Microsoft Word Ўзбекистонда дамли ва зарбли чолғулар ижрочилиги тарихи doc



Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana20.12.2022
Hajmi1,28 Mb.
#891922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Cholg\'u tarixi

I Q I S M
 
K I R I SH 
O‘zbekistonda damli va zarbli cholg‘ular ijrochiligi tarixi kursining 
maqsad va vazifalari shundan iboratki, bu fan keng qamrovli, dunyoqarashi 
rivojlangan sozanda mutaxassislarga nazariy va tarixiy bilimlarni yanada 
chuqurroq egallashga yordam beradi.
Kitobda damli cholg‘ular ijrochiligi rivojining tarixiy shart-sharoitlari, 
ularning kelib chiqishi to‘g‘risidagi afsona va rivoyatlar, rivojlanish 
qonuniyatlari, harbiy va maishiy xizmatlarda foydalanilishi, turlari, mehtarlar 
guruhlari, sulolalar va mohir ijrochilari to‘g‘risidagi mavzular ochib berishga 
harakat qilinadi. 
Sharq xalqlari damli cholg‘ular ijrochiligi san’ati o‘z taraqqiyotida ko‘p 
asrlik an’analarni meros qilib olgan bo‘lib, unda asosan an’anaviy ustoz-shogird 
uslublari keng rivojlangan. Ya’ni bu an’ana ustozdan-shogirdga, otadan-o‘g‘ilga 
asrlar davomida og‘zaki yo‘l bilan o‘tib kelgan. Shu bois ba’zi cholg‘ularni 
kelib chiqish tarixi haqidagi yozma ma’lumotlar kam uchraydi. Ammo ularning 
paydo bo‘lishi bilan bog‘liq rivoyatlar hozirgacha yetib kelgan. Shulardan biri 
«Mehtarlik risolasi»
1
bo‘lib, unda rivoyat qilinishicha (bu risola mazmunini 
keksa ustoz baxshilardan biri Tursun baxshi Jumaniyozov quyidagicha hikoya 
qiladi): Olloh-taolo Odam ato tanasini loydan yasagandan keyin, elchi farishta 
hazrati Jabroyil, olamni harakatlantiruvchi farishta hazrati Mikoyil, oxiratda 
karnay (sur) chaluvchi farishta hazrati Isrofil, jon oluvchi farishta hazrati 
Azroilga vujudga jon kirgizishni topshirgan ekanlar.
Odam ichining qorong‘u zimistonligidan jon u yerga kirishdan bosh 
tortadi. Farishtalar ko‘p va xo‘p o‘ylashib, oxiri jonni antiqa yo‘l bilan odam 
vujudiga kiritishga qaror qilibdilar. Ular jannatdan «dup» (Tursun baxshi tut deb 
ta’riflaydi) yog‘ochini olib chiqib, tanbur, dutor, nay (ba’zi manbalarda surnay 
va boshqa damli cholg‘ular) va g‘ijjak cholg‘ularini yasabdilar, lekin qancha 
urinishmasin ulardan tovush chiqara olishmabdi. Farishtalar charchab uxlab 
qolishibdi. Ularning hatti-harakatini narida kuzatib turgan Shayton alayhulanna 
(lanatlangan) bari-bir men aralashmasam hech ish chiqmas ekan deb tanbur, 
dutor va g‘ijjaklarning quloqlaridan pastiga bir donadan cho‘p qistirib, nayning 
teshiklari yonidan bir teshik ochadiki, «shayton xarrak» va «shayton teshik» 
iboralari ana shundan qolgan. Bir payt to‘rttala farishta uyg‘onib qarashsa, 
cholg‘ular qo‘l tekkizishga mahtal bo‘lib jaranglab turgan emish. 
Shundan keyin hazrati Jabroyil latif nag‘ma o‘ylab topadi va uni 
farishtalar bilan jo‘rlikda chalib, jonni Odam ato vujudiga kiritgan ekanlar. 
Ushbu voqe’adan keyin nag‘ma va cholg‘ularning piru-ustozi hazrati Jabroyil 
(xristianlarda arxiangel Gavriil) hisoblangan. Shuningdek, temirchilar piri 
1
Mehtar - forscha boshliq, zobit. B.Matyoqubov. «Xorazm doston ijrochiligining zarxat sahifalari. Xorazm, 
1999, 11 b. 



hazrati Dovud, uning har bolg‘a urishidan yangi nag‘ma paydo bo‘lar va 360 
nag‘masi borligi ta’riflanadi. Nafasi o‘liklarga jon bag‘ishlovchi hazrati Iso, 
ezgu ishlarni amalga oshiruvchi va adolatparvar kishilar xomiysi Xo‘jayi Xizir, 
yuqorida muborak nomlari keltirilganlardan tashqari, musulmon payg‘ambar va 
pirlardan Muhammad (s.a.v.) va uning choriyorlari Abu Bakr, Usmon, Umar, 
Ali (roziyallohu anhular), doston qahramonlari Jamshid, Rustam, Suxrob, Bobo 
Qo‘rqit, Oshig‘ Oydin pir, Go‘ro‘g‘li, Oshiq G‘arib va boshqa juda ko‘plab 
mo‘’tabar va tabarruk pirlar sozandalik va mehratlik hunari rivojini ta’minlar 
ekanlar. Shu sababdan ham ularga sig‘inish va piru-ustoz deb bilish mehtarlik 
risolasidagi og‘zaki ravishda muhrlangan qonun bo‘lib xizmat qilgan.
Turkman shoiri Mulla G‘oyib buni she’riy til bilan shunday ifodalaydi:
Soz bilan suhbatni yolg‘on demanglar, 
Odam ato paydo bo‘lg‘anda bordur. 
Hobil, Qobil onasining qorninda, 
Alar ham dunyog‘a galganda bordur. 
Shaytonni quvdilar jannat uyinnan, 
Har kim topar o‘z felinnan, xo‘yinnan. 
Xudo o‘zing saqla xazon suvinnan, 
No‘vni gamasina dushganda bordur. 
Mullalar jam bo‘lib topmadi dalil, 
Man sanga sig‘indim yo Rabbim Jalil. 
Ismoyil payg‘ambar, Ibrohim Xalil, 
Makka Madinani qurg‘anda bordur. 
Mullalar jam bo‘lib ketdilar hama, 
Xazoron demakni ma’nosi nima ? 
Podsho bo‘lib o‘tdi shohi Jam-jama, 
Dunyoning lazzatin totganda bordur. 
Bu dunyog‘a kimki galdi sarishta, 
Odam o‘g‘li har qaysisi har ishda. 
Xorud, Morud odli ikki farishta, 
Bobilning chohina tushganda bordur. 
Muhammad payg‘ambar din yo‘lin ochdi, 
Bilol azon aytdi kofirlar qochdi. 
Abu Bakr, Umar, Usmon yetishdi, 
Ali zulfiqorin cholg‘onda bordur. 



Igna uchun Iso osmonda qoldi, 
Iskandar Zulqarnayn dunyoni oldi. 
Musoning hassasi ajdaho bo‘ldi, 
Nasimiyning po‘stin so‘yg‘anda bordur. 
Hazrati Dovudning qirq o‘g‘li bo‘ldi, 
Manmanlik ayladi, barchasi o‘ldi. 
Qirq o‘g‘il o‘rniga bir o‘g‘il ko‘rdi, 
Dovudning qirq o‘g‘li o‘lganda bordur. 
Dog‘larning boshinnan getmas dumoni, 
Bir gun bo‘lar yaratganning farmoni. 
Ma’diy kelib olur yoxti jahonni, 
Ali yoqasinnan tutganda bordur. 
Mullo G‘oyib aytar, Xizirdur pirim, 
Pirim Shoyimardon Ali dastgirim. 
Sulton Suyun podsho Mir Alisherim, 
Dunyoning to‘zini tutganda bordur.
1
Bu she’rda mehtarlik risolasining asosiy nuqtalari ixcham tarzda bayon 
etilgan. 
Kishilik jamiyatining ibtidoiy davrlaridan boshlab qadimgi odam 
qadamlarining bir maromda yerga tashlanishi, ov yoki boshqa jamoa 
tadbirlaridagi takroriy harakatlardan, qo‘llarini-qo‘llariga, badaniga urishdan 
paydo bo‘luvchi sadolar, turli mehnat qurollari, buyumlar yoki toshlarning bir-
biriga tegishidan kelib chiqadigan ritmik tovushlar – urma cholg‘ularning 
vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. Shuningdek ritm-usul ibtidoiy inson 
hayotining markaziy unsuri bo‘lib, u jamoa faoliyatini birlashtiruvchi, uni 
borliq-tabiat va koinot bilan uyg‘unlashtiruvchi yagona vosita bo‘lgan.
Olimlarning taxminicha, ayollar kiyim tayyorlash uchun teriga ishlov 
berish jarayonida kundaga yopishgan va qurigan teri haqiqiy nog‘orasimon sas 
chiqarishi natijasida inson diqqatini jalb qilgan. Buning natijasida esa 
nog‘oralarning turli shakllari kelib chiqqan desa bo‘ladi. 
Shuningdek, puflab chalinadigan cholg‘ularni olib ko‘radigan bo‘lsak, 
ularning kelib chiqishi ham maishiy ehtiyojdan, ya’ni qadimgi odam qorin 
to‘yg‘azish uchun yerda yotgan ichi teshik suyakni so‘rib yoki iligini chiqarish 
uchun puflab ko‘radi. Bunda albatta xushtaksimon tovush hosil bo‘lgan. Yoki 
qurigan qamish shirasini so‘rish uchun shimib ko‘rgan paytda qamish 
po‘stlog‘ining ajralgan tilchalaridan birining nafas tegib tebranishi natijasida 
1
B.Matyoqubov. Soz bilan suhbatni yolg‘on demanglar // «O‘zbekiston Adabiyoti va san’ati», 1994, 3-son.



hosil bo‘lgan tovush insonda o‘sha materiallardan kelgusida cholg‘u asbobi 
yasalishiga olib kelgan hodisalar deb taxmin qilish mumkin. 
Ba’zi cholg‘ularning kelib chiqishiga doir bir qancha rivoyatlar ham juda 
qiziqarli bo‘lib, doyrani yaralishiga aloqadorida shunday hikoya qilinadi: 
Qadimda meshkobchilarni suv tashiydigan meshlarini tubiga suv solganda tekis 
tursin uchun gardish o‘rnatilgan bo‘lib, suvdan bo‘shagan chog‘da yoz kuni 
quyoshda terining qattiq qizishi natijasida u tarang tortilgan va barmoq bilan 
chalgan paytda doyrasimon sas chiqargan. Bu Toshkent doyrachilari orasida 
ustozdan-shogirdga o‘tib kelgan rivoyatlardan hisoblanadi. 

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish