www.ziyouz.com
kutubxonasi
65
oladi, havoki - «musaffo, nurli va shaffof», havoki, (vujudni) «qurshab oladi». Shunday
qilib, to‘rt unsurning qayta tiklanishi mavjudot muammosini tushunish imkonini beradi,
bu esa insonlarga xos jins tushunchasiga to‘g‘ri keladi.
Irigaray Haydeggerdan so‘ng mavjudot muammolari majmuini insonlarning
qarindoshligidan, binobarin, jinsdan ayri holda olib qarash mumkin emas, deb
hisoblaydi. U: "Hozircha bir kishi bilan boshqasi, erkak kishi bilan ayol kishi o‘rtasida (bir
jinsdan ikkinchi jinsga) o‘tishga yo‘l yo‘q. Inson o‘zining unutishi oqibatida bo‘lganiday,
halqa bir-biriga tutashib, yopilib qolgani tufayli kutishga majbur bo‘ladi. Mutafakkir o‘sha
yerda bemalol jon saqlashi mumkin"
[122]
. Erkak kishi hukmron bo‘lgani uchun ham
ko‘prikning egasidir; biroq u o‘ziga ayol kishi zuryod sifatida hadya etgan ilohiy tuhfani
esidan chiqarib qo‘yadi, u bu ilk tuhfa va qarzni ikki dunyoda ham uza olmaydi.
Irigaray uchun jinslar o‘rtasidagi munosabatlar me'yorining buzilishi hozirgi zamonning
asosiy falsafiy muammosidir. Garchi uning o‘zi, taqdirning haziliga ko‘ra,
Lakan
[123]
ning mashhur shogirdi bo‘lsa-da, teistik qarashlarga moyildir. U o‘zi
yahudiy-xristian soteriologiyasi
[124]
deb atagan fallogotsentrizm
[125]
ni rad qiladi.
Uning kuzatishicha, "G'arbda hamisha xudoning jinsi har bir narsa va diskursning
himoyachisi bo‘lgan erkak va otadir"
[126]
. Bunday xudo jinslar o‘rtasida ko‘prik bo‘la
olmaydi, u bir tomonga ikkinchi bir tomon nomidan gapirishi mumkin, shu tariqa
erkaklar hukmronligini yoqlaydi.
Xudoning ilohiy otaligi xususidagi fikrlarni tuturuqsiz va mutlaqo adolatsiz deb rad etgan
ilohiyotshunoslar ham teizmlar taqvodorlardan ayol hukmronligi haqidagi dalillarni
yashirib, ayollar ustidan hukm yurgizib kelganiga amin bo‘ldi. Shu o‘rinda ayollarning
dindagi o‘rni haqida ingliz tilidagi qilingan barcha tadqiqotlarni o‘z toshi bilan bosib
ketgan «Ota xudoning ortida» kitobi muallifi Meri Deli juda yaxshi taassurot qoldiradi.
Bir vaqtlar mo‘‘tadil katolik ilohiyotshunosi bo‘lgan Deli o‘zini jodugar deb ataydi. U hatto
an'anaviy tilning tashbehlar qo‘llash borasidagi imkoniyatlarini ham inkor etadi. Uning
nazdida, xudoni ota deb atash, otani xudo deb atash bilan barobardir. Shu tariqa
muqaddas uchlik «erkaklarning abadiy gomoseksual ishrati» ekani ma'lum bo‘ladi:
ehtimol, u lotincha muzakkar, ya'ni mujskoy roddagi kalima -
Do'stlaringiz bilan baham: |