www.ziyouz.com
kutubxonasi
95
tarafdorlar axtarish an'anasini rivojlantiradi. Binobarin, ayni paytda g‘arblik izlovchining
Sharqni kashf qilish uchun safarga otlanishiga hojat qolmaydi, u buning o‘rniga 30 dan
ortiq vebsaytlarga yoki G'arb mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan so‘fiylik tariqatiga
kirib qo‘ya qoladi. Ma'naviy rahnamolar yo‘l-yo‘rig‘iga yetisha olmayotgan bo‘lg‘usi
a'zolar ushbu diskurslarning elektron talqiniga amal etishi, kitoblarini sotib olishi,
masjidlardagi, lojalardagi va anjuman markazlaridagi ulkan yig‘inlarni tomosha qilishi
mumkin.
Tasavvufning ushbu missionerligi jo‘shqin faoliyatining bir chekkasida boshqa
kibertariqatlar ham borki, ular o‘zlarini musulmon deb hisoblamaydi, biroq ular so‘fiylik
ta'limoti unsurlarini yangi asrning e'tiqod va uslublari bilan birga qatorga qo‘yadi. Bu
guruhlarning g‘amxo‘r rahnamosi Mavlono (Rumiy)ning o‘zlaridir, ul zot asarlari
Amerikada bestseller bo‘lgan shoir hamdir. Tarixiy Rumiy 13-asrning chin ma'nodagi
dindor olimi edi, biroq u o‘zining yangi asrdagi tanlangan, sinkretik qiyofasi bilan
Internetning liberal guru
[260]
laridan biriga aylanib qoldi. Shunday qilib, g‘arblik
ma'naviyat izlovchi "Rumiydan ilhomlangan nay musiqasi"ni tinglashi yoki uning
she'riyati ixlosmandlarining muhokama guruhiga qo‘shilishi yoki Rumiydan ilhomlanib
chizilgan raqamli rassomlik asarlarini tomosha qilishi mumkin
[261]
. G'arbning
Mavlonodan ilhomlanadigan musulmon bo‘lmagan "so‘fiylik tariqati" izlovchilarni
"Elektronik so‘fiylik sinfi"ga taklif etadi. Bu sinfda ular nomini birovga ma'lum qilmagan
holda, diniy uslublarni o‘rganishi mumkin. Bu uslublar ularning a'zoligiga zarar
yetkazmaydi, aksincha, mavjud bo‘shliqlarni to‘ldiradi.
Ba'zi tariqatlarga musulmonlar ham, musulmon bo‘lmaganlar ham a'zo bo‘lishi mumkin.
Shulardan biri Filadelfiyadagi Bava Muhaiyadin birodarligidir. Bir tamil ruhoniysi va
zohidi asos solgan ushbu harakat o‘z asoschisi 1986 yili vafot etganidan so‘ng ham
Internet tufayli qisman yashab qoldi. Ushbu tinchliksevar va estetik jihatdan mukammal
vebsayt ziyoratchilari so‘fiylik an'anasiga asosan Filadelfiyaning boy chekkalaridan
biridagi masjidga kelguday bo‘lsa, sabzovotlardan tayyorlangan bepul taom bilan
mehmon qilinishi xususida boxabar etiladi; bu hol yangi a'zolarni jalb etish uchun juda
qulay imkoniyatdir
[262]
.
Bunday usul bilan joriy etilgan davomiylik g‘arblik "izlovchi"ga, dastlab, islomni qabul
qilishni xayoliga keltirmay turib ham biror so‘fiylik guruhi qarashlariga qo‘shilishiga
imkon beradi. Bu hol dinning atrofni qurshab turgan madaniyati bilan yaqindan
tanishish, ba'zi bir urf-odatlar va e'tiqodni, oradan ma'lum bir vaqt o‘tib esa, islomning
o‘zini qabul qilish imkonini beradi. Qora tanli musulmonlar hayotida ro‘y berganiday,
ushbu andoza Nokkning qo‘shib olish xususidagi tezisi - iddaosi bilan hamohangdir.
Ushbu iddaoga ko‘ra, ibodatning yangi tizimlari bir narsaning o‘rniga ikkinchisiga amal
qilishdan ko‘ra dastlab uni yordamchi yoki qo‘shimcha narsa sifatida qabul qilish va
oldingi diniy e'tiqodga amal etishni bir oz muddat to‘xtatib, ikkinchisiga o‘tib ketish
osonligini nazarda tutadi.
O'ta murakkab manzaradan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Internetdagi musulmon
prozelitizmi ikkita ulkan kontekstda paydo bo‘ladi: birinchidan, boshqa joydan ko‘chib
kelgan musulmonlarning islomni qabul qiluvchilar ko‘payishini ko‘zlab yuritayotgan
saytlari ko‘pincha xristian diniga nisbatan keskin yondashsa, ikkinchidan, islomni qabul
qilganlar yuritayotgan saytlar, odatda, mo‘ljalni tasavvuf tomon oladi, tasavvuf bo‘lajak
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: |