www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
aholining o‘sish darajasi barqarorligicha turibdi va, ajablanarlisi shundaki, 1970 yildan
boshlab dunyodagi dahriylar miqdori bir oz kamaya boshladi.
Bu raqamlar muhim ahamiyatga ega. Bir asr davomida dunyo musulmonlarining soni
keskin oshib ketdi. Ko‘pchilikning islom diniga o‘tgani ham bunga sabab bo‘ldi, biroq
eng asosiy sabab - tabiiy o‘sishdir. Boz ustiga, musulmon dunyosidagi bunday
demografik portlash bu dinga e'tiqod qiluvchilar soni kelgusida ham o‘sib borishini
ko‘rsatadi. Semyuel Hantington «Tamaddunlar to‘qnashuvi» nomli mashhur risolasida
dunyoda xristianlarning soni kamayib borayotgani va 2025 yilga borib, ular dunyo
aholisining, taxminan, 25 foizini tashkil etishi haqidagi ma'lumotni keltirgan edi. O'sha
vaqtga borib musulmonlarning soni dunyo aholisining 30 foizini tashkil etar ekan
[6]
.
Nega aynan bunday hol yuz berayotganini anglash qiyin emas. Amerika va Yevropa
aholisi jadal sur'atlar bilan keksayib bormoqda. Yangi mingyillikning eng muhim
ma'naviy muammolaridan biri keksalarni boqish uchun yetarli mablag‘ topish bilan
bog‘liq bo‘lib qoladi. Bugun kun tibbiyoti erishgan muvaffaqiyatlar o‘rtacha hayot
kechirish darajasi 70 yoshdan ancha yuqori bo‘lishiga zamin hozirlab bermoqda, biroq
faol hayot kechirish muddati hali bu qadar tez o‘sgani yo‘q. Tasavvur qiling, 20-asrning
boshlarida G'arb kishisi o‘rtacha 2 yillik umrini og‘ir xastalik bilan kechirar edi. Bugungi
kunda bu ko‘rsatkich 7 yilga yetdi. Ivan Ilich isbotlab berganiday, tibbiyot faqat umrni
uzaytirishi mumkin, biroq u odamning faol hayot kechirish muddatini uzaytira olmaydi.
Oqibatda munkillab qolgan bunday kishilar salomatligini saqlash jamiyat yelkasidagi og‘ir
ijtimoiy-iqtisodiy yukka aylanadi. Bunday aholi soni vaqt o‘tgan sayin oshib boraveradi.
Yaqinda Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi, Milliy sog‘liqni saqlash xizmatidan
Altsgeymer xastaligi
[7]
ni davolay oladigan dorining retseptini olish mumkin, degan
xabarni tarqatar ekan, uning narxini faqat ayrim bemorlarning cho‘ntagi ko‘tarishi
mumkinligini tan oldi.
G'arb aholisi keksayib borayotgan bir paytda islom dunyosida buning butunlay
teskarisini ko‘rish mumkin. Masalan, Liviya aholisining yarmidan ko‘pi bugungi kunda 20
yoshga ham to‘lmagan. Bunday manzarani boshqa islom mamlakatlarida ham kuzatish
mumkin. Ma'lumki, vaqti kelib, ushbu yosh aholi o‘z-o‘zidan ko‘payadi va shu tariqa
kelgusi ming yillikda ham musulmonlarning soni yanada ortib ketadi.
Shu o‘rinda Hantington tilga olgan yana bir misolga e'tibor qilaylik. Mag‘ribda 1965
yildan 1990 yilgacha aholi soni 29,8 milliondan 59 millionga o‘sgan. O'sha vaqt
mobaynida Misr aholisi 29,4 milliondan 52,4 millionga ko‘paygan. O'rta Osiyoda 1970-
1993 yillar oralig‘ida aholining yillik o‘sishi Tojikistonda 2,9 foiz, O'zbekistonda 2,6 foiz,
Turkmanistonda 2,5 foiz va Qirg‘izistonda 1,9 foiz bo‘lgan. 20-asrning 70-yillarida Sovet
Ittifoqida demografik muvozanat keskin o‘zgarib ketdi, ya'ni ruslarning o‘sishi 6,5 foiz,
musulmonlarniki esa 24 foiz bo‘ldi. Bu holni Rossiya imperiyasining inqiroziga olib kelgan
sabablardan biri deyish mumkin: Moskva musulmonlar ko‘p yashaydigan mintaqalarni
ular soni xristianlarnikidan ko‘payib ketmasidan burun ajratib tashlashga majbur bo‘ldi.
Hatto Rossiyaning o‘zida ham musulmonlar (tatarlar, boshqirdlar, chuvashlar,
shuningdek, O'rta Osiyo va Kavkazdan borib u yerda yashovchilar) ancha ko‘zga
tashlanib qolgan, ular Moskva va Sankt-Peterburg aholisining 10 foiz ini tashkil etadi.
Bu hol bizga musulmonlar ko‘pchilikni tashkil qiladigan joylarda aholi sonining o‘sishi
musulmonlar kam yashaydigan hududlarga ham ta'sir etishini eslatib turadi. Tanzaniya
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: |