www.ziyouz.com
kutubxonasi
116
fosh qilib qo‘yadi. Islom tarqalgan ulkan hududlardagi bunday e'tirofning aniq tabiatini
ilg‘ab olish chet kishilar uchun ham qiyin bo‘lishi mumkin. Nazariy jihatdan qaraganda,
uni shariatning vujudda ildiz otishiga yo‘yish samara beradi. Moris Merlo-Pontining
nazdida, shu vujud bizni manmanlikdan xalos etadi, chunki u turli madaniyatlar o‘zaro
qorishib ketgan yagona universal maydon hozirlab beradi
[390]
. Haqiqiy
intersub'ektivlik
[391]
, yoki "interkorporeyti"
[392]
ning asosi bo‘lgan musulmonlik vujudi,
sof qonunlar manzili hamda musulmon diskursining butun boshli nomotsentrik
strukturasi tamal toshi lingvistik idealizmning, til voqelikni tasvirlab bermaydi, aksincha,
uni hosil qiladi, degan g‘ayrishuuriy (va Qur'onga mutlaqo xos bo‘lmagan) aqidasiga
qarshi turishda muhim ahamiyat kasb etadi
[393]
.
Geertz va postmodern kuzatuvchilar (islom)
ummat
(i)ni keskin tarzda
boshboshdoqlashib ketgan, deb bilishadi; yana tarixchi islom qavmi dunyosidagi har bir
o‘ziga xoslikni (musulmonlik) vujud(i)ga asoslangan va unda tajribadan o‘tgan hamda
matnlarda umumiy tarzda bayon qilingan mo‘‘tadil va doimiy mohiyat bilan faol
munosabatlarda samarali deb qarashi ham mumkin. Sunniylarning oddiygina bitik
bo‘lmagan me'yoriy ekzegetik qonuni asrlar davomida hududiy o‘ziga xoslikning ma'jusiy
jihatlarini o‘zgartiradi va, pirovardida, ularning o‘rnini egallab olishi ham mumkin.
Agar biz islom metanarratsiyasini matndan kelib chiqqan holda, hamma ma'qullagan
sunniy dastur nuqtai nazaridan aniqlab olsak, uni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lamiz.
Baydaviyning tafsiri,
usul ul-fiqh
ga oid kitoblar va ash'ariylar yoki moturidiylarning
dogmatik sintezlari va ba'zi bir boshqa matnlar an'anaviy islom dunyosiga hech bir
o‘zgarishsiz tarqalib ketgan. Olganidan ko‘ra ko‘proq beradigan hamda madaniyatlarning
tanish va izchil yo‘nalishda rivojlanishiga doimiy tarzda turtki beruvchi qonunga
asoslanadigan din sistemasi metanarratsiya deb hisoblanishi mumkin; muqaddas
bitiklarga muhrlangan abadiy fundamental muhokamaning o‘ziga xos ifodasi bo‘lgan
metanarratsiyaga, nazarimda, bu o‘rinda baho berib o‘tirishga ehtiyoj yo‘q. Ushbu
metanarratsiya Buyuk Britaniyada inglizlikning o‘ziga xos xususiyatlariga qo‘shilib ketish
jarayoni orqali qaytadan rang-baranglashdi va yo‘nalishini o‘zgartirdi. Bu jarayonga yosh
avlod katta yoshlilardan ko‘ra «labbay» deb javob berayotgan va unga ko‘proq
qo‘shilayotganga o‘xshaydi. Chunki katta yoshlilar qishloq joylarining o‘zga xos jihatlari
ruhida tarbiyalangan, ular bitiklarni emas, ruhoniy shaxslarni dinning obro‘-e'tibori
manbasi sifatida biladi. Ba'zi hollarda mana shu noto‘g‘ri tushunish xuddi Britaniyada
yangitdan faollashib ketgan
tariqat
larday, O'rta Sharq konservatizmi orqali an'ana
bilan qaytadan bog‘lanishga; boshqacha aytganda, islomni o‘tmishdan ajratib olib,
bitiklarni deb uning muqaddasligini butunlay inkor qilishga sabab bo‘lishi mumkin
[394]
.
Ammo ikkala holatda ham Janubiy Osiyoning g‘ayritabiiy narsalar, hatto sehrgarlikka
asoslangan jo‘n xudojo‘yligi bu o‘rinda me'yoriy an'anaviy va salafiylar
[395]
ga xos turli-
tuman skripturalizm
[396]
larga yo‘l ochib berishi mumkin. Britaniyada
Do'stlaringiz bilan baham: |