74
Damli cholg‘ular ijrochiligini rivojlantirishda O‘zbekiston mudofa
vazirligining (oldingi Turkiston harbiy okrugi) Shtab orkestri, Toshkent
umumqo‘shin oliy komandirlar tayyorlash bilim yurti
va Ichki ishlar vazirligi
namunali orkestrlarining faoliyati ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, hozirgi
davrda Respublikadagi shu va boshqa orkestrlarda oliy o‘quv yurtlari va
kollejlarni tugatgan yosh mutaxassislar muddatli va shartnoma asosida xizmat
qilmoqdalar.
O‘ZBEKISTON KOMPOZITORLARINING DAMLI CHOLG‘ULAR
UCHUN YOZGAN ASARLARI VA MUSTAQILLIK YILLARIDA
NASHR QILINGAN DARSLIK, O‘QUV QO‘LLANMA, TO‘PLAM VA
NOTA ADABIYOTLARINING SHARHI
O‘zbek kompozitorlari damli va zarbli cholg‘ular uchun asosan ikkinchi
jahon urushidan keyin ijod qila boshladilar. Bunga shu yerda ta’lim olgan va
yetishib chiqqan yosh kompozitorlar qo‘l urdilar. Shulardan G.Mushelning
fleyta va fortepiano uchun sonata (1948). S.Boboevning klarnet va fortepiano
uchun rapsodiyasi (1948), F.Nazarovning klarnet va
fortepiano uchun syuitasi
(1949). G.Mushelning fleyta uchun «Arabeska», truba uchun «Bayram marshi»,
trombon uchun «Qahramonona monolog», valtorna uchun «So‘zsiz qo‘shiq»,
truba uchun «Lirik munozara» va boshqa asarlarni namuna qilib keltirish
mumkin. Shuningdek, keyingi yillarda damli cholg‘ularning har biri uchun
alohida asarlar yozgan kompozitorlardan fleyta uchun H.Rahimov «Turkcha
fantaziya», goboy S.Abramova «Raqs», T.Qurbonov «Rondo», M.Bafoev
«Konsert», A.Hoshimov «Raqs», klarnet uchun B.Zeydman
klarnet va fleyta
uchun konsert, P.Xaliqov «Skerso», «Konsertino», F.Yanov-Yanovskiy
«Monolog», M.Bafoev «Lirik hikoya», A.Hoshimov «Afsona», A.Ergashev
«Sharq kaprichchiosi», fagot uchun S.Jalilning «Yumoreska», valtorna uchun
B.Gienko «Romans», «Oqshom kuyi», A.Varelas «Ballada», F.Nazarov «Raqs»,
«Alla», truba uchun D.Saydaminova uchta piesa, S.Karim-Hoji birinchi va
ikkinchi konsertlar, P.Xoliqov «Skerso», Q.Rahimov «Skerso», A.Nabiev «truba
uchun piesalar», trombon uchun P.Xaliqov «Konsert», T.Qurbonov «Rondo»,
A.Varelas «Melodiya», F.Yanov-Yanovskiy «Lamenta», A.Sultanov «Hayot»,
A.Nabiev to‘qqizta piesalar, H.Rahimov «Tokkata», N.Norxo‘jaev piesalar,
S.Mansurov-Kovrienko «Kachki letyat», «Romans», M.Maxmudovning
ikkita
trombon va litavralar uchun «Prelyudiya-takkato», tuba uchun A.Berlin «Vals»,
zarbli cholg‘ular uchun M.Bafoev «Konsert» kabi asarlar yaratilgan.
Yuqoridagi kompozitorlardan A.F.Kozlovskiyning fleyta va fortepiano
uchun «Ivolga», F.Yanov-Yanovskiyning «Vals», V.Saparovning «Afsona»,
S.Abramovaning goboy va fortepiano uchun «Tojikcha raqs», S.Boboevning
klarnet va fortepiano uchun rapsodiyasi, T.Qurbonovning «Improvizatsiya», va
75
«Rechitativ»i jamlangan «Piesi kompozitorov Uzbekistana dlya derevyannix
duxovix instrumentov v soprovojdenii fortepiano» nomli to‘plami (tuzuvchi
A.Malkeev) 1985 yili G‘.G‘ulom nashryotida bosmadan chiqdi.
Mustaqillik davrida yosh kompozitorlardan A.Ergashev, M.Otajonov,
A.Hoshimov, Q.Rahimov va boshqalar damli cholg‘ular
uchun asarlar
yaratdilar. Ulardan ba’zilarining asarlari Vitaliy Livovich Melkominining
«Nachalnaya shkola obucheniya igre na goboe i blokfleyte» (Izd-vo G.Gulyamа.
T., 2002 g.) (blokfleyta, goboy mutaxassisliklari va pedagogika amaliyoti fanlari
uchun mo‘ljallangan). B.S.Solihovning O‘zbekiston kompozitorlari tomonidan
klarnet va fortepiano uchun yozilgan asarlaridan tashkil topgan «Klarnet» nomli
(2002 yili nashrdan chiqdi) darsligi hamda B.Matyoqubovning «Muhabbat».
Klarnet va fortepiano uchun to‘rtta xorazmcha raqs. (Istiqbolni belgilash,
uslubiyat va axborot Respublika Markazi. T., 2002 y.), o‘quv qo‘llanmalarida
o‘z aksini topgan. Shuningdek ilmiy metodika sohasida B.Matyoqubovning
Kollej, akademik litseylar va konservatoriya o‘quvchi
va talabalari uchun
«Damli va zarbli cholg‘ularda chalishni o‘rgatish uslubiyati» T., 2004 y.
R.M.Petrovning «Shkola kollektivnoy igri dlya duxovogo orkestra» (T.,
«O’qituvchi» 2004 y.) R.M.Petrov va B.Matyoqubovlarning «Cholg‘ushunoslik
va Cholg’ulashtirish» (T., «Turon-Iqbol» nashriyoti, 2006 y.) fanlaridan risola
va qo‘llanmalar bosmadan chiqdi.
Bunday darslik va qo‘llanmalar O‘zbekistonda birinchi bora nashr etilgan
bo‘lib, bu ham bo‘lsa «Ta’lim haqidagi» qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi» talablari asosida amalga oshirilgan muhim yumushlardan biri bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: