Mikrobiologiya va immunologiya


-mavzu. MIKROORGANIZMLARNING O'ZGARUVCHANLIGI VA IRSIYATI



Download 13,45 Mb.
bet257/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

15-mavzu. MIKROORGANIZMLARNING O'ZGARUVCHANLIGI VA IRSIYATI
Mikroorganizmlarning o'zgaruvchanligi va irsiyati haqidagi fan genetika deyiladi. Tirik organizmlarning o'zgaruvchanligini, ularga tashqi muhit omillarining ta'sirini bilish ham kerakdir. Hayvonlarning har bir avlodidagi o'zgaruvchanligini aniqlash uchun ko'pincha inson hayoti yetmaydi. Mikroorganizmlar esa tez rivojlanadi va ko'payadi, hamda muhit ta'sirlariga sezuvchandir. Shu sababli genetik tekshirishlarning asosiy ob'yekti mikroorganizmlar bo'lib qoladi.
Mikroorganizmlarning o'zgaruvchanligi bilan olimlar XIX asrning ikkinchi yarmidan shug'ullanib kelishgandir. Rus mikrobiologiyasi asoschilari I.I.Mechnikov, L.S.Senkovskiy, S.N.Vinogradskiy va boshqalar o'zgaruvchanlikni o’rganishda Darvin ta'limotlariga asoslanadi. L.I.Mechnikov «Aynan mikrobiologiya sohasida tashqi sharoitlarni o'zgartirish yo'li bilan bakteriyalarning o'zgaruvchanligi paydo bo'lishi isbotlangan, bunda naslga o'tuvchi mustahkam irsiy o'zgaruvchanlikni ham paydo qilish mumkin deb yozgan.
Polimorfistlar (K.Negli, X.Byuxner) mikroorganizmlarda birdaniga doimiy morfologik, kultural va boshqa o'zgarishlar bo'lishi mumkin deb hisoblashgan. K.Negli mikrob shaklining doimiy bir xilligini inkor etadi. Hattoki bir tur mikrob ikkinchi turga aylanishi mumkin deb hisob qiladi. Polimorflstlarning fikricha sharsimon mikrob hujayrasi tayoqcha, spiral shakliga o'tib, biologik xususiyatlarini o'zgartirishi va yana avvalgi holatga qaytishi mumkin. Shunday qilib ular mikroblarning spesefik xususiyatlarini inkor etishadi. Bu esa o'sha vaqtda tekshirish usullarining yetuk emasligi tufayli toza kultura ajratishga imkon bo'lmaganligidandir.
Monomorfistlar (F.Kon, R.Kox) mikrob turlarini doimiy deb hisoblaydlar. Ular tashqi muhit omillarining ta'sirida mikrobning o'zgaruvchanligini inkor etishdi. Yuqumli kasallik qo'zg'atuvchilari kashf etilgandan keyin monomorfistlarning fikri yanada mustahkamlandi.
Natijada ikkala oqim tarafdorlari ham mikroblardagi o'zgaruvchanlikning sababini va darajasini to'g'ri tushuna olmaganlar. Demak ular dialektik materializm qonunlarini mikroblarga nisbatan to'g'ri tatbiq eta olmaganlar.
Fan taraqqiy etib mikroblarni tekshirish usullari rivojlanishi natijasida ularning alohida sof kulturasini ajratib olish va har bir turdagi mikrob tashqi o'zgarishlarning ma'lum darjada o'zgarishi, hamda bu o'zgarishlarning ma'lum qonuniyatlari borligi aniqlandi. O'zgarish natijasida paydo bo'lgan yangi xususiyatlar nasldan - naslga o'tishi isbotlandi va shu bilan mikroblarda ham mikroblarning yashash sharoiti o'zgarishi bilan ularning va paydo bo'lgan yangi xususiyatlarining nasldan- naslga o'tishini aniqlab Darvin evalyusion nazariyasining mikrobiologiyada katta ahamiyatga ega ekanligini isbotladi. Keyingi tekshiruv natijasida muhim sharoitning o'zgarishi bilan organizmlarda ko'pincha yangi belgilar paydo bo'lishi aniqlandi. Ular vaqtinchalik yoki doimiy bo'lib nasldan-naslga o'tadi. Mikroblar bunda virulentligini yo'qotishi mumkin. Dorilarga chidamli bo'lib qoladi. Hayot faoliyati mahsulotlari miqdori ko'payib ketishi morfologik, kultural va boshqa xususiyatlari o'zgarishi mumkin.
Morfologik o'zgarish. Harorat kimyoviy moddalar faglar, antibtotiklar va boshqa omillar mikroblar shaklinl o'zgartirishi mumkin. Tayoqchalar yumoloq shaklga o'tishi, uzunroq va qalin bo'lishi, shishishi mumkin. Bunday o'zgarishlar ko'pincha eski kulturalarda bo'ladi. N.F.Gamaleya bu holatni-geteromorfizm deb atadi.
Kultural o'zgarish. Bir xildagi mikroblar bir xil sharoitda har xil kultural belgilarga ega bo'lishi mumkin. Zich oz:q muhitda, 5- shaklda (ingiliz tilidan smooth-silliq) silliq, tiniq, chettari tekis koloniyalar hosil qiladi. R- shaklda (ingiliz tilidan rough- kengish) kengish tiniq emas, yuzasi qatlam-qatlam koloniyalar hosil qiladi. Bu shakllar o'rtasida oraliq O-va M-shakllar ham bor (oraliq va shilimshiq).
Bunday kulturalar faqat shakli (o'sishi) bilan emas,boshqa belgilari bilan ham farq qiladi. Masalan, S-shakl mikrobi patogen, yaxshi agglyutinasiya qilish xususiyatiga ega. R-shakldan bunday belgilar yo'q va u ko'p hollarda S-shaklga o'tmaydi. Uning asosida mutasiya yotadi.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish