www.ziyouz.com
kutubxonasi
124
xato yoki (ba'zi bir sharqshunos mutafakkirlar
idée fixe
- tinchlik bermaydigan g‘oya
tiqishtirayotganiday, «Oliy islom» qoidalari odamlarga hech qanday erkka imkoniyat
qoldirmaydi) dinning asosiy aqidalariga qarshi deb emas, ammo dinga xos bo‘lgan
Allohning hamma narsadan ustunligini talqin qilish jarayonidagi teskari va cheklangan
aqidani hamda Qur'onning ilohiy immanentlik xususidagi oyatlarining joylardagi son-
sanoqsiz talqinlarini qo‘llab-quvvatlaydigan mahalliylashuv xususiyatlari majmui sifatida
qaralishi mumkin. Ilohiy transtsendentlik
[449]
ka
ummat
larning yo‘llari o‘zaro tutashuvi
orqali erishiladi; ilohiy immanentlik esa doimiy va keskin nomuvofiqlik orqali tushuniladi.
Masjid deyarli hamisha jomedir, ammo so‘fiylik birodarligi esa
tekke, dargoh,
yoki
daotang
dir, masjid (mehrobi) Makkaga qaratib quriladi, ammo biror avliyoning qabri
ham darveshlar birodarligining mahalliy o‘ziga xosliklariga asoslangan faol yadrosi
bo‘lishi mumkin. Me'yoriy islom, ya'ni bugungi kunda mavjud bo‘lgan eng ommaviy
islom, odatda, o‘zaro munosabatlari barqaror bo‘lgan yuksak matn an'anasi va keng
miqyosli quyi an'analarga ega. Lamin Sanneh va V.S.Naypol singari kuzatuvchilarning,
islom mahalliy o‘ziga xosliklarga yetarli darajada moslasha olmaydi, aksincha, ularni
(sayr qilib yuruvchi mahdudlik, yoki hatto «arab imperializmi» sifatida) asta-sekin
yo‘qota boradi
[450]
, deyishiga qaramasdan, antropologlar musulmonchilikning
mahalliylashuv borasida ko‘p asrlar davom etishi mumkin bo‘lgan odatiy ehtiyotkorlik va
o‘zaro bog‘liq jarayonlar orqali muvaffaqiyat qozonayotganini, biz harchand, haqiqiy
jarayon faqat bir yo‘nalishda harakat qilishi mumkin, deb hisoblamaylik, ushbu
muvaffaqiyat islomning mahalliy mohiyatga to‘la qo‘shilib ketishini anglatmasligini
ta'kidlaydi. Masalan, Janubiy Hindistonda yashovchi bir etnologning fikrini olib ko‘raylik:
Bizning tadqiqotimiz islomning tarqalishi, xususan, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyoda
tarqalishidagi mahalliy shart-sharoit va jug‘rofiyaga o‘zining asosiy printsiplariga zarar
keltirmagan holda moslasha olishday xususiyati mavjudligini tasdiqlaydi. Bu - chekka
joylardagi o‘zining asosiy printsiplariga xavf tug‘dirmaydigan mahalliy urf-odat va
an'analarga imkon qadar moslashishdir. Bu - nafaqat Karikal yoki Tamil shtati,
qolaversa, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyodagi islomning muvaffaqiyatini ta'minlab
bergan sir bo‘lsa ajab emas
[451]
.
Men islomning Britaniyada bundan buyon qanday ildiz otishi yo‘llarini ko‘rib chiqar
ekanman, men
Do'stlaringiz bilan baham: |