Diagnoz klinik, epizootologik, patologoanatomik ma’lumotlar va laboratoriya tekshiruvi natijalariga asoslamb qo'yiladi.
Tekshirish uchun laboratoriyaga o’lgan hayvon jasadini yoki ingichka ichakning ko'proq zararlangan joyidan qirqib, ikkala tomoni boylangan holda, undan tashqari jigar bo'lakchasi, taloq va buyrak yuboriladi. Patmaterialni hayvon o'lgandan keyin 3-4 soatdan kechiktirmay olinadi.
11-mavzu. NEKROBAKTERIOZ QO'ZG'ATUVCHISI VA LABORATORIYA DIAGNOZI
Nekrobakterioz qo'zg'atuvchisi - Fusobacterium necrophorum Bacterioidaceae oilasi, Fusabacterium avlodiga mansub.
Nekrobakterioz - antropozoonoz, barcha turdagi hayvon va parrandalarga oid o'tkir, kontagioz kasallik bo'lib, teri va shilimshiq qavatlar, mushak hamda biriktiruvchi to'qimalarining (ko'pincha oyoqlarining pastki qismida)yiringli nekrozi bilan namoyon bo'ladi.
Mikrob 1881 yilda R.Kox tomonidan, chechak bilan zararlangan qo'yning yarali muguz pardasidan ajratilgan, 1882 yilda F.Lyoffler uni topgan va to'liq isbotlab bergan. Keyinchalik A.Shyuts va M.G.Tar kuturasini birinchi bo'Iib B.Bang (1890) va I.Shmorl (1891) ajratishgan.
Morfologiyasi va tinktorial xususiyatlari. Mikrob polimorfli. Sof kul'tura va yangi nekroz o'choqlardan tayyoriangan preparatlarda tayoqchalar yoki uzun (100-300 mkm (qisqaroq ham bo'lishi mumkin) donador shaklida bo'ladi. Boshqa iplar 400 mkm gacha yetadi. Ba'zi iplar sharsimon va kolbasimon kengayish paydo qiladi. Alohida chegaralangan tayoqchalarining uzunligi 2-5 mkm.
Eskirgan kul'turadan va surunkali zararlangan o'choqlardan, ayniqsa kapsulaga o'ralganlaridan tayyorlangan surtmalarda nekroz bakteriyasi qisqa ba'zi iplar sharsimon va kolbasimon kengayish paydo qiladi. Alohida chegaralangan tayoqchalarining uzunligi 2-5 mkm.
Eskirgan kul'turadan va surunkali zararlangan o'choqlardan, ayniqsa kapsulaga o'ralganlaridan tayyorlangan surtmalarda nekroz bakteriyasi qisqa 0,7-4 mkm uzunligi va eni 0,3-0,5 mkm li tayoqcha shaklida bo'ladi. Ular bir xilda emas, donador, ko'pincha uchlari intensiv (bipolyar) bo'yaladi.
Bunday preparatlarda kokksimon shakllari ham uchraydi. Bakteriya harakatsiz, xivchinlari yo'q, spora va kapsula hosil qilmaydi.
Anilin bo'yoqlarning spirtli-suvli eritmalarida bir tekis bo'yalmaydi (oralaydi), grammanfiy. Sil fuksini, Lyoffler ko'ki, Romanovskiy-Gimza va ayniqsa Muromsev usullarida yaxshi bo'yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |