'LLANILADIGAN OZIQA MUHITLAR, ULARNI TAYYORLASH



Download 13,45 Mb.
bet235/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

2-Mavzu. ANAEROB MIKROBLARNI O'STIRISH UCHUN QO'LLANILADIGAN OZIQA MUHITLAR, ULARNI TAYYORLASH


Go'sht suvi. Yirik shoxli hayvon, ot yoki boshqa hayvon go'shtini suyak, yog', paylardan ajratib go'sht maydalagichdan o'tkaziladi, ikki yoki to'rt barobar miqdorda quvur suvi quyib, 1 soat davomida qaynatiladi. Suyuqlik chit yoki paxtadan, keyin filtr qog'ozdan o'tkazib filtrlanadi. Filtratni o'lchab, avvalgi miqdorigacha distillangan suv qo'shiladi. Yoki go'sht o'tkazgichdan chiqarilgan go'shtga ikki yoki to'rt marta ko'p miqdorda distillangan suv quyiladi, yaxshilab aralshtirib, bir sutka salqin joyda qoldiriladi. Ertasiga farsh siqib olinadi, suvini esa 30 daqiqa qaynatib, filtrlanadi. Filtratni 3-5 litrlik butillarga quyib, 120° da 30-40 daqiqa davomida sterillanadi,
Achitilgan go'sht suvi. 1 kg go'sht farshiga (ko'proq ot go'shti ishlatiladi) 2 1 suv quyib 40° gacha isitiladi. Unga 4 g non yoki piva achitqisi (cirojja) qo'shib bir kecha termostatga (37 C) qo'yiladi. Keyin farsh siqib olinadi, go'sht suvi esa 30 daqiqa qaynatib, filtrlanadi va sterilizasiya qilinadi.
Go'sht peptonli bulon (GPB). Go'sht suviga 1% pepton 0,5% kimyoviy toza osh tuzi va 10% suv qo'shiladi (qaynatganda uchib ketadi). Pepton erib ketgunicha qaynatiladi. Issiq xolda bulonning pH aniqlanadi (o'yuvchi natriyning desinormal eritmasi yoki choy sodasi bilan me'yorga yetkaziladi) pH 7,2-7,4. Kuchli ishqorli reaksiyada, shuningdek muzlatilgan go'shtdan tayyorlansa bulon xira loyqalangan bo'ladi. Ishqor qo'shilgandan keyin bulon yana 15-20 daqiqa qaynatilib, distillangan suv bilan xo'llangan filtr qog'ozlar qatlamidan o'tkazib filtrlanadi. Filtrat tiniq, shaffof, sariq- somon rangda bo'lishi kerak.
Bulon steril, quruq probirkalar yoki kolbalarga quyilib, shu zahoti 120°Cda 15-20 daqiqa davomida avtoklavda sterillanadi. Bulon katta butillarda sterillansa, sterilizasiya vaqti uzaytiriladi.
Go’sht peptonli agar (GPA). 1 1 go'sht suviga 10 g pepton va 5 g kimyoviy toza osh tuzi qo'shib 30 daqiqa davomida qaynatiladi (oqsillar to'liq cho'kmaga tushgunicha), pH aniqlanib, filtrianadi, 30 g arxangelsk agarining yaxshi navidan qo'shilib (odessaniki bo'lsa 60 r), to'liq erib ketgunicha qizdiriladi va reaksiyasi aniqlanadi. Agar paxta yoki doka bilan issiq hoida filtrlanib, tiniq oziqa muhit probirka yoki flakonlarga quyiladi. 120° da 15-30 daqiqa davomida sterilizasiya qilinadi.
Hozirgi vaqtda maxsus korxonalarda tayyor quruq oziqa muhitlari ishlab chiqarilmoqda. Bunday muhitlar ularni tayyorlashda vaqtni kam oladi va ishni osonlashtiradi. Barcha quruq oziqa muhitlar kukun holida chiqariladi va yorlig'ida ko'rsatilganidek saqlanadi, hamda oziqa muhitlar tayyorlanadi (masalan GPB, GPA va boshqalar).
Jigarli bulon. Mayda bo'laklarga bo'lingan jigar 1:2 nisbatda quvur suvi bilan 30 daqiqa qaynatiladi, keyin filtrlanadi, olingan jigar suvini esa teng miqdorda marten peptoni bilan aralashtiriladi. Unga 0,5% (jigar suviga) natriy xlor qo'shib, pH 7,6-7,8 aniqlanadi, filtrlab jigar bo'lakchalari bilan probirka (flakon)larga quyib, ustiga vazelin moyi quyiladi. 1 atm da (121°) 30 daqiqa davomida sterilizasiya qilinadi.
Kitt-Tarossi oziqa muhiti (go'sht peptonli jigarli bulon). Yangi yoki muzlatilgan jigar, yaxshisi qoramol jigari bo'lakchalarga bo'linadi, teng miqdorda quvur suvi quyiladi va 1 soat davomida qaynatiladi. Ekstrakt paxta bilan filtrlanadi va 1:3 nisbatda GPB qo'shib (1 qism jigar ekstraktiga : 3 qism GPB) yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma qaynaguncha qizdirilib 11davomida sterilizasiya qilinadi, osh tuzi (l,25g 1 1 oziqa muhitga) qo'shiladi va pH 7.6-7,8 aniqlanadi. Bulon 15 daqiqa qaynatilgandan keyin chit material yoki nam paxtadan o'tkazib filtrlanadi. Keyin probirkalarga mayda to'g'ralgan jigar bo'lakchalarini 1,5-2 g dan solinadi (100 g jigar 1l bulonga) va filtrlangan bulon (10 ml) quyiladi, uning ustiga vazelin moyi (0,5 ml) quyiladi. 20°da 30 daqiqa sterillanadi. Keyin uning sterilligi termostatda 3 kun saqlanib tekshiriladi. Tayyor oziqa muhit 5 kun ichida ishlatilmasa, keyin ishlatish oldidan regenerasiya qilinadi.
Glyukozali-qonli Seyssler agari. 3% GPA ni (pH 7,2-7,4) 100 ml lik kolbalarga quyib, 1 atm da 30 daqiqa sterilizasiya qilinadi. Kerak vaqtida kolbadagi agarni qaynoq suv hammomida eritib, 48°C gacha sovutiladi va unga 2% glyukoza qo'shiladi: 10 ml 20%li glyukozaning steril eritmasi yoki 5 ml 40% li glyukoza eritmasi (ampuladagi tibbiyot glyukozasini ishlatsa bo'ladi) hamda 15-20 ml steril, fibrini olingan ot, qo'y yoki qoramol qoni qo'shiladi. Aralashmani ehtiyotlik bilan aralashtirish kerak, unda ko'pik paydo bo'lmasin. Oziqa muhitni Petri kosachalariga quyib, qotganidan keyin ozgina quritish maqsadida 4-6 soat termostatga qo'yiladi.
Fibrini olingan qonni oldindan tayyorlab qo'yish mumkin, lekin 15 kun oldin, undan ortiq emas. Uni steril holda 15-20 ml dan kolbachalarga quyib, sovutgichda saqlanadi. 20%li glyukoza eritmasini ham oldindan tayyorlab 15-20 ml dan kolbachalarga quyib, 0,5 atm da 20 daqiqa sterillanadi.
Fortner qonli-glyukozali agarning Seysller oziqa muhitidan farqi shundaki. unga 5-7% quyon qoni qo'shiladi.
Zardobli-glyukozali agar. Eritilib, 48°gacha sovutilgan GPA ga (pH -7,2-7,4) steril holda 2% glyukoza va 5-20% steril tiniq qo'chqor qoni zardobi (ot yoki yirik shoxli mol) qo'shiladi. Masalan 100 ml agarga 10 ml 20%li steril glyukoza eritmasi va 15-20 ml steril qon zardobi qo'shiladi. Bu aralashma Petri kosachalari yoki probirkalarga quyiladi. Petri kosachalariga quyilgan, qotgan agarni 37°C da ozgina quritib ishlatgan ma'qul. Bu oziqa muhit B.necrophorum ni o'stirish uchun qulaydir.



Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish