Microsoft Word Ўзбекистонда дамли ва зарбли чолғулар ижрочилиги тарихи doc


O‘ZBEKISTONGA OVRO‘PA ORKESTR CHOLG‘ULARINING



Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/17
Sana20.12.2022
Hajmi1,28 Mb.
#891922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Cholg\'u tarixi

O‘ZBEKISTONGA OVRO‘PA ORKESTR CHOLG‘ULARINING
KIRIB KELISHI (1867-1917) 
XIX asrning o‘rtalariga kelib O‘rta Osiyoni Rossiya tomonidan bosib 
olinishi tugallandi. 1867 yil iyul oyida o‘z ichiga Qo‘qon xonligi, Buxoro 
amirligi va Xiva xonligini birlashtirgan Turkiston general-gubernatorligi tashkil 
qilindi. Turkiston o‘lkasi beshta viloyatga bo‘lingan bo‘lib, bular: Sirdaryo, 
Samarqand, Farg‘ona, Yettisoy (Semirechie) va Kaspiy orti (Zakaspiyskiy) 
viloyatlaridan tashkil topgan edi. 
O‘rta Osyoning bu tarzda qayta o‘zgarish jarayoni Turkistonga Ovro‘pa 
madaniyatining kirib kelishi va uni rivojlanishida progressiv ahamiyat kasb etdi 
desak mubolag‘a bo‘lmas. 
Bu jarayon uch xil yo‘nalishni o‘z ichiga oladi, bular: Ovro‘pa damli 
cholg‘ular 
orkestrlari 
faoliyati; 
havaskorlik 
to‘garaklari 
va 
musiqiy 
jamiyatlarning olib borgan ishlari; konsert-gastrol safarlariga kelgan turli 
jamoalarning chiqishlari sababli o‘lkamizda Ovro‘pa cholg‘ulari (pianinochilar, 
skripkachilar, violonchelchilar va boshqa cholg‘u asboblar) ijrochi sozandalari 
paydo bo‘la boshlagan. 
Turkiston 
o‘lkasida 
Ovro‘pa 
madaniyatining 
rivojlanishida 
rus 
ziyolilarining roli kattadir. Ular ichida musiqa havaskorlari va professional 
sozandalar ham ko‘pchilikni tashkil qilgan. 
Demokratik rus madaniyati bilan yaqinlashish natijasida O‘zbek 
madaniyati ham sekin asta Ovro‘pa madaniyati tomon intila bordi. Xalq ommasi 
orasida ilm-ma’rifatni kengroq yoyish maqsadida erkak va ayollar gimnaziyasi, 
hunar va tijorat bilim yurtlari, mahalliy aholi uchun yangi rus-tuzem maktablari 
(oldin rus tilida keyin o‘zbek tilida) jo‘g‘rofiya, iqtisod, foto-surat, xayriya va 
boshqa turli jamiyatlar tashkil topa boshladi. 
Rus madaniyatining kirib kelishi jarayonida shu millat ziyolilarining 
an’anasi bo‘lgan xos musiqa, ya’ni uyda-xonada chalinadigan musiqa 
(domashnee muzo‘tsirovanie) rivojlanadi. Musiqiy tarbiyaga tobora ko‘proq 
e’tibor berila boshlanadi. Bilim yurtlarida musiqa darslari o‘qitilib, bu darslarni 
professional o‘qituvchilar olib borar edilar. 
Bu davrda xalq ommasi orasida musiqani keng targ‘ibot qilishda harbiy 
damli cholg‘ular orkestrlari alohida ahamiyat kasb etganlar. O‘lkaning turli 
burchaklarida joylashgan harbiy qismlarning damli cholg‘u orkestrlari ijro etgan 
musiqalar mahalliy aholi orasida mashhur bo‘la boshladi. V.Stasovning ta’biri 
bilan aytganda: – «Harbiy orkestrlar faqat harbiy musiqani emas balki, boshqa 
musiqa asarlarini ham xalq ommasi orasidagi targ‘ibotchilaridir».
1
Harbiy orkestrlar ijrosida Turkiston o‘lkasining ko‘pgina chekka joylarida 
Ovro‘pa orkestr musiqasi yangray boshladi. Harbiy orkestrlar o‘z ijrosi bilan rus 
armiyasining kuch-qudrati va jipisligini namoyish qilib, mahalliy aholi ongiga 
1
Стасов В. Избранные сочинения. В 3-x томах. T.1. M., 1952, с. 177. 


21 
katta ta’sir o‘tkazar edi. Bunday orkestrlarning keng tarqalganligi, omma 
o‘rtasida ochiq havoda chalishi, musiqa madaniyatining keng yoyilishiga imkon 
yaratdi. Ayniqsa «Manjuriya tepaliklarida» (Na sopkax Mandjurii), «Vatan 
sog‘inchi» (Toska po rodine) va boshqa turli janrdagi asarlar mashhur bo‘ldi va 
hatto o‘zbek xalq cholg‘ularida ham chalina boshlandi. 
O‘zbek xalq milliy damli va zarbli cholg‘ulari qadimdan mayishiy 
hayotda, saroy tantanalarida va harbiy yurishlarda keng qo‘llanilib kelingan. 
O‘zbekiston hududida asosan ikki xildagi cholg‘u ansambllari keng tarqalgan 
bo‘lib, bulardan birisi damli va zarbli cholg‘ular (surnay, karnay, nog‘ora, 
doyra)lardan tashkil topgan va ikkinchisi torli cholg‘ular hamda nay, qo‘shnay, 
bulamon kabi damli cholg‘ular va doyra ishtirokidagi ansambllardir. Harbiy 
damli cholg‘ular orkestrlari tarkibida xizmatdagi askarlar farzandlari va yetim 
bolalar orkestr tarbiyalanuvchilari sifatida xizmat qilganlar. Ularni yetakchi 
sozandalar turli cholg‘u sozlarda chalishga o‘rgatganlar. Ba’zi orkestrlarda 
damli cholg‘ulardan tashqari torli sozlar ham o‘rgatilgan. Bu bilan, sozandalar 
ham damli, ham simfonik, orkestrlarda ijrochi sifatda qatnashishlari mumkin 
bo‘lgan. Turkiston o‘lkasida damlicholg‘ular ijrochiligi rivojiga katta hissa 
qo‘shgan 
ma’lumotli 
sozandalar 
ichida 
A.F.Eyxgorn, 
F.V.Leysek, 
N.N.Mironovlar bor edi. 
A.F.Eyxgorn O‘zbek musiqa san’ati targ‘ibotining boshlovchilaridan 
hisoblanadi.
1
U o‘zining harbiy orkestr kapelmeysterligi ishidan (u 1870 yildan 
Sirdaryo viloyati harbiy orkestri 1883 yildan Skoblev hozirgi Farg‘ona viloyati 
harbiy orkestrlari kapelmeysteri) tashqari o‘lkaning konsert faoliyatida faol 
ishtirok etadi. U kompozitsiya va musiqa etnografiyasi bilan shug‘ullanadi. 
V.Belyaevning yozishicha: – «A.F.Eyxgorn shaharning musiqa va konsert 
hayotida faol ishtirok etdi. U yakkaxon skripkachi, torli kvartet qatnashchisi 
sifatida jonli faoliyat yurgizdi. U alt, violonchel, organ, fortepiano hatto mis 
damli cholg‘ularda chalishga ham harakat qilardi».
2
A.F.Eyxgorn rahbarligidagi harbiy orkestr, Toshkent aholisiga ko‘plab 
konsertlar berardi va ancha muvaffaqiyat qozongan edi. XIX asrning 70-80- 
yillari Toshkent musiqa ixlosmandlari orasida Eyxgornning Osiyo mavzulariga 
bag‘ishlangan «Polka», «Toshkentcha», «Vals», «Turkiston kengliklarida», 
«Samarqand xarobalaridagi oydin kecha» va boshqa asarlari mashhur edi. 
Eyxgorn notaga tushirgan va Ovro‘pa cholg‘ulari hamda damli cholg‘u 
orkestriga moslashtirgan mahalliy kuy va qo‘shiqlarning bir qanchasi 
konsertlarda muvaffaqiyat bilan ijro qilinar edi. Eyxgornning eng katta 
xizmatlaridan biri O‘rta Osiyo xalqlari musiqa cholg‘u asboblarini yig‘ish va 
ularning ta’rifini yozish bo‘lib, 36 cholg‘u asbobi bo‘yicha tuzgan katalogi 
1
A.Ф.Эйхгорн (1844-1936). 1870 yildan 1883 yilgacha Turkistonda yashagan. Toshkentga ko‘chib 
kelgunga qadar Riga, Peterburg va Moskva opera teatrlarida ishlagan. 
2
Беляев В. Mузыкально этнографические работы А.Ф.Эйхгорна в Узбекистане. -В кн.: 
«Mузыкальная фольклористика в Узбекистане». T., 1963. 


22 
hamda cholg‘ularning ko‘pchiligi uning kolleksiyasidagi eng qimmatli 
asboblardan edi.
1
Turkistonda damli cholg‘ular ijrochiligini rivojlantirishda Chex sozandasi 
va etnografi, harbiy kapelmeyster V.V.Leysek faoliyatining ahamiyati kattadir. 
XIX asr oxirida Rus-Chex munosabatlarining yaxshilanishi natijasida, ko‘pgina 
chex sozandalari Rossiyaga keladi. Bular qatorida V.V.Leysek
2
ham bor edi. 
Bu sozanda Turkistonda ma’rifiy jamoat va ijodiy faoliyat yurgizgan 
arboblardan hisoblanib, Xo‘jayli batalioni harbiy orkestri kapelmeysteri bo‘lgan. 
Bundan tashqari u «Lira» deb nomlangan xor jamoasini boshqarar, gimnaziyada 
musiqa va ashuladan dars berar, O‘rta Osiyo xalqlari musiqa folklorini 
o‘rganishga harakat qilar va asarlar yaratar edi. Toshkent musiqa jamiyati 
konsertlarida u o‘zini ijrochi sifatida namayon qilgan. Shunday konsertlardan 
birida torli kvartet tarkibida Ya.B.Gordon (1-skripka), A.B.Gordon (2-skripka), 
V.V.Leysek (alt), A.I.Mirbadalov (violonchel)lar ijrosida P.I.Chaykovskiyning 
kvartetidan «Andante kantabile»sini ijro qilishgan. 
V.V.Leysek ko‘pgina harbiy marshlar yozib, harbiy orkestrlar bilan 
ishlash davomida ularning repertuarini milliy kuylarga asoslangan yangi asarlar 
bilan boyitishga harakat qildi. «Leysek o‘zbek kuylarini yig‘ish va orkestr 
cholg‘u asboblariga moslab qayta ishlash bilan ham, shug‘ullanardi» deb 
eslaydi, uning shogirdi sozanda va pedagog F.I.Negovelov
3
Bunday kuylardan 
ko‘pchiligi orkestr yakkaxonlari tomonidan konsertlarda ijro etilar va nafaqat 
Ovro‘palik tinglovchilar balki, mahalliy aholi tomonidan ham, qizg‘in kutib 
olinar edi.
V.V.Leysekning ahamiyatli ishlaridan biri 1890 yilda yozilgan «Osiyo 
popurisi» asaridir. Bu asar o‘zbek, qoraqalpoq, qirg‘iz, qozoq xalq kuylari 
asosida tuzilgan bo‘lib, Leysek tomonidan fleyta, goboy, klarnet, fagot va mis 
damli cholg‘ular kornet, truba, valtorna, trombon, bas va zarbli katta hamda 
kichik baraban, uchburchak (treugolnik) kabi cholg‘ulardan tashkil topgan damli 
cholg‘u orkestriga cholg‘ulashtirilgan edi. 
Chex sozandasining Turkiston kuylari asosida, birinchi bo‘lib damli 
cholg‘ular orkestri uchun asar yaratishga urinishi katta tarixiy ahamiyatga 
egadir. V.V.Leysekning ko‘pqirrali musiqiy-jamoatchilik, o‘qituvchilik va 
konsert ijrochilik faoliyati O‘zbekiston musiqa madaniyati rivojida o‘z izini 
qoldirgan.
4
Turkistonda musiqa san’atining rivoji sohasida ulkan ishlarni qilgan 
sozandalardan yana biri rus armiyasining kapelmeysteri N.N.Mironovdir. U 
1
A.F.Eyxgorn tomonidan yig‘ilgan o‘zbek xalq milliy cholg‘u asboblari kolleksiyasining bir qismi Vena 
shahrida qolgan qismi esa Moskvada Glinka nomidagi muzeyda saqlanmoqda. 
2
V.V.Leysek (1857-1935) ko‘zga ko‘ringan Chex sozandasi. 1878 yilda Praga konservatoriyasini 
tamomlagandan keyin Rossiyaga keladi va Turkiston saper brigadasi harbiy orkestrining kapelmeysteri sifatida 
ish boshlaydi. Oktabr to‘ntarishidan keyin O‘zbeksitonda yashab ijod qiladi va o‘zbek musiqa madaniyatini 
rivojlantirish ishida faol qatnashadi. 
3
A.V.Malkeev tomonidan yozib olingan F.Negovelov xotiralaridan. 
4
Ковбас М.С. В.В.Лейсек в Узбекистане. –В кн.: «Вопросы музыкальной культуры Узбекистана». T., 
1969.


23 
Qo‘qonda joylashgan saper batalonining harbiy orkestri rahbari edi. Bu yerda u 
1898 yili «Musiqasevarlar» to‘garagini tashkil qiladi.
To‘garak harbiy orkestr sozandalaridan tashkil topgan bo‘lib, Mironov xor 
va orkestrga rahbarlik qilar va orkestr jo‘rligida yakkaxon skripkachi sifatida, 
ham chiqar edi. 
N.N.Mironov 1901 yili Toshkentga o‘tkaziladi va harbiy dirijer hamda 
kompozitor sifatida shaharning musiqiy hayotida faol qatnasha boshlaydi. Bu 
yerda o‘zining «Korobeyniki» degan operasini qo‘yadi. Uning keng tashkiliy, 
dirijerlik va musiqiy pedagogik faoliyati O‘zbekistonda orkestr cholg‘ulari 
ijrochiligi rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. 
Turkistonda damli cholg‘ular ijrochiligini yo‘lga qo‘yishda jonbozlik 
ko‘rsatgan harbiy sozandalardan yana Turkiston polkining kapelmeysteri 
V.G.Poppel-Bauer, 
beshinchi 
Orinburg 
kazak 
polki 
kapelmeysterlari: 
Ya.V.Gordon va G.M.Kozolupov, 17 chi o‘qchi bataloni kapelmeysteri 
G.A.Maxan va boshqalarni tilga olish mumkin. Ushbu kapelmeysterlarning 
O‘rta Osiyodagi faoliyati yerli aholini Rus va g‘arb klassik kompozitorlari 
asarlari bilan tanishtirishga katta hissa qo‘shdi. Harbiy damli cholg‘u orkestrlari 
har xil tinglovchilar orasida chiqishlar qilib turli va keng miqyosdagi konsert 
faoliyatini yurgizdilar. Ular nafaqat tantanali marosimlar balki, turli konsert 
maydonchalarida ham chalar edilar.
Harbiy damli cholg‘ular orkestrlari o‘z repertuari ichiga mashhur opera va 
operettalardan ommabop uvertyuralar, fantaziyalar va poppurilarni qamrab 
olgan edi. Toshkentda so‘zsiz kinoning paydo bo‘lishi bilan bu orkestrlar 
ko‘pincha tomosha boshlanishidan oldin kuylar ijro qilgan.Askarlar orasidagi 
savodsizlikni tugatish uchun Pushkin jamiyati «Xalq o‘qishlari» kechalarini 
tashkil qilar edi. Damli cholg‘ular orkestrlari esa ko‘pchilikni mashhur rus 
yozuvchisining asarlarini o‘qishda qatnashish uchun chorlar edi. Bunda orkestr 
repertuarida o‘qiladigan asar xarakteriga mos tushadigan kuyni tanlash 
kapelmeyster tomonidan yaxshilab o‘ylab ko‘rilar va topib chalinar edi. «Xalq 
o‘qishlari» keng xalq ommasini rus madaniyati bilan tanishtirish uchun, 
ta’sirchan tadbirlardan biri bo‘lib, Turkistonning boshqa shaharlarida ham 
o‘tkazilar edi. Toshkent shahar ziyolilari tomonidan yozda shahar bog‘ida, 
harbiy kengash bog‘ida va qishda harbiy kengash zalida sayil va kechalarda 
doimo damli cholg‘ular orkestri yangrab turar, hali Turkistonda professional 
musiqa ta’limi bo‘lmagan davrda harbiy orkestrlar va ijrochilik guruhlarining 
madaniy-ma’rifiy va orkestr ijrochiligini rivojlantirishdagi targ‘ibot ishlari katta 
ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Mahalliy ziyolilarning musiqa san’atiga intilishi, Turkiston o‘lkasida turli 
xildagi musiqa sevarlar jamiyatlari va to‘garaklarini paydo bo‘lishiga olib keldi. 
1870 yili Toshkentda shifokor va violonchelchi A.I.Nikitinovning uyida birinchi 
musiqa ixlosmandlari to‘garagi tashkil qilindi. Bu to‘garak a’zolari torli kvintet 
shaklida tarkib topib, u tobora kengaya bordi. To‘garakning jonli faoliyat 


24 
yurgizuvchi a’zosi Eyxgorn hisoblanardi. Mazkur to‘garak asosida 1884 yili 
Toshkent musiqa jamiyati tashkil qilinadi. 
1
Bu jamiyatda harbiy damli cholg‘ular orkestri zobit sozandalaridan tashkil 
topgan xor va havaskorlik simfonik orkestri bor edi. Bu jamiyatning faol 
tashkilotchilari V.V.Leysek va N.N.Mironovlar edi. Ular M.A.Balakirev va 
boshqa rus sozandalari tomonidan boshqarilgan rus musiqa jamiyatining 
an’analariga tayangan holda, keng musiqiy va ma’rifiy targ‘ibot ishlarini olib 
borardilar. 
Toshkentda musiqiy-pedagogika ishlarini olib boruvchi kishilarning 
mavjudligi, 1890 yili musiqa jamiyati qoshida Turkistonda birinchi bo‘lib, 
fortepiano, damli cholg‘ular, torli cholg‘ular sinflari hamda, solfedjio va musiqa 
nazariyasi fanlarini olib boruvchi sinflar tashkil qilindi. Bularning ishini 
V.V.Leysek boshqarib turar, skripka sinfini Yu.Yu.Stefanovich olib borar edi. 
O‘quvchilar tomonidan to‘lanadigan to‘lovlarning ancha kam bo‘lishiga 
qaramasdan o‘quvchilar soni 50 kishiga ham yetmas edi. Bundan ko‘rinib 
turibdiki boshlang‘ich musiqa ta’limini olish asosan Toshkentning rus millatiga 
mansub aholisini qiziqtirgani holda, mahalliy aholini jalb qilish haqida so‘z ham 
bo‘lishi mumkin emas edi. 
Jamiyat a’zolarining asosiy faoliyati havaskor sozandalarni jalb qilgan 
holda konsertlar, qo‘shiq va romans kechalari tashkil qilishdan iborat edi. 
Bunday konsertlarda harbiy damli cholg‘u asboblari orkestrlari faol qatnashgan. 
Ommaviy raqs kuylari kapelmeysterlar tomonidan shu orkestr uchun 
moslashtirilgan. Simfonik asarlar va operalardan parchalar ijro qilingan. Vokal 
san’atining chet ellik ustozlaridan saboq olgan, go‘zal ovozga ega bo‘lgan 
A.A.Key xorga rahbarlik qilgan. 
1891-1895 yillari musiqa jamiyati V.V.Leysek rahbarligida rus va g‘arbiy 
Ovro‘pa klassiklari asarlaridan tashkil topgan, bir necha operalar qismlarini 
sahnaga olib chiqib tomoshabinlar hukmiga havola qilgan. 1882 yilda Toshkent 
aholisi M.I.Glinkaning «Ivan Susanin», «Ruslan va Lyudmila», J.Verdining 
«Trubadur» operalaridan ayrim sahnalarni tinglab tomosha qilishga muvaffaq 
bo‘lganlar. 
Bunday 
chiqishlarning 
muvaffaqiyati 
asosan 
V.V.Leysek 
boshqargan orkestrning yuqori ijrochilik madaniyati sababli yuzaga kelgan. 
Musiqa jamiyatining ijodiy yuksalishi bilan birga uning turg‘unlik paytlari 
ham bo‘lgan. Shunday bir davrda bu tashkilotni mustahkamlash maqsadida 1895 
yili tashkilotning musiqa rahbarligi lavozimiga tajribali va talantli tashkilotchi 
V.I.Mixaylek
2
taklif qilinadi. Uning kelishi bilan jamiyatning faoliyati bir oz 
jonlanadi. Mixaylekning tashabbusi bilan gastrolga kelgan sozandalarning 
konsertlari keng targ‘ibot qilina boshlandi. Bu konsertlar asosan harbiy kengash 
zalida (hozirgi markaziy ofitserlar uyi) o‘tkazilar edi. Bundan tashqari 
1
Вызго Т. Развитие музыкального искусство Узбекистана и его связи с русской музыкой. M., 1970, 
с. 61. 
2
V.I.Mixaylek – mashhur chex dirijeri, violonchelchisi va kompozitori. U ko‘p yillar davomida Aleksandr 
va Marinskiy imperator teatrlarida dirijer bo‘lib ishlagan. 


25 
Mixaylekning uyida ham V.V.Karnaukov (klarnet), M.A.Nasibov (fleyta), 
Ye.A.Rijikova va O.A.Rijikovalar (skripka), Mixalekning o‘zi (violonchel), 
S.I.Vonsovska va V.A.Chenetskoy (fortepiano) hamda boshqalar ishtirokida 
kamer-cholg‘u kuylari yangrab turgan. 
XIX asrning 90-yillari Turkiston madaniy hayotidagi voqealardan biri 
Chex millatiga mansub Avstriyalik fleytachi, dirijer va kompozitor 
Adolf Tershak
1
va uning xotini fortepianochi M.Shullerning gastrol 
safarlari bo‘ldi. Bu konsertlarda viloyat kazak orkestrlari ham ishtirok etdilar. 
Konsertlarning dasturlari xilma-xil va salmoqli bo‘lib, o‘zida XIX asr g‘arbiy 
Ovro‘pa kompozitorlari asarlarini mujassam etgan edi. 
O‘sha konsertlardan birining dasturi: 
1. Zuppe – «Pikovaya dama» operasining uvertyurasi. 
2. A.Tershak – fleyta va fortepiano uchun mi minor konserti. 
Ijrochilar: fleyta A.Tershak, jo‘rnavoz M.Shuller. 
3. Reyneke torli cholg‘ular orkestri uchun «Shoh Manfred» operasidan
«Intermetsso», dirijer A.Tershak. 
4. A.Tershak – fleyta va fortepiano uchun «Rus rapsodiyasi», I qism 
«Introduksiya», II qism «Bulbul», III qism «Trepak» (final). 
5. A.Tershak – fortepiano va orkestr uchun do major konserti. Yakkaxon
M.Shuller, dirijer A.Tershak.
6. R.Vagner – «Tangeyzer» operasi mavzulariga fantaziya. M.Shuller 
ijrosida. 
7. A.Tershak – «Viziya» fortepiano va orkestr uchun. 
8. A.Tershak – torli cholg‘ular orkestri uchun «Alla». 
9. F.Mendelson – orkestr uchun moslangan «Harbiy qo‘shiq», dirijer 
A.Tershak. 
Tershakdek ko‘pqirrali ijrochining Turkiston o‘lkasi shaharlaridagi gastrol 
safarlari o‘lkada orkestr cholg‘ulari ijrochiligiga ta’sir ko‘rsatdi. Mahalliy 
aholining umumiy musiqa madaniyatini oshirishga hissa qo‘shdi. Auer 
maktabining namoyandasi bo‘lmish Yu.A.Shafferlingning konsertlaridagi 
chiqishlari o‘zining yuksak professionalizimi bilan ajralib turar edi. U keyingi 
hayotini ham Toshkentda qolib shu shahar bilan bog‘ladi. 1895-1898illardagi 
chiqishlari bilan Turkiston tinglovchilari esida qolgan ijrochilardan yana biri 
skripkachi – vunderkind Kosti Dumichevdir. 
XIX asrning 90-yillariga kelib mahalliy ziyoli va Turkiston o‘lkasi 
aholisining estetik ehtiyojlarini qondirishda quyidagi musiqiy-dramatik 
jamoalarning ahamiyati kattadir. 
Bular: Tiflis opera teatri tomonidan namoyish etilgan M.Glinkaning (Ivan 
Susanin) – «Shoh uchun tikilgan hayot», A.Rubenshteynning «Demon», 
1
Adolf Tershak (1832 yilda tug

.) - Yevropada «fleytachilar shohi» degan nomni olgan.


26 
E.Napravnikning «Dubrovskiy», J.Verdining «Rigoletto», Sh.Gunoning «Faust» 
sahna asarlarini keltirish mumkin.
1895-1899 yillari Ukrainaning musiqali-drama truppalarining kelishi ham 
yaxshi muvaffaqiyat qozondi. Shuningdek, Italiya opera teatrining gastrol 
safarlari haqidagi gazeta xabarlarida: Xitoy, Yaponiya, Avstriya va dunyoning 
boshqa 
mamlakatlarida 
muvaffaqiyatli 
konsertlar 
bergan. 
Istambul 
filarmoniyasida dirijer bo‘lib ishlagan. (Turkestanskie vedomosti 1896 g. 11 
fevral) sahna asarlarining yuksak badiiyligi, orkestr ijrosi haqidagi taqrizlar 
diqqatga sazovordir.
1898 yili Toshkenta «Lira» nomi bilan musiqa ixlosmandlarining xor 
to‘garagi tashkil qilinadi. Bu to‘garakning faol tashkilotchisi va rahbari 
V.V.Leysek edi. To‘garak o‘z oldiga musiqa kechalari va ertalabki simfonik 
konsertlarni tashkil qilishni vazifa qilib qo‘yadi. To‘garakning mashg‘ulotlari 
jamoatchilik kengashi binosida o‘tkazilar edi. 1898 yil noyabr oyida 
to‘garakning birinchi konserti qo‘yiladi. 
«Lira»ning konsert ijrochilik faoliyati izchil va salmoqli edi. Uning ko‘p 
qirrali konsertlari moddiy-muhtoj aholiga yordam berish uchun xayriya
konsertlari shaklida o‘tkazilgan. Bu konsertlarda o‘qchilar brigadasi orkestri 
sozandalari chiqishlar qilgan. Shunday konsertlardan birida yakkaxon ashulachi 
L.Leysek (soprano) va fleytachi P.Kroshkovlar ijrosida E.Napravnikning ovoz 
va fleyta uchun «Bulbul qo‘shig‘i» asarini ijro etishdi. «Lira» musiqa to‘garagi 
va musiqa jamiyati tinglovchilarni o‘zlariga jalb qilish bo‘yicha o‘zaro 
musobaqa qila boshladilar. Buning ba’zi salbiy natijalari ham sezildi.
Havaskorlik musiqa tashkilotlarining konsertlaridan tashqari o‘quv 
yurtlarining yakkaxon ijrochilari va jamoa (xor va orkestr)larning chiqishlari 
ham tashkil qilinar edi. Bu konsertlarda xorga V.V.Leysek va orkestrga 
Ya.B.Gordon rahbarlik qilar va yakkaxon sozanda sifatida damli cholg‘ular 
ijrochilari, o‘quvchilar va harbiy sozandalardan: fleytachilar Krijijanovskiy va 
Aranovich, valtornachi F.A.Kozlovskiy chiqishlar qilar edi. 
Shunday qilib inqilobdan oldingi davrda Toshkentda orkestr cholg‘ulari 
ko‘tarinki ruhdagi va taraqqiyparvar ziyolilarning tashabbuslari natijasida 
rivojlana boshladi. Bu borada damli cholg‘ularda o‘qitishga uringan musiqa 
to‘garaklari, musiqa jamiyatlari muhim tashkiliy rol o‘ynadi. Havaskor 
sozandalik o‘lkaning boshqa shaharlarida ham keng tarqala boshladi. Bunday 
musiqa jamiyatlaridan A.L.Bachinskiy rahbarligidagi Ashxobod musiqa 
jamiyati, 1891 yili yangi marg‘ilonda o‘z ichiga 100 kishiga yaqin qatnashchini 
birlashtirgan musiqa to‘garagi va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. 
Ushbu to‘garaklarning tashkilotchilari va faol rahbarlari erkaklar gimnaziyasi 
xori 
boshlig‘i 
S.I.Vigornitskiy, 
harbiy 
kapelmeyster 
A.F.Eyxgorn, 
G.I.Mixaylov
1
va A.I.Ivanovlar gimnaziya o‘quvchilarini jamiyat ishida faol 
qatnashishga jalb qilganlar.
1
G.I.Mixaylov 1874 yili Peterburg konservatoriyasini tamomlagandan keyin yangi Marg‘ilonga viloyat 
harbiy orkestri kapelmeysteri vazifasiga tayinlangan. 


27 
Shahar musiqiy hayotida A.Alekseev
1
, Parij konservatoriyasini tugatgan 
skripkachilardan Kalantarov, S.P.Melnikov, pianinochilar O.F.Melnikova va 
A.Chernilovskix hamda boshqalarning chiqishlari katta ahamiyat kasb etdi. 
Musiqa ixlosmandlari to‘garagining ko‘pgina a’zolari muallimlik faoliyati 
bilan ham shug‘ullanib, xoxlovchilarni ashula aytish va turli cholg‘ularda 
chalishga o‘rgatar edilar. Yangi Marg‘ilonda musiqa maktabi ochishga ancha 
urinishlar bo‘ldi, ammo mahalliy rahbarlar tomonidan qo‘llab-quvvatlash 
bo‘lmaganidan bu ish amalga oshmadi. 1898 yili yangi Marg‘ilonda qurilgan 
harbiy kengash binosi va unga tegishli bog‘da har kuni konsertlar o‘tkazilar, bu 
konsertlarning asosiy repertuari rus va g‘arbiy yevropa kompozitorlari 
asarlaridan, ba’zida esa kapelmeysterlar tomonidan o‘zbek kuylari asosida 
yaratilgan asarlardan tuzilar edi. Yangi Marg‘ilon mahalliy aholisi orasida 
A.F.Eyxgornning «Turkiston kengliklari bo‘ylab», «Samarqand xarobalari uzra 
oydin kecha», «O‘zbek xalq kuylari mavzulariga poppuri» va boshqa asarlari 
mashhur edi. 1894-1895 yillari o‘n bitta musiqa yig‘ilishlari bo‘lib, ularda 113 
cholg‘u asrlari, shu jumladan damli cholg‘ular uchun ham asarlar ijro qilingan. 
1895 yil noyabrida Yangi Marg‘ilon harbiy kengash zalida musiqa jamiyatining 
35 konserti bo‘lib o‘tdi. Shunisi diqqatga sazovorki, bu konsertda to‘garak 
orkestri tarkibida goboy cholg‘usi qo‘llanilgan. Shu kuni J.Verdining 
«Rigoletto», V.Bellinining «Norma» operasiga uvertyura va boshqa asarlar 
G.I.Mixalkov rahbarligida ijro qilingan.
2
Harbiy kapelmeysterlar tomonidan Ovropa klassik musiqasining targ‘ibot
qilinishi mahalliy yoshlarning rus va g‘arbiy Ovropa musiqa madaniyatiga 
bo‘lgan 
qiziqishlarini 
kuchaytirdi. 
Yu.Ergashev 
shunday 
eslaydi: 
– 
«Kapelmeyster G.I.Ivanov bir qancha mahalliy yoshlarni orkestrga jalb qilib 
ularni turli damli cholg‘ularda chalishni o‘rgatar edi. Ular orasida Umrzoq 
Qurbonov, To‘ychi Is’hoqov va boshqalar bor edi».
3
Samarqand 
shahrida 
inqilobdan 
oldingi 
Turkistonning 
boshqa 
shaharlariga o‘xshab harbiy damli cholg‘ular orkestrlari uzoq davrgacha yagona 
ko‘ngil ochish uchun chalinadigan musiqa turi edi. Samarqandning gubernatori 
haqiqiy musiqa ixlosmandi bo‘lib, harbiy orkestrlarning chiqishlarini taqdirlar 
va o‘z qaramog‘ida ham tantanalarda qatnashish uchun karnay, surnaylar va 
zarbli cholg‘ulardan tashkil topgan o‘zbek ansambllari ham bor edi. 
1891 yili Samarqandda musiqa-dramatik jamiyat tashkil qilinadi. U 
dastlab 50 nafar a’zodan iborat bo‘lib, uning tashkilotchisi va rahbari harbiy 
dirijer G.A.Podnyashel edi. U shaharda katta musiqiy-jamoatchilik ishlarni 
qo‘shiq va romans, cholg‘u asarlari, damli cholg‘ular orkestri konserti kabi 
kechalarni 
uyushtirardi. 
Bunday 
kechalar 
haqida 
B.M.Belskiy: 
– 
«G.A.Podnyashel rahbarlik qilgan orkestr har xil raqs musiqalari bilan 
birgalikda opera va simfonik asarlardan uning o‘zi tomonidan shu orkestrga 
1
A.Alekseev, keyinchalik RSFSRda xizmat ko‘rsatgan artist, Moskvadagi katta teatr yakkaxoni. 
2
Tуркестанский вестник, 1895 (80). 
3
M.Gulyaevning keksa harbiy dirijer Yu.Ergashev bilan suhbatidan. 


28 
moslashtirgan parchalar ijro qilar edi»
1
deb yozadi o‘zining «Damli aniqrog‘i 
jonli orkestr» maqolasida. 
Samarqand musiqa jamiyati mahalliy musiqa ixlosmandlari kuchi bilan 
har yili 10-15 dramatik spektakllar qo‘yar, va gastrolga kelgan jamoalar kuchi 
bilan 40-50 ta opera va dramalarni namoyish qilar edilar. Tomoshalarning 
ko‘pchiligi xayriya maqsadlarida uyushtirilar edi.Bunday tadbirlarning barchasi 
shahar madaniy hayotidagi jonlanishdan darak bergan. Samarqandda faol 
musiqiy-oqartuv ishlari olib borgan kapelmeysterlardan yana G.A.Maxan va 
K.O.Kandibalar ham o‘zbek musiqasi bilan juda qiziqishgan. 
XX asrning boshlariga kelib Ovro‘pa musiqasining ta’siri Buxoro 
amirligiga ham yetib bora boshladi. Amirning qaramog‘ida milliy harbiy damli 
cholg‘ular orkestri ham bo‘lib, uning tarkibida o‘zbek va tojik millatiga mansub 
sozandalar ham bor edi.
2
Shuningdek bu orkestr o‘zbek kuylaridan ham 
namunalar ijro etar va o‘sha davrning mashhur ovropacha marshlaridan 
«Triumfalniy marsh», «Italyanskiy marsh»larni ham chalardi. 
Bu davrga kelib Turkiston o‘lkasining barcha katta shaharlarida madaniy 
hayot ancha faollashdi. Musiqa san’atiga nisbatan ijtimoiy qiziqish kuchaydi. 
Bunday qiziqishning kuchayishi va musiqaning demokratlashuvida oktabr 
to‘ntarishidan oldingi Turkistonda ko‘p sonli harbiy damli cholg‘ular orkestrlari, 
musiqa jamiyatlari uncha professional bo‘lmagan simfonik orkestrlar, 
professional yakkaxonlar, kamer-cholg‘u orkestrlari va boshqa ijrochilar 
faoliyati juda muhim rol o‘ynagan. 
XIX-XX asrlar G‘arbdagi inqilobiy harkatlarni Sharqqa ko‘chirish davri 
bo‘lib, bunda o‘lkaning shahar va qishloqlarida madaniy jonlanish, asta-sekin 
ko‘zga tashlana boshladi. Bu davrda Toshkent musiqa san’ati rivojlana 
boshlagan shaharlardan biriga aylandi. 1904 yili «Simfonik va kamer musiqa 
ixlosmandlari» jamiyati tuziladi. Bu jamiyatning tashkilotchisi va badiiy 
tashabbuskori V.I.Mixaylek bo‘lib, u o‘z faoliyatini havaskor ijrochilarga 
musiqa adabiyotining eng yorqin namunalarini o‘rgatish va ularni to‘laqonli ijro 
qilishga qaratdi. Mazkur to‘garak 30 kishilik simfonik orkestrdan tashkil topgan 
bo‘lib, uning eng kuchli sozandalari torli cholg‘ular ijrochilaridan Fisher, 
Mironov, Teleshov, Krutik va boshqalar hisoblangan. Bu orkestr harbiy kengash 
binosidan tashqari temiryo‘lchilar ustaxonalari, meva quritish korxonasi, vokzal 
binosi, oshxona va boshqa joylarda chiqishlar qilar edilar. Bunday chiqishlar shu 
davrdagi siyosiy sharoitda ma’rifiy targ‘ibotni rivojlantirish va xalqni musiqa 
san’atiga yaqinlashtirish maqsadini o‘z oldiga qo‘yar edi. Bunday konsertlarni 
sharhlab, «Turkiston axboroti» (Turkestanskie vedomosti) gazetasi quyidagi 
mazmunda yozgan edi: «Toshkent ashulachilari, pianinochilari, skripkachilari 
nega xalq uyi estradasida chiqib o‘z san’atlarini namoyish qilmaydilar, nima 
uchun o‘z talantlarining uchqunlari bilan xalq ommasining nafis tuyg‘ularini 
1
Бельский Б.М. «Духовой, а вернее – душевный оркестр» (Духовой оркестр в истории музыкальной 
культуры Самарканда), Самарканд, 1983, с.5. 
2
Tуркестанский вестник, 1895 (87). 


29 
uyg‘otmaydilar, ularning konsert joylari ishchilar, hunarmandlar ichidadir. Hech 
bo‘lmasa ularning chiqishlari ziyolinamo temir-yo‘l ishchilarini, orkestr va xor 
san’atini yoqtiruvchi jamoasi orasida bo‘lmog‘i kerak».
1
Yangi to‘garak oldingi musiqa ixlosmandlari jamoalaridan farqli o‘laroq, 
o‘z oldiga ma’rifiy faoliyatni jonlantirishni maqsad qilib qo‘ydi va 1906 
yilgacha davom qildi. Bu davr ichida M.I.Glinkaning «Ivan Susanin», «Ruslan 
va Lyudmila» operalarining uvertyuralari, Chaykovskiyning «1812 yil», 
«Italyan kaprichchiosi», «Shelkunchik» baletidan syuitasi, F.Medelsonning 
«Shotland simfoniya»si, «Fingal g‘ori», E.Grigning fortepiano va orkestr uchun 
konserti, shuningdek Shuman, Guno, Vagnerlarning ko‘pgina simfonik asarlari, 
Motsart, Chaykovskiy, Arenskiyning kvartet, kvintet va boshqa kamer cholg‘u 
asarlari ijro qilinar va bunday chiqishlarda havaskor skripkachi Karnilovich ham 
qatnashar edi. 
1905 yili Toshkentda yangi havaskorlik jamoasi «Musiqali drama san’ati 
to‘garagi» tashkil qilinadi va 1907 yilga kelib to‘liq shakllanadi. Bu to‘garak 
orkestri shahar bog‘ida va boshqa jamoat joylarida konsertlar berar edi. 
To‘garakning 
faol 
a’zolari 
V.I.Mixaylek, 
N.N.Mironov, 
V.V.Leysek, 
V.F.Sakovich, F.I.Vinejev, N.I.Felitsant, I.F.Tereek va boshqalardan tashkil 
topgan edi. To‘garak orkestrining repertuarida Shubertning yakunlanmagan 
simfoniyasi, 
Rossinining 
«Vilgelm 
Tel» 
operasining 
uvertyurasi, 
Mendelsonning kvartetlari va boshqa asarlar bor edi. 
1913 yili V.I.Mixaylek filarmoniya jamiyati tashkil qilish maqsadida 
simfonik orkestrga sozandalar jamladi. Bu orkestr klassik musiqaning eng 
yaxshi va yangi asarlarini o‘rganish hamda targ‘ibot qilishni o‘z oldiga maqsad 
qilib qo‘yadi. Uning repertuarida Chaykovskiyning «Mazepa» operasidan 
«Poltava jangi», «Oqqush ko‘li» baletidan syuita, Shubertning simfoniyalari va 
boshqa asarlar joy olgan edi. Ammo bu jiddiy ishni rivojlantirish havaskor 
sozandalarni orkestrga tobora qatnamay qo‘yishlari natijasida 1915 yili tarqalib 
ketadi. 
Toshkentning madaniy hayotida esda qolarli voqealardan biri Uzair 
Hojibekov rahbarligidagi Ozarbayjon opera teatrining gastrolga kelishi bo‘ldi 3. 
Mahalliy aholi o‘rtasida U.Hojibekovning «Arshin mololon» komik operasi juda 
qizg‘in kutib olindi, chunki bu opera mazmuni musulmon urf-odatlari va 
mayishiy hayot tarziga asoslanganligi sababli keyinchalik ham u sahnalardan 
tushmay kelgan. Unda jamiyatdagi ba’zi bir illatlar ustidan kulib, Ozarbayjon 
xotin-qizlarining erki va ozodligi kuylangan. Opera musiqasining xalqchil 
xarakteri, xalq oshuqlari ohanglarining jaranglab turishi bilan mahalliy aholi 
dilidan joy olgan edi. 
1910 yilga kelib Farg‘onada N.Rimskiy-Korsakovning «Snegurochka», 
1913 yili M.I.Glinkaning «Ivan Susanin» va boshqa mashhur operalardan 
sahnalar qo‘yildi. Bu tadbirlarda harbiy orkestr sozandalari faol qatnashar edilar. 
1
Tуркестанский вестник, 1895 (98). 


30 
Turkistonda orkestr ijrochiligiga o‘zbek bastakori va dramaturgi Hamza 
Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) katta ahamiyat berdi. U Farg‘onada birinchi 
damli cholg‘ular orkestrini tashkil qildi. Orkestrning rahbari rus harbiy qal’asi 
orkestrining sozandasi I.G.Grigorev edi. Mazkur orkestrda M.Qori-Yoqubov 
ham tahsil ko‘ra boshladi. 
Oktabr to‘ntarishi arafasida Turkistonda harbiy orkestrlardan tashqari, 
havaskorlik damli cholg‘u orkestrlari ham faoliyat yurgiza boshlagan edi. 
Samarqand shahridagi yopiq o‘quv maskani hisoblangan va daromadli 
oilalarning qizlari tahsil ko‘radigan «Bokira qizlar» institutida ayollar damli 
cholg‘u 
orkestri 
tashkil 
qilingan 
edi. 
B.M.Belskiyning 
yozishicha:
«keksalarning aytishiga qaraganda oppoq uzun ko‘ylaklar kiygan va yaxshi 
chala oladigan qizlarning musiqalari kishida boshqacha kayfiyat hosil qilar 
edi».
1
1914 yilgi urushdan keyin O‘rta Osiyoning ba’zi shaharlariga ko‘plab 
harbiy asrlar olib kelingan. Ularning ichida talantli sozandalar, damli va torli 
cholg‘ular ijrochilari bor edi. Ular harbiy kapelmeysterlar bilan birgalikda 
Turkiston o‘lkasida damli cholg‘ular ijrochiligi rivojiga sezilarli ta’sir 
ko‘rsatdilar. A.L.Albrext rahbarligida harbiy asrlardan simfonik orkestr tuzildi. 
Ularning ichida chex, slovak, serb, xorvat va boshqa millat vakillari bo‘lgan. 
Simfonik musiqa targ‘iboti estafetasini V.I.Mixalek, V.V.Leysek va 
A.L.Albrextdan keyin 1917 yildan 1920 yilgacha F.F.Sidlyachek davom ettirdi.
Klassik musiqa konsertlarini tashkil qilish ancha mushkul bo‘lib, o‘sha 
paytda omma orasida asosan ko‘ngil ochar yengil musiqalar keng o‘rin tutar edi. 
Toshkentdagi «Xiva» kinoteatrida ham kichik simfonik orkestr tashkil qilingan 
bo‘lib, bu orkestrda skripkachi N.Felitsiant, violonchelchi V.Popov, 
kontrabaschi I.Grigorev va boshqalar bor edi.
Ayniqsa Vasiliy Nikolaevich Popovning Turkistondagi faoliyati diqqatga 
sazovordir. U Peterburg konservatoriyasini A.V.Verjibiovich sinfi bo‘yicha 
tugatgan bo‘lib, uning ijodi yuqori ijro madaniyati va benazir cholg‘u ijrochiligi 
o‘zi taxsil ko‘rgan maktabiga xos edi.
Ko‘pgina sozandalar o‘z cholg‘ularini o‘rgatish uchun yoshlardan 
o‘zlariga shogirdlar qabul qilganlar. Lekin chalish uchun ularda cholg‘u asbobi 
bo‘lmaganligidan sozandalar o‘zlari shu yerda o‘sadigan tut va nok 
daraxtlaridan skripka va violonchel asboblarini yasaganlar. Bu cholg‘ularni 
yaqin oragacha uchratish mumkin edi. 
Turkiston o‘lkasida torli cholg‘ularda chalishda talantli Belgiya 
skripkachisi Korin Koren yorqin iz qoldirdi. U mashhur professorlar Ioaxim
Izai va Shevchiklardan darslar olgan. Uning sehrli cholg‘usi Yevropaning 
ko‘pchilik konsert zallarida yangragan. K.Korenning keng repertuaridan Bax, 
Gendel, Sarasate, Motsart, Chaykovskiy, Venyavskiy, Paganini, Kreysler va 
1
Бельский Б.М. «Духовой, а вернее – душевный оркестр» (Духовой оркестр в истории музыкальной 
культуры Самарканда), Самарканд, 1983, с.6. 


31 
boshqa ko‘pgina kompozitorlarning asarlari o‘rin olgan edi. U Toshkentda 
birinchi marta Motsart va Betxovenlarning mashhur konsertlarini ijro qildi. 
Unga jo‘rnavoz sifatida fortepianoda S.Ya.Vonsovskaya, L.A.Shvars va 
violonchelchi R.Bukovetslar hamkorlik qildilar.
Shaharning konsert hayotida faol qatnashgan sozandalardan dirijer va 
skripkachi A.A.Chernyavskiy Toshkentga 1912 yili ko‘chib kelganlardan.
A.S.Kutitanskiy 1913 yildan ko‘pgina konsertlarda yakkaxon skripkachi, 
ansambl ijrochisi sifatida qatnashib kelgan. Bulardan tashqari Turkistonda 
Rumin sozandalaridan skripkachi Marinesku va violonchelchi Chaban hamda 
boshqalar xizmat qilganlar. Skripkachi M.G.Erdenkoning konsert gastrollari 
ham tinglovchilarda katta ta’ssurot qoldirdi. 
Rus ziyolilarining ilg‘or vakillaridan bo‘lmish talantli sozandalardan 
A.F.Eyxgorn, V.V.Leysek, N.N.Mironov va boshqalar O‘zbekiston musiqa 
madaniyati rivojiga o‘zlarining badiiy madaniy-oqartuv faoliyatlari bilan keng 
zamin yaratdilar. 
Orkestr cholg‘ularida muntazam va chuqur professional ravishda 
o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, oktabr to‘ntarishidan keyin yo‘lga qo‘yila boshlandi 
va bu ish birin-ketin o‘quv yurtlarining ochilishi bilan amalga oshirildi. 

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish