Microsoft Word Ўзбекистонда дамли ва зарбли чолғулар ижрочилиги тарихи doc



Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana20.12.2022
Hajmi1,28 Mb.
#891922
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Cholg\'u tarixi

Chapdan o‘ngga: V.Verigin, V.Melkomini, R.Safarov, B.Murtazoev, A.Malkeev,
P.Belyakov, Yu.Kachurin kafedrada imtihon payti (1986 yil). 
1986 yil 25-27 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari 
vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahrida damli cholg‘ular orkestrlari festivali 
o‘tkazildi. Bu festivalda oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari, turli ijodiy jamoalar 
va Respublikaning deyarli barcha viloyatlari musiqa va san’at bilim yurtlaridan
hammasi bo‘lib 15 ta orkestr qatnashdi. 
Toshkentga kelgan har bir orkestr jamoasining dasturi 25 aprel kuni 
shahar bog‘laridan birida konsert qo‘yishi va 26 aprel kuni shaharning katta 
ko‘chasi (hozirgi mustaqillik maydonidan beshyog‘ochdagi oldingi komsomol 
bog‘igacha) bo‘ylab marsh sadolari ostida orkestrlar yurishida qatnashishi kerak 
edi. Bu tadbir a’lo darajada bajarildi. Keyin har bir orkestr Komsomol (hozirgi 
Alisher Navoyi) bog‘idagi ochiq sahnada o‘z konsert dasturini namoyish qildi. 
Bu festivalda A.Qodiriy nomidagi madaniyat institutining talabalar orkestri 
birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va Moskvada bo‘lib o‘tadigan butunittifoq 
orkestrlar festivaliga yo‘llanma oldi (Dirijer va badiiy rahbar V.I.Rudenko). 
Ushbu festival to‘g‘risida keng axborot va lavhalar 28 aprel kuni Moskvaning 
«Vremya» dasturi bo‘yicha namoyish etildi. 
Bu davrda damli cholg‘ular rivojiga harbiy orkestrlar ham o‘z ulushini 
qo‘shganini 
e’tirof 
etish 
zarur. 
Orkestr 
dirijerlaridan 
V.Markelov, 
O.V.Lebedinskiy, V.I.Furmanov, R.M.Petrov, L.A.Royblat, P.L.Makarov, 
G.Terzyan kabi qator ustozlar Respublikamizda damli cholg‘ular orkestr 
ijrochiligiga va shogirdlar tayyorlash ishiga salmoqli hissa qo‘shganliklarini 
aytib o‘tish o‘rinli. 


67 
MUSTAQILLIK DAVRDA DAMLI CHOLG‘ULAR IJROCHILIGI 
1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston Respublikasi mustaqil deb e’lon 
qilingandan keyin barcha sohalar qatori musiqa san’atida ham o‘zgarishlar sodir 
bo‘la boshladi.
Ayniqsa O‘zbekistonlik yoshlarning Xalqaro tanlov va festivallarga endi 
oldingidek butunittifoq saralashlarida qatnashib emas balki, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
mustaqil mamlakat vakili sifatida ishtirok eta boshladilar. Bunday vakillardan 
biri 1992 yili Moskvada bo‘lib o‘tgan «Yangi nomlar» (Novie imena) xalqaro 
tanlovida klarnetchi Iskandar Murtazoev (B.M.Murtazoev sinfi) qatnashib g‘olib 
bo‘ldi va o‘sha jamg‘armaning stipendiyasiga munosib ko‘rildi. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq aniqrog‘i 1993 yili O‘zbekiston 
Prezidenti I.A.Karimovning «O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini taqdirlash chora-
tadbirlari to‘g’risida»gi farmoni Respublika va xalqaro tanlovlarda qatnashuvchi 
yoshlar soni va sifatini oshishiga katta turtki bo‘ldi. Shu farmonni qo‘llab 
quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 157 sonli Qarori chiqarildi va 
unga muvofiq xalqaro tanlov g‘oliblari (5 chi o‘ringacha) hamda Respublika 
tanlovi I o‘rin g‘oliblari oliy o‘quv yurtlariga test va ijodiy imtihonlarsiz kirish 
huquqiga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Mustaqillik yillarida Muxtor Ashrafiy va Muhiddin Qori Yoqubov 
nomidagi bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari o‘rtasida har uch 
yilda bir marta o‘tkaziladigan Respublika tanlovlariga ham katta e’tibor 
qaratildi. Ushbu tanlovlarning viloyat va Respublika turlari g‘oliblari o‘rta 
maxsus o‘quv yurtlariga imtihonlarsiz qabul qilinadigan bo‘ldi. Bularning 
barchasi iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularning mahoratini adolatli baholash 
maqsadida qilindi. 
M.Ashrafiy nomidagi tanlovda juda kam miqdorda bo‘lsa ham damli 
cholg‘ular o‘quvchilari qatnashmoqda. 
1994 yili Mirzo Ulug‘bek yili deb e’lon qilindi va Ulug‘bek jamg‘armasi 
tuzilib klarnetchi I.Murtazoev mazkur jamg‘armaning birinchi darajali 
mukofotiga sozovor bo‘ldi. Shuningdek u 1995 yili O‘zbekiston Prezidentining 
stipediyasiga ham loyiq deb topildi. 
Bu davrda konservatoriya damli va zarbli cholg‘ular kafedrasini 
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dotsent R.R.Safarov boshqardi. U o‘z 
davrida xalqaro tanlovlarga qatnashish imkoniyati tug‘ilib yo‘llar ochilganligi 
sababli talabalarni xalqaro tanlovlarga tayyorlash masalasida katta jonbozlik 
ko‘rsatdi. R.R.Safarov kafedraga rahbarlik qilgan davrda 1992 yili XII 
Respublika tanlovi va 1994 yili XIII Respublika tanlovlari o‘tkazildi. 
Mustaqillik davriga kelib uzoq va yaqin xorij atamalari paydo bo‘ldi va 
hamdo‘stlik davlatlarida o‘tkaziladigan tanlovlar ham xalqaro nomi bilan atala 
boshlandi. Shunday tanlovlardan biri 1994 yili Olma-Ota shahrida o‘tkazildi. Bu 
damli va zarbli cholg‘ular xalqaro tanlovida Toshkent davlat konservatoriyasi 
talabalari qatnashib ulardan: zarbli cholg‘ular ijrochilari A.Izmaylov I o‘rin, 


68 
O.Polvonov II o‘rin (T.Isakov sinfi), valtornachi B.Anuxin II o‘rin (R.Safarov 
sinfi), fleytachi E.Ablyakimov III o‘rin (A.Malkeev sinfi), trubachilar A.Verigin
III o‘rin (V.Verigin sinfi), I.Garifullin III o‘rin, B.Matniyazov (V.Po‘latov sinfi) 
tanlov diplomi bilan taqdirlandilar. Bu kafedraning katta yutuqlaridan biri edi 
albatta. 
Respublika tanlovlari xalqaro tanlovlarga zamin yaratuvchi birdan bir 
omil bo‘lib ularni darajasi va sifatiga katta e’tibor qaratilishi zarur edi. Kafedra 
jamoasi buni hisobga olgan holda tanlovda qatnashadigan har bir cholg‘u asbobi 
ijrochisining bosqichlar bo‘yicha umumiy va majburiy dasturini tuzib chiqar va 
buni muhokama qilgandan keyin vazirlikda tasdiqdan o‘tkazib joylarga tarqatilar 
edi. Bu an’ana hozirgi davrgacha saqlanib kelmoqda. Respublika tanlovlariga 
bunday talab qo‘yish tanlov nufuzini imkon qadar yuqori darajada saqlab turish
uchun qilingan. 
1997 yili XIV Respublika tanlovi Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Unda birnchi 
o‘rin g‘oliblari V.Uspenskiy nomidagi RO‘MMMI o‘quvchilari bo‘lib, ular: 
fleyta P.Dubrovin, E.Latipova (X.Isakov sinfi), goboychi B.Artikov 
(V.L.Melkomini sinfi), Klarnetchi S.Umarov (B.Salixov sinfi), fagotchi 
R.Nurgaliev (S.Qodirov sinfi), valtornachi I.Nazirov (R.R.Safarov sinfi), 
trubachi I.Karimullin (U.Abdullaev sinfi Hamza nomidagi musiqa bilim 
yurtidan), D.Pover (V.Verigin sinfi), zarbli cholg‘ular V.Korotkov (T.Isakov 
sinfi) va boshqalar g‘oliblikni qo‘lgan kiritdilar. 
1999 yili XV Respublika tanlovi Toshkentda o‘tkazildi. Bu tanlovda ham 
asosan V.Uspenskiy nomidagi RO‘MMMI o‘quvchilari tashabbusni qo‘ldan 
bermadilar. Fleyta bo‘yicha S.Zairova va T.Axrarov (A.Malkeev sinfi), goboy 
A.Chvanova va I.Perfileva (V.Melkomini sinfi), klarnet A.Galimzyanov, Yu. 
Pak (B.Salixov sinfi), M.Boymatov trubachi A.Terentev (U.Abdullaev sinfi, 
Hamza nomidagi musiqa bilim yurtidan), trombonchilar Sh.Karimqulov 
(J.Saburov sinfi), A.Vasilev (L.Urakova sinfi, H.A.Abdurasulov nomidagi 
Samarqand musiqa bilim yurtidan), tuba X.Serimbetov (J.Saburov sinfi), zarbli 
cholg‘ular A.Chernomor (I.T.G‘aniev sinfi), P.Molchanov (V.Bekmurzaev sinfi,
Bekobod musiqa bilim yurtidan) kabilar birinchi o‘rin g‘olibligini qo‘lga 
kiritdilar. 
1997 yildan boshlab konservatoriyaning damli va zarbli cholg‘ular 
kafedrasi mudiri lavozimida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor 
B.S.Salixov rahbarlik qilmoqda. U o‘quv yurtlarida klarnet sinfini olib borish 
bilan birgalikda 40 yilga yaqin O‘zbekiston milliy simfonik orkestri (oldingi 
filarmoniya simfonik orkestri)da konsertmeyster lavozimida ishlab kelmoqda. 
Bu davrda u kafedrani yangi pedagog kadrlar bilan to‘ldirishga harakat qildi. 
Kafedrada professor V.L.Melkomini goboy va ansambl sinfi, san’atshunoslik 
fanlari nomzodi, dotsent B.J.Matyoqubov «Ijrochilik san’ati tarixi», «Damli va 
zarbli cholg‘ularda o‘qitish uslubiyati» fanlarini olib bormoqda. Katta o‘qituvchi 
H.I.Isaqov fleyta sinfi, katta o‘qituvchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist 
A.X.Sayfullaev fleyta sinfi, katta o‘qituvchi R.M.Nigmatov orkestr sinfi, katta 


69 
o‘qituvchi X.S.Qodirov fagot sinfi, o‘qituvchi M.M.Vafoev valtorna sinfi, 
o‘qituvchi F.R.Abdullaev truba sinfi, katta o‘qituvchi J.S.Saburov trombon sinfi, 
katta o‘qituvchi M.Mirzakirov trombon sinfi, katta o‘qituvchi T.Yu.Fazilov tuba 
sinfi, katta o‘qituvchi A.M.Izmaylov zarbli cholg‘ular sinfi, o‘qituvchi 
S.G.Muhammadiev zarbli cholg‘ular sinflarida yoshlarga san’at sirlarini 
o‘rgatmoqdalar. 
1997 yilda Moskvada yosh damli cholg‘ular ijrochilarining xalqaro 
tanlovi o‘tkazildi. Unda dunyoning ko‘pgina mamlakatlaridan sozandalar 
qatnashib o‘z san’atlarini namoyish etdilar. Ushbu nufuzli tanlovda 
konservatoriya talabalaridan klarnetchi S.Cheremuxin (B.Salixov sinfi) va 
fagotchi R.Tolmachev (P.I.Belyakov sinfi)lar qatnashib tanlov diplomlari bilan 
taqdirlandilar. 
2000 yili Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan xalqaro tanlovda fleytachilar 
P.Dubrovin, D.Varelas va fagotchi V.Korobeynikovlar qatnashib faqat 
P.Dubrovin tanlovning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Shu yili Moskvada 
bo‘lib o‘tgan T.Dokshitser nomidagi III xalqaro trubachilar festivalida 
konservatoriya talabasi I.Karimullin qatnashish sharafiga muyassar bo‘ldi. 
2000 yili o‘tkazilgan xalqaro tanlovlar ichida O‘zbekiston uchun eng 
nufuzlisi Moskvada o‘tkazilgan mashhur ijrochi, pedagog S.V.Rozanov 
nomidagi klarnetchilarning birinchi xalqaro tanlovi alohida o‘rin tutadi. Unda 
konservatoriya talabasi S.Umarovning (B.S.Salixov sinfi) II o‘rinni egallashi 
O‘zbekiston sozandalarining katta yutuqlaridan biri bo‘ldi. 
2001 yili XVI Respublika tanlovi Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Bu tanlovda 
ham V.Uspenskiy nomidagi RO‘MMMI o‘quvchilari oldinda bo‘lib, klarnet 
S.Umarov (B.Salixov sinfi), fagot M.Jarikov (A.Abdumalikov sinfi) kabi 
o‘quvchilar birinchilikni qo‘lga kiritdilar. 
2003 yili Toshkentda o‘tkazilgan XVII Respublika tanlovida ham asosan 
V.Uspenskiy nomidagi RO‘MMMI o‘quvchilari g‘olib deb topildi. Bular 
goboychi I.Tiora (V.L.Melkomini sinfi), klarnetchilar S.Golovin(B.Salixov 
sinfi), G.Borisov (S.Antoshkin sinfi), fagot Ye.Kim (A.Abdumalikov sinfi), 
valtorna A.Egamov (R.Safarov sinfi), truba A.Kuzmin (A.Gadjiev sinfi Hamza 
nomidagi musiqa bilim yurtidan), trombon A.Toyshiev (J.Saburov sinfi) va 
boshqalar. 
2001 yili Qozog‘istonning Ostona shahrida damli va zarbli cholg‘u 
ijrochilarining xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent konservatoriyasi 
talabasi fleytachi P.Dubrovin III o‘rinni egalladi (X.Isakov sinfi). Shu yili 
Rossiyaning Tolyatti shahrida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda konservatoriya 
talabalari klarnetchi A.Galimzyanov (B.Salixov sinfi), zarbli cholg‘ular ijrochisi 
P.Molchanovlar (A.M.Izmaylov sinfi) tanlov diplomlariga sazovor bo‘lishdi. 
2002 yilda Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tkazilgan damli va zarbli 
cholg‘u ijrochilarining xalqaro tanlovida Toshkent konservatoriyasi talabasi 
trubachi I.Karimullin II o‘rinni egalladi (B.Matniyazov sinfi). 


70 
2003 yilga kelib Respublikadagi barcha o‘rta maxsus o‘quv yurtlari 
qatorida musiqa va san’at bilim yurtlari ham uch yillik kollejlarga aylantirildi va 
o‘quvchilarga beriladigan stipendiya tugatildi. Bunday yechim bir tomondan 
o‘quvchilarni vaqtdan samarali foydalanishga undasa, ikkinchi tomondan 
boshqa mutaxassisliklar qatori kollejlarni bitkazuvchi kadrlar sifatiga katta putur 
yetkaza boshladi. Buni o‘tkazilayotgan Respublika tanlovlaridan ham bilish 
mumkin edi. Ya’ni Akademik litseylarga aylantirilgan oldingi 11 yillik maxsus 
musiqa maktablari (V.Uspenskiy, R.Glier nomidagi va boshqalar) o‘quvchilarni 
mutaxassislikka 12 yil o‘qitsalar kollejlar o‘z o‘quvchilarini uch yil ichida 
Respublika tanlovlariga litseychilarga tenglashtirgan holda olib chiqishi zarur 
bo‘lib qoldi. Shuning uchun ham yuqorida ko‘rinib turganidek keyingi yillarda 
Respublika tanlovlarida asosan Akademik litsey (xususan V.Uspenskiy 
nomidagi litsey) o‘quvchilari sifati yuqori deb topilib g‘oliblikni qo‘lga 
kiritishlari fikrimizning dalilidir. 
Bozor iqtisodiyoti tufayli viloyat teatrlarining ahvoli, ularda orkestrlarga 
zarurat yo‘qligi, bolalar musiqa va san’at maktablariga ota-onalar tomonidan 
to‘lanadigan pul badallarini birdaniga oshib ketishi natijasida bu mutaxassislikka 
qatnaydigan o‘quvchilar ham deyarli butunlay to‘xtab qolganligi bois 
viloyatlardagi musiqa va san’at kollejlarida ham damli va zarbli cholg‘ular 
mutaxassisligini tugatgan kadrlarga ehtiyoj yo‘q darajada bo‘lib qoldi. Shunga 
qaramay to‘qqizinchi sinfni tugatgan o‘quvchilar soni ko‘paygani sari, ayniqsa 
2006 yilga kelib 10-11 sinflarni tugatilishi natijasida kollejlarga hech qanday 
tanlovlarsiz o‘quvchilarni majburiy qabul qilish amalga oshirila boshlandi. 
(Bunda hatto boshlang‘ich musiqa ma’lumoti ham hisobga olinmadi. Chunki 
o‘qishga jalb qilinmagan to‘qqizni bitkazgan bola o‘quv yurtlaridan chetda 
qolishi mumkin emas edi.) Buning natijasida kollej va litseylarni bitiruvchilar 
soni ancha oshib sifati esa pasayib ketdi va ularni ish bilan ta’minlash 
muammoga aylandi. 
Bunday ahvolni qisman o‘nglash maqsadida H.H.Niyoziy nomidagi 
Respublika musiqa kolleji qoshida to‘lovli bolalar musiqa maktabi tashkil etilib 
u o‘z bag‘riga 200 dan ortiq o‘quvchini sig‘dirdi va pedagogik amaliyot darslari 
shu maktab o‘quvchilari hisobiga amalga oshiriladigan bo‘ldi. Bu tashabbus 
viloyatlardagi boshqa kollejlarda ham tajribadan o‘tkazilmoqda. 
Kollejning damli cholg‘ular bo‘limini O‘zbekiston Respublikasi san’at 
arbobi, Kompozitorlar uyushmasining a’zosi R.M.Petrov boshqarmoqda. 
Bo‘limda G.Qurbanova fleyta sinfi, R.I.Hakimbaev goboy, B.Matyoqubov va 
J.Rajabov klarnet, I.Azarenko saksofon, R.I.Ibragimov va Yu.Maksimov 
valtorna, A.A.Gadjiev va Ye.Perjanovskiy truba, M.Mirzakirov trombon va 
tuba, V.Bekmurzaev va V.Korotkov zarbli cholg‘ular sinflarini olib 
bormoqdalar. 
V.A.Uspenskiy nomidagi oldingi 11 yillik RO‘MMMI ham RMMAL 
ya’ni Respublika mahsus musiqa akademik litseyiga aylantirildi. Endi unga 
kirgan o‘quvchilar 9 sinfgacha maktab tizimida va undan keyin uch yil litsey 


71 
tizimida, hammasi bo‘lib 12 yil ta’lim oladigan bo‘lishdi. U Respublikada 
fortepiano, torli cholg‘ular, damli va zarbli cholg‘ular bo‘yicha ijrochi 
sozandalarni tayyorlashda yetakchi o‘rindagi o‘quv dargohlaridan hisoblanadi. 
Bu yerda tajribali pedagoglar bilan bir qatorda yosh iste’dodli o‘qituvchilar ham 
mehnat qilmoqda. Ushbu litsey damli cholg‘ular bo‘limini bosh o‘qituvchi 
J.S.Soburov boshqarmoqda hamda trombon va tuba sinflarini olib bormoqda, 
fleyta sinfini A.Sayfullaev, M.Matchonova, S.Zairova, goboy V.Melkomini, 
R.Rixsiev, klarnet B.Salixov, S.V.Antoshkin, fagot A.Abdumalikov, valtorna 
M.Vafoev, truba Sh.Mardaliev, zarbli cholg‘ular sinflarida I.T.G‘aniev kabi 
mohir pedagoglar yoshlarga saboq bermoqdalar. 
Shuningdek R.Glier nomidagi Akademik litseyda ham damli va zarbli 
cholg‘ular bo‘limi mavjud bo‘lib, unda V.T.Kazakov bo‘lim boshlig‘i va 
trombon sinfini olib bormoqda, X.Yusupov fleyta, R.M.Nigmatov goboy, 
D.B.Godes klarnet, B.Ismanov fagot, Yu.Ya.Niyozov valtorna, S.A.Mazitov 
truba, O.V.Dinnik truba, Z.Abdullaev, F.Nosirov zarbli cholg‘ular sinflarida 
yoshlarga san’at sirlarini o‘rgatmoqdalar. 
Mustaqillikni o‘n yilligiga kelib musiqa san’atiga hukumatimiz 
tomonidan berilayotgan e’tibor O‘zbekiston davlat konservatoriyasi yangi 
muhtasham binosining qurib topshirilishi, Navoiy shahrida 900 o‘ringa 
mo‘ljallab qurilib ishga tushirilgan madaniyat va san’at kolleji hamda qayta 
qurilayotgan va tamirlanayotgan boshqa ko‘plab kollej va litsey binolarida o‘z 
aksini topgan desa bo‘ladi. Shu bilan birga mustaqillik sharofati tufayli kollej va 
Akademik litseylarning moddiy texnika negizlari yanada mustahkamlanmoqda. 
Yaponiyaning «YAMAHA» va boshqa chet el firmalarining qimmatbaho 
zamonaviy cholg‘ulari hamda jihozlari bilan ta’minlanganligi va bunga davlat 
tomonidan juda katta mablag‘ sarflanayotganligi fikrimizning dalilidir.
Hozirgi davrda jahon andozalariga mos o‘quv rejalari, dasturlar, 
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va uslubiy adabiyotlar yaratildi va yaratilmoqda. 
Buning natijasida ko‘pchilik yoshlarimiz xalqaro tanlovlarda mustaqil 
O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqdalar. Bularning barchasi mustaqilligimiz 
sharofatidan ekanligi shubhasizdir. 
O‘zbekiston hukumati va shaxsan Respublika Prezidenti I.A.Karimovning 
musiqa san’atiga e’tibori va g‘amxo‘rligi, ayniqsa O‘zbekiston davlat 
konservatoriyasining muhtasham binosi qurilib foydalanishga topshirilgandan 
keyin va yangi bino zamonaviy chet el qimmatbaho cholg‘u asboblari hamda 
jihozlari bilan ta’minlangandan so‘ng unda ta’lim oladigan har bir talaba va 
ishlaydigan professor o‘qituvchi uchun katta ma’suliyat hissini paydo qildi. 
Natijada Respublika va xalqaro tanlovlariga yanada qunt bilan tayyorgarlik jadal 
sur’atlarda davom etdi.2004 yili Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tkazilgan 
damli va zarbli cholg‘u ijrochilarining xalqaro tanlovida Toshkent 
konservatoriyasi talabalaridan zarbli cholg‘ular ijrochilari A.Kabdurahmanov, 
U.Maxmudov, S.Borisevichlarning uchalasiga ham ansambl ijrochiligi bo‘yicha 
III o‘rin nasib qildi. Shu yili Polshaning Varshava shahrida o‘tkazilgan xalqaro 


72 
tanlovda zarbli cholg‘ular ijrochisi A.Kabdurahmanov IV o‘rinni egalladi. 
Bunday tanlov Ostonada 2005 yili ham o‘tkazildi va unda konservatoriya 
talabasi trubachi S.Qosimov qatnashib tanlov diplomiga sazovor bo‘ldi. 
2005 yiligi Respublika tanlovi Toshkentda o‘tkazildi va bunda fleytachi 
A.Sorokoletova (V.V.Yakovleva sinfi), goboy N.Adilov (internat), klarnet 
D.Babin (B.Salixov sinfi), fagot D.Sultanbekov (A.Abdumalikov sinfi), valtorna 
D.Petrunin (M.Vafoev sinfi), zarbli cholg‘ular J.Rixsiev (I.T.G‘aniev sinfi) 
kabilar birinchi o‘rin g‘olibi deb topildilar.Yuqorida ko‘rib chiqqanimizdek XX 
asrning 70-80-yillarida xalqaro tanlovlarda ko‘pincha konservatoriyani tugatgan 
va ijodiy jamoalarda faoliyat ko‘rsatayotgan mis damli cholg‘ular ijrochilari 
qatnashgan va bir muncha muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsalar, XXI asrga kelib 
asosan barcha turdagi damli va zarbli cholg‘ular ijrochilari va ayniqsa 
konservatoriya talabalari va hatto V.Uspenskiy nomidagi Akademik litsey 
o‘quvchilari ishtirokini ko‘ramiz. Bundan ijrochilar tobora yasharib borayotir 
degan xulosaga kelish mumkin. Buning dalili sifatida mustaqillik sharofati bilan 
O‘zbekistonlik yosh ijrochilarning xalqaro miqyosdagi tanlovlarda qatnashishi 
va ularda g‘oliblikni qo‘lga kiritishlari. 2001 yili «O‘zbekiston» nashriyoti 
tomonidan nashr etilgan «XXI asr: Istiqbolimiz timsollari» va 2002 yili chop 
qilingan «Istiqlol g‘unchalari» kitoblarida xalqaro tanlovlar g‘oliblari 
klarnetchilar Iskandar Murtazaev (B.Murtazaev sinfi) va Stanislav Umarov 
(B.Salixov sinfi)larning rasmlari bilan hayoti va ijodlari aks etgan. 
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi mustaqillik yillarida madaniyat va 
san’at sohasida chet ellar bilan ijodiy aloqalarni yanada mustahkamladi. Musiqiy 
ijrochilik yo‘nalishi bo‘yicha xorijdan kelgan talabalar fortepiano, akademik 
xonandalik, kompozitorlik, an’anaviy xonandalik, damli cholg‘ular va boshqa 
mutaxassisliklari 
bo‘yicha 
konservatoriyaning 
yetakchi 
professor-
o‘qituvchilarida tahsil olmoqdalar. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, damli va zarbli cholg‘ular ijrochilik 
san’atini rivojlantirishda ko‘pgina sozandalar o‘zlarining katta hissasini 
qo‘shdilar. Natijada ularning mehnati inobatga olinib hukumatimiz tomonidan 
munosib taqdirlandilar va O‘zbekiston musiqiy ijrochiligida yetakchi 
san’atkorlar qatoridan o‘rin egalladilar. Bu ustoz sozandalar nomlarini keltirib 
o‘tamiz. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar: Usmon Rizaqulov (klarnet), 
professor, 
Vasiliy 
Fedorovich 
Po‘latov 
(truba), 
professor, 
Arkadiy 
Veniaminovich Malkeev (fleyta), professor, Radik Rashidovich Safarov 
(valtorna), professor, Bahodir Sobirovich Salixov (klarnet), professor, Boris 
Naumovich Gusakov (goboy), Ivan Ivanovich Yesin (klarnet), Avanes 
Asaturovich Karakadaev (fleyta), Petr Ivanovich Belyakov (fagot), Gennadiy 
Konstantinovich Vergilesov (trombon), Viktor Aleksandrovich Verigin (truba), 
Obid Mirzaev (valtorna), Rustem Mametovich Ibragimov (goboy), Ibragim 
Rashidov (trombon), Yunus Alievich Gulzarov (klarnet-saksofon), Alisher 
Hamidullaevich Sayfullaev (fleyta), Nodir Saliev (klarnet), O‘zbekistonda 


73 
xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, professor Vitaliy Livovich Melkomini 
(goboy) kabi ustozlar shular jumlasidandir. 

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish