Microsoft Word XXI asrda islom ziyouz com doc



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/260
Sana16.03.2022
Hajmi1 Mb.
#497265
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   260
Bog'liq
XXI asrda Islom

sui generis
[331]
yer va osmonning o‘zaro chatishishi ramzidir va
binobarin, u Qur'onning, behad komil Tangri ko‘p martalab (erdagi hayotga) mukammal 
interventsiya qilgan, degan qat'iy ko‘rsatmasiga qarshi chiqadi. Ushbu doktrina - 
mabdani rad etish uchun ramzning o‘zi yo‘q qilindi.
Shu tariqa islom ontologik nuqtai nazardan Isoning maqomini oddiy payg‘ambar 
darajasiga pasaytiradi
[332]
, ammo uning mahdiy (messiya)ligini qoralamaydi va ayni 
hol ilk qarashda g‘ayrimantiqiy bo‘lib tuyulishi mumkin. Alloh Qur'onning tugal ekani 
hamda o‘z ishining esxatologik
[333]
ahamiyatga molik ekanini e'lon qilish bilan nega 
Isoga uni yuksaklarga ko‘taruvchi mahdiylik maqomini berishi kerak edi, degan savol 
tug‘ilishi tabiiy.
Diniy amaliyot bunday payg‘ambarlik tsiklining "muhri"ga tegishli g‘ayrimantiqiy fikrga 
yechim topishga yo‘l izlayotgani aniq. Iso mahdiydir, chunki u yahudiy rivoyatlariga 
barham berdi. Ammo Muhammad esxatologik (
al-Aqib
) payg‘ambardir va 
payg‘ambarlarning muhridir (
Xotam ul-mursalin
), chunki u shavkatli va keng miqyosli 
rivoyatni tugallaydi. Iso butunlay Musoning teskarisidir, ayni paytda hazrati Muhammad 
esa Ibrohim payg‘ambar kashshofi va boshlovchisi bo‘lgan ulkan bir an'ananing eng 
yuqori nuqtasidir. Binobarin, islomning asosiy marosimlari ko‘pincha ibrohimiy va 
esxatologik ahamiyatga molik narsalarni bir-biriga chog‘ishtiradi. Kuniga besh mahal 
namoz o‘qilishi Muhammadni Ibrohim payg‘ambar bilan bog‘lab turadigan 
tashahhud 
iltijosiga yaqindir. Makkaga hajga borish Ibrohimning qilgan ishlarini abadiylashtirishdir: 


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
107
hajga borganlar suv ichadigan quduqni Ismoil qazigan deb hisoblanadi; ikki tog‘ 
o‘rtasida u yoqdan bu yoqqa borib kelish Hojarning suv so‘rab qilgan iltijosini esga soladi 
va shu bilan bir vaqtda Qiyomat kuni suvsirab qiynalishni his qilishga xizmat qiladi; 
hojilar musulmonchilikda Ibrohim o‘g‘li Ismoilni qurbon qilmoqchi bo‘lgan deb 
hisoblanadigan joyni ziyorat qilishadi, unga yaqin bo‘lgan joyda, ya'ni Arofat tog‘idagi 
marosim chog‘ida "kafan kiygan" ehromdagi hojilar olomoni xuddi Qiyomat kunini esga 
soladi
[334]
. Qur'onda "Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham bo‘lmagan, balki to‘g‘ri 
yo‘ldan toymagan (hanif) musulmon bo‘lgan..."
[335]
deyiladi hamda diniy tarixning 
muqarrar intihosini anglatuvchi ibtidoga qaytish Rasululloh hayotining maqsadi va 
uyg‘unligi ifodasi o‘laroq maydonga chiqadi.
Ibrohim payg‘ambarga xos arxetip
[336]
islomning o‘z universalligini, ya'ni boshqa 
dinlarni takomillashtiruvchi ilohiyotshunoslik ekanini tushunishini anglatadi. Ishoq ham 
xuddi nazaretlik avlodi Iso singari sof ibroniy edi. arablarning bobokaloni bo‘lgan Ismoil 
yarim misrlik bo‘lgan. "Ibtido" kitobida: "Men undan buyuk xalq vujudga keltiraman", 
degan va'da Allohga nisbat beriladi (17:20); so‘ngra Ishoq orqali ochilgan ahdni batafsil 
hikoya qilib bermoq uchun bu hikoyat uzilib qoladi. Somiycha qarindoshlikni Misr 
qarindoshligi bilan bog‘lagan islom o‘z kengayishi va mansubligini yahudiy bo‘lmagan 
dunyoning ich-ichiga qadar yetib borishini e'lon qiladi.
Shu tariqa somiycha vahiyning Ismoil payg‘ambarga xos jihatiga daxldor islomning 
intilishlari universal ekani ayon bo‘ladi. Hadisda aytiladiki: "Ilgarigi har bir payg‘ambar 
faqat o‘z qavmiga payg‘ambar qilib yuborilgan edi. Men esam (Yer yuzidagi
odamlarning hammasiga payg‘ambar qilib yuborildim"
[337]
. Shunday qilib, musulmonlar 
esxatologik jamoaga aylandi. Eng so‘nggi jamoa birinchi bo‘lajak. Hadisda Injildagi 
Matfey bayon etgan Xushxabarda keltirilgan uzumzorda ishlovchilar haqidagi 
rivoyat
[338]
eslatilib, mana bunday deyiladi:
Musulmonlarning yahudiy va xristianlarga o‘xshashligi bir kishining qorong‘i tushguncha 
bir guruh kishilarni ishga yollaganiga o‘xshaydi. O'sha kishilar: "Bizga siz beradigan 
maoshning keragi yo‘q", deb faqat tushdan keyingina ishlaydi. U boshqa kishilarni 
yollaydi va ularga: "Bugun qorong‘i tushguncha mana shu ishni tugatib qo‘yinglar", 
deydi. Ular peshin namozi vaqtigacha ishlashadi va shunday deyishadi: "Faqat qilgan 
mehnatimizgina sizniki bo‘lur". U boshqa bir guruhni yollaydi. Ular kun botib, qorong‘i 
tushguncha ishlaydi, lekin ular xuddi oldingi ikki guruh bilan birday ish haqi oladi
[339]
.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish