Mikrobiologiya va immunologiya


Qo'ylar gemorragik enterotoksemiyasi -



Download 13,45 Mb.
bet247/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Qo'ylar gemorragik enterotoksemiyasi - katta yoshdagi qo'ylarning o'tkir o'tuvchi kasalligi, to'satdan o'lishi bilan tugaydi. Qo'ylar enterotoksemiyasining bu tipida ko'krak osti, chot va boshqa joylardagi teri osti kletchatkasida birdan yaqqol namoyon bo'ladigan gemorragik infiltratlar kuzatiladi. Ingichka ichakning shilimshiq pardasi gemorragik yallig'langan, keng qon quyilishlar, joylarda to'qimalarning nekrozga uchrashi ham kuzatiladi. Buyrakda deyarli o'zgarish bo'lmaydi. Kasallikni Cl. perfringensning C tipi chaqiradi. Bu tipning asosiy toksini beta-toksinli komponent hisoblanadi. Kasallik juda tez kechishi tufayli amalda uni davolab bolmaydi.
Qo'ylarning infeksion enterotoksemiyasi ("bo'shashgan" buyrak kasalligi) - barcha yoshdagi qo'ylarda qo'zq'atuvchi sintezlagan toksinlarning ichakda so'rilishi natijasida rivojlanadigan kasallik. Kasailik yashin tezligida, o'tkir va surunkali kechishi mumkin. Yashinsimon kechganda to'satdan kasallik paydo bo'lib hayvonlar tezda o'ladi. Ularni bir necha soatdan keyin yorib ko'rganda bitta yoki ikkala buyrakning xarakterli bo'shashganini ko'rish mumkin. Kasallikni Cl. perfringensning D tipi chaqiradi.Bu mikrobning asosiy toksini faktori epsilon-toksin hisoblanadi. Kasallanib sog'aygan va- tirik qolgan qo'ylarda 7-10 oyga yetadigan immunitet paydo bo'ladi.
Cl. perfringensning A tipi chaqiradigan qo'ylar enterotoksemiyasi har xil belgilar bilan namoyon bo'ladi, deyarli hamma vaqt qo'yllarda o'lim jigar, taloq, yurak, perikard gipertrofiyasi, buyrak pulpozi, ekssudatli plevrit holatlari bilan kechadi. Ichak massasida Cl. perfhngensning C yoki D tipi yangi tug'ilgan cho'chqa bolalarini kasallikdan himoya qilish uchun bo'g'oz ona cho'chqalar immunlanadi. Buning uchun F.I.Kagan va V.I, Solomatinlar (1973) Cl. Perjringensning C tipidan konsentrlangan formolvaksina tayyorlash usulini ishlab chiqishgan. Kasallik juda tez kechishi oqibatida kasal cho’chqa bolalarini davolash samara bermaydi. Cho’chqa bolalari tug'ilganidan keyin birinchi soatlarida ularga antitoksinli zardob (Cl Perfringensning antibeta-toksini) yuborish ijobiy profilaklik natija berishi mumkin.
Boshqa tur hayvonlarning enterotoksemiyasini Cl. Perfringensning har xil tiplari chaqiradi. Diagnostik tekshirishlar boshqalari singari o'tkaziladi. Faqat echkilar enterotoksemiyasiva katta yoshdagi cho'chqalar enterotoksemiyasi profilaktikasi uchun biopreparatlar mavjud. Yuqumli anaerob enterotoksemiya patogenezi. Anaerob enterotoksemiyaning etiopatogenezida faqatgina qo'z'g'atuvchining moyil organizmga kirishi emas, balki ichakda uning ko'payishi va toksin hosil qilishi uchun sharoitlarning yaratilishi-ham juda-muhim hisoblanadi.-Agar bunday sharoitiar bo'lmasa qo'zg'atuvchi rivojlanmaydi va kasallik chaqira olmaydi. Qo'zg'atuvchining faol ko'payishi uchun yaxshi sharoit hayvon organizmi va uning oshqozon - ichak trakti mikroorganizmlari orasidagi mavjud ekologik tenglik buzilishi natijasida paydo bo'ladi. Hayvonlarning oshqozon-ichak traktida oziqani o'zlashtira oladigan holatgacha hazmlanishini ta'minlaydigan endogen va bakterial tabiatli murakkab fermentativ jarayonlar kechadi. Hazm qilish buzilganida dezaminlovchi jarayonlardan dekarboksillash jarayonlari ustun kelib, oqsil to'liq parchalanmaydi va muhit ishqorli bo'ladi. Bunday sharoitlarda aminokislotalarning yetishmovchiligidan muhitni kislotaligini ta'minlovchi ichak mikroflorasi rivojlanmaydi. Va aksincha, ishqorli muhit hamda to'liq parchalanmagan oqsillar klostridiyalarning intensiv ko'payishiga olib keladi, chunki ular aynan yirik oqsil molekulalarni o'zlashtiradi.
Anaerob enterotoksemiyaning patogenezida zararlangan hayvonlarning ichagida qo'zg'atuvchi ishlab chiqaradigan ekzotoksinlar asosiy roi o'ynaydi. Ular har bir qo'zg'atuvchida turlicha mos kelgan 12 dan ortiq komponentlardan iborat. Biologik xususiyatlari bo'yicha toksinlarning barcha komponentlari fermentlar yoki unga yaqin moddalar bo'lib, organizm organlari va to'qimalariga maxsus ta'sir etadi. Shuning uchun patologik jarayonlarning kechishida har bir qo'zg'atuvchi tipiga xarakterli o'ziga xoslik kuzatiladi.
Umuman olganda barcha tur hayvonlarning anaerob enterotoksemiyasida kasallik chaqirgan qo'zg'atuvchi tipidan qat'iy nazar patologik jarayonlarning rivojlanishi bir xilda kechadi. Ichakda to'plangan toksinlar ichakning shilimshiq pardasini shikastlaydi, natijada qon va jigarga o’tadi. Toksinlar shilimshiq pardada chuqur o'zgarishlar paydo qitadi. U baryer vazifasini bajarmay qo'yadi va qon zararlatirilmay umumiy qon oqimiga tushadi. Toksinlar tomirlarning endoteliysini shikastlaydi. Ular shikastlangan tomirlar devoridan organism hujayralariga o'tadi va anaerob enterotoksemiya uchun xarakterli beigilar bilan umumiy zaharlaanishni chaqiradi.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish