Mikrobiologiya va immunologiya



Download 13,45 Mb.
bet258/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Biologik o'zgarish. Qadimdan ma'lum ediki organizmda tashqi muhit omillari (haorat) ta'sir ettirilgan mikroblar yuborilgan hayvonlar qayta zararlanishga chidamli bo'lib, kasallanmaydi.
L.Paster tovuq vabosi kulturasini uzoq vaqt termostatda saqlab kuchsizlantirdi. Organizmga yuborilganda bunday kultura tovuqni kasallantirmadi, balki imunitet paydo qildi. L. Paster boshqa mikroorganizmlarda o'rgandi. Kuydirgi qo'zg'atuv chisini optimal haroratdan yuqori (42,°C) graduslarda 12-21 sutka saqlab kulturani kuchsizlantirishga erishdi. (1881) undan keyinchalik vaksina tayyorlandi. Ikki yildan keyin (1883) L.S Senkovskiy L.Paster ishlariga asoslanib Rossiyada kuydirgiga qarshi vaksina tayyorladi.
1885 yiida L.Paster va E Ru. Qutirish qo'zg'atuvchisi virusini (133 marta) qayta-qayta organizmlarga o'tkazib, unga ishqor ta'sir ettirib, virus xususiyatini o'zgartirishda 133 ta quyonning birini olib boshqasiga miyasiga qayta yuborish natijasida kasallikni yashirin davri 6-7 sutkagacha qisqardi. Virus orttirilgan xususiyatlarini saqlab qolgani uchun «virus fiks» deb nomlandi. Qo'zg'atuvchi kuchsizlangan bo'lsada xafli edi. E.Ru tarkibi da virus fiks bo'lgan orqa miyani kuchsizlantirishni taklif etdi. Virus saqlovchi orqa miya 2 hafta KOH bug'ida quritiladi. Bunday material teri ostiga yuborilganda kasallik belgilarini namoyon qilmadi va vaksina tayyorlash uchun ishlatiladi.
Demak mikroorganizmga har xil omillarni ta'sir ettirish yo'li bilan uning biologik xususiyatlarini o'zgartirishi mumkin.
Genetikaga asosan, barcha organizmlarning irsiy xususiyatlari va belgilarning birinchi informasiyasi barcha hujayra o'zagining xromasomalarida joylashganligi aniqlangan. Ya'ni irsiyatning molekulyar asosini nuklein kislotalar-DNK, ayrim hollarda RNK tashkil qiladi. -
Nuklein kislotalari nukleoproteidlardan iborat bo'lib, ular fosfor kislotasi, bir molekula shakar - dezoksiriboza (riboza) va bir azotli asosdan-timin (urasil), guanin yoki sitozindan tashkil topgan.
Bakteriryalarning asosan DNKdan tashkil topgan o'zagiga xromasoma deyiladi. Irsiyatning va o'zgaruvchanlikning asosiy birligi xromasomalarning aniq bir qismi bo'lib, u gen hisoblanadi. Xromosomada bakteriya hujayrasi DNK ning hammasi bir juft spiral shaklida joylashgan uning asosiy strukturasi birligi nukleotiddir. Bakteriya hujayrasida bitta xromasoma bo'lib, unda irsiy belgilarning kodlari bir tekisda joylashgan. Ular biokimyoviy reaksiyalarning birin -ketin hosil bo'lishini ma'lum tartibda nazorat qiladi. Ya'ni hosil bo'lgan irsiy belgilarni (hujayraning bo'linishida) to'g'ri ikki qismga bo'lishni genlar yordamida boshqarib turadi.
Kodon- axborot birligi bo'lib bitta aminokislotani kodlashtiruvchi 3ta nukleotid (tiripletdan) iborat.
Irsiyatni boshqarishning asosida genlarning to'plami genotip joylashgan bo'lib, bu organizmlar, shu jumladan mikroblaming ham irsiy belgilarini aniqlaydi. Lekin genotip o'zgarish. unda joylashgan belgilar fenotip orqali amalga oshiriladi.
Tirik organizmlar uchun irsiy xususiyatlarga qarshi bo'lgan o'zgaruvchanlik xususiyati ham mavjud bo'lib, bu jarayon genlarning o'zgarishi va bu o'zgarishlarning organizmlar taraqqiyoti natijasida avloddan - avlodga o'tishi demakdir. Irsiyat va o'zgaruvchanlik bir turdagi hodisaning ikki tomonidir. Tabiatda organizmlarning o'zgarishi va irsiy belgilarning berilishi qonuniy jarayonlar orqali sodir bo'ladi.
Mikroorganizmlarning o'zgaruvchanlik shakllari.
Mikroorganizmlarning o’zgaruvchanligi va shakli har xil bo'ladi. Fenotip o'zgaruvchanlikning muhit sharoitiga bog'liq bo'lib, uzoq vaqt saqlansada nasldan-naslga o'tmaydi. Genotip o'zgaruvchanlik esa naslga o'tadi.
Fenotip o'zgaruvchanlikka moslashish va modifikasiya kiradi. Moslashish - bu mikroorganizmlarning muhim sharoitiga ko'nikish. Bu hozirgi vaqtda mikroorganizm hujayrasidagi o'zgarishlar bilan emas balki avvaldan o'zgargan mikroblar rivojlanib, moslasha olmaganlari o'ladi. Masalan mikroblarga antiboitiklar ta'sir etganda moslashgan hujayralar rivojlanib ko'payadi, qolganlari o'ladi. Ya'ni tabiiy tanlash paydo bo'ladi.
Modifikasiya - muhit sharoiti ta'sirida organizmlarning o'zgarishi. Unda faqat fenotip (tashqi) belgilar-mikrobning shakli, o'lchamlari o'zgaradi. Masalan muhitga kalsiy xlorid qo'shilsa ichak tayoqchasi juda qisqa bo'lib qoladi. Agar muhitdan olib tashlansa yana avvalgi holiga qaytadi. Muhitga giliserin yoki alanin qo'shilsa vabo vibrionida polimofizm paydo bo'ladi. Modifikasiya normal hayot sharoitida kuzatilib, organizmning fiziologik jarayonlari buzilmaydi. Mikrob hujayrasiga uzoq vaqt kuchli ta'sir etish yanada chuqurroq o'zgarishlarga olib keladi.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish