Microsoft Word XXI asrda islom ziyouz com doc



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/260
Sana16.03.2022
Hajmi1 Mb.
#497265
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   260
Bog'liq
XXI asrda Islom

bien-pensant
[379]
musulmon 
musulmon bo‘lmagan qo‘shnisi uchun 
faloh
dan mahrum bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda 
nasx og‘ir mas'uliyatni bajarolmay qolishdan qo‘rqish emas, g‘alabalar asosi deb 
tushunilsa, muloqotga yaramaydigan salbiy ma'no kasb etib qoladi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, har bir kishining o‘z qavmini najot tarixining 
markazida turadi, deb da'vo qilishi xatodir. Bu muqarar sur'atda manmanlikka, 
kelishmovchilikka va ziddiyatga olib boradi. Bu hol G'arb xristianligining aksariyat
mazhablarida o‘zlarini boshqa mazhablardan mutlaq ustun deb da'vo qilish bilan ko‘zga 
tashlanayotgan bir paytda boshqa dinlarning asoslarini keskin rad etmagan yozma 
aqidalarga ega bo‘lgan hamda shu sababli asrlar davomida diniy tinch-totuv yashash 
darajasini saqlab qola olgan islom singari dinga e'tiqod qiladigan qavmlar bunday yo‘l 
tutmadi. Bunday qavm bugungi kunda Boshqaning hurmatini joyiga qo‘yadigan 
ilohiyotshunosligini boshqalarga ko‘z-ko‘z qilishi mumkin. Hamma narsa o‘zaro qorishib 
ketgan dunyoda yashash oson emas, ammo dinlarning o‘z-o‘zini tushunishining, xuddi 
shuningdek, shaxsning o‘z-o‘zini tushunishining asosiy jihatlaridan voz kechishga 
majburlamaslik ehtiyoji Boshqani yovuzlashtirmaslik, tarix va dunyoni 
moniy
[380]
chasiga qabul qilmaslik imkonini beradi.
IX bob


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
114
Britaniya va Buyuk Ahd
«Xudosizlik deb atalgan sulukka amal qilib,
men ota-bobolarim diniga e'tiqod qilaman...» 
Jon Milton, Avliyo Paveldan iqtibos 
1997 yilda e'lon qilingan ma'lumotlarga qaraganda, 2002 yilga borib Britaniya 
musulmonlari soni Angliya cherkoviga qatnaydigan xristianlar miqdoridan oshib ketadi. 
O'sha yili musulmonlarning soni 760 ming kishi, anglikanlarniki esa 756 ming kishi 
bo‘ladi
[381]
. Bu Dizraelining «aldaydi, statistika ham yomon aldaydi» degan gapini 
tasdiqlaydimi, yo‘qmi, bundan qat'i nazar, islom Britaniyaning diniy manzarasida ko‘zga 
tashlanuvchi holga kelgani isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Assimilyatsiya jarayonlari 
milliy o‘ziga xoslikning chetlarini yemirib tashlamoqda, biroq din asosiy e'tiqod va 
amaliyotlarning siquvga olinishi va o‘zgartirilishiga qarshilik ko‘rsatishning odatiy o‘jar 
qolipiga moslasha bormoqda. Bugungi kunda Britaniyada bhangra ilohiyotshunosligi 
yoki e'tiqodi yo‘q, uning o‘rniga bhangra musiqasi balandroq yangramoqda. Shunga 
qaramasdan, yoki shunga asosan, islom muvaffaqiyatli tarzda tez-tez bir avloddan 
ikkinchisiga ham o‘ta boshladi. Bu kompleks xarakterdagi muvaffaqiyat edi, ko‘pgina 
yosh musulmonlar dinning jamoa bo‘lib ibodat qilish va ma'naviy meros umididan 
yiroqqa tushib qolyapti, bu hol qishloqda yashab o‘sgan immigrantlar avlodining e'tiqod 
va urf-odatlarning sinkretik shakllari bilan xarakterlanuvchi
[382]
diniy tushunchalarning 
urban, 
nomotsentrik
[383]
ko‘rinishlarini kashf qilish 
fenomeni
bilan bog‘liqdir. Turli 
shamollar esmoqda, mabodo masjidga borish o‘ziga xos yo‘l ko‘rsatish bo‘lsa, jamoa 
o‘ziga yaxshi bir istehkom hozirlayotgani ko‘rinib turibdi.
Bunday tanlangan evrilish vositasidagi yashovchanlik olis dindor o‘tmish 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish