Microsoft Word XXI asrda islom ziyouz com doc


jalol) va go‘zal ( jamol)



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/260
Sana16.03.2022
Hajmi1 Mb.
#497265
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   260
Bog'liq
XXI asrda Islom

jalol)
va go‘zal (
jamol)
ismlari o‘rtasidagi 
azaliy tafovut tortib kelgan. Allohning buyuklikka xos ismlari qatoriga kuchli (
al-Qaviy
), 
jabr etuvchi (
al-Jabbor
), qozi (
al-Hakam
) kiradi hamda bu ismlar faqat va faqat 
muzakkarga xosdir. Go‘zallikka oid ismlarga esa rahmdil (
ar-Rahmon
), halim (
al-
Halim
), sevuvchi (
al-Vadud
) va kabilar kiradi: ular muannasga xosdir. Muhim jihati 
shundaki, ularning hech birini ikkinchisidan ustun qo‘yib bo‘lmaydi, barchasi bab-barobar 
Allohning ismlaridir. 
Endi Irigarayga qaytsak. U feministlarning yahudiy-xristian teantropizmi
[140]
ga qarshi 
dalillarini ko‘tarib chiqdi va uni birmuncha chuqurlashtirdi. Unga ko‘ra, Ota xudo erkak 
kishiga yashashga izn beradi, «chunki xudo unga o‘z jinsini aniqlashga ko‘maklashadi, 
unga cheksizlikda o‘zining cheklangani orqali yo‘l topish imkonini beradi». Shu tariqa 
«xudo erkak jinsidan yaratildi. U O'zining ichiga ham va O'zining o‘rtasiga ham bilinar-
bilinmas chegara qo‘yadi: u ota, o‘g‘il, ruh. Erkak hech qachon o‘z taqdirini boshqa jins - 
ayol belgilashiga izn bermagan»
[141]

Irigarayning xavotiri Rueter va boshqa xristian mutafakkirlarini tashvishga solayotgan 
hol - xudoning erkak jinsiga mansub deb qaralishi ro‘yi Zaminda bir jinsning ikkinchi 


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
68
jinsdan ustun deb qaralishiga sabab bo‘layotganida emas. Aksincha, u ko‘proq erkak 
ilohning ilohiylashtirish jarayonidagi ahamiyati bilan qiziqadi. U bunday deb yozgan 
edi: "Ilohiyot erkin, muxtor va egamen bo‘lishi zarur. Hech bir inson shaxsiyati, hech bir 
insonlar jamiyati ilohning yordamisiz yaratilmagan"
[142]
. Va yana: "Bunday xudoni biz 
ayol sifatida tasavvur qilishimiz mumkinmi? Biz uni g‘ira-shira bo‘lsa-da, o‘z 
shaxsiyatimizning takomilga erishgan holati, deb qarashimiz mumkinmi?"
[143]
, deya 
mulohaza yuritadi. 
Endi dastlabki insonlarga qaytaylik. Ilohiyotda erkak jinsiga alohida o‘rin ajratilishi 
Havoning Odamdan ajratilishi xususidagi rivoyatga sabab bo‘ldi. Havo Odamga qanday 
bo‘lsa, Odam ham xudoga shundaydir: yaratilganini anglash va yaratganiga hissiy 
munosabatda bo‘lish. Binobarin, u bir bo‘lak sifatida o‘z vujudiga bog‘liq etib qo‘yilgan. 
Bunday past-balandlik islom tafakkuriga ham xosdir. Ibn Arabiy bunday tushuntiradi:
Xudo Havoni Odamning qisqa qovurg‘asidan yaratdi. Binobarin, uning darajasi 
erkaknikidan ko‘ra pastroq bo‘ldi. Xudo aytganiday: «Erkaklar ulardan ko‘ra bir daraja 
yuqoridir». Shuning uchun ayollar hech qachon erkaklarga yeta olmaydi. [...] Havo 
Odamning tanasidan ajratib olinganida xudo bo‘shliqni ayolga bo‘lgan ishtaha bilan 
to‘ldirdi, chunki mavjudlik bo‘shliqqa o‘rin qoldirmaydi. Ul zot bo‘shliqni "havo" bilan 
to‘ldirganida Odam xuddi o‘zi tomon egilganday, Havo tomon egildi, chunki u Odamning 
bir qismi edi. Havo ham u tomonga egildi, chunki Odam u yaratilgan vatan edi"
[144]

Bu xristian rivoyatiday tuyuladi. Bundan tashqari, ibn Arabiy o‘zaro egilish nafaqat 
muqarrarlikni, qolaversa, jinsiyat muqaddasligini ham nazarda tutishidan tipologik
[145]
saboq ola biladi. Ammo Irigaray bu bilan kifoyalanib qolmaydi, u erkaklarni 
teomorfik
[146]
jihatdan sub'ektivlashtirish evaziga epistemologik nuqtai nazardan nasl 
qoldirajak butunlikka eltuvchi bunday o‘zaro insoniy yaqinlik xususida yanada ko‘proq 
bilishni istaydi. Ibn Arabiy asarini o‘qishni davom ettirar ekanmiz, ba'zi bir qiziq 
holatlarga ham duch kelamiz. Havo - (daraxtning) shox(i), Odam esa ildizdir. Shox 
ildizni, o‘z tuprog‘ini sog‘inadi, shu bilan birga, ildiz shox uchungina yashaydi. U 
yozganiday: "Bu shox uchun emasdi, shoxlarga oziq yetkazib beruvchi beqiyos kuch - 
ildizning minnati bo‘lmaydi»
[147]
. Inson qilgan gunoh komillikdan ayrilish deb 
baholanishi mumkin, bu gunohning sababi o‘zaro yaqinlikdadir va erkaklar ayol - O'zgani 
istaydi: aslida gunoh havoni unutishdir. Odamga o‘zligini va cheksizlikka munosabatini 
anglash uchun xudo barobarida Havo ham kerak. Payg‘ambarning ayollarni sevishi 
shundan, o‘z navbatida hajiograf
[148]
lari tadqiq etishni yaxshi ko‘rgan uning mo‘l jinsiy 
quvvati ana shundan. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish