Mikrobiologiya va immunologiya



Download 13,45 Mb.
bet179/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Havo mikroflorasi. Havoning miqdoriy mikrobiologik tekshirish usullari cho’ktirish (sedimentatsiya), aspiratsiya yoki filtratsiya prinsiplariga asoslangan.
Sedimentatsion usul. Go’sht peptonli agar solingan ikkita Petri kosachani ochib xonada 5-10 daqiqa davomida qoldiriladi, keyin ekmalar termostatda 37°Cda o’stiriladi. Ikkala kosachada o’sib chiqqan koloniyalarning soni yig’indisi bo’yicha natija baholanadi: 250 dan kam koloniya bo’lsa havo toza hisoblanadi; 250-500 o’rtacha ifloslangan; 500 koloniyadan ortiq ifloslangan.
Aspiratsion usul. Havodagi mikroblar sonini aniqlashning eng ishonchli usuli. Bunda havoni ekish uskunalar yordamida bajariladi.
Krotov apparati. Shunday tuzilganki, havo berilgan tezlikda agarli Petri kosachasi yuzini yopib turgan pleksiglas plastinaning tor tirqishidan o’tadi. Bunda tarkibida mikroorganizmlar bor aerozol qismlari oziq muhit yuzasiga bir xilda tushadi, chunki kosacha tirqish ostida bir xilda aylanib harakatda bo’ladi.
Ekmalarni termostatda o’stirgandan keyin mikroblar soni hisoblanadi (X)

X= Ax1000


V
A—kosachada o’sgan koloniyalar soni;
V-uskunadan o’tgan havo hajmi, dm3;
1000-izlanayotgan havo hajmi, dm3.
Havo tarkibidagi mikroblar sonini aniqlash uchun go’sht peptonli agar, gemolitik streptokokklarni ajratish uchun gensian violet qo’shilgan qonli agar ishlatiladi. Gumonli koloniyalarni tanlab qonli agarda qayta ekiladi.
Oziq muhit tarkibi. Gensian violet qo’shilgan qonli agar: 2% oziq agari, 5-10% fibrinsizlantirilgan (ot, quyon yoki qo'y) qoni va gensian violet (1:50.000). Tuxum sarig’i-tuzli agar: 2% oziq agari, 10% natriy xlorid, 20% (hajmi bo’yicha) tuxum sarig’i (1 ta tuxum sarig’i 200 ml natriy xloridning izotonik eritmasi).
Havoni tekshirish uchun boshqa uskunalar (Dyakov, Rechmen, Kiktenko, PAB-1-aerozolli bakteriologik namuna olingach, POV-1-havo olish uchun uskuna, unda ma'lum hajm havo suyuqlik yoki filtrdan o’tkazilib, keyin oziq muhitlariga o’lchovli ekishlar qilinadi). Bu uskunalarda katta hajmli havolarni tekshirish hamda patogen bakteriya va viruslarni aniqlash mumkin. Mikrobiologik bokslar, jarrohlik, akusher-ginekologik va boshqa xonalar havosi unda patogen, shartli-patogen bakteriyalar-infeksiya qo’zg’atuvchilarini (stafilokokklar, ko’k yiring tayoqchalar va boshqa grammanfiy bakteriyalar) aniqlash maqsadida tekshiriladi.
Tuproq mikroflorasi. Tuproqning sanitar-mikrobiologik tahlilida undagi mikroblar soni, koli-titr, perfringens-titr va termofil bakteriyalarning titri aniqlanadi. Zarur holatlarda nitrifikatsiyalovchi va ammoniy fikatsiyalovchi bakteriyalar, aktinomitsetlar, zamburug’lar, sellulozali va boshqa mikroorganizmlar tarkibi tekshiriladi.
Tuproqni tekshirish uchun steril pichoq bilan 10-15 sm chuqurlikdan olib (tekshirilayotgan hududning har xil joyidan 10 ta namunadan kam bo’lmasligi kerak), steril bankaga solinadi. Namunalardan 30g o’lchab. kolbadagi suvga (270 ml) solinadi va yaxshilab aralashtiriladi. Ushbu suspenziyadan 101, 104, 105 suyultirmalar tayyorlanadi. Oxirgi ikkitasidan 0,1 ml olib 40ml 0,7%li eritilgan va 45°C gacha sovutilgan go’sht peptonli agar bilan aralashtiriladi, Keyin Petri kosachadagi 2%li GPA ustiga quyiladi. Ekmafar 37°Cda o’stiriladi.
So’ngra o’sib chiqqan koloniyalar sonini hisoblab, mikroblar soni aniqlanadi

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish