www.ziyouz.com
kutubxonasi
10
Siyosiy tahlilchilarning texnologiya bilan birgalikda ommaviy nazorat sistemalari ham
rivojlanib borishiga, bu hol rejimlarning har qanday ixtilofni faqat u qurolli kuchlar
saflarida tarqalmasligi sharti bilan bartaraf etishiga ishonchi komil. Shoh ko‘chalardagi
noroziliklar tufayli emas, armiya o‘zidan yuz o‘girgani uchun hokimiyatdan chetlatildi.
Jazoirda esa aksincha, radikal kuchlarning zamonaviy hokimiyatni harbiylar ko‘magisiz
ham ag‘darib tashlashga ko‘r-ko‘rona ishongani inqilob bostirilishiga sabab bo‘ldi.
Bugungi kunda bunday yo‘l bilan boshqarilgan mamlakatlarga shu qadar og‘ir jarohat va
madaniy zarar yetganki, biz ularni «zulmpaz madaniyatlar» deb atashimiz mumkin.
Insonlarga bu qadar zulm o‘tkazish oqibatlari xatarlidir, ayni paytda o‘zimiz musulmon
dunyosidagi odamlar tabiatida bundan o‘n yil oldin hech kimning xayoliga ham
kelmagan tarzdagi keskin o‘zgarishlarning shohidi bo‘lib turibmiz.
Ushbu kitobning keyingi boblarida diniy «ekstremizm», an'anaviy islomda
«g‘uluv»
deb
ataladigan muammo xususida fikr yuritiladi. Biroq bu kitobning asosiy mavzusi ekan, biz
yangi mingyillikda islomning gullab-yashnashi va hatto ustun mavqega ega bo‘lishi
uchun mutlaqo yaramaydigan ekstremizmning aks ta'sir etishini hisobga olib, ushbu
muammo miqyosini ilk marta baholashga urinib ko‘rishimiz kerak.
Islomning dastlabki davrlarida Xorijiylik
[8]
deb atalgan harakat musulmon jamiyatini sof
ko‘rish uchun xomxayollarcha kurashgan edi. Afsuski, bugungi kunda ham bunday
harakatlar ijtimoiy va siyosiy hayotning tarkibiy qismi bo‘lib qolmoqda. Garchi ko‘pgina
musulmonlar bunday harakatlarni nomaqbul kuch sifatida rad etsa-da, o‘sha kuchlarni
yuzaga keltirgan shart-sharoit tag-tomiri bilan qo‘porib tashlanmaguncha, ular qayta-
qayta ko‘karib chiqaveradi. Asosiy islomiy harakatlar hokimiyatni qo‘lga ololmaganidan
hafsalasi pir bo‘lgan yoshlar radikal xatti-harakatlarni sodir etmoqda. Musulmon
dunyosining va musulmon aql-idrokining qutblashuvi o‘sib borayotgani kelgusi asrning
asosiy belgilaridan biri bo‘lib qoladi.
Xorijiylik ham barcha totalitar diniy harakatlar singari amalda tarqoq va bo‘linish yo‘li
bilan ko‘payib borayotgani qiziq, biroq uning boshqalardan ajralib turadigan belgilari
yo‘q.
Takfir
ga ko‘ra esa, boshqa musulmonlar chin musulmon emas, shuning uchun
o‘limga loyiq, deb hisoblanadi. Bu tamoyil ko‘pgina klassik islom ulamolari tomonidan
keskin tanqid qilingan. Imom G'azzoliyning
Do'stlaringiz bilan baham: |