XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
85
e'tiqodlarning eng yoshi bo‘lgan islom Qur'onning «Tur va ogohlantir» amrini bajarishga
kirishmaganida bir necha noma'lum arab monoteistlarining mazhabi bo‘lib qolgan va
yarim oroldagilar uni qurshab turgan serg‘ayrat xristian dini bilan murosa qilgani sari
yo‘qolib ketishga mahkum bo‘lur edi. Buning o‘rniga Makkadagi jo‘shqin hayot ulkan
kerigmatik
[202]
harakatni vujudga keltirdi. Bu harakat gullab-yashnagan va ilg‘or
tamaddunlardagi siyosiy tartiblarni ham yengib o‘ta bildi va e'tiborli jihati shundaki,
madaniylashtirishning oddiy qonunlari vositasida mustahkam diniy tartibni o‘z
bosqinchilarini ham safiga qo‘shib oladigan darajada o‘zgartira oldi. Ayni hol tarixni bor-
yo‘g‘i iqtisod va jamiyat haqidagi hikoyadan iborat deb biladigan tarixchilar uchun hanuz
jumboqligicha qolmoqda. O'z asoschisining vafotidan 14 asr o‘tibdi hamki, rasululloh
amallari haligacha turli jamiyatlar e'tiborini ohanraboday o‘ziga tortib kelmoqda.
Binobarin, islomning o‘z safiga boshqa din vakillarini jalb eta bilish tabiati dunyo
tarixining muhim konstanta - doimiy qiymatlaridan biriligicha qolayotgani
hayratlanarlidir, biz uni hali-hamon yetarli darajada tushunib olganimiz yo‘q. Biz mazkur
bobda ushbu murakkab va sharoitga moslashuvchan dinamika mohiyatini ochib berishga
intildik va bu mavzu uchta masala doirasida rivojlanib boradi. Birinchidan, sotsiologlar
«bir dindan ikkinchisiga o‘tish» deb ataydigan hodisa islomning muqaddas bitiklari va
ilohiyotshunoslik kontekstida nimani anglatishi yuzasidan bir necha dastlabki izohlar
keltiriladi. Ikkinchidan, islom tarixidagi bir dindan ikkinchisiga o‘tishning eng yorqin
nuqtalari ajratib ko‘rsatiladi, ular ustuvor akademik talqinlar asosida beriladi. Nihoyat,
men bugungi kunda ommaviylashib ketgan Internet «kiberkonversiyasi» deb atalmish
yangi hodisa xususidagi zarur ba'zi ilk taxminlarimni ilgari surmoqchiman. Men uni ulgi
sifatida olib, islomni qabul qilishning joriy etilgan nazariy andozalarini hamda bir dindan
ikkinchisiga o‘tish hodisasini yanada umumiy tarzda tekshirib ko‘rmoqchiman.
Albatta, avvalo, ilohiyotshunoslik xususida to‘xtalib o‘tmasdan bo‘lmaydi. Islom avval-
boshdanoq o‘ziga e'tiqod qiluvchilar safini kengaytirishga harakat qilib keldi; uning
asosiy hujjati (Qur'on)da xudoga tavsif beriladi, u, shuningdek, da'vat hamdir. Makka
va uning qabilalar yashaydigan ichki hududlarida to‘lib-toshib yotgan butparastlikni yer
bilan yakson qilgan Qur'on islohoti o‘zidan olti asr oldin nozil bo‘lgan nazaretlik Iso
islohotidan ko‘ra jadalroq edi. Iso da'vat qilgan kishilar yahudiy va monoteist bo‘lgani
uchun ham qat'iy qoralanmagan edi, hazrat Muhammadning ummatlari xususida esa
Qur'onda hech bir tavsif berilmagan. Shuning uchun ham Qur'on bevosita tarixiy
kontekstga urg‘u beradigan diniy qarashlarni tozalash yoki takomilga yetkazishni talab
etmaydi, aksincha, ularni so‘zsiz rad etadi. Binobarin, ibtidoiy islom etos
[203]
i qat'iy
tarzda bahsli va o‘zgarishga moyildir. Rasululloh diniy rahnamoligining eng yuksak
nuqtasi bo‘lmish Arofat tog‘ida aytgan xutbasi islomning buyuk vakolatiga teng so‘zlar
bilan tugaydi: "Ushbu haqiqatni bu yerda yo‘q kishilarga ham yetkazing"
[204]
.
Ushbu dastlabki
Do'stlaringiz bilan baham: