XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
11
borishning yo‘li odamning nafas olishiday ko‘p) degan fikr bilan oqlashadi. Saragosa
(Ispaniya)ning taniqli so‘fiy shoiri ibn al-Banna' uni quyidagicha tushuntiradi:
Bizning fikrimiz har xil, lekin sening husning bir,
Barcha o‘sha go‘zallik sari intilur.
Islom
madaniyatlariga, o‘rta asrlardagi ko‘plab xristian madaniyatlari rang-baranglikni
qisuvga olganidan farqli o‘laroq, bu xususiyat hamisha xos bo‘lib kelgan. Biroq bugungi
kunda musulmonlar o‘rtasida islomning totalitar shakllarini qo‘llab-quvvatlash tamoyili
yuzaga chiqmoqda. Islomning yosh faollaridan biri: «Kimki menga qarshi bo‘lsa,
gunohga botadi va jahannamga tushadi», deb hayqiradi.
Bunday ko‘zqarash xorijiylik namoyandalarining
takfir
ini esga soladi,
biroq bu nega
aynan bugungi ummatlar orasida ko‘payib borayotganini tushunish uchun nafaqat
tarixning o‘zini, qolaversa, ushbu vaziyatimizning ruhiy tarixini ham anglab yetishimiz
kerak. Diniy harakatlar nafaqat doktrinalar va muqaddas kitoblarning, shuning
barobarida jamoalarning umidlari va qo‘rquvlari ifodasi hamdir. O'zaro
ishonch hukm
surgan vaziyatda ilohiyotshunoslik fanlari bag‘rikenglik va tinchliksevarlikka moyil
bo‘ladi. Biroq dindoshlar jamoasiga biror xavf tug‘ilguday bo‘lsa, keskin harakatlar
vujudga keladi. Ummatlar o‘zini hech qachon bu qadar xavf-xatarli holda his qilmagan
edi.
Hatto Yevropaning musulmonlar yashaydigan gettolarida ham
takfir
fenomeni asta-
sekin ildiz otib bormoqda. Sizu biz yashaydigan shaharlarda ham,
faqatgina biz jannatga
tushamiz, deguvchi guruhlar paydo bo‘ldi. Ularning nazdida, o‘zini musulmon deb
hisoblovchi kishilarning 99 foizi go‘yo ilohiy axloqiy tushunchani bema'nilarcha haqorat
qilayotgani tufayli musulmonlikka mutlaqo noloyiqdir.
Biz ushbu ruhiy holat universal tarzda mavjud ekanini inobatga olsak, uni osongina
tushunishimiz mumkin.
Faqatgina islom dinida emas, qolaversa, xristianlik, iudaizm,
hinduizm va buddizmda ham ayrim guruhlarning o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish
tamoyili ko‘zga tashlanadi. Bundan 3 yil oldin xristian diniga mansub Devid Koreshning
Davidiylar sho‘‘basining Texasdagi ranchosini AQSh qo‘shinlari zabt etmoqchi bo‘lishgani
edi. O'sha paytda sho‘‘ba a'zolaridan 89 kishi halok bo‘lganini esga olish kifoya.
Davidiylar o‘zlarini haqiqiy xristianlar, boshqalar esa jahannamda kuyib kul bo‘ladi, deb
bilishgan. Oklahoma shahridagi Alfred Merra binosini portlatib yuborgan xristian
fundamentalisti Timoti Makvey ham so‘zsiz shu fikrda bo‘lgan.
Biz yangi mingyillikka teranroq kirib borganimiz sari rejimlarning
repressiyasi oqibatida
yo‘q bo‘lish o‘rniga rivojlanib ketgan islomiy ko‘rinishdagi ushbu tamoyilning ahamiyati
ortib borishini taxmin qilishimiz mumkin. Garchi u so‘zda bo‘lmasa-da, amalda mingyillik
dovondan oshayotganday ish tutmoqda. Rejimlarni holdan toydirish o‘rniga battar
quturtiradigan sayyohlarga o‘q otish yoki kichik nishonlarga ignali bombalar bilan hujum
qilish singari bunday xatti-harakatlar islom nomini bulg‘aydi. Bu hol islomiy harakatni
bo‘lib
yuborishidan tashqari, rejimlar qo‘liga jamiyatdagi dinni ta'qib qilishga va uni bir
chetga surib qo‘yishga bahona tug‘dirib beradi.
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: