Microsoft Word XXI asrda islom ziyouz com doc


"Xristian dinini qabul qilganlar va



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/260
Sana16.03.2022
Hajmi1 Mb.
#497265
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   260
Bog'liq
XXI asrda Islom

"Xristian dinini qabul qilganlar va 
Meyji
[225]
 Yaponiyasidagi ijtimoiy norozilik
" kitobida juda batafsil tavsiflab bergan 
edi. Shayner Meyji islohotlari oqibatida o‘zining ijtimoiy maqomini yo‘qotgan har bir 
samuray norozilik belgisi sifatida protestantizmni qabul qilganini tushuntirib beradi
[226]

Ushbu xulosalar ishonarli ekaniga hech kim shubha qilmasa kerak. Islomni qabul qilish 
qarori, o‘z tabiatiga ko‘ra, qiyin kechishiga qaramasdan, xristianlar va keyinchalik 
Hindistondagi qoloq hindular ommaviy tarzda ushbu dinga o‘tdi. Bu hol zamiriga ozodlik 
ilohiyotshunosligi singdirilgan Qur'on xabari tabiatidan kelib chiqadi va muayyan 
jamiyatning rahbari musulmon yoki boshqa dinga mansub bo‘lishidan qat'i nazar, 
ijtimoiy qoloqlikka qarshi norozilik vositasi rolini o‘ynaydi. Biz buning qatoriga, albatta, 
dinning jozibadorligini ham qo‘shishimiz kerak bo‘ladi: u isoshunoslik va ilohiy uchlikka 
xos ziddiyatlari yoki vedantalar
[227]
ning chalkash metafizikasidan bezib qolgan 
odamlarni o‘ziga rom etgan oddiy monoteizmdir. Binobarin, Lamartinning islomni 
qadrlashi "amaliy va tasavvurga oid teizmdir. Bunga ishonadigan odamlarni boshqa dinni 
qabul qilishga ko‘ndirib bo‘lmaydi: kishi mo‘‘jizalarga to‘la bo‘lgan dogmatik tizimdan 
boshqa tomonga qarab emas, oddiy dogma tarafga siljib boradi"
[228]
. Yana shunisi ham 
ma'lumki, dunyoning eng ko‘hna va teran xristian jamoalari islomni uning kuchli va 
ta'sirchan diniy qobiliyatga ega himoyachilari bo‘lmaganda tinchgina qabul qilmas edi.


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
92
* * * 
Hozirgi kunda ham islomni qabul qilishning bunday klassik andozalarini qo‘llash mumkin 
yoki mumkin emasligi noaniq. Dinning miqdor jihatidan o‘sib borishi bor gap: dunyo 
aholisi orasida musulmonlar miqdori 1900 yili 12 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 20-asrning oxiriga 
kelib bu ko‘rsatkich 20 foizga yetdi, 2025 yilga borib esa, 30 foizga yetishi hisoblab 
chiqilgan. Biroq bu o‘sish, asosan, musulmonlar ko‘p istiqomat qiladigan uchinchi dunyo 
jamoalaridagi tabiiy ko‘payish natijasidir. Zamonaviy islomning missionerlik darajasi va 
tabiatini ochib beradigan ishonarli statistika mavjud emas.
Biroq G'arbning an'anaviy dini xristianlik bo‘lib kelgan davlatlari islomlashish holatini 
boshdan kechirayotgani shubhasiz. Demografik nuqtai nazardan, Afrika-Amerika 
musulmon jamoasi buning yorqin misoli bo‘la oladi. Ularning miqdori Amerikada 4 
millionga yetdi. Mazkur jamoa vakillarining bokschi Muhammad Ali, jaz sozandasi Jon 
Koltreyn va din faollaridan biri bo‘lmish Malkolm Iks singari islomni qabul qilgan 
mashhur kishilarga ergashib, bu dinga o‘tgani oq tanli xristianlarning asrlar davomida 
qora tanlilarga nisbatan yomon munosabatda bo‘lib kelganiga javoban norozilik harakati 
sifatida talqin etilishi tayin. Qora tanlilar madaniyatining mashhur rep musiqasi, 
shuningdek, "Islom millati" deb ataluvchi sinkretik
[229]
harakatlarning paydo bo‘lishi, 
masjidga to‘plangan jamoaga gilamda o‘tirish o‘rniga stulda o‘tirishga ruxsat etishday 
muayyan yon berishlar orqali musulmonchilikning tarqalish jarayoni ancha yengillashdi. 
Bu jarayon xristianlikdan musulmoncha o‘ziga xoslikka o‘tish uchun dastlabki qadamlar 
sifatida ko‘zga tashlanadi
[230]
. Zamonaviy Amerika diniy muhitining ulkan o‘zgarishga 
yuz tutishini bunday tushunish islomni qabul qilishning yuqorida qayd etilgan ikki 
nazariyasini tasdiqlaydi: 1) ijtimoiy qoloqlik tufayli kelib chiqadigan norozilik va 2) asta-
sekinlik bilan dinga qo‘shila borish nazariyasi. 
Birmuncha imtiyozlarga ega bo‘lgan etnik guruhlarning islomni nisbatan kamroq, ammo 
izchil qabul qila borishini tushuntirish juda mushkul. Garchi islom, asosan, "kambag‘allar 
tanlayotgan imtiyoz" bo‘lsa-da, 1981 yili mazkur dinni frantsuz kommunistik 
Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish