partikulyarizm
[397]
universallashmoqda, so‘ngra notekis tarzda qaytadan
partikulyarlashmoqda. Bu hol Braelvining xudojo‘yligidan Deobandi, Tabligi, Shadhili
yoki vahhobiylikning tarafdorlik xususidagi zamonga tezroq moslashuvchan iboralari
tomon siljib bormoqda yoki ular shunga qulay sharoit yaratmoqda.
Shotland devolyutsiyasi
[398]
boshlagan munozaralar chog‘ida ma'lum bo‘lganiday,
tarozining boshqa pallasida partikulyarizmga teng kuchga ega bo‘lgan Britaniya
narratsiyasi turadi va bu narratsiya ham chigalligi jihatidan partikulyarizmdan kam
bo‘lmagan muammoli kategoriyadir. Odatda, ushbu narratsiyani xalq tilida «inglizlar»
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
117
deb atash qonuniyday tuyuladi va biror kishi mana shu nom ostida ko‘p ming nusxada
kitob ham chop etishi mumkin
[399]
. Biroq universitetlarda va ba'zi bir ijtimoiy soha
ma'murlari orasida Britaniya metanarratsiyasi g‘oyasini istisno qiluvchi g‘oya inkor
etuvchi, siyosiy jihatdan to‘g‘ri va turli madaniyatlarga xos tamoyil mavjud. Bu o‘rinda
ushbu so‘roqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri e'tiroz bildirish shart emas; britanlilik (inglizlik) aniq bir
ko‘rinishga ega emas va biz an'anaga ko‘ra, uning tarkibiy qismlari deb hisoblab kelgan
narsalarni bugungi kunga kelib, o‘z hududlaridan tashqariga tarqalayotgan islom, ya'ni
globallashuv zudlik bilan yemirib tashlayapti. Bir kishi: "Shotlandiya mamlakat emas,
cherkovdir"
[400]
(Ernest Barker, 1947 yili) yoki 1951 yili bir gazeta sharhining muallifi:
"Inglizlar juda jipslashgan xalq, ular o‘z tarixining oldingi davrlaridagidan ham ko‘ra
jipsroqdir"
[401]
, deb yozgan vaqtdan beri oradan ming yillar o‘tib ketganga o‘xshaydi.
Shunga qaramasdan, bundan keyingi sahifalarda ba'zi bir umumlashmalar keltiriladi,
ularni inkor qilgandan ko‘ra himoya qilish osonroq tuyuladi.
Ushbu maqolaning balansi britaniyaliklarning musulmonchilikka bo‘lgan hissiy
munosabati va islomni mamlakatning ijtimoiy-madaniy to‘qimalariga qayta qiritish orqali
O'z va Boshqa o‘rtasidagi tanglikni bartaraf etish yo‘lini izlash bilan bog‘liq ikkita
kuzatishni (sizning hukmingizga) havola etadi. Ulardan biri Britaniya an'anaviy diniy
hayotida islomga mehmondo‘stlarcha munosabatda bo‘ladigan o‘zgarishlar ro‘y
berayotganidir. Ammo e'tibor eng avvalo islomning paradigmatik
[402]
Boshqaga
beradigan ta'rifiga qaratilishi kerak. Individual o‘ziga xoslik hamisha refleksiv usul bilan
shakllanadi: biz qo‘shnilarimizdan butunlay boshqa odamlarmiz. Britaniyaliklarning milliy
o‘ziga xosligi Yevropaning boshqa bir nechta xalqlarinikidan far qilishi, buning sababi
uning islomiy raqibga qarshi o‘ziga xoslikni yaratish tarixi yo‘q ekani keyingi bo‘limdagi
munozaramizning asosini tashkil etadi.
* * *
1998 yili adabiyot sohasidagi Nobel mukofotiga Portugaliyaning mashhur yozuvchisi Joze
Saramago sazovor bo‘ldi. Uning ajoyib romanlaridan birida lissabonlik musahhihga o‘z
shahrining yangi tarixiga oid grankani tuzatish topshiriladi
[403]
. Hikoyaning mazmuni
shaharning eng fojiali lahzasi: uning musulmonlar qo‘lidan aholi qirg‘iniga sabab bo‘lgan
salib yurishida qatnashayotgan qo‘shinlar qo‘liga o‘tishiga nazar tashlash bilan qorishib
ketadi. O'rta asrlardagi yagona bo‘lgan ushbu dahshatli qirg‘inda yuz minglab kishilar
qurbon bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. O'zining jonajon shahri etnik tozalash oqibatida paydo
bo‘lganini anglab, ruhiy jarohat olgan musahhih kitobning korrekturasini salib yurishi
qatnashchilarining zo‘ravonliklarini postxok
[404]
chilar (va postmodernchilar) o‘chirib
tashlagani singari o‘zgartiradi. U grankadagi dahshatli voqelik tafqsilotini yana bir karra
ko‘zdan kechirib chiqqach, ko‘ngli sust ketib, o‘z kasbida o‘lsa kechirilmaydigan
gunohga qo‘l uradi. Nitsshening musahhihi "Xudo o‘lgan", degan jumlaga "yo‘q" so‘zini
qo‘shib qo‘yish istagini yengadi. Ammo matndagi "Salibchilar Lissabon shahrini zabt
etdi", jumlasiga mutlaqo nojoiz inkor qo‘shimchasini qo‘shib qo‘yadi. Musahhih bunday
tarixni hazm qiladi va u o‘zgarishi kerak edi. Saramagoning nazdida, tahrir qilingan
Portugaliya milliy tarixi chop etilganidan so‘nggi baqir-chaqirlar 700 yil oldin ro‘y bergan
voqea tufayli buzilgan va ehtiroslarga to‘la milliy o‘ziga xoslik borasida bir to‘xtamga
kelish mushkul ekanini ko‘rsatdi. Portugaliyaning milliy epik dostoni "Luziadlar"
[405]
"Odil falak irodasi bilan xudosiz musulmon (lar)ga qarshi kurash u(lar)ni butunlay quvib
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: |