Mikrobiologiya va immunologiya


-mavzu: Bakteriyalarni kultural, biokimyoviy xususiyatlarini o’rganish



Download 13,45 Mb.
bet174/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

11-mavzu: Bakteriyalarni kultural, biokimyoviy xususiyatlarini o’rganish


Mashg’ulotning maqsadi: talabalarni mikroorganizmlarning kultural xususiyatlari bilan tanishtirish, suyuq, yarim suyuq va zich oziq muhitlarda o’ziga xos o’sish xususiyatlarini o’zlashtirish. Bakteriyalarning biokimyoviy xususiyatlarini aniqlashning ba'zi usullarini o’rganish.
Material va jihozlar: har 2-3 talabaga: GPB va GPA -da o’sgan mikrob kulturalari. Probirkalarda toza GPB va GPA, GPJ, Petri kosachalarida Levin, Endo, qonli agar, indikator qog’ozlar - vodorod sulfid, indol, ammiakni aniqlash uchun. Tegishli jadvallar.
Uslubiy ko’rsatmalar
O’qituvchi talabalarni bakteriyalarning suyuq va zich oziq muhitlarda o’sish xususiyatlari bilan tanishtiradi. Ularga vazifa beradi: mikrob kulturalarini ko’zdan kechirib - makroskopik va mikroskopik (obyektiv 8 yoki lupa bilan) tekshirish. Mikrob kulturasi Petri kosachasida tanlangan mikrob koloniyasini maxsus qalam bilan belgilab tekshiriladi: a) sxema bo’yicha b) toza oziq muhitlarga ekib d) surtma preparat tayyorlab. Gram usulida bo’yaladi va mikroskopda tekshirib, natijasi daftarga chiziladi. Mikrob kulturasini uglevodli muhitlarga ekib -saxarolitik, GPJ ga ekib proteolitik, qonli agarda gemolitik xusu-siyatlarini o’rganadi.
Laboratoriyada har bir ajratilgan sof mikrob kulturasi albatta identifitkatsiyalanadi (qiyoslash), ya'ni uning turi aniqlanadi. Buning uchun quyidagi xususiyatlari o’rganiladi:
1. Morfologiyasi (hujayraning shakli, o’zaro joylashishi, hajmi, spora va kapsula hosil qilishi, harakati).
2. Tinktorial xususiyatlari (oddiy, Gram va boshqa bo’yash usullariga munosabati).
3. Kultural xususiyatlari (oziq muhitlarda o’sishi)
4. Biokimyoviy xususiyatlari (saxarolitik, gemolitik, proteolitik)
5. Toksigenligi (ekzo- va endotoksinlar hosil qilishi).
6. Patogenligi (laboratoriya hayvonlarini zararlab).
7. AntigenIik xususiyatlari (serologik reaksiyalar qo’yib).
Olingan malumotlar maxsus qo’llanma Bergining (1984-yil) «Bakteriyalarni aniqlagich»idan foydalanib mikrob turi aniqlanadi. Mikroorganizmlarni identifikatsiyalashda faqat yosh (16-18-24-48 soat) bakteriya kulturalari ishlatiladi, chunki yoshi o’tishi bilan ularning xususiyatlari o’zgarishi mumkin. Zich oziq muhit yuzasida bakteriyalar o’ziga xos koloniyalar hosil qiladi.
Koloniya - deb bir tur bakteriya hujayrasining ko’payishidan hosil bo’lgan mikroblar to’plamiga aytiladi. Har bir koloniyada bir necha yuz mingdan 2 mlrd.gacha mikrob hujayrasi bo’lishi mumkin.
Suyuq oziq muhitda o'sgan mikroorganizmlarning xususiyatlari: 1. Loyqalanish intensivligi va xossasi - bir xif (diffuz), kuchli, o’rtacha, kuchsiz. 2. Muhitning yuzasida -parda, halqa hosil bo’lishi. Pardaning rangi, tovlanishi (havorang, sarg’ish, kulrang, oq), qalinligi (ingichka, yo’g’on, nozik, dag’al), parda yuzining xossasi (qatlamli, ajinli, silliq, to’rsimon, momiq), konsistensiyasi (mo’rt, shilimshiq, yog’li) hisobga olinadi. 3. Cho’kma hosil bo’lishi – ko’p, oz, yo’q. Holati - zich, yumshoq, donador, paxta bo’lakchasidek, ipr-ipr, ushoqsimon, shilimshiq. Rangi - oq, sarg’ish, yashil, kulrang. Qoqib ko’rganda cho’kma tarqalib, muhitni bir xilda loyqalantiradi yoki yirik ba'zan mayda ipr-iprli bo’ladi. Shilimshiq cho’kma o’rilgan soch ko’rinishida ko’tariladi. Mikroblar probirka devoriga yopishib rivojlanishi mumkin. Mikroorganizmlar ba'zan bir nechta xususiyatlarni namoyon qiladi.
Yarim suyuq oziq muhitda o'sgan mikroorganizmlarning xususiyatlari: harakatsiz bakteriyalar ekish yo’lida oq sterjen ko’rinishda o’sadi, uning atrofidagi muhit tiniqligicha qoladi. Harakatchanlari bulutchalar ko’rinishida tarqalib muhitni har xil darajada loyqalantiradi.
Zich oziq muhitida o'sgan bakteriya koloniyasining xususiyatlari. Koloniyalar alohida chegaralangan va qo’shilib birlashib ketgan bo’ladi. Qurollanmagan ko’z, mikroskop (x8 obyektiv), lupa bilan o’rganiladi. Avvaf o’sish jarayoni aniqlanadi - ko'p, o’rtacha, kam. Keyin koloniyalar shaklining bir xil yoki har xilligi va quyidagi belgilari hisobga olinadi, 1. Shakli – to’g’ri (oval, yumaloq), noto’g’ri (ildiz-simon, yulduzsimon, amyobasimon, shoxlangan va h.k. (39-rasm) 2 o’lchami diametrda ifodalanadi: yirik koloniyalar - 4 mm dan ortiq, o’rtachasi 2-4 mm, maydasi 1 - 2 mm va yanada mayda shudringsimonlari - lmm gaha bo’ladi. 3. Chetlari – to’g’ri (S - shakl), g’adir-budir (R - shakl), tolqinsimon, popukli, arratishli, jingalak (41-rasm). 4. Tiniqligi yalirashi (tushayotgan yorug’likda ko’riladi) -tiniq, tiniq emas, loyqa, xira, yaltiroq, fluoressensiyalovchi koloniya. 5. Rangi - kulrang-oq, rangsiz, oq, qora, sariq, qizil, ko’k, tillarang, yashil va boshqa rangli. Hosil qilgan pigmentining rangiga bog’liq.
6. Yonidan ko 'rinishi o’stirilgan kulturalar ishlatiladi, chunki eskilarining kultural xususiyatlari (relefi) – bo’rtiq, yassi, konussimon, tekis, markazi botiq va h.k. (40-rasm). 7. Yuzasi - silliq, g’adir-budir, unsimon, ajinsimon, qavat-qavat. 8. Konsistensiyasi — zich, ushoqsimon, quruq, yarim suyuq, xamirsimon, shilimshiq, kukunsimon, yog’li. 9. Tuzilishi - bir xil, sertola, donador, pardali (42-rasm). 10. Hidi – yo’q, bor (nimani eslatadi?).

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish