XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
125
muhitga integratsiyalashib ketadimi? Men ba'zi bir yuzaki moslashuvlar xususida biror
fikr bildirishdan o‘zimni tiyib, islomning diniy e'tiqodning britaniyacha usuli bilan o‘zaro
munosabatga kirishib keta olishiday teran masalaga e'tiborimni qaratmoqchiman.
Mushohada chog‘ida ilk bor ko‘zga tashlanadigan narsa islomning Britaniyadagi diniy
narratsiyaning markazida turuvchi xristianlikka nisbatan qardosh din ekanidir.
Ikkala
din ham ayni bir somiy zamindan o‘sib chiqqan va o‘z aqidalarini ellinlardan meros
qolgan tilda shakllantirgan. Foma Akvinskiy G'azzoliyning «Maqosid» asarini, xuddi
«Vedalar» haqida mulohaza yuritganday, osongina o‘qishi mumkin edi. Xristianlikning
islomga oid ilk tajribasi davrida ba'zi bir mutafakkirlar, garchi bir kishi yanglishgan
bo‘lsa-da (masalan,
damashqlik Avliyo Ioann
[452]
), yangi dinni xristianlikning bir shakli
deb ham hisoblagan. Garchi o‘rta asrlardagi lotin xristianligi ham shu fikrda bo‘lsa-da,
ikki an'ananing bir-biridan ilhomlanishini ko‘rgan ba'zi bir 20-asr olimlari islomni,
isoshunoslik nuqtai nazaridan o‘z o‘rniga qo‘yilmagan xristianlik, deb ham baholashdi.
Islom xususidagi keng qamrovli va ma'lumotlarga boy xristiancha mulohazalar muallifi
Lyuis Massignon somiylar dunyosining boshqa yo‘l bilan erishib bo‘lmaydigan haqiqatini
e'lon qilish uchun bu dinni mohiyatan qudratli, nozil bo‘lgan
va xristianlikning bokira
ayolning tug‘ishi, Isoning ramzga aylanishi singari sirlarini yashirin bir shaklda o‘z ichiga
qamrab olgan ilohiy qo‘llanma deyishi bilan ulardan ham o‘tib ketadi
[453]
. Yaqinginada
Hans Kung Tavrot mezonlaridan foydalanib, Muhammadning payg‘ambarligi qonuniy
ekanini tasdiqladi. Islom, shuningdek, buddizm xristianlikka "tuzatishlar"
sifatida muhim
ahamiyat kasb etdi, degan fikr Hans Kungning ana shu tasdig‘ining bir qismidir
[454]
.
Xuddi boshqalar kabi, uning ham inklyuziv qarashi amalda islomni xristianlikning
ko‘rinmas cherkoviga tenglashtirib qo‘yadi.
Xristianlikning islomga nisbatan bunday qarashlari ikki an'ana bugungi kunda, garchi bir-
biridan
keskin farq qilsa-da, hatto o‘rta asrlarda bo‘lganidan ham ko‘ra ko‘proq bir-biriga
chatishib ketgan, bir-birini urug‘lantiradigan narratsiya bo‘lishi mumkin, degan fikrni
nazarda tutadi. Bunday qarashlar, shuningdek, isoshunoslikni potentsial urug‘lantirish
va konvergentsiyaning eng umidbaxsh nuqtasi deb hisoblaydi. Juda oz kishilargina Nisa
qarorlari
[455]
ni dindorlar, musulmonlar yoki boshqalarning
mayllariga moslash uchun
tartibga keltirish kerak, deb hisoblaydi; biroq buning falsafiy va Tavrotga tanqidiy nuqtai
nazardan yondashuvchi boshqa sabablari ham bor, Buyuk Britaniyadagi ko‘pchilik
ilohiyotshunoslar, islom va xristianlik bir-birini oldingiga nisbatan kamroq tan oladigan
bo‘lib qoldi, degan fikrda yakdildirlar. Bugungi kunda neo-ortodoksal (ba'zan
bartcha
[456]
, ba'zan esa "radikal ortodoksal") reaktsiya hammayoqqa tarqalib ketdi.
Nisa ortodoksiya
[457]
sini birdan yo‘q qilib bo‘lmasligi ravshan.
Biroq ushbu unitar
[458]
isoshunoslikning Britaniyaning tan olingan ilohiyotshunosligi sifatida mavjudligi
islomning mahalliy aholi e'tiqod qiladigan dinlar spektrida o‘zini qay tarzda namoyon
qilishi mumkinligini ko‘rsatib beradi. Britaniya diniy tarixining asosiy timsoli nazaretlik
Isodir; mabodo Britaniya isoshunosligida unitar va pelagiylik
[459]
day ittifoqdosh
soteriologiya (najotshunoslik) deb nomlanadigan muhit bo‘lsa, islomning o‘rni aniqroq va
muammolardan xoliroq bo‘lishi mumkin bo‘ladi.
Britaniyaliklarning muqaddas narsalar xususidagi o‘ziga xos
tushunchalarining asosiy
manbasi nima bo‘lishi mumkin? Artur haqidagi rivoyatlar turkumi ana shu manba
vazifasini bajarishga eng munosib nomzod bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Men endi ularni
ilohiyotshunoslikning ulkan traektoriyasi uchun boshlanish nuqtasi deb hisoblashni