Mikrobiologiya va immunologiya



Download 13,45 Mb.
bet172/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Drigalskiy usuli - Petri kosachalarida GPA o’rniga maxsus qonli -glukozali GPA qo’llanilib, anaerob sharoit yaratiladi (eksikator, mikroanaerostat).
Vilson-Bler muhitiga ekish usuli - oziq muhitda alohida-alohida qora rangli koloniyalar o’sib chiqadi. Ularni Kitt-Tarossi muhitiga qayta ekkanda sof kuitura ajratiladi.
Biosinov usuli - tekshirilayotgan material yoki aralash kultura bilan moyil laboratoriya hayvonlari zararlanganda, ular kasallanib o’ladi, Patalogoanatomik yorib, ularning ichki organlaridan Kiti-Tarossi muhitiga, yarim suyuq agar yoki qonli-glukozali agarga ekib, yuqorida ko’rsatilgan sof kultura ajratish usullaridan birini qo’llagan holda patogen anaeroblaming sof kulturasi ajratiladi.


Nazorat savollari:

1. Sof kulturaga tushuncha bering.


2. Sof kultura ajratishning qanday usullari bor,
3 .Kox, Drigalskiy usullarining farqi.
4. Kimyoviy, fizikaviy va biologik usullarini ta'rif!ang.
5. Anaeroblarning sof kulturasini ajratish usullarini ta'riflang.
10-mavzu: MIKROORGANIZMLARNI O'STIRISH.
Laboratoriya sharoitlarida o'stirilgan mikroorganizmlar mikrob kulturalari deb ataladi. Kulturani olish uchun tekshirilayotgan material (qon, to'qimalar emulsiyasi, shish suyuqligi, yiring, sut va h.k.) probirka, kolba yoki petri kosachalarida steril oziq muhitlarga ekiladi va ma'lum vaqtga termostatga joylanadi. Termostatda har xil guruh mikroorganizmlar uchun kerak bo'lgan harorat (37-38°C; 26-30°C; 22-25°C) doim saqlanib turadi.
Mikroorganizmlarni o'stirish uchun jihozlar. Termostat ikki devorli shkaf, tashqaridan issiqni izolyasiyalovchi material (plastika) bilan qo'plangan. Termostatlar suvli yoki quruq-havoli bo'lishi mumkin. Suvli termostatda ikki devor orasiga suv (odatda distillangan suv) quyiladi, quruq-havolida esa ichki metall qavatning qizishi hisobiga unda aylanayotgan havo isiydi. Qizdirilgan suv yoki havo ichki metall devor orqali shkafning ichkarisiga issiqlik beradi.Termostat elektr tarmog'iga ulanadi, uning pastki qismida devorlar orasiga elektr isitgichlar o'rnatilgan. Termostatning ichida bir nechta to'rsimon tokchasi bo'lib, unga ekmali shtativlar, probirkalar solingan savatchalar, kolbalar, petri kosachalari, eksikatorlar, mikroanaerostatlar joylanadi.
Harorat termostatda termoregulyator yordamida tutib turiladi. Harorat keragidan ortib ketsa, termoregulyator isitgichni avtomatik tarzda o’chiradi, pasayib ketsa - uni qo'shadi. Termoreguiyatorlar bimetalli, "yostiqchali" va kontaktli (simobli) bo'lishi mumkin.
Bimetalli termoregulyator ikkita o'zaro kavsharlangan sinkli va latunli U - shaklda egilgan plastinkalardan iborat. Bu plastinkaning bir tomoni termostatning ichki devoriga qimirlamaydigan qilib mahkamlanadi,
ikkinchisi - erkin, harakatlanadigan tomoni elektrokontakt bilan elektr tarmog'iga ulangan klemmaga juda yaqin masofada turadi. Termostatni qizdirganda sinkli va latunli plastinkalar kengayish koeffisienti farqining kuchi bilan erkin tomoni siljib, termostatning qizishini to'xtatadi. Harorat termostatda oldindan klemmani termoreguiytorning erkin plastinkasidan ma'lum masofada o'rnatib boshqariladi.
"Yostiqchali" termoregulyatorlarning ta'sir etish prinsipi quyidagicha: yassi latunli qat-qat burmalangan qutiga suyuqlik kavsharlangan bo'lib, u maxsus qurilma bilan shunday mahkamlanadi-ki, harorat keragidan ortiq ko'tarilganda qutichadagi suyuqlik kengayib, uning devorlariga bosim o'tkazadi va tarmoqdan o'chish paydo bo'ladi. Termostat sovushi bilan qitichadagi suyuqlik ham sovuydi va uning devorlariga ("yostiqchalar') bosim o'tkazmaydi, shuning uchun "yostiqchalar" richagli sterjenga tegib, u isitish tarmog’iga ulanadi.
Zamonaviy termostatlarda odatda kontaktli termoregulyatorlar ishlatiladi - ikki tomoniga platinali simlar kavsharlangan simobli termometr. Simning bir uchi termometr kanaligacha keladi, ikkinchisi esa tashqaridan klemmada tugaydi. Sim tashqi magnit yordamida termometr simob ustunidan har xil darajada joylashtiriladi va harorat termostatda avtomatik tarzda tutib turiladi.
Anaerob va mikroaerofil bakteriyalarni o'stirish uchun eksikatorlar va anaerostatlar ishlatiladi.
E k s i k a t o r bu qopqog'i zich yopishadigan shisha idish. Uning tubiga havo kislorodini faol bog'laydigan kimyoviy modda (masalan, pirogallol bilan o'yuvchi natriy) solingan ochiq Petri kosachasi qo'yiladi. Yuqorida eksikstorning bo'rtiq qismiga teshikchali farfor plastina (taglik) qo'yiladi, uning ustiga ekmali probirka yoki kosachalarni joylab, qopqog'i zich yopiladi. Germetik yopilishi uchun eksikatorning chetlariga vazelin surtiladi, keyin termostatga qo'yiladi.
An aerostat- germetik yopiladigan metall silindr idish, havoni chiqarish yoki ish uchun kerakli gazni ( CO2, N2, O2 va hk.) berish uchun jo'mraklari va vakuum-monometrlari bor. Ekmalarni silindrning ichiga joylashtirib, qopqog'i yopiladi va nasos yordamida eksikator ichidagi havo chiqariladi. Undagi holatni vakuum-monometr millimetr Simob ustunida (0 dan 760 gacha) ko'rsatadi. Anaerostat ekmalar bilan termostatrga qo'yiladi.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish