DAMLI CHOLG‘ULAR ANSAMBLLARI UCHUN O‘ZBEKISTON
KOMPOZITORLARI ASARLARINING QISQACHA IZOHI
Jamoa bo‘lib chalish qadim-qadimdan barcha xalqlarda sozandalar uchun
odat sifatida shakllangan. Xususan ochiq havoda dasta (qo‘sh, ansambl) bo‘lib
damli va zarbli cholg‘ularda ijro qilish tinglovchiga zavq-shavq bag‘ishlagan.
Ovro‘pa damli cholg‘ularining ansambl ijrochiligi o‘ziga xos tarixiy va boy
an’analarga ega. Unga har-xil davrda yashab o‘tgan turli oqim va ijodiy
yo‘nalishlarga mansub kompozitorlar o‘z e’tiborini qaratganlar va asarlar
yozganlar.
O‘zbekistonda ayniqsa ikkinchi jahon urushidan keyin damli cholg‘ular
ansambl ijrochiligiga keng e’tibor berila boshlandi. O‘zbekiston kompozitorlari
opera, balet va boshqa yirik asarlar bilan birgalikda ansambllar uchun qator
asarlar ijod qildilar. Ularning ansamblga yozilgan asarlarini to‘plash va nashr
qilish ishlari saksoninchi yillarga kelib amalga osha boshladi.
Shulardan R.R.Safarovning O‘zbekiston kompozitorlarining damli
cholg‘ular ansambllari uchun asarlar to‘plamiga (Proizvedeniya kompozitorov
Uzbekistana dlya ansambley duxovix instrumentov. Partitura. Izd. G.Gulyam.
76
T.,1988.g) uch avlod kompozitorlari: B.Zeydman(1908-1981), B.Gienko (1917-
2000), G.Mushel (1908-1983), T.Qurbonov (1936-2002), A.Varelas (1950),
N.G‘iyosov (1956)larning asarlari kiritilgan. Bu kitobdagi kamer asarlarida
damli cholg‘ularning deyarli barchasi qamrab olingan.
Shulardan eng ko‘zga ko‘ringanlari G.Mushelning goboy, klarnet va fagot
uchun lya minor va si bemol major ikkita «Prelyudiya va fuga»laridir. Bunda
goboy, klarnet va fagot tovushlarining bir-biriga hamohang quyilib kelishida
tabiat manzaralari o‘ziga xos polifonik tilda bayon etiladi.
Yosh kompozitor N.G‘iyosovning fleyta, klarnet va fagot uchun yozilgan
«Trio» asari ham to‘plamga kiritilgan bo‘lib, u cholg‘u ijrochilaridan yuksak
virtuoz texnik mahorat talab etadi. A.Varelasning truba, ikkita valtorna va
trombon uchun «Piesa»si oddiy tilda yozilgan. U ansambl ijrochiligini endi
boshlovchi sozandalarga mo‘ljallangan.
B.Zeydmanning truba, ikkita valtorna va trombon uchun «Marsh»,
«Qo‘shiq», «Raqs» asarlari milliy ohanglar ta’sirida yozilgan. B.Gienko truba,
valtorna, trombon va tuba uchun «Prelyudiya», ikki truba, ikki valtorna, va ikki
trombon uchun «Raqs», ikki truba, ikki valtorna, ikki trombon va tuba uchun
«Romans», uch truba, ikki trombon va tuba uchun «Burleska» asarlarida mis
damli cholg‘ulari tovushlarining bir-biri bilan mutanosibligini turli tarkiblarda
qo‘llagan holda o‘ziga xos ansambllar yaratgan.
T.Qurbonov o‘zining truba, valtorna, trombon va litavra uchun yozilgan
«Rechitativ» asarida har bir sozanda oldiga o‘z cholg‘usida yuksak mahorat
bilan chalish talabini qo‘yadi. Asar zamonaviy uslubda yozilgan.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, uzoq yillardan buyon shu
dargohda kamer ansambli sinfi mashg‘ulotlarini olib borayotgan ustoz
V.L.Melkomini tomonidan O‘zbekiston kompozitorlarining yog‘och damli
cholg‘ular uchun yozgan kamer asarlari to‘plamidan (Kamernie proizvedeniya
kompozitorov Uzbekistana dlya derevyannix duxovix instrumentov. Rukopis.
1987 g. Lichniy arxiv V.L.Melkomini) bir qancha asarlar o‘rin olgan bo‘lib,
shulardan ko‘zga ko‘ringanlari G.A.Mushelning klarnet, fagot va fortepiano
uchun «Xoregrafik eskizlar» nomli asari mavzu jihatidan bir-biri bilan bog‘liq
to‘rtta eskizdan tashkil topgan izchil syuita tamoyillariga asoslangan, bunday
cholg‘ular tarkibi uchun yaratilgan yagona asardir. Asar polifonik tilda samimiy
his-hayajon tarzida o‘z mavzusining yangiligi va milliy ohanglarga boyligi bilan
ajralib turadi. Bu to‘plamga A.F.Kozlovskiyning fleyta, truba, alt va fortepiano
uchun «Piesa» kvarteti, fleyta, alt va fortepiano uchun «Intermetsso»si, fleyta,
klarnet va fortepiano uchun triosi, ikki klarnet va bas klarnet uchun «Fuga»lari
kiritilgan. Shuningdek, B.I.Zeydmanning fleyta, 2 ta goboy, 2 ta klarnet va fagot
uchun «Norim-norim va Ufar III» deb ataluvchi ikki piesasi, F.M.Yanov-
Yanovskiyning fleyta pikkolo, fleyta, goboy, 2 klarnet, fagot, 2 ta valtorna, truba
va trombon (o‘nta cholg‘u uchun) «Skerso»si, R.Abdullaevning fleyta, fagot va
fortepiano uchun «Trio»si, fleyta, goboy, klarnet va alt uchun re minor, fleyta,
goboy, klarnet va fagot uchun lya bemol major «Charxi Navo» kvartetlari, yosh
77
kompozitor Q.Hikmatovning fleyta, goboy, klarnet va fagot uchun kvarteti
shular jumlasidandir. Ayniqsa o‘tgan asrning 70-80-yillari konservatoriya
talabasi bo‘lgan iqtidorli klarnetchi S.Osmanovning fleyta, goboy, klarnet va
fagot uchun «Mushuk tovuqxonaga qanday tushib qoldi» (Kak koshka popala v
kuryatnik) kvarteti va to‘rtta klarnet hamda fleyta uchun «Elegiya» kvintetlari
yosh ijrochi, havaskor iqtidorli kompozitor tomonidan o‘zi yaratib talaba
do‘stlari bilan imtihonlarda ijro qilishib ommalashgan asarlari ushbu to‘plam
qo‘lyozmasidan o‘rin olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |