Microsoft Word XXI asrda islom ziyouz com doc



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/260
Sana16.03.2022
Hajmi1 Mb.
#497265
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   260
Bog'liq
XXI asrda Islom

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
123
aqidalarga ham o‘zgartirishlar kiritishga izn berishini tushuntirishdan to‘xtamadi. U o‘z 
so‘zida davom etadi:
Biz o‘zimizga jamoa sifatida xos bo‘lgan narsalarni asrashimiz, biroq o‘zimizga xos 
bo‘lmagan, ammo bizga ham tegishli umuminsoniy narsalar borligini tan olishimiz kerak 
[...] Biz ildizlarimizni asrashimiz kerak. Bizning diniy ildizimiz chuqur, lekin shu bilan bir 
vaqtda o‘zimiz ham dunyoga ochiq bo‘lishimiz kerak
[445]
.
An'anaviy sunniylikning boshqa din vakillari bilan birga yashash va moslashishga izn 
beradigan huquqiy va ilohiyotshunoslik imkoniyatlari juda ko‘p tarixiy sharoitlarda 
namoyon bo‘lgan. Son-sanoqsiz misollar orasidan Polsha va Litvadagi ko‘hna musulmon 
jamoalarini ajratib ko‘rsatish mumkin; ular atrofidagi katolik muhitga shunchalik singib 
ketdiki, musulmonlar orasidan Polshaning ikki nafar milliy qahramoni yetishib chiqdi. 
Ulardan biri Jaloliddin bo‘lib, u 1421 yili Tannenbergda Tevton ritsarlariga qarshi 
kurashda Buyuk Knyazni qo‘llab-quvvatladi. Ikkinchisi esa marshall Jozef Pilsudskiy (vaf. 
1920 y.)dir. Uning vafotidan so‘ng Varshavadagi katta maydonlardan biri uning nomi 
bilan atala boshladi. Bu mintaqadagi islom o‘zini o‘rab turgan madaniyatga masjid 
me'morligi, parhez va yasan-tusan qilib kiyinish, diniy marosimlar chog‘ida polyak 
shovqinlaridan foydalanishda ko‘zga tashlanadigan keng miqyosdagi moslashish
barobarida o‘z aqidalari va namoz o‘qishini saqlab qolayotganini isbot qilmoqda
[446]

Xitoy musulmonlari ham u yerdagi sharoitga moslashish barobarida sharoitni ham 
o‘zlariga moslashirib olishda bundan kam bo‘lmagan. Buni Yunnanning yuan etnik 
guruhiga mansub hokimi Sayyidi Ajall (vaf. 1279 y.) misolida ham ko‘rish mumkin. O'zi 
musulmon bo‘lgan bu kishi viloyatda ilk konfutsiylar ibodatxonalarini qurishga buyruq 
beradi va Xitoy madaniyatini yoyishga mas'ul bo‘ladi. U imperatordan "Sadoqatli va 
rahmdil" unvonini olishga muvaffaq bo‘ladi
[447]
. Xitoyda samoviy dinlardan birining 
vorislari deb tan olingan hui musulmonlari sochini o‘rib yurgan va Konfutsiyni 
payg‘ambar ham deb hurmatlashgan. Ularning musulmonchilik amaliyotidan xushbo‘y 
Xitoy atirlari anqib turar edi, lekin, umuman olganda, dinning islom aqidalari muhofizlari 
tushungan umumiy talablarini bajarishda chetga og‘magan. Bu yerda ham, xuddi 
Polshadagi kabi yaxshi musulmonlar yaxshi fuqarolar ham bo‘lgan, ular o‘zlari yashagan 
jamiyatga yuksak darajada integratsiyalashuv barobarida assimilyatsiyaga yo‘l 
qo‘ymagan. Musulmonlarga xos bunday ijtimoiy integratsiya turli madaniyatlarda ro‘y 
bergan. U diniy Boshqa Vahshiy Pedro, Ivan Grozniy yoki manchjurlar timsolida ta'qib 
siyosatini yurgizgan paytlardagina barham topgan.
Musulmonlarning bunday mahalliylashuvi ularning o‘ziga xosligiga bo‘lgan ishonchi va 
birovni siqib chiqarishdan ko‘ra, shoxlarini qirqib, serhosil qiladigan hamda umumiy 
manfaat taqozosi bilan mahalliy o‘ziga xosliklar, mahalliy murosa yoki o‘sha joy 
aholisining musulmonchilikdan oldin paydo bo‘lgan deb taxmin qilinayotgan qonunlariga 
moslashish, yoki ularni o‘zlashtirishga imkon beradigan nozik yurisprudentsiya tufayli 
amalga oshadi
[448]
. Musulmon ilohiyotshunosligining asosiy aqidalari, ibodat shakllari 
va xususiy fiqhning fundamental sohalari bo‘yicha boshqa din vakillari bilan birga 
yashashni kafolatlash uchun kamdan-kam hollarda o‘zaro kelishuvga erishilmay qolgan. 
Shuning o‘ziyoq islomning universal din bo‘la olishi va mahalliy turmush tarzlarini
rivojlantira olishi mumkinligini isbotlab beradi. Ayni hol to‘laqonli arablik sari tashlangan 
qadam bosqichi emas, aksincha, universallik va o‘ziga xoslikni muvozanatda tutib tura 
oladigan barqaror islomning mahalliy shakllaridir. Xalqona islom mohiyatan o‘tkinchi, 


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish