Mikrobiologiya va immunologiya


Tuproqning koli-titri, perfringens-titri va termofil bakteriyalarning titrini aniqlash



Download 13,45 Mb.
bet180/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Tuproqning koli-titri, perfringens-titri va termofil bakteriyalarning titrini aniqlash
Tuproq suspenziyasining har xil suyultirmalarini probirkalardagi Keyssler muhitiga ekiladi va 43°C da 48 soat davomida o’stiriladi. Keyin tahlil suvning koli-titrini aniqlaganda qo’llangan sxema bo’yicha davom ettiriladi.
Perfringens-titrining aniqlash uchun tuproq suspenziyasining har xil suyultirilmalarini (1 ml) probirkalarda steril yog’siziantirilgan sut yoki extempore tayyorlangan temirsulfidli Vilson-Bler muhitiga ekiladi. Ekmalar 43°C da 24-48 soat davomida o’stiriladi va natijasi sutning ivishi yoki Vilson-Bler muhitiga Clostridium perferengensning qora koloniyalari hosil bo’lishi bilan hisobga olinadi. Koloniyalardan surtmalar tayyorlanib, Gram usulida bo’yaladi, mikroskopda ko’rib, perfringens-titri aniqlanadi.
Termofil bakteriyalarining titrini aniqlash uchun tuproq suspenziyalarining suyuitirilmalaridan (lml) Petri kosachasiga quyib, ustiga eritib, sovutilgan go’sht peptonli agar quyiladi. Ekmalar 60 C da sutka davomida o’stiriladi va koloniyalar sonini sanab, 1g tuproqdagi miqdori hisoblanadi.
Tuproq kompleks ko’rsatkichlar bo’yicha sanitar-mikrobiologik baholanadi. Ular ichida najas bilan zararlanish darajasi nihoyatda muhim hisoblanadi.
Oziq muhiti tarkibi. Keyssler muhiti: 1% pepton, 5% o’t suyuqligi, 0,25% laktoza, gensianviolet grammusbat bakteriyalarini o’stirishdan to’xtatish uchun. Temirsulfidli Vilson-Bler muhiti: 3% go’sht peptonli agar, 1% glukoza, 2% natriy sulfid, 0,08% temir xlorid.
Sut va sut mahsulotlarini sanitar-bakteriologik tekshirish. Sut va sut mahsulotlarining sanitar-bakteriologik holati mikroblar soni va koli-titri bo’yicha baholanadi.
Mikroblar sonini aniqlash uchun sut, natriy xloridning izotonik steril eritmasida suyultiriladi (1:10; 1:100; 1:1000); har bir suyultirilmadan (1ml) steril Petri kosachalariga solinadi. Ustiga eritib sovutilgan agar quyiladi. Ekmalar 37°C da sutka davomida o’stiriladi va koloniyalar soni hisoblanadi.
Koli-titrini aniqlash uchun sut 6 probirka Kesler muhitiga ekiladi: 3 ta probirkaga bir ml dan qolgan uchtasiga 0,1 ml dan (lml sut 10 karra steril suv bilan suyultiriladi). Ekmalar 43°C da sutka davomida o’stiriladi. Natijani baholashda faqat glukozani kislota va gaz hosil qilib bijg’itadigan lekin nitratli Kozer muhitida o’smaydigan bakteriyalar inobatga olinadi.
Kozer muhiti: distillangan suv, 0,15% ammoniy natriy fosfat, 0,1% bir bosqichda almashgan kaliy fosfat, (kaliy digidrofosfat), 0,02% magniy sulfat, 0,25% natriy sitrat, slivka.
Sut-qatiq mahsulotlari ham xuddi shunday tekshiriladi. Koli-titri aniqlanib, me'yoriy ko’rsatkichlarga qarab mahsulot baholanadi.
Sutga patogen bakteriyalarni aniqlash uchun elektiv va differensial-diagnostik muhitlarga ekiladi, sof kultura ajratiladi va qiyoslanadi.
Go’sht va go’sht mahsulotlarini sanitar-bakteriologik tekshirish.
Go’shtni mikroskopik tekshirganda 2x1,5x2,5 sm o’lchamdagi go’sht bo’laklaridan tayyorlangan tamg’a-surtmalarda bakteriyalar soni aniqlanadi. Surtmalar Gram usulida bo’yaladi va mikroskopda ko’riladi. Ko’rish maydonida 10ta gacha bakteriya hujayralari aniqlansa, go’sht yangi hisoblanadi.
GOST talablari bo’yicha kolbasa va go’sht mahsulotlarini bakteriologik tekshirish mikroblar sonini, shuningdek, ichak tayoqchalari guruhiga kiruvchi bakteriyalar, salmonella, listeriya, klostridiyalarni aniqlashni o’z ichiga oladi.
Mahsulotning yuza va chuqur qismidan namuna olingandan keyin 4 soatdan kechiktirmay tahlil qilinadi. Chuqur qismi tekshirilganda mahsulot namunalari spirt bilan ishlov berilib, olovdan o’tkaziladi.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish