www.ziyouz.com
kutubxonasi
82
islomning ayollarga munosabati xususidagi yuzaki xulosalar chiqarish xavfli ekanidan
ogoh qilishi kerak. Bu o‘rinda g‘arblik jurnalistlar, feministlar va ularning ta'siriga
tushgan kishilar o‘ta nomaqbul hukmlarga tobe bo‘lib qolgan. Aksariyat hollarda bu
hukmlar mavjud musulmon jamiyatlarini kuzatish natijasida paydo bo‘ladi; zamonaviy
islom dunyosining ayollarga bo‘lgan munosabati, boshqalar hamisha zavqu shavqqa
to‘lishi kerak, qabilidadir deb o‘ylash befoyda va axloqsizlik bo‘lur edi. Saudiya
Arabistoniga o‘xshash mamlakatlarda ayollarga hatto mashina haydashga ham ruxsat
berilmasligi jinslarni himoya qiluvchi ilohiyotga mutlaqo daxli bo‘lmagan manmanlik,
erkaklarning
nafs
i zulmi oqibatidir. Shu tariqa bugungi kunda bir necha mamlakatlarda
ilohni inson qiyofasida, binobarin, erkak ko‘rinishida tasavvur qilish hollaridan o‘zini
haqoratlangan deb hisoblaydigan kishilar boshlagan "islomlashtirish"ning an'anaviy fiqh
diskursiga ham yoki adolatga oid fosh etuvchi qat'iyatga ham mutlaqo aloqasi yo‘q.
Ushbu nomuvofiqlik hayotga joriy etilmagan so‘fizm o‘lchamini din hayotga qayta tatbiq
qilmaguncha davom etaveradi. So‘fizm ayollarning hurmatini oshiradi va, shuningdek,
jins bilan bog‘liq shovinizm ozuqa berib turadigan
ego
- nafsni qiyin ahvolga tushirib
qo‘yadi va yo‘qotib yuboradi. Biz, xuddi musulmon mutafakkir ayollari qilayotganiday,
dinning tabiati (muqaddas bitiklarda, ularning klassik talqinlarida va ma'naviyatda
tushunarli bo‘lgani kabi) va zudlik bilan isloh qilishni talab etadigan jihatlarga ega
bo‘lgan xristian, yahudiy, hindu va xitoy madaniyatlarida bo‘lgani kabi postklassik
musulmon jamiyatlarida dolzarb o‘zaro nomutanosib tuzilmalar o‘rtasidagi kutilayotgan
natijalarni bir-biridan farqlashimiz kerak bo‘ladi.
Ayni paytga kelib, bizning «jasur» shovinizm, yoki 20-asr so‘nggidagi feminizmning
hayratlanarli prototipi kutilmagan yangilik bo‘ldi, deb maqtanmayotganimiz aniq bo‘lishi
kerak edi. Fiorenza eslatib turganiday, nima bo‘lganda ham feminizm an'anaviy hodisa
emas; uning ba'zi ko‘rinishlari har bir vijdonli kishining nafratini qo‘zg‘atadi hamda
ayollar va jamiyatga ziyon keltirishi turgan gap, ayni paytda uning boshqa
ko‘rinishlarining shariat va yaratilgan kosmologiyalarimiz bilan hayratlanarli darajada
o‘xshashligi bor. Biz ayollarni kamsitishga qarshi ilohning chindan ham jinslardan xoli
ekanini ta'kidlovchi ilohiyotshunoslik vositasida aylanib o‘tadigan, biroq insoniyatga
haqiqiy kodeks va oila me'yorlarini hadya etayotgan feminizm dialektikasini inja
tushunishni himoya qilamiz. Bu qonun va me'yorlar, Irigaray qat'iyat bilan
ta'kidlayotganiday, jinslar "teng emas, farqli" ekani, tabiatan bir-biridan farqli, o‘z
daholarini siquvga olish o‘rniga tasdiqlaydigan rollarga intilishini tushunishga
asoslangandir.
Biologiya taqdir ekani turgan gap, ammo u taqdir sifatida turli-tuman imkoniyatlar
beradi. Ayollar diskursi oilaning qadr-qimmatini yuqori qo‘yadi; ammo muslimalar islom
tarixining uzoq davrlarida olima bo‘lish uchun uyni tark etgan. Bundan yuz yilcha avval
sharqshunos Ignaz Goldziher o‘rta asrlardagi muhaddislarning taxminan 15 foizi ayollar
bo‘lganini, ular masjidlarda dars bergani va rostgo‘yligi uchun hamma ularni hurmat
qilganini ko‘rsatib berdi. Qohiradagi Saqlatuniya madrasasi singari oliy o‘quv yurtlarida
faqat ayollar faoliyat ko‘rsatgan va ularni mablag‘ bilan ta'minlagan. Ruf Rodedning
muslima mudarrislar xususida yaqindagina o‘tkazgan tadqiqoti tuning o‘zini favqulodda
mushkul vaziyatga solib qo‘yadi:
«Agar AQSh va Yevropa tarixchilari ayollar an'anaviy manbalarda ko‘zga tashlanmagani
uchun ham ularning tarixini qaytadan yozishga zarurat sezayotgan bo‘lsa, islom olimlari
endigina o‘rganila boshlagan manbalarning ko‘pligiga duch kelmoqda. [...] Kishi minglab
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: |