Microsoft Word Ўзбекистонда дамли ва зарбли чолғулар ижрочилиги тарихи doc



Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana20.12.2022
Hajmi1,28 Mb.
#891922
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Cholg\'u tarixi

XX ASR OXIRIDA DAMLI VA 
 ZARBLI CHOLG‘ULAR IJROCHILIGI 
70-yillarga kelib damli va zarbli cholg‘ular ijrochiligi o‘z rivojining yangi 
bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu oldin markaziy va ittifoq respublikalari ijodiy 
kuchlari va konservatoriyalaridagi hamkasblari bilan bo‘lgan ijodiy muloqotlar, 
uchrashuvlar, musiqa ta’limining yo‘lga qo‘yilishi, o‘qitish metodikasining 
yaxshilanishi, badiiy va o‘quv adabiyotlarining kengayishi, ijrochilik mahoratini 
ortishi, yosh sozandalarning yakkaxon konsert faoliyatining faollashishi bilan 
izohlanadi. 
O‘zbekistonda ijrochilik madaniyatini o‘sishiga yosh sozandalarning 
xalqaro tanlovlarda qatnashishi uchun butunittifoq saralov turlaridagi ishtiroki 
va yosh ijrochilarning Respublika tanlovini tashkil qilinishi katta imkoniyatlarni 
ochib berdi. 
Bu davrda Respublikada musiqa bilim yurtlari ancha ko‘paydi. 
O‘zbekistonda qo‘riq yerlarni o‘zlashtirilishi natijasida yangi shahar va 
qishloqlar paydo bo‘ldi, aholi soni o‘sdi va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarga hamda 
aholini madaniyatga nisbatan ehtiyoji tobora orta bordi. Termiz, Qarshi, 
Bekobod, Guliston, Qo‘qon va Jizzaxda musiqa bilim yurtlari yangidan ochildi. 
Ularning barchasida damli cholg‘ular bo‘limlari faoliyat ko‘rsatdi va bu o‘quv 
dargohlarida Toshkent konservatoriyasini bitirgan mutaxssislar ishladi. 
Hukumatning 
madaniyat 
va 
san’atni 
rivojlantirish 
to‘g‘risidagi 
g‘amxo‘rligi tufayli va ijrochilik san’atini yanada yuksaltirish maqsadida 
o‘tkazilayotgan Respublika tanlovlari katta ahamiyat kasb etar edi. Tanlovlar 
yosh sozandalar tayyorgarlik darajasini va qatnashchilar ichidan eng 
qobiliyatlilarini saralash imkoniyatini berar edi. Dastlabki bunday tanlov 1963 
yili Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Unda fortepiano, skripka, violonchel, vokal, xalq 
cholg‘ulari va damli cholg‘ular ijrochilari qatnashdi. Bu tanlov ikki darajali 
bo‘lib, birinchisi konservatoriya talabalari va uni bitkazganlar uchun alohida va 
o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘quvchilari uchun alohida tashkil qilingan edi. 
Damli cholg‘ular tanlovi bo‘yicha konservatoriya kafedrasidan V.F.Po‘latov 
(rais), U.R.Rizaqulov, A.E.Morozov, P.X.Xalikov, V.L.Melkominilar hay’at 
a’zolari bo‘lgan. 


60 
Birinchi Respublika tanlovi katta ijodiy salohiyati bo‘lgan yosh 
sozandalardan trubachilar V.Verigin (1-mukofot), A.Krasev (2-mukofot) 
(ularning ikkalasi ham V.Po‘latovning shogirdlari), fleytachi I.A.Malkeev 
A.V.Malkeevning o‘g‘li va shogirdi hamda boshqalar g‘oliblikni qo‘lga 
kiritdilar. Ushbu tanlov o‘sha davr ijrochilik darajasini aks ettirdi va damli 
cholg‘u sozandalarining kelgusidagi rivojini ko‘rishga imkon yaratdi. 
Tanlovning kamchiliklaridan biri uning geografik jihatdan tor doirada cheklanib 
qolganligi bo‘ldi. Bu paytda barcha o‘quv dargohlarida damli cholg‘ular sinflari 
shakllanib bo‘lgan bo‘lsa ham Namangan, Samarqand va Farg‘ona musiqa bilim 
yurtlaridan qatnashchilar 
ishtirok etmadi. Tanlov o‘tkazish 
tajribasi 
bo‘lmaganligidan qatnashchilarni nota adabiyotlari bilan ta’minlash va cholg‘u 
asboblarining nochorligi muammolari ayon bo‘ldi. 
1969 yilda P.I.Chaykovskiy nomidagi Butunittifoq va xalqaro tanlovlarga 
tayyorgarlik munosabati bilan Toshkentda yosh sozanda ijrochilarning 
Respublika tanlovi o‘tkazildi. Unda 117 ijrochi qatnashdi, shulardan 44 
cholg‘uchi damli cholg‘ular ijrochilari bo‘lib, asosan konservatoriya 
talabalaridan iborat edi. Bu tanlovda birinchi o‘rinni O‘zbekiston davlat sirki 
orkestri fleytachisi R.Shevnin va filarmoniya orkestri solisti trubachi V.Verigin 
egalladilar. 
Hay’at 
jo‘rnavozlardan 
V.N.Fadeeva 
va 
E.A.Kosmodemyanskayalarning ishlarini alohida inobatga olib diplomlar bilan 
taqdirladi. 
1972 yili Farg‘onada o‘tkazilgan birinchi Respublika tanlovidan boshlab 
o‘rta maxsus bilim yurtlari o‘quvchi yoshlari o‘rtasida bunday tanlov har ikki 
yilda bir marta o‘tkazilishi kelishib olindi. Ammo bu tanlovda damli cholg‘ular 
ijrochilari qatnashmadi. Lekin 1974 yili Namanganda o‘tkazilgan va 
O‘zbekiston Respublikasi tashkil qilinganligining 50 yilligiga bag‘ishlangan 
ikkinchi Respublika tanlovida 57 nafar qatnashchi ishtirok etdi. Jumladan 
Samarqand, Termiz, Urganch, Nukus va boshqa musiqa bilim yurtlari ham o‘z 
o‘quvchilari san’atini namoyish etdilar. Tanlovning ikkinchi bosqichiga 27 
ijrochi o‘tgan bo‘lib, unda barcha mutaxassisliklar bo‘yicha iqtidorli yoshlar 
kashf etildi. Birinchi o‘rin g‘oliblari asosan Hamza nomidagi musiqa bilim yurti 
o‘quvchilari edi. Bular fleytachi V.Osadchuk (X.I.Isaqov sinfi), klarnetchi 
A.Shalomeev (L.Suxov sinfi), trubachi D.Kuchmiy (U.Abdullaev sinfi) va 
boshqalar bo‘lgan. 
Tanlovda kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq qator muammolar yuzaga 
chiqdi. Ya’ni o‘qitish metodikasini yaxshilash (ayniqsa boshlang‘ich bo‘g‘inda) 
va keyingi tanlovlarni uch bosqichli qilib o‘tkazish maqsadga muvofiq deb 
topildi. 
Keyingi IV tanlov Buxoroda (1976), V tanlov Namanganda (1978) bo‘lib 
o‘tgan tanlovlar damli cholg‘ular ijrochiligining ancha o‘sganligini ko‘rsatdi. 
Ushbu tanlovlarda xorijiy va rus kompozitorlari asarlari bilan birgalikda o‘zbek 
kompozitorlaridan A.Kozlovskiy, G.Mushel, S.Boboev, S.Jalil asarlari ham 
chalindi. VI Respublika tanlovi 1980 yili Nukusda o‘tkazildi. Unda 53 nafar 


61 
sozanda qatnashdi. Bu tanlovning ijro dasturlari ancha murakkab bo‘lib, unda 
klassik, zamonaviy va o‘zbek kompozitorlari asarlari o‘z aksini topgan edi. 
Tanlovda Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurti o‘quvchisi, fleytachi 
D.Jixarev (X.I.Isakov sinfi), V.Uspenskiy nomli RO‘MMMIdan trubachi 
Sh.Nurmuxamedov (V.Po‘latov sinfi) va boshqalar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga 
kiritdilar. Bu tanlov joylardagi musiqa bilim yurtlarida mutaxassislar tayyorlash 
darajasini ko‘tarish zarurligini ko‘rsatdi. 
1982 yili VII Respublika tanlovi Samarqandda bo‘lib o‘tdi. Bunda 
to‘qqizta o‘quv yurtidan 66 nafar qatnashchi ishtirok etdi. Bu tanlovda Buxoro, 
Termiz, Qo‘qon, Nukus va Qarshi musiqa bilim yurtlaridan vakillar 
qatnashmadi. Tanlov yakunida kadrlar tayyorlashning muhim masalalari 
to‘g‘risida maslahatlashib olindi. 
1984 yili VIII Respublika tanlovi Buxoroda bo‘lib o‘tdi. Unda 8 ta o‘quv 
yurtidan 62 ijrochi 9 ta ixtisoslik bo‘yicha qatnashdi. 
1986 yili IX Respublika tanlovi Andijonda bo‘lib o‘tdi va unda 8 ta 
mutaxassislik bo‘yicha 56 ijrochi qatnashdi. 
1988 yili X Respublika tanlovi Namangan musiqa bilim yurtida 
o‘tkazildi. 1990 yili X Respublika tanlovi Qarshi shahrida o‘tkazildi. Respublika 
tanlovlarining o‘tkazilishini damli cholg‘ular ijrochilari uchun ahamiyati juda 
katta bo‘lib, o‘tkazilgan har bir tanlov keyingi o‘qish va ijodiy ishga katta turtki 
bo‘lar edi. Shuningdek, bu tanlovlar Respublika darajasida saralash va tajriba 
almashinish mezoni sifatida ham xizmat qilar edi. 
O‘zbekistonlik ijrochilarni butunittifoq va xalqaro tanlovlarga saralash 
bosqichlarida ishtirok etishlari esa katta jiddiy sinovlardan biri bo‘lib, ular 60-
yillarga kelib butunittifoq tanlovlarida qatnashish darajasiga yetdilar. Aniqrog‘i 
1963 yili Leningradda o‘tkazilgan butunittifoq tanlovida O‘zbekistondan 5 nafar 
qatnashchi, ya’ni konservatoriya talabalari fleytachilar R.Shevnin, X.Isakov, 
trubachilar V.Verigin, V.Kucherov, trombonchi G.Vergilesovlar bor edi. Tanlov 
dasturi ancha murakkab bo‘lib, undan G‘arbiy Yevropa klassiklari va zamonaviy 
kompozitorlarning yirik shakldagi asarlari o‘rin olgan edi. Ushbu tanlovda 
V.Verigin (V.Po‘latov sinfi) ancha muvaffaqiyatli chiqdi va faxrli diplom bilan 
taqdirlandi. Bu Toshkent konservatoriyasi damli cholg‘ular ijrochiligi kafedrasi 
talabasining butunittifoq tanlovidagi birinchi muvaffaqiyati bo‘lib, bu esa 
Respublikada mazkur sohadagi ijrochilikning yanada o‘sishiga bir turtki bo‘ldi. 
1970 yili Toshkent konservatoriyasining talabasi goboychi Ye.Goldvext 
(V.L.Melkomini sinfi), klarnetchi B.Salixov (K.A.Azimov sinfi), fagotchi 
Q.Berdiev (P.Belyakov sinfi) birinchi marta «Praga bahori» nomli Chexiyada 
o‘tkaziladigan xalqaro tanlovda qatnashish uchun butunittifoq saralash turlarida 
qatnashishdi. 1974 yilda ham xuddi shunday saralovchi turda yana B.Salixov, 
Q.Berdiev va E.Gabitov bilan birgalikda trubachi Q.Muxiddinov ham qatnashdi. 
Ularning dasturlaridan ko‘pgina murakkab kuylar bilan birgalikda Chex 
kompozitorlarining yirik asarlari ham o‘rin olgan edi. 


62 
1977 yili Butunittifoq saralovchi turiga nainki O‘zbekiston balki, butun 
O‘rta Osiyodan 9 nafar qatnashchi ishtirok etdi. Bular Toshkent konservatoriyasi 
talabalari fleytachilar: A.Sayfullaev, N.Ramazanov, Yu.Sherbanyuk (A.Malkeev 
sinfi), fagotchi S.Tursunov (P.Belyakov sinfi), filarmoniya simfonik orkestri 
solisti, fleytachi R.Suleymanov, Alisher Navoyi nomidagi opera va balet DAKT 
orkestri solisti, fagotchi E.Gabitovlar ishtirok etdilar. Saralash turi jyuri haya’ti 
tarkibida A.V.Malkeev bor edi. O‘zbekistonlik sozandalar saralashning birinchi
bosqichida o‘rtacha ko‘rsatkichlarni namoyish etdilar va 22 sozandadan 5 ijrochi 
2 chi bosqichga o‘tdi. Ularning ichida fleytachi N.Ramazanov ham bor edi. 
80-yillarga kelib O‘zbekiston damli cholg‘ular ijrochiligi butunittifoq 
doirasiga chiqdi. Bunga 1979 yili Minskda bo‘lib o‘tgan III butunittifoq 
tanlovida yosh sozandalarning qatnashishi bo‘ldi. Bu voqea Leningrad 
tanlovidan 16 yil o‘tgandan keyin yosh sozandalar o‘z san’atini namoyish 
etganliklari natijasida ro‘y berdi. Bunda asosan yog‘ochli damli cholg‘ular 
ijrochilari ishtirok etdi. Tanlovning jyuri hay’ati tarkibiga damli cholg‘ularning 
taniqli 
ijrochilari 
kirgan 
bo‘lib, 
rais 
K.X.Xachaturyan, 
a’zolari: 
Yu.A.Gostevskiy, X.R.Altarov, V.S.Antonov, Yu.N.Doljikov, I.P.Mozgovenko, 
P.V.Pushechnikov va boshqalar bor edi. Tanlovning birinchi bosqichida 131 
qatnashchi, ikkinchi bosqichida 62, uchinchi bosqichda 22 kishi ishtirok etdi. Bu 
tanlovda O‘zbekistondan 7 ijrochi 3 jo‘rnavoz qatnashdi. Ikkinchi bosqichga 
Hamza nomidagi musiqa bilim yurti o‘quvchisi fagotchi R.Kamaldinov 
(P.Belyakov sinfi) o‘tdi. O‘zbekistonlik sozandalarning bu tanlovdagi 
muvaffaqiyatsizliklarining sababi tayyorgarlik uchun yetarli vaqt bo‘lmaganligi 
va tajribasizligi bilan izohlanadi. 
1980 yilda Tallinda bo‘lib o‘tgan misli damli va zarbli cholg‘ular tanlovi 
O‘zbekistonliklar uchun qulay keldi. Tanlovning jyuri hay’ati raisi 
A.A.Nesterov edi. Birinchi turda 113 kishi qatnashdi. O‘zbekiston vakillari 
asosan konservatoriya talabalari bo‘lib, bular: valtornachi Sh.Lutfirahmanov 
(R.R.Safarov sinfi), trubachilar I.Gadaev, V.Budyukov, T.Davletshaev 
(V.F.Po‘latov sinfi), filarmoniya simfonik orkestri solisti R.Shagimardanov, 
R.Nigmatullin (T.Fazilov sinfi), zarbli cholg‘ular E.Qayumov, T.Isakov 
(Yu.Kachurin sinfi) shular jumlasidandir. Tanlovning ikkinchi bosqichiga 9 
kishidan 5 nafari o‘tdi. Bular Sh.Lutfirahmanov, I.Gadaev, R.Shagimardanov, 
N.Nigmatullin, T.Isakovlar edi. Uchinchi bosqichga esa faqat Sh.Lutfirahmanov 
va T.Isakovlar o‘tishdi va bu turda Sh.Lutfirahmanov III o‘rin, T.Isakov esa 
tanlov diplomanti bo‘ldilar. Jo‘rnavozlardan T.Kontuashvili, V.Fadeeva va 
G.G‘ulomovalar ham tanlov diplomlari bilan taqdirlandilar. 
1983 yili yog‘och damli cholg‘u ijrochilari IV butunittifoq tanlovi 
o‘tkazildi. Bunda 159 kishi qatnashdi va O‘zbekistondan 7 nafar sozanda: 
fleytachi A.Eliseev (A.Malkeev sinfi), goboy S.Xaliqov, M.Muxamedov 
(V.L.Melkomini sinfi), klarnet S.Antoshkin va B.Riskiev (B.Murtazaev sinfi), 
fagot R.Ziyatdinov, I.Glotev (P.Belyakov sinfi) shular jumlasidandir.


63 
1984 yili Olma-Ota shahrida mis damli cholg‘ular xalqaro tanlovi bo‘lib 
o‘tdi. Unda O‘zbekistondan 10 nafar ijrochi, ya’ni konservatoriya talabalari 
bilan birgalikda Guliston musiqa bilim yurti o‘qituvchisi, valtornachi B.Dragin 
va N.Nigmatullin, Samarqand musiqa bilim yurti o‘quvchisi S.Muradasilov 
(B.M.Belskiy sinfi) qatnashdilar. Tanlovning ikkinchi bosqichiga valtornachi 
Yu.Maksimov (R.Safarov sinfi), trubachi A.Artamanov (V.Po‘latov sinfi), 
trombonchi B.Isabekov (G.Vegilesov sinfi), tubachi N.Nigmatullin, zarbli 
cholg‘ular A.Mironov (Yu.Kachurin sinfi) o‘tdilar va madaniyat ishlari 
vazirligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. Bu tanlovda birinchi marta 
Sirdaryo va Samarqand viloyatlaridan musiqa bilim yurtlarining yosh 
o‘qituvchilarining ishtirok etganliklari bilan ahamiyatlidir. 
Umuman olib qaraganda O‘zbekistonlik damli cholg‘ular ijrochilarini 
butunittifoq tanlovlari va xalqaro saralash turlarida qatnashishlari shuni 
ko‘rsatadiki, bunday tanlovlarda qatnashish uchun tayyorgarlikni boshlang‘ich 
musiqa maktabidan boshlash va tanlovlar bo‘yicha tajriba to‘plashga erishish, 
shuningdek, butunittifoq tanlovlarida misli damli cholg‘ular ijrochilari, 
yog‘ochli damli cholg‘uchilardan ustunroq natijalarga erishdilar. Shu sabab ham 
yog‘och damli cholg‘u ijrochilari hali o‘z ustlarida ancha ishlashlari zarurligini 
ko‘rsatadi. 
Butunittifoq tanlovlarida qatnashish Respublika damli cholg‘ular 
ijrochiligining orkestr va yakkaxon turlarida ham yosh talantlarni ijodiy 
o‘sishiga juda katta turtki bo‘ldi. Ijrochilik darajasini o‘sishi esa o‘z navbatida 
O‘zbek ijrochilik jamoalari repertuarini badiiy jihatdan yanada boyishiga zamin 
yaratdi. 70-yillar oxirida O‘zbekiston filarmoniyasi simfonik orkestrining 
faoliyati 
ancha 
faollashdi. 
Bu 
jamoa 
S.Prokofev, 
D.Shostakovich, 
A.Xachaturyan, J.Gershvin, P.Xindemit, B.Britten kabi jahonga mashhur 
kompozitorlar bilan birgalikda O‘zbekiston kompozitorlaridan I.Akbarov, 
M.Tojiev, F.Yanov-Yanovskiy va boshqalarning simfonik asarlarini ijro qildi. 
1978 yili musiqa san’atini rivojlantirish, mehnatkashlar orasida simfonik musiqa 
targ‘iboti uchun O‘zbekiston davlat filarmoniyasi simfonik jamoasiga 
«Respublikada xizmat ko‘rsatgan jamoa» unvoni berildi. 
1978 yili V.Uspenskiy nomidagi RO‘MMMIda internat tashkil qilinishi 
munosabati bilan O‘zbekistonning barcha burchaklaridan iqtidorli bolalarni bu 
yaxshi shart-sharoitli internatga jalb qilish imkoniyati tug‘ildi. Bu yerda o‘quv 
va tarbiya ishlarini direktorning shu soha bo‘yicha o‘rinbosari Farg‘ona musiqa 
bilim yurtida yetarli tajriba to‘plagan Yefim Mixaylovich Gulyaev boshqardi. 
Damli cholg‘ular sinflari A.Malkeev, V.Po‘latov, V.Melkomini, K.Azimov, 
P.Belyakov, R.Safarov, keyinchalik Ye.Goldvext, trombonchi J.Saburov kabi 
tajribali o‘qituvchilar hisobiga to‘ldirildi. Ye.M.Gulyaev esa maktabda damli 
cholg‘ular orkestrini tashkil qildi va u orkestr bilan xalqaro festival va 
bayramlarda qatnashdi. 
Maktab-internatning 
damli 
cholg‘ular 
bo‘limi 
konservatoriyaga 
o‘quvchilar tayyorlashning asosiy bazasi sifatida xizmat qildi. U yerdagi 


64 
o‘qitishning yuqori darajasi o‘z samarasini berar edi. Ya’ni, o‘quvchilar 
Respublika tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni egallar edilar. 70-yillarga kelib 
maktab damli cholg‘ular bo‘limi yangi o‘qituvchilar: N.A.Ziyaxodjaev (goboy 
sinfi), A.E.Suris, M.A.Ruxalis (klarnet sinfi), N.Umarov (fagot sinfi), 
P.Talaevskiy, A.G.Zandin (tuba sinfi), V.T.Kazakov (trombon sinfi) kabilar 
bilan to‘ldi. 
Maktab-internatni shu davrgacha ming yarimdan ortiq o‘quvchi bitirib 
chiqqan bo‘lsa ular ichida faxrlansa arziydigan butunittifoq va xalqaro tanlov 
g‘oliblaridan 
V.Krivosheev, 
Kryukovsev 
(B.Ya.Godesni 
shogirdlari), 
V.Tarasov, Sh.Lutfriahmanov (I.F.Pavlovskiyning shogirdlari) va boshqalarni 
keltirib o‘tish mumkin. 
Bu davrda konservatoriya damli va zabli cholg‘ular kafedrasi faoliyati 
ancha faollashdi. Kafedraga yangi kelgan yosh, g‘ayratli o‘qituvchi 
R.R.Safarovning shogirdi valtornachi Sh.Lutfirahmanov 1980 yili Tallinda 
o‘tkazilgan butunittifoq tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va Moskvadagi katta 
teatr orkestriga solist sifatida taklif qilindi. Yosh o‘qituvchilardan 
Yu.V.Kachurin ham yuqorida ko‘rsatilgan tanlovga o‘z shogirdi T.Isakovni 
tayyorladi va u tanlov diplomini qo‘lga kiritdi. Shuningdek yosh 
o‘qituvchilardan G.K.Vergilesov 30 ortiq trombonchini tarbiyalab yetkazdi.1976 
yildan damli va zarbli cholg‘ular kafedrasini A.V.Malkeev boshqardi. 
Kafedraning muhim vazifalaridan biri yosh mutaxassislarni tayyorlash sifatini 
yanada oshirish, bu maqsad uchun o‘z tajriba va bilimini ayamaslikdan iborat 
edi. 
Bu 
borada 
kafedra 
jo‘rnavozlaridan 
E.A.Kosmodemyanskaya, 
T.Cheremuxina, V.V.Zolotenkolar yillar davomida sifatli kadrlar tayyorlash 
ishiga o‘z ulushlarini qo‘shib keldilar. 
Kafedrani ko‘p yillar davomida diqqat-e’tiborini tortib kelayotgan 
masalalardan biri ziyoli-ijodkor, sozanda-shaxsni tarbiyalash bo‘lib, uni 
umumgumanitar va umummusiqiy bilim doirasini shakllantirish, musiqiy 
tafakkurini boyitish, musiqiy asarni mustaqil tahlil qila olish va uni talqini 
borasida o‘ziga xos yo‘l tutish kabi sifatlarni tarbiyalash kafedra oldidagi muhim 
vazifalardan bo‘lib keldi. Bu masalani yechilishi uchun avvalam bor kafedra 
o‘qituvchilarining konsert-ijrochilik faoliyatini rivojlantirish muhim rol 
o‘ynaydi. Buning uchun o‘qituvchilar ijrochilik faoliyatini O‘zbekiston davlat 
filarmoniyasi simfonik orkestri, A.Navoyi nomidagi opera va balet DAKT 
orkestri va boshqa konsert hamda teatr jamoalari orkestrlaridagi ishini 
o‘qituvchilik bilan birga qo‘shib olib boradilar.
Kafedra ochilganligining dastlabki kunlaridanoq o‘qituvchilarning boy 
ilmiy tajribasi asosida metodik tavsiyanomalar, yo‘riqnomalar va uslubiy ishlar 
yozishga katta e’tibor berila boshlandi.
Kafedra o‘qituvchilaridan V.F.Po‘latov, A.V.Malkeev, R.R.Safarov, 
V.L.Melkominilar viloyat musiqa bilim yurtlariga kuratorlik qilib, vaqti vaqti 
bilan joylarga chiqib u yerdagi musiqa bilim yurtlarida tayyorlanadigan kadrlar 
sifatini oshirishga qo‘llaridan kelganicha yordam berdilar. Kafedra o‘rta maxsus 


65 
o‘quv yurtlari yosh ijrochi o‘quvchilari orasida o‘tkaziladigan Respublika 
tanlovi tashabbuskori hisoblanadi va har bir tanlov yakunida seminar tashkil 
qilinib oldinda turgan vazifalar, kelgusi tanlovda ijro qilinadigan dasturlar 
maslahatlashilardi va ularni tuzishda kafedra yetakchi vazifasini bajarardi. 
Shuningdek, konservatoriya talabalari o‘rtasida virtuoz asarlarni ijrosi bo‘yicha 
o‘zaro ichki tanlov (sinf konsertlari) tashkil qilindi. Bunday tadbirlarning 
barchasi kelgusida ijrochilik saviyasini yuqori darajaga ko‘tarish, bo‘lg‘usi 
butunittifoq tanlovlari va xalqaro tanlovlarga bo‘ladigan saralash bosqichlariga 
tayyorlash maqsadida qilingan edi. 
70-yillarda kafedra shu sohadagi boshqa oliy o‘quv yurtlari kafedralari 
bilan yaqin aloqalar o‘rnatilishi natijasida butunittifoq doirasiga chiqib oldi. 
O‘zbekistonda ijrochilik san’atini yuksaltirishda markaziy konservatoriyalarning 
ko‘zga ko‘ringan mutaxassislari, buyuk ijrochilar bilan bo‘lgan ijodiy aloqalar 
muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Ayniqsa Moskva konservatoriyasi va Gnesinlar 
nomidagi institut professor-o‘qituvchilari bilan muhim aloqalarni o‘rnatishda 
V.F.Po‘latovning xizmatlari katta bo‘ldi. Shuningdek, Moskva katta teatri 
orkestri, butunittifoq radio va televidenie orkestri solistlari bilan ham muntazam 
aloqalar o‘rnatildi. Qator yillar davomida V.Po‘latov T.A.Dokshitser tashabbusi 
bilan tashkil qilingan Moskvadagi san’at xodimlari markaziy uyi qoshidagi 
«Damli cholg‘ular ijrochilarining ijodiy birlashma»si ishida faol qatnashdi.
1977 yilda taniqli damli cholg‘ular ustoz ijrochilari M.I.Tabakov va 
V.N.Sibinlar tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda V.F.Po‘latov 
ishtirok etdi. Shu yili Moskva va Toshkent konservatoriyalari o‘rtasida tuzilgan 
o‘zaro ijodiy aloqalarni rivojlantirish va hamkorlik shartnomasi bu yo‘nalishda 
yangi bosqichni boshlab berdi. Mazkur shartnoma asosida Toshkentga 
Moskvaning ko‘zga ko‘ringan mutaxassislari taklif qilindi. Ulardan birinchi 
bo‘lib kelgani Moskva konservatoriyasining professori, fleytachi Yu.N.Doljikov 
bo‘lib, u Parij konservatoriyasida dunyoga mashhur fleytachi Jan Pol Rampal 
rahbarligida malakasini oshirib qaytgan edi. U konservatoriya talabalari va 
V.Uspenskiy nomidagi RO‘MMMI o‘quvchilari bilan mashg‘ulotlar, ochiq 
darslar o‘tkazdi va «Fleytada ijro jarayonida nafas olish mahorati»ga 
bag‘ishlangan ma’ruzalar qildi. Moskva konservatoriyasining professori 
Yu.N.Usov ham Toshkentda bir necha bor bo‘lib, ijrochilik tarixi va 
metodikasiga oid ma’ruzalar bilan shahardagi bir qancha o‘quv yurtlarida 
ma’ruzalar qildi. 


66 

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish