Microsoft Word XXI asrda islom ziyouz com doc



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/260
Sana16.03.2022
Hajmi1 Mb.
#497265
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   260
Bog'liq
XXI asrda Islom

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
88
qilish huquqi berilgan, ushbu cherkov haliyam G'azo shahrining o‘sha joyida 
turibdi
[212]

Bu o‘rinda ushbu jarayonga oid keskin munozaralarga sabab bo‘lgan talqinlarga 
hakamlik qilishning mavridi emas. Ammo ko‘pchilikka ma'qul bo‘lgan quyidagi natijalarni 
qayd etib o‘tish o‘rinlidir. Birinchidan, 1896 yili Ser Tomas Arnoldning "
Islom 
voizligi
"
[213]
kitobi chop etilganidan so‘ng ko‘pchilik xristianlarning islomni qabul 
qilishi majburiy emas, aksincha, ixtiyoriy bo‘lgani tasdiqlandi. Binobarin, musulmonlar 
Ispaniyasining bir zamonaviy tarixchisi "tarixchilar musulmon fotihlari xristianlarni o‘z 
tarafiga og‘dirib olmagani va ta'qib qilmagani xususida yakdil fikrdalar"
[214]
, degan 
edi. Ikkinchidan, 1950 yili D.S.Dennettning
 "Boshqa dinga o‘tish va dastlabki 
islomdagi jon solig‘i"
[215]
kitobi paydo bo‘lishi bilan tarixchilar, ko‘pchilik xalifalar 
g‘ayridinlar uchun joriy etgan kamsituvchi soliqni to‘lamaslik uchungina islomni qabul 
qilgan, degan eski qarashni rad etdi. Shu tariqa o‘sha soliq miqdori unchalik ko‘p 
bo‘lmagani, uning aksariyat hollarda dinni qabul qilish-qilmaslikka bog‘liq emasligi 
ma'lum bo‘lib qoldi. Uchinchidan, Richard Bulliet 1979 yili chop etilgan "
O'rta asrlar 
davrida islomni qabul qilish"
monografiyasida musulmonchilikka o‘tish hollari 
mamlakatlar zabt etilishi bilanoq sodir bo‘lib qolmagani, aksincha, uch-to‘rt asrdan so‘ng 
bo‘lganini ko‘rsatib berdi. Bullietning o‘zi buni "Dinni qabul qilish asrlari"
[216]
deb 
ataydi. Endi biz bu jarayonni Misr va Shimoliy Afrikadagi hududlar 9-asrning o‘rtalariga 
kelib musulmon mamlakatlariga aylangani; Eron bundan oldinroq musulmon davlati 
bo‘lgani; 12-asrning boshlariga kelib esa Iberiya yarim oroli aholisining kamida beshdan 
to‘rt qismi musulmonchilikni qabul qilganiga so‘zsiz ishonamiz. Uchala kashfiyot ham 
Levttsionning 1979 yili yozgan quyidagi xulosasini tasdiqlaydi: "harbiy bosqindan so‘ng 
zudlik bilan odamlar yoppasiga islomni qabul qilmagan", biroq oradan bir asr va ko‘proq 
vaqt o‘tgach bunday hol kuzatilgan
[217]
. Islomlashtirish jarayoniga oid tadqiqotlar ayni 
holning keyinchalik, o‘rta asrlarda ham musulmon sulolalari zabt etgan Shimoliy 
Hindiston, Anatoliya va Bolqon (yarim oroli) singari hududlarda kuzatilganini tasdiqlaydi.
Levttsion va Bulliet, qolaversa, shu sohani tadqiq qilgan boshqa kishilar garchi 
xo‘jako‘rsin uchun o‘z da'volarini dinning qonuniyligi bilan asoslashga intilgan esa-da, 
musulmon davlat tuzilmalari deyarli hech qachon boshqa dinga mansub kam sonli 
aholini islomni qabul qilishga majburlash yo‘llarini axtarmagan. Islomni qabul qilish, 
odatda, rasmiy siquvga olishi yoki haqiqiy xristianlik yoki boshqa institut - qurimlarning 
taxmin etilayotgan inqirozi oqibati emas, aksincha, musulmonlar va musulmon 
bo‘lmaganlar o‘rtasida kuchayib borayotgan ijtimoiy aloqalar ta'siri edi. Dastlabki 
bosqinchilar qisman arab qabilalarini islom vositasida birlashtirishni istagan bo‘lsa-da, 
harbiy shaharchalarda o‘zlarini begona his qilishar edi. Faqat bu harbiy shaharchalar 
ulkan shaharlar darajasiga yetib, mahalliy aholi vakillarini gadoytopmas qishloqlardan 
gurros-gurros jalb qila boshlaganidan so‘nggina fotihlar bilan taslim bo‘lganlar 
o‘rtasidagi muloqot faollashdi. Shu tariqa islomni qabul qilish jarayoni sekin boshlandi va 
asta-sekin jadallashib bordi, islomni yangi qabul qilganlarning o‘zi savodsiz omma ko‘z 
o‘ngida ulgi olish mumkin bo‘lgan shaxslarga aylanib qoldi. 11-12-asrlarga kelib, islomga 
o‘tish asri tugagach, uni qabul qilmagan boshqa aholi maskanlarida istiqomat qiluvchi 
kishilarni islomlashtirish sustlashib qoldi, bu ishni ikkita bir-biriga o‘xshab ketadigan 
ijtimoiy guruh vakillari davom ettira boshladi. Ularning birinchisi tarkibiga sayyoh 
savdogarlar kirar, mijozlarining dunyodagi eng ustuvor tamaddunga mansub zotlar deb 
qarashi, o‘zini tutishi va e'tiqodi ularga ulkan salobat bag‘ishlar edi. Ikkinchi guruhga 
kezgindi mistik so‘fiylar va avliyolar mansub bo‘lib, ular g‘ayridinlarni mo‘‘jiza ko‘rsatishi 


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish