XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J.
Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
108
Binobarin, xulosada Islomning asosiy hujjatlari ushbu dinning (eski hujjatlarni) tuzatish
va xaloskorlik tarixi bo‘lishni nazarda tutishi ko‘rsatib o‘tilishi kerak; Qur'ondagi
ma'lumotlarni to‘la tadqiq qilgan Jeyn MakOlif mana bunday xulosaga keladi:
"Muhammad payg‘ambar bo‘lganidan so‘ng Tavrot xristianligining "xaloskorlik"
ahamiyati haqida gapirishning o‘zi ortiqchalik qilib qoldi"
[343]
. Halol talqin qilingan
matnlarda Allohning yangi Ahdi boshqa jamoalarga nisbatan bag‘rikenglik qilish
barobarida Ibrohim dinini qayta ta'mirlagan islom ahli bilan qat'iy birga ekani qayd
etiladi.
Ushbu
mulohaza, ahdning musulmonchilik nuqtai nazaridan qaraganda, tushunarlidir.
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlardan ma'lum bo‘lishicha, Qur'on Tavrot darajasida
bo‘lmagan ahddir. Ehtimol, buning sababi musulmonlarning muqaddas kitobi alohida bir
qavmga yo‘llangan, yoki mo‘ljallangan bo‘lmay, butun insoniyatga yuborilganida bo‘lsa
kerak, demakki, uni tarixiy ahd bilan tenglashtirib bo‘lmaydi"
[344]
. Shunga
qaramasdan, Qur'onning "A'rof" surasidagi 172-oyatda Alloh bilan har bir inson ruhi
o‘rtasida dunyo yaratilmasidan burungi ibtidoiy ahd xususida so‘z boradi.
Musulmonlar
o‘z-o‘zini anglashiga ko‘ra, islom dini insoniyatning ma'lum bir bo‘lagi bilangina kelishuv
emas, aksincha, ushbu ibtidoiy va'daning esxatologik qayta tiklanishidir. Buning
"alomatlari"dan biri "barcha kishilar" ("Baqara" surasi, 125-oyat)ning uyini haj paytida
ziyorat qilishdir:
Alloh ahd qilgach, uni yozib, Qora toshga joyladi. Ka'baning atrofini aylangan vaqtda
Toshni tavof qilgan kishilar: "E Alloh! Bu senga sig‘inganimiz, o‘zingga bergan
va'damizni bajarayotganimiz, sening yozganlaringga imon keltirayotganimiz belgisidir",
deyishning ma'nosi shuldir
[345]
.
Ilohiyotshunoslar payg‘ambarning mana shu ilk ahdga asoslangan munosabatni
esxatologik nuqtai nazardan qayta tiklaganini tasdiqlash barobarida Alloh bilan Odam
Ato avlodlaridan ma'lum bir qismi o‘rtasida keyinchalik vujudga kelgan kelishuvning
qonuniy ekanini yerga urmoqchi bo‘ladi.
Dinning payg‘ambar o‘limidan so‘nggi zafarli odimlarini tomosha
qilish bilan bir avlod
shakllandi. Bu avlod islomning universal tarixdagi o‘rniga dastlab mana shu bitik nuqtai
nazari bilan qarash ruhida tarbiyalangan musulmoncha aql-zakovat egasi edi. Islom
o‘zining zafarli yurishlari asnosida urfdan chiqib ketgan iudaizmga egalik qilishni ham
zimmasiga olishi mumkin edi: Freyd surbetlarcha qayd etganiday: "Alloh o‘z tanlagan
bandalariga Yahve o‘z bandalariga ko‘rgazgan marhamatdan ko‘ra ko‘proq marhamat
ko‘rgazdi"
[346]
. Gap xristianlik xususida ketganda
shuni qayd etish kerakki, ulkan
patriarxal shaharlar bo‘lmish Antiox, Aleksandriya va boshqalarning musulmon
dunyosiga qo‘shilib ketishiga xristianlikni urfdan chiqib qolgan din deb hisoblamaydigan
Alloh hech qachon izn bermagan bo‘lur edi, deb iddao qilinadi. Musulmonlarning
hukmronligi xususida gapiradigan kishilar ularning qo‘l ostiga o‘tgan shaharlarni haliyam
xristian shaharlari deb da'vo
qiladi
[347]
. Eng muhimi, islom endilikda Quddusda
hukmronlik qilayotgan edi, lekin keyinchalik u salib yurishi qatnashchilari, hozirgi kunda
esa sionizm qo‘liga o‘tib ketdi, biroq
shunga qaramasdan, musulmon tarixining ulkan bir
bo‘lagi ushbu shahar musulmonlarning qo‘lida bo‘lgan. Ayni hol nasx uchun hassos va
salkam muqaddas dalildir. Musulmonlar Sulaymon payg‘ambarning mmahobatli
ibodatxonasi o‘rnida Uchinchi ibodatxona sifatida, Mark bashorat qilib aytganiday,
"barcha qavmlar ibodat qilishi uchun uy" qilib qurilgan Qubbat us-shahrani o‘ziniki deb