Mikrobiologiya va immunologiya



Download 13,45 Mb.
bet177/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Nazorat savollari:

1. Antibiotiklar nima? Ular bakteriyalarga qanday ta'sir qiladi?


2. Antibiotiklarning ta'sir birligi deb nimaga aytiladi?
3. Agarga diffuzlash usulini ta'riflang.
4. Bakteriyalaming antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlashning usullarini ayting.
5. Suyuq yoki zich oziq muhitlarda antibiotiklarni bir qator suyultirish usuli.


13-mavzu: Atrof-muhit obyektlarini mikrobiologik tekshirish
usullari
Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarni atrof-muhit obyektlari holatini sanitar - mikrobiologik baholashning asosiy usullari va ko’rsat-kichlari bilan tanishtirish.
Material va jihozlar: Koloniya sanash uchun asbob, kolbalarda suv, tuproq, sut namunalari, go’sht va go’sht mahsulotlari namunalari; steril Petri kosachalari, Petri kosachalarida GPA, qonli GPA, 9 ml steril suvi bor probirkalar, 10, 2, 0,1 ml hajmli pipetkalar, probirkalarda 10-12 ml dan steril GPA, o’lchangan tuproq, kolbada steril suv (200 ml), probirkalarda Keyssler, Vilson - Bler muhitlari, buyum oynalar, bakteriologik ilmoq, spirt lampasi, bo’yoqlar to’plami, mikroskop, ichak tayoqchasi kulturasi mavzuga oid plakatlar.
Uslubiy ko’rsatmalar.
O’qituvchi darsni tushuntirib, talabalarga vazifa beradi: Suvdagi mikroblarning umumiy sonini, suvning koli-titri va koli-indeksini aniqlash, havo, tuproq mikroflorasini tekshirish usullarini o’rganish, daftarga yozib olish.
Epizootik xavfsizlikni aniqlash maqsadida atrof-muhitning har xil obyektlarini sanitar - gigiyenik holati baholanadi va sanitar-bakteriologik tekshirishlar o’tkaziladi. Ularni to’g’ridan-to’g’ri aniqlash qiyin, chunki bu mikroorganizmlar miqdori suv, tuproqda kam bo’lib sekin ko’payadi. Shuning uchun sanitariya-mikrobiologiya amaliyotida ma'lum obyektning mikrob bilan zararlanishini aniqlash va unda sanitariya ko’rsatkichli bakteriyalarni topish usuli qo’llaniladi.
Mikrob bilan zararlanish tekshirilayotgan obyektning ma'lum hajm va massa birligidagi (1 sm3 suv, 1 g tuproq, 1 m3 havo) mikroorganizmlarning umumiy miqdori, ya'ni mikroblar soni bilan ifodalanadi.
Ulardagi sanitariya ko’rsatkichli bakteriyalar titr va indekslarda baholanadi. Ushbu bakteriyalar topilgan minimal hajm yoki massa titr deb aytiladi. 1 litr suyuqlik, 1kg tuproq, 1 m3 havodagi sanitariya ko’rsatkichli bakteriyalar soniga indeks deb ataladi.
Sanitariya ko’rsatkichi hisoblangan ichak tayoqchalari guruhi bakteriyalari enterobakteriya oilasining turli avlodlariga mansub.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish