Microsoft Word XXI asrda islom ziyouz com doc



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/260
Sana16.03.2022
Hajmi1 Mb.
#497265
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   260
Bog'liq
XXI asrda Islom

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
97
doimiy ravishda boshqalarning o‘zlariga nisbatan yovqarashi va haqoratlashlaridan 
shikoyat qiladi. Kichik bir Baybl Belt
[267]
shaharchasida istiqomat qiluvchi vazirning qizi 
bergan ko‘rgazmalar ushbu muammo mohiyatini ochib beradi: 
Men bir kuni tushdan keyin uyimga kelsam [...] kimdir uyimning derazasini o‘q otib, chil-
chil qilganini va mashinalarimdan birining yon tomoniga purkaluvchi bo‘yoq bilan 
"TYeRRORISTSYeVAR" deb yozib tashlaganini ko‘rdim. Politsiyachilar menga umuman 
yordam bermadi. Aynan o‘sha kuni kechasi Internet orqali musulmonlar bilan 
suhbatlashib o‘tirib, tashqarida o‘q ovozini eshitib qoldim. Ular qaytib kelib, uyimning 
butun qolgan derazalari oynalarini ham chil-chil qildi va tashqaridagi barcha uy 
hayvonlarimni o‘ldirib ketdi
[268]

Ayni o‘sha musulmonlikni qabul qilgan qiz o‘ziga hujum qilingani va oqibatda 
kasalxonaga tushib qolgani, shu paytgacha unga nisbatan xushmuomala bo‘lgan 
qo‘shnilarining jahlni chiqaruvchi qiliqlarini bir-bir sanab o‘tadi. U, garchi eng yaqin 
masjiddan 120 mil uzoqlikda yashasa-da, «islom haqida bir oz bilganlarim ham 
Internetdan topgan narsalarimni o‘qishdan, Internet tarmog‘idagi chin do‘stlarim va 
oilam tufayli orttirilgandir", deydi va binobarin, uning ruhini hech kim cho‘ktira 
olmaydi.
Islomni qabul qilgan boshqa kishilar ham oilasi va mahalliy jamoalar o‘zlaridan yuz 
o‘girganiga o‘xshash favqulodda vaziyatlar xususida hikoya qiladi. Ushbu misollarda 
missioner
[269]
ota-onalar islomni qabul qilgan farzandlarini kimdir o‘z tarafiga og‘dirib 
olgan, deb hisoblagani, boshqa ota-onalar esa farzandlarining islomga o‘tishini o‘zlariga 
nisbatan haqorat deb bilib, politsiyaga ham arz qilgani qayd etiladi.
Islomga nisbatan bunday raqiblarcha munosabat, dinga qo‘shib olinish xususidagi 
an'anaviy nazariyalar va kishi tabiatidagi atrof-muhitga moslashuvchanlik jiddiy 
muammolar sirasiga kiradi. Biroq, taqdir hazilini qarangki, ayni shunday munosabat 
islomni qabul qilish jarayonidagi yetakchi omillardan biri sifatida ham ko‘zga tashlanadi. 
Boshqa dinni qabul qilishga oid ko‘rgazmalarda tez-tez uchraydigan hol islomni 
o‘rganishga bo‘lgan dastlabki qiziqishga yangi musulmonlar, xristian dini yoki 
feminizmga nisbatan keskin nafrat va haqiqiy muhabbat turtki bo‘lib xizmat qilgani 
ta'kidlanadi. Masalan, sobiq katolik seminariya
[270]
si o‘quvchisi nimalarni his qilganini 
bunday ta'riflaydi:
Musulmon davlatlari yer bilan yakson qilinishi kerak [...] Men o‘z vazifamni 
musulmonlarni xristian diniga o‘tkazish deb bilar edim [...] Biroq ikki yil davomida 
musulmonlar bilan bo‘lgan munozaralar va muqaddas kitoblardagi mavzularni tadqiq 
qilgandan so‘ng islomni qabul qilishga qaror qildim
[271]
.
Boshqa bir amerikalik esa o‘smirlik yillarini aqidaparastlar radiostantsiyalarining 
"payg‘ambarlik bo‘yicha sinchilari" va'zlariga quloq tutib o‘tkazganini yozadi. Uning 
xotirlashicha: 
Sinchilarning turli-tuman fitna nazariyalarini, Isroilni va diniy yahudiyparastlikni 
telbalarcha qo‘llab-quvvatlashi, "islom xavfi" xususida og‘zidan tupuk sachratib va'z 
aytishi menda ularga nisbatan g‘ayrishuuriy joziba uyg‘otar edi
.


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish