www.ziyouz.com
kutubxonasi
96
shogirdlarga ustozning rom etuvchi qobiliyatini ishga solish texnologiyasi yordamida
izlovchilarni muhim, zararsiz, bosqichma-bosqich qadamlar bilan dinga olib kiradi.
Ushbu murakkab jarayonga akademik tartib berishga urinish hamda Bulliet va boshqalar
tavsiflab bergan an'anaviy islomlashtirish jarayonlarini, agar ular haqiqatan ham mavjud
bo‘lsa, o‘zaro farqlash yangicha sharoitda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Bundan
ham soddaroq tajriba o‘tkazishga oldin ham urinib ko‘rilgan edi. Ushbu tajriba paytida
misol tariqasida turli-tuman vebsaytlar orasidan musulmonlikni qabul qilgan kishilardan
yuz nafarining bergan ko‘rgazmalari tanlab olindi. Bunday yondashuvdan aniq bir natija
kutish qiyin, chunki dinni qabul qilgan kishining qanday hissiyotlarni tuygani, tajribasi
boshqalar uchun me'yor bo‘lishi mumkin emas. Suhbatlashuvchi yoki savolnomaning
yo‘qligi bir dindan boshqasiga o‘tish jarayonidagi muhim jihatlarni aniqlashda ko‘rib
chiqiladigan ota-onaning o‘zaro ajrashib ketishi, alkogolizm singari beqaror omillarni
qayd etishda chalkashliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, vebsaytlarning
o‘zi boshqa dinga o‘tish borasidagi ma'lumotlarni to‘g‘ri bermasligi va ayni hol ularning
asosiy hayot tarziga zid kelib qolishi ham mumkin. Biroq shunga qaramasdan, bundan
ma'lum bir ehtiyotkor xulosalar chiqarish va ular islomni qabul qilishga oid an'anaviy
nazariyalarga oydinlik kiritishi mumkin.
O'z dardini Internet orqali dasturxon qilgan yuz nafar islomni qabul qilgan kishi turli-
tuman guruhlarga mansub. Ularning to‘rtdan uch qismi amerikaliklar bo‘lib, turli-tuman
iqtisodiy-siyosiy sinf vakillaridir. O'sha musulmonlikni qabul qilganlarning teng yarmi
ayollar ekani G'arbda islomni qabul qilgan kishilarning to‘rtdan uch qismi ayollar ekani
xususidagi ma'lumotlarning to‘g‘riligini shubha ostiga qo‘yadi
[263]
. Yangi
musulmonlarning yoshi, umuman olganda, o‘sha hududlar aholisining yoshidan unchalik
farq qilmaydi. Ularning taxminan 80-90 foizi 1993 yildan so‘ng islomni qabul qilgan.
Faqat ikki kishigina islomni qabul qilishini musulmonlar mamlakatida orttirgan tajribasi
bilan bog‘liq deb hisoblaydi. Besh kishi sobiq xristian missionerlari, olti kishi esa liberal
ilohiyotshunoslik va xalqchil liturgiya
[264]
dan norozi bo‘lgan konservativ katoliklar ekan.
O'n besh kishi xristianlikning Uchlik
[265]
aqidasiga shubha bilan qaragani uchun uni
tark etibdi. Yana uch kishi sobiq yahudiylar, to‘rt kishi esa iudaizmga o‘tishni
mo‘ljallayotganini qayd etadi. Uch kishi xitoylik, sakkiz, balki undan ham ko‘prog‘i qora
tanli amerikaliklar, yana uch kishi asl amerikaliklar ekan. Shulardan yetti nafari, balki,
undan ham ko‘prog‘i oila qurganidan so‘ng islomni qabul qilgan ekan. Olti kishi esa tush
yoki mo‘‘jiza ko‘rib islomga o‘tganini ta'kidlaydi. 29 ta hisobotda esa islomni qabul
qilganlar uchun Qur'onni o‘qish bu jarayonni tezlashtirgani asosiy omil sifatida keltiriladi.
Eng dolzarb mavzulardan biri dinni qabul qilishga chog‘langan kishining o‘zi qo‘yajak
ehtiyotkor va aniq ("yong‘oqli pirogning bir bo‘lagini chaynamay yutish kabi yengil")
qadam hissidir, biroq bu qadam muhim, shu bilan birga, oila, tanish-bilishlar va keng
G'arb jamiyati uchun oshiqcha dahmaza bo‘lib ko‘rinadi. Ayniqsa, Amerika Qo‘shma
Shtatlarida islomni qabul qilish ijtimoiy jihatdan toqat qilib bo‘ladigan hodisa emas. 1979
yilgi kishilarni garovga olish bilan bog‘liq tanglikdan beri musulmonlarga nisbatan salbiy
munosabat izchil ravishda kuchayib bordi, yaqinda Roper o‘tkazgan jamoatchilik fikrini
so‘rab bilish natijalariga ko‘ra, AQShda so‘ralganlarning yarmidan ko‘pi islomni
"mohiyatan Amerikaga qarshi" deb baholagan, Amerika-islom munosabatlari
kengashining ma'lum qilishicha, 1997 yilga kelib musulmonlarni kamsitish holatlari 60
foiz ortgan
[266]
. Amerikada musulmonlikni qabul qilgan kishilarning mutlaq ko‘pchiligini
tashvishlantirayotgan narsa islomiy o‘ziga xoslikni yerga urish hollaridir. Bu kishilar
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: |